islam bakhtiyarov
36 subscribers
51 photos
14 videos
16 links
🌊
Download Telegram
Yon daftarimdagi ushbu satrlarni o'qib qoldim:

Shaxsiy fikringni shakllantir!

Agar o'z fikring bo'lmasa, tashqi dunyoni senga ta'siri kuchli bo'ladi, ichingga o'zing xohlamagan, senga mos bo'lmagan fikrlar kirib, hayolingni buzadi, keyin esa hayotingni buzadi.

O'z fikri yo'q inson yashamaydi, agar boshqalarni fikri/hayoti bilan yashashni yashash deb bilsang, unda tushunchang xato! Sen alohida bir shaxs, alohida bir dunyo ekaningni bil.

Hazrati Ali aytganlariday: "Senda butun olam yashirin". Sen bo'lsang o'zingni kichik sanaysan, unutma o'zingni kim deb bilsang, kim deb qarasang o'shasan.

Ommaga moslashishga emas, o'z fikring bilan yashashga harakat qil. O'zingni hurmat qil, hurmat qilishga loyiq harakatlar qil, so'nggi gapim:

Agar yashamoqchi bo'lsang, shaxsiy fikringni shakllantir!

@islmbkhtrv
Biz tanlovlar orasidamiz

O'z sog'lig'iga e'tibor berish, sport bilan shug'ullanish, to'g'ri ovqatlanish yoki ma'lum muddatdan keyin sog'liqqa e'tiborsizlikning jabrini ko'rish.

Barvaqt uxlab, barvaqt turish, kun davomida hamma ishlarga ulgurish yoki kech uxlab, kech uyg'onib, keyin hech narsaga ulgurmayapman, vaqt tez o'tyapti deb nolish.

Ingliz tilini o'rganishim kerak, zalga chiqishim kerak, falon ishni qilishim kerak deb yurish yoki borib shunchaki o'sha ishni qilish.

Hozirgi holatimiz avvalgi tanlovlarimizning natijasi, hozirgi tanlovlarimiz esa kelajakdagi o'zimizni shakllantiradi.

Bu mavzuda chuqurroq, kengroq tafakkur qilib ko'ring)

@islmbkhtrv
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Har kimning boradigan oʻz uyi boʻlishi kerak…
Koʻp odamlar eshitishni bilmaydi, yoki faqat eshitish uchun eshitadi, keyin oʻzini fikrini yoki umuman mavzuga aloqador boʻlmagan narsani tiqadi oʻrtaga.

Eshitish bu oddiy insoniylik burchi aslida. Qarshingizdagi odamni eshitib, gapirayotganlariga oz boʻlsada qiziqish bildiring. Balki shu oʻsha inson uchun kichik umid uchquni boʻlar.

Axir aytilgan-ku, “Eng yaxshi ibodat bu - koʻngil olishdir” deb…
Ayt meni qutqarsin ilohiy amr,
Sokin tunlarga qaytar yurakni.
Vujudim binosi soʻraydi ta’mir,
Kechiktirma yorim oʻzing darakni…

Xayrulla Hamidov (Sogʻinch ifori she’ridan)
Gʻam sizni oʻstiradi

Bugun bir yaxshi inson bilan gaplashib qoldim. Ularga savol berdim:
- Nega insonga oʻz-oʻzidan gʻam kelib qoladi?
Ular savolga savol bilan javob berdilar:
- Inson oʻzi doim xursand boʻlib yurishi kerakmi?

Men nima demoqchi ekanliklarini tushundim va savolimga javob oldim. Keyin biroz izoh berib oʻtdilar, esimda qolganlarini yozaman.

"Gʻam aslida insonni oʻstiradi, nega gʻam chekasiz? Chunki muammo bor, oʻzingizdan koʻnglingiz toʻlmayapti, sizdagi gʻam holati esa muammoning yechimini izlashga undaydi.

Tarixda buyuk shaxslarning muammosi bo'lgan, doim g'amda yashaganlar. Misol uchun: Salohiddin Ayubiy, ular Quddus fath bo'lmagunicha kulmaganlar.

G'am insonga "To'xta, nima qilyapsan o'zi? Nimalar qilding shu paytgacha?" shu va shunga o'xshash savollarni olib keladi. O'zingizni tahlil qilishni boshlaysiz.


Muammo g'am olib keladi = G'am mas'uliyat olib keladi."

Kimdir g'amda yurganimni ko'rsa, yoki nima qiynayotganini bilsa aytadigan gapi: "Dunyoga pozitiv qara, ko'p o'ylaysan, optimist bo'l va hkz". Manga har doim bunaqa javoblar yoqmasdi, bu shunchaki muammodan chalg'ish bo'lib ko'rinardi.

Xulosa qilib aytish mumkinki, g'am bu normal, hattoki zo'r. Dunyoga real qarash kerak, muammo bormi sizda? BOR! O'zingizni chalg'itib u muammoni hal qila olmaysiz. (agar hal qilgingiz kelayotgan bo'lsa).

Faqat balans bo'lishi kerak, o'zimda ko'p kuzatiladigan holat, g'amga tushib qolsam biron bir ish qilishga qiynalaman, juda xursandchilikda ham, g'am holatida ham davom etish kerak.

O'ylab ko'ring.

@islmbkhtrv
Har bir musulmon kishida boʻlishi kerak boʻlgan qoida

2025-yildan boshlab hayotimga bir qoidani qoʻshdim. U qoidani yuqoridagi jumla yaxshi ta’riflaydi.

Avvalari “manga nima, bilganini qilsin, oʻzini hayoti, oʻzi javob beradi” kabi qarashlar bilan yashar edim. Kunlardan bir kun bir taksist aka bilan shu mavzuda gaplashib qoldik.

Ular “Musulmon kishi atrofida boʻlayotgan noqobil ishlarga jim qarab turmasligi kerak” degan fikrni olgʻa surdilar.

Oʻylab qoldim, ular toʻgʻri aytdilar, fikrlarini asoslab berdilar. Shundan keyin bu qoidani hayotimga olib kirishga harakat qildim, qisman erishdim ham.

Atrofimdagi boʻlayotgan ishlarni oʻzgartirishga koʻzim yetyaptimi, harakat qilyapman. Sizlargada shuni tavsiya qilaman.

P.s.: Yuqoridagi jumla “Najmiddin Erbaqon. Gʻoyam” kitobidan. Uni ham oʻqishni tavsiya qilaman)

@islmbkhtrv
Shu kitobni o'qishni boshladim, insaytlarning biri bilan bo'lishaman

Inson psixologiyasida yo'q joydan muammo yasash odati bor. Bu odat reallikdan, mas'uliyatdan qochish uchun yordam berar ekan.

Ya'ni biz yo'q joydan o'zimiz muammo yasab, fokusimizni real hayotdagi holatimizdan, bajarishimiz kerak bo'lgan mas'uliyatdan chalg'itamiz.

Va bu "Техника избегания", O'zbek tilida "Qochish texnikasi" deyiladi.

Reallikdan, mas'uliyat olishdan qochish yaxshilikka olib bormaydi baribir, shunga har bir muammolarimizni (agar ular muammo bo'lsa) yuqoridagi fikr ostida filtr qilishimiz kerak.

@islmbkhtrv
“Rutina” soʻzi sizda qanday assotsiatsiya boʻladi? Ya’ni shu soʻzni eshitganda hayolingizga qanday hayollar keladi?
Anonymous Poll
33%
Negativ
67%
Pozitiv
Forwarded from Marafon | Muzaffar
Erkak kishiga bor vujudi bilan ishonadigan, uni qo’llab-quvvatlaydigan va chin ko’ngildan yaxshi ko’radigan birgina inson yetarli.

Erkak shu birgina insonni poyiga dunyolarni yig’ib, socha oladi.

O’zidan ham ko’ra haligi insonga muhimroq darajada qaraydi va uni uyaltirmaslik uchun ham borini beradi.

Logika shunaqa. Erkaklar fitrati shunaqa: kimgadir panoh bo’layotganini bilsa erkak quvvatlanadi, to’xtamaydi.

Ana shu panoh bo’lishga arziydigan insonning hayotimizda bo’lishi juda katta ne’mat. Ona, ota, oila a’zolari, rafiqa, farzandlar…

Jangchi o’zini oilasi, yaqinlari, vatani uchun muhim ekanligini bilganida eng oxirgi nafasigacha taslim bo’lmaydi.

Boshqachasiga faqatgina o’zini o’ylaydigan erkakka ko’p narsa kerak ham emas. O’zidan boshqalarga qayg’urmaganda jangga chiqib o’tirmasdi. Tog’-u toshlar orasida sakinat topib, o’tib ketaverardi.

Marafon
Hayotingiz davomida bir tushunchaga ishonib kelasiz, uni toʻgʻri deb bilasiz.

Ma’lum vaqtdan keyin oʻsha ishongan tushunchangiz notoʻgʻri ekanligini bilasiz.

U rivojlanishingizga, davom etishingizga halal beradi.

Oʻzgartirasiz.

Va bu normal holat.

@islmbkhtrv
Muammolar bittalab kelmaydi

"Marsianin" filmidagi bir lavha bor edi, unda quyidagicha ma'no yetkazilgan:

"Hayotda shunday payt bo'ladi, hamma muammolar bittada keladi, bunday holatda sizda ikkita yo'l qoladi: 1-Bir burchakda yig'lab o'tirish. 2-Muammolarni birma-bir hal qilish".

Cho'qqiga ko'tarilmoqchi bo'lgan hammada shunday holat bo'lsa kerak: muammolar birdan keladi, tushkunlik, ilojsizlik, yolg'izlik va hkz.

Lekin unutmaslik kerak...

Qorong'i tunlardan keyin quyosh chiqadi.

Biz esa, xudiki, hammasi o'zimizni qo'limizdagidek tushkunlikka tushamiz, tushmaslikni iloji ham yo'q, lekin tezda qaytib olish kerak yo'lga.

Qiyin.

Oson bo'lganida hamma cho'qqiga chiqib olgan bo'lardi)

@islmbkhtrv
Kambag'allikdan boylikkacha

Instagramda bir tadqiqot haqida o'qib qoldim, u yerda kambag'allikdan chiqqan odamlarni o'rganishibdi.

Kambag'allik zanjiridan uzgan sabab qaysi? degan savolga javob izlashibdi.

Bu IQ emas, omad emas, tanish-bilishlar ham emas.

Bu uzoq muddat davom etadigan psixologik diskomfortga bardosh bera olishdir. Qaysidir ma'noda iroda, sabr.

Qanday psixologik diskomfort?

Kambag'allikda qarzlar ko'p bo'ladi, bir o'zingiz, yolg'iz, tepaga ko'tarilishingiz kerak, hech kim yordam bermaydi, ilojsiz holatlarga tushasiz va eng qizig'i uzoq muddat shunday davom etadi.

Har bir xatodan keyin yangi SIZ paydo bo'lasiz, shunday rivojlanib boraverasiz. Tamom.

Agar shu yo'lda bo'lsangiz, shunchaki davom eting.

P.s.: Yuqoridagi sabab, sabablardan biri, albatta, eng muhimi ibodat qilish, rizqimizga Alloh kafil ekanligini unutmaslik)

@islmbkhtrv
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM