islam bakhtiyarov
Har oy o'zim ko'rgan TOP podkast, kino/serial, intervyu, o'qigan kitobim, eshitgan iqtibosim va insaydlarimni bo'lishib borishga qaror qildim. Bu o'ziga hos rubrika bo'ladi, oktabr oyining TOP'larini tayyorlash jarayonidaman va buni doimiy qilib bormoqchiman.
Bu rubrikani birinchi bor bir marketologning instagramida koʻrgan edim, menda ham shunday qilish istagi paydo boʻldi. Nega endi yoʻq?
Bu oktabr oyniki))
#top
Bu oktabr oyniki))
#top
Insonning yolg'izligi atrofidagi insonlar bilan emas, ichidagi insonlar bilan o'lchanadi
Nega?
Yon-atrofda insonlar ko'p bo'lishi mumkin, lekin baribir o'zini yolg'iz his qiladi, hattoki oila davrasida bo'lib ham o'zini yolg'iz his qilishi mumkin.
Nega?
Chunki uning ichida hech kim yo'q, tabassumi ortida nimalar yashirin, jim bo'lib nimalarni o'ylayapti, hech kim bilmaydi. Bunday insonni yolg'iz deb hisoblayman.
Insonning yolg'izligi uning ichidagi insonlar bilan o'lchanishining boisi ham shunda, ichidagilarni ayta oladigan insoni bormi, kimdir uni tushuna oladimi, agar javob "ha" bo'lsa, demak u inson yolg'iz emas.
@islmbkhtrv

Ichki to'lalik
Bu nima? Qisqacha tushuntiraman.
Agar insonni ichi bo'm-bo'sh bo'lsa, u ko'proq boshqalarni muhokama qiladi, boshqalarni hayotini kuzatadi, ichidagi bo'shliqni ko'rmaslik uchun o'zini tashqi dunyoga otadi.
Suhbatlarda boshqalarni hayotini muhokama qilishga moyilroq bo'ladi, nega? Chunki u o'zi haqida, maqsadlari haqida, qiziqishlari haqida, boringki biron mavzu bo'yicha gaplasha olmaydi, sabab: ichi bo'm-bosh uni.
Ichki to'lalik bo'lsa, ya'ni kitoblar o'qisa, ustida ishlasa, tolibi ilm bo'lsa, o'zining fikriga ega bo'lsa, suhbatlar mazmunli va manfaatli bo'lishni boshlaydi.
Nega?
Chunki, ma'lum bir mavzu bo'yicha mazmunli suhbat qura oladigan darajada bilimi bo'ladi, fikri bo'ladi. Vaqtini boshqalarni muhokama qilishga emas, ko'proq o'ziga qaratadi, kitoblar o'qiydi, kamchiliklari ustida ishlaydi.
Shunday ekan, ichimizni yaxshiliklar bilan to'ldirishimiz kerak, bo'lmasa bu dunyodan yashamay o'tamiz.

Inson o‘zining sog‘lig‘iga mas’ul
Tasavvur qiling, og‘irroq kasallikka uchrab qoldingiz (O‘zi asrasin), kasallik sizni kechalari uxlatmayapti, azob beryapti sizga.
Shunday holatda onangiz, ukangiz, akangiz xullas, eng yaqin insoningiz qanday og‘riq his qilayotganingizni his qila oladimi? Og‘ir dardingizni ko‘tarishga yordamlashib, shundan azobingiz kamayadimi?
Yo‘q, albatta.
Inson sog‘lom bo‘lishi o‘zining qo‘lida, kasal paytingiz hech kim joningizga oro kirolmaydi, o‘zingiz azobini chekasiz, yolg‘iz o‘zingiz! Bunday holatga tushmaslik uchun mas’uliyatni his qilib, harakat qilish, oldini olish kerak.
Sog‘lom hayotda yashash kerak, shu o‘rinda o‘zimga ham sizlarga ham eslatma, sog‘ligimiz Alloh tomonidan bizga berilgan ne’mat, ertaga uning hisobini berishimiz ham bor, bu mas’uliyatni yanada oshiradi...

Insondan yaxshilik qoladi
Rasmdagi yozuvlar eng yaxshi ko'rgan opam bergan kitobga yozilgan edi, salkam 3 yil bo'lib qoldi.
Hozir kitoblarni qayta o'qiyotib yozuvlarga ko'zim tushdi, ochig'i rosa xursand bo'lib ketdim, garchi ancha avvalgi sovg'a bo'lsa ham.
Ko'nglim ko'tarildi, 3 yil avval ham ko'tarilgan edi, 3 yildan keyin ham xuddi birinchi martadek ko'tarildi.
Dildora opa, sizga katta rahmat, ukangizni shaxs sifatida shakllanishiga katta hissa qo'shgansiz, maslahatlaringiz bilan, sovg'alaringiz bilan)
Insonlar yaxshilik qilaylik, xuddi men eslaganimdek, sizni ham shunday eslashadi nasib qilsa.

O'zingizni o'rganing
Kimdir instagramda chiqib olib, "kino ko'rish kerak emas, bu shunchaki vaqtni isrof qilish" deydi, o'zi uchun bu shunday, lekin siz kino ko'rib pozitiv emotsiyalar olib, kayfiyatingizni yaxshilab, energiya olishingiz mumkin.
Hamma o'zidan kelib chiqib, o'zida ishlagan narsalar bo'yicha maslahat beradi, unutmasligimiz kerak, bu maslahatlar uning yo'lida ishlagan, sizni yo'lingiz boshqa, unda ishladi degani, sizda ham ishlaydi degani emas.
Alloh taolo hammani unikal qilib yaratgan, sizni takrorlovchi, sizga o'xshash inson yo'q butun koinot bo'ylab, bo'lmagan va bo'lmaydi ham, shuni tushunib olish kerak.
Fikrimcha, inson o'zini ko'proq o'rganishi, o'zining fikrini shakllantirishga intilishi kerak. Shunda tashqi omillar ta'siri kamayadi, ko'p narsalarni tushunib yetishni boshlaydi inson.
Konsta aytganidek: "O'zgarma, noyobsan!"

Nafasingiz siqqanida, sizga havo kerak, bunday holatda hayotdan mazza qilib yasholmaysiz.
Chanqoq hisi paydo boʻlganida, avval uni qondirish kerak, keyin bemalol boshqa ishlarni qilsa boʻladi.
Boshingiz ogʻrisa, hatto eng sevimli kino/musiqa/kitobingizni oʻqiy olmaysiz.
Xulosa: inson hech qachon birlamchi muammosini hal qilmay turib, keyingilariga oʻta olmaydi.

Yon daftarimdagi ushbu satrlarni o'qib qoldim:
Shaxsiy fikringni shakllantir!
Agar o'z fikring bo'lmasa, tashqi dunyoni senga ta'siri kuchli bo'ladi, ichingga o'zing xohlamagan, senga mos bo'lmagan fikrlar kirib, hayolingni buzadi, keyin esa hayotingni buzadi.
O'z fikri yo'q inson yashamaydi, agar boshqalarni fikri/hayoti bilan yashashni yashash deb bilsang, unda tushunchang xato! Sen alohida bir shaxs, alohida bir dunyo ekaningni bil.
Hazrati Ali aytganlariday: "Senda butun olam yashirin". Sen bo'lsang o'zingni kichik sanaysan, unutma o'zingni kim deb bilsang, kim deb qarasang o'shasan.
Ommaga moslashishga emas, o'z fikring bilan yashashga harakat qil. O'zingni hurmat qil, hurmat qilishga loyiq harakatlar qil, so'nggi gapim:
Agar yashamoqchi bo'lsang, shaxsiy fikringni shakllantir!

Biz tanlovlar orasidamiz
O'z sog'lig'iga e'tibor berish, sport bilan shug'ullanish, to'g'ri ovqatlanish yoki ma'lum muddatdan keyin sog'liqqa e'tiborsizlikning jabrini ko'rish.
Barvaqt uxlab, barvaqt turish, kun davomida hamma ishlarga ulgurish yoki kech uxlab, kech uyg'onib, keyin hech narsaga ulgurmayapman, vaqt tez o'tyapti deb nolish.
Ingliz tilini o'rganishim kerak, zalga chiqishim kerak, falon ishni qilishim kerak deb yurish yoki borib shunchaki o'sha ishni qilish.
Hozirgi holatimiz avvalgi tanlovlarimizning natijasi, hozirgi tanlovlarimiz esa kelajakdagi o'zimizni shakllantiradi.
Bu mavzuda chuqurroq, kengroq tafakkur qilib ko'ring)

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Har kimning boradigan oʻz uyi boʻlishi kerak…
Koʻp odamlar eshitishni bilmaydi, yoki faqat eshitish uchun eshitadi, keyin oʻzini fikrini yoki umuman mavzuga aloqador boʻlmagan narsani tiqadi oʻrtaga.
Eshitish bu oddiy insoniylik burchi aslida. Qarshingizdagi odamni eshitib, gapirayotganlariga oz boʻlsada qiziqish bildiring. Balki shu oʻsha inson uchun kichik umid uchquni boʻlar.
Axir aytilgan-ku, “Eng yaxshi ibodat bu - koʻngil olishdir” deb…

Ayt meni qutqarsin ilohiy amr,
Sokin tunlarga qaytar yurakni.
Vujudim binosi soʻraydi ta’mir,
Kechiktirma yorim oʻzing darakni…
Xayrulla Hamidov (Sogʻinch ifori she’ridan)