Insholar va bayonlar
5.55K subscribers
531 photos
20 videos
221 files
109 links
Assalomu alaykum. Xush kelibsiz Kanalimizga.

Kanalimizda topishingiz mumkun:

📝Insholar

📄Bayonlar

📋Testlar va yechimlar

📚Darslik va Qullanmalar
Download Telegram
Xotira va qadrlash kuni 

Inson xotirasi – muqaddas, inson qadri – ulug‘.

9 may – Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan Xotira va qadrlash kuni deb e’lon qilingan ushbu umumxalq bayrami mamlakatimizda keng nishonlandi.

Mustaqilllik yillarida bu kun tom ma’noda inson xotirasi va qadriga nisbatan adolatni tiklagan, asl haqiqatni o‘zida mujassam etgan muhim tarixiy sanaga aylandi.

Xotira va qadrlash – inson aql-zakovatining betakror ma’naviy ne’matlari, tiriklikning azaliy mezonlaridir. Homiylik, saxovat va himmat, mehr va muruvvat fazilatlari xotira va qadr tushunchalari bilan o‘zaro uyg‘unlik kasb etadi. Zero, qalbi saxovatga, mehr-muhabbatga, shafqat-shafoatga to‘la insonlargina o‘z tarixini, ajdodlarini doimo xotirlaydi va fidoyi yurtdoshlari, yorug‘ kelajak yo‘lida mehnat qilayotgan kishilarning qadriga yetadi.

Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 61 yilligi nishonlanayotgan shu kunlarda yurtimizda Xotira va qadrlash kuni alohida e’tibor bilan bayram qilinayotgani teran ma’noga ega. Binobarin, Ikkinchi jahon urushidagi tarixiy g‘alabani ta’minlashda yurtdoshlarimizning ham jasorat va xizmatlari beqiyos bo‘lgan. Jangu jadallarda jon olib-jon bergan minglab o‘zbek o‘g‘lonlari, front ortida tunni tongga ulab mehnat qilgan, rizqu nasibasini o‘zgalar bilan baham ko‘rgan mehri daryo vatandoshlarimiz matonati va fidoyiliklari hech qachon unutilmaydi.

Inson, xalq, millat tarixiy xotira bilan tirik, barhayot. Ayniqsa, o‘tganlarning xayrli ishlarini yodga olmoq, qadrlamoq biz uchun ham farz, ham qarzdir. Shu ma’noda, Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan minglab yurtdoshlarimiz xotirasini yod etish va e’zozlash, og‘ir jangu jadallarni boshdan kechirgan, yarador bo‘lib qaytgan keksalarimizni, front ortida mashaqqatli mehnati bilan g‘alabaga hissa qo‘shgan insonlar, ayniqsa, onalarimizning hurmat-ehtiromini joyiga qo‘yish va munosib taqdirlash milliy qadriyatlarimiz qatoridan keng o‘rin olgani quvonchli.

Prezidentimiz Islom Karimovning joriy yil 4 maydagi Farmoniga muvofiq Xotira va qadrlash kuni, shuningdek, 1941-1945 yillardagi Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 61 yilligi munosabati bilan urush qatnashchilari va nogironlarining pul bilan mukofotlanishi ularga ko‘rsatilayotgan ehtiromning yana bir yorqin namoyishidir.

Eng muhimi, yoshlarimiz ongu shuurida o‘tganlarni xotirlash, tiriklarni qadrlashdek insoniy fazilatlar tobora mustahkam muhrlanmoqda. Kechagi kun saboqlarini, xalqimiz kelajagi yo‘lida jonini fido qilgan insonlarni xotirlash bugungi va ertangi kunimizni qadrlashga o‘rgatadi. Xotira bo‘lmas ekan, Qadrlash ham yo‘q. Ushbu tushunchalar mustaqillik davri avlodi uchun o‘ziga xos ma’naviy qadriyatga aylandi. Illo, Yurtboshimiz ta’biri bilan aytganda, buyuk g‘alabani buyuk jasoratli insonlar ta’minlagan va biz, minnatdor avlodlar bu fidoyi yurtdoshlarimizni doimo ulug‘laymiz, ularning beqiyos matonati va xotirasi oldida hurmat bilan bosh egamiz.

9-may. Poytaxtimizdagi Xotira maydoni har kungidan ham gavjum. Bu yerga urush va mehnat faxriylari, hukumat a’zolari, deputatlar va senatorlar, harbiylar, jamoatchilik vakillari tashrif buyurgan.

Maydon uzra sokin musiqa sadosi taraladi. Janggohlarda jon bergan vatandoshlarimizning nomlari abadiy muhrlangan “Xotira kitobi”ning zarhal varaqlari Vatanning fidoyi o‘g‘lonlari qismatidan shahodat beradi. Motamsaro ona qiyofasida iztirob va umid namoyon...

Davlatimiz rahbari harbiy orkestr sadolari ostida Motamsaro ona haykali poyiga gulchambar qo‘ydi.Prezidentimiz Ikkinchi jahon urushida jon fido qilgan minglab yurtdoshlarimiz xotirasiga hurmat bajo etdi.

- Bugun, 9 may – yurtimizda Xotira va qadrlash kuni deb nom olgan umumxalq bayrami bilan barcha yurtdoshlarimizni qutlayman, - dedi Islom Karimov jurnalistlar bilan suhbatda.
"Boburnomadan olgan taassurotlarim " insho.

Reja:
1. Boburning hayot yõli
2. "Boburnoma" haqida bilganlarim
3. Boburiylar sulolasiga oid Tojmahal haqida

 

«Bobur fe’li-sajiyasiga ko‘ra Sezarga qaraganda sevishga arzigulikdir». 
Eduard Xolden 

Bobur (taxallusi; to‘liq ismi Zahiriddin Muhammad ibn Umarshayx Mirzo) (1483.14.2, Andijon 1530.26.12, Agra) — o‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili: buyuk shoir; tarixchi, geograf; davlat arbobi, iste’dodli sarkarda; boburiylar sulolasi asoschisi, temuriy shahzoda.
Boburning otasi — Umarshayx Mirzo Farg‘ona viloyati hokimi, onasi — Qutlug‘ Nigorxonim Mo‘g‘uliston xoni va Toshkent hokimi Yunusxonning qizi edi. Boburning onasi o‘qimishli va oqila ayol bo‘lib, Boburga hokimiyatni boshqarish ishlarida faol ko‘mak bergan, harbiy yurishlarida unga hamrohlik qilgan. Umarshayx Mirzo xonadoni poytaxt Andijonning arki ichida yashar edi. Hokim yoz oylari Sirdaryo bo‘yida, Axsida, yilning qolgan faslini Andijonda o‘tkazardi.

“Boburnoma” – adabiy va tarixiy ahamiyatga molik asar. Unda oʻz davridagi koʻplab kishilarning turli vaziyatlardagi kechinmalari, Osiyoning koʻplab togʻlari, daryolari, oʻrmon va choʻllari, iqlimi, aholisi, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy ahvoli haqidagi maʼlumotlar jamlangan.
“Boburnoma” – oʻzbek nasrining goʻzal namunasi. Ungacha Yusuf xos Hojibning “Qutadgʻu bilig” asari muqaddimasida, Rabgʻuziy ijodida nasr namunalari uchrar edi. Alisher Navoiy uni yuqori pogʻonaga olib chiqdi. Biroq “Boburnoma” bu borada oʻzbek nasrining oʻziga xos kashfiyoti sifatida yuz koʻrsatdi.
Asarda tarixning Bobur yashab oʻtgan davri voqelari ifodalangan. Bu voqealar Andijon, Samarqand, Xoʻjand, Hirotdan boshlab Kobul va Agragacha boʻlgan qamrovga ega. Yaʼni unda Oʻrta Osiyodan boshlab Hindistongacha boʻlgan masofadagi deyarli 50 yillik voqealar haqqoniy ifoda va bahosini topgan.
“Boburnoma”dagi voqealar bayoni aniq, ixcham va loʻnda, taʼsirchan, eng muhimi, hayotiy haqiqatga mos va muvofiqligi bilan eʼtiborlidir. Muallif voqealar bayonida tabiat tasviriga, ayrim joylar tavsifiga, alohida kishilarning taʼriflariga jiddiy ahamiyat beradi
di. Yana bir Boburiylar sulolasiga oid yodgorliklar bilan tanishib õtsak:
Tojmahal - Hindistondagi boburiylar sulolasi davriga oid meʼmoriy yodgorlik (1631 — 1652). Agra shahri yaqinidagi Jamna daryosi boʻyida Shoh Jahon suyukli xotini Arjumandga (Mumtoz Mahal begim, Mumtoz Bibika Rauza nomlari bilan mashhur boʻlgan) atab vafotidan (1631 yil 7 iyul) soʻng qurdirgan. Keyinchalik oʻzi ham shu yerga dafn qilingan.
Maqbara (loyiha meʼmori Usto Ahmad Lahori) turk meʼmori Muhammad Isoxon afandi boshchiligida bunyod etilgan. Tojmahal murabba tarhli, 3 qavatli, 5 gumbazli. Marmar supa (104x104x7 m) ustiga qurilgan. 4 burchagidagi ingichka minoralar (balandligi 45 m) maqbaraga oʻzgacha husn bagʻishlagan. Devorlari oq marmar bilan qoplangan, turli rangdagi qimmatbaho toshlar (haqiq, marvarid, sadaf, qahrabo, zumrad, yoqut, fil suyagi va boshqalar)dan qadama naqshlar ishlangan. Bosh tarzi (eni 56,7 m) peshtoq ravokli. Maqbaraning old tomoniga 2 qator daraxtlar ekilgan, favvorali hovuz, gulzorlashtirilgan uzun yoʻlka bor. Zinapoyalar bilan marmar supaga chiqib, oʻyma naqshli eshikdan maqbaraga kiriladi. Oʻrtadagi katta gumbazli xonada qora marmarli sagʻana (Shri Lankadan keltirilgan) qoʻyilgan. Tojmahalning beqiyos husni bogʻning janubiy darvozasi orqali koʻzga yaqqol tashlanadi. Mahobatli bino qurilishida nafaqat Hindiston, balki Oʻrta Osiyo, Eron, Vizantiya meʼmorlarining oʻziga xos uslublari oʻz ifodasini topgan. Maqbara qurilishida gʻisht teruvchi qandahorlik Muhammad Xanif, multonlik Muhammad Sayid, minorada mahalliy usta Ismoilxon Rumiy, Samarqandlik Muhammad Sharif, lahorlik Kozimxonlar hamda koʻpgina naqqosh va xattotlar qatorida Buxorolik ota Muhammad va Shukur naqqoshlar qatnashgan.


@Uzjoku_Unversiteti
#TOJMAHAL
Tojmahal - Hindistondagi boburiylar sulolasi davriga oid meʼmoriy yodgorlik (1631 — 1652). Agra shahri yaqinidagi Jamna daryosi boʻyida Shoh Jahon suyukli xotini Arjumandga (Mumtoz Mahal begim, Mumtoz Bibika Rauza nomlari bilan mashhur boʻlgan) atab vafotidan (1631 yil 7 iyul) soʻng qurdirgan. Keyinchalik oʻzi ham shu yerga dafn qilingan.

Maqbara (loyiha meʼmori Usto Ahmad Lahori) turk meʼmori Muhammad Isoxon afandi boshchiligida bunyod etilgan. Tojmahal murabba tarhli, 3 qavatli, 5 gumbazli. Marmar supa (104x104x7 m) ustiga qurilgan. 4 burchagidagi ingichka minoralar (balandligi 45 m) maqbaraga oʻzgacha husn bagʻishlagan. Devorlari oq marmar bilan qoplangan, turli rangdagi qimmatbaho toshlar (haqiq, marvarid, sadaf, qahrabo, zumrad, yoqut, fil suyagi va boshqalar)dan qadama naqshlar ishlangan. Bosh tarzi (eni 56,7 m) peshtoq ravokli. Maqbaraning old tomoniga 2 qator daraxtlar ekilgan, favvorali hovuz, gulzorlashtirilgan uzun yoʻlka bor. Zinapoyalar bilan marmar supaga chiqib, oʻyma naqshli eshikdan maqbaraga kiriladi. Oʻrtadagi katta gumbazli xonada qora marmarli sagʻana (Shri Lankadan keltirilgan) qoʻyilgan. Tojmahalning beqiyos husni bogʻning janubiy darvozasi orqali koʻzga yaqqol tashlanadi. Mahobatli bino qurilishida nafaqat Hindiston, balki Oʻrta Osiyo, Eron, Vizantiya meʼmorlarining oʻziga xos uslublari oʻz ifodasini topgan. Maqbara qurilishida gʻisht teruvchi qandahorlik Muhammad Xanif, multonlik Muhammad Sayid, minorada mahalliy usta Ismoilxon Rumiy, Samarqandlik Muhammad Sharif, lahorlik Kozimxonlar hamda koʻpgina naqqosh va xattotlar qatorida Buxorolik ota Muhammad va Shukur naqqoshlar qatnashgan.
@Uzjoku_Unversiteti
Men sevgan asar bu Ufq romanidir
Ushbu romanda xalqimiz hayotining kichik, biroq mazmunmohiyati jihatdan juda dolzarb davri aks ettirilgan. Chunki xalqimiz urush arafasidagi, Ikkinchi jahon urushi va undan keyingi yillarda mislsiz fidoyilik, qahramonliklar ko'rsatdi. Uzunligi 270 km bo'lgan Katta Farg'ona kanalining qo'l kuchi bilan 45 kunda qazib bitkazilishi misli ko'rilmagan jasorat, har qanday jahon rekordini ortda qoldirar edi. Tarixiy ma'lumotlarga ko'ra, kanal qazishda 160 ming kishi qatnashgan, kanal trassasida 17,8 million metr kub tuproq chiqarilgan, shundan faqatgina 1,7 million metr kub tuproq mexanizmlar yordamida qazilgan. Urush yillarida xalqimizning front va front ortidagi og'ir mehnati, urushdan keyingi tiklanish davridagi chekkan zahmatlarining har bir kuni jasorat edi. Bu ulkan ishlarning ortida qo'li qadoq jonli odamlar, ularning murakkabliklar to'la suronli taqdiri, orzu-armonlari bor edi. Said Ahmad xuddi shu fidoyi insonlar hayotini, kechinmalarini qalamga olgan, ular haqida bir emas uchta jozibali, lirik bo'yoqlarga boy, hayajonli kitob bitgan. Ularni jamlab, "Ufq" deb nomlagan. Darhaqiqat, roman uch katta davrni o'z ichiga olgani uchun uni roman-trilogiya deb ataymiz. Asarning dastlabki kitobi "Qirq besh kun", ikkinchi kitobi "Hijron kunlarida", uchinchi kitobi esa "Ufq bo'sag'asida" deb nomlangan. "Qochoq" deb shartli nomlangan parcha romanning "Hijron kunlarida" deb ataluvchi ikkinchi kitobidan olingan. E'tibor bergan bo'lsangiz, ushbu parcha juda og'ir o'qiladi, aniqrog'i, uni o'qish emas, his qilish og'ir. Urush qahramoni Ikromjon Usmonov frontdan bir oyog'idan ajrab, qaytib keladi, ortidan unga berib ulgurilmagan ordeni ham tantanali topshiriladi. Bundan ruhlangan Ikromjon va uning rafiqasi Jannat xola barcha bilan barobar mehnat qiladilar. Biroq ular hayotida falokat yuz beradi - ularning yer-u ko'kka ishonmay o'stirgan yolg'iz o'g'illari Tursunboy urushga ketayotib qochadi, ularning yuzini yerga qaratadi. Eng yomoni, Tursunboy qochib kelib, ular o'zlashtirayotgan to'qayzor ichkarisiga joylashib olgan. Bu sirni onasi Jannat xolagina biladi. U ikki o't orasida. Bir tomondan, o'gTining Vatanga xiyonati ich-ichini o'rtasa, ikkinchi tomondan, yolg'iz farzandiga joni achiydi. Qochoq o'g'lini boqish, uni kishilar ko'zidan yashirish bilan ovora bo'lib, tinkasi qurigan mushtipar ona kasallanib qolib vafot etadi. Ikromjon o'g'lining isnodiga chiday olmay yurganda, to'qayda Tursunboyni uchratadi. Ota va bola o'rtasida jiddiy to'qnashuv bo'lib o'tadi. Ikromjon o'g'lini el-yurt oldida uzr so'ratmoqchi, diliga insof solmoqchi bo'ladi. Biroq nobakor o'g'il ko'nmaydi, ota qo'lidan qochib ketadi. Qochoq o'g'il Tursunboy "...ota diydoridan, ona mehridan, yor-birodarlari davrasidan olisda, chaqirsa ovoz yetadigan joy da quvg'in bo'lib, olamdan o'tadi". Asarda Tursunboy qilmishi qoralanadi, hatto otasi ham xiyonatkor o'g'ilni mahv etishga tayyor. Awalo, ota-onadan ham ayb o'tgan: ular yolg'iz o'g'illarini erka, tantiq qilib o'stirganlar. Bugun erka farzand ularni el orasida sharmisor qilyapti. Biroq bu ayblovlar zamirida urushni qoralash, bu qirg'inbarotni o'ylab chiqarganlarni la'natlash yotibdi. Urush ota-onalarni farzand dog'ida kuydirdi, bolalarni yetim qildi, mamlakatni xarobaga aylantirdi. Barcha baxtsizliklarning sababi - ana shu urush. Aziz o'quvchi, so'z garchi Tursunboy taqdiri haqida ketayotgan bo'lsa-da, asarda u yolg'iz personaj hisoblanmaydi. Siz buni yaxshi bilasiz, chunki "Ufq" trilogiyasini to'liq o'qigansiz (qaysingiz o'qimagan bo'lsangiz, maslahatimiz, roman bilan albatta tanishib chiqing). Yozuvchi "Ufq" romanida xalqimizning urush ortidagi mehnati, mashaqqatli hayotini Ikromjon, Jannat xola, ToTanboy, Nizomjon, Asrora, Dildor, Zebi, A'zamjon kabi qator qahramonlar taqdiri orqali yorqin tasvirlaydi. Ustoz adib Abdulla Qahhor yozuvchining ushbu asardagi mahoratini shunday ta'riflaydi: "Bu kitobni ("Ufq" romanini) kitobxon boshdan-oyoq shavq bilan, hech qayerda turtinmasdan, diqqati susaymasdan, ishtahasi bo'g'ilmasdan o'qib chiqadi...
@Uzjoku_Unversiteti
Taraqqiyotlar strategiyasi
Reja:
Kirish: Zamonaviy yurt taraqqiyotida yangi sahifa
Asosiy qism:
a)Yangicha boshqaruv va yangicha strategiya
b)Yangi O'zbekiston bosib ōtayotgan yōl
d)Ōtgan tariximizga nazar solaylik
Xulosa:Vatanga munosib farzand bōlaylik!

Bugun O'zbekiston o'z mustaqil taraqqiyotining sifat jihatdan yangi bosqichiga qadam qo'ydi. Bu yo'lda u jahonning ko'plab mamlakatlari va yirik xalqaro tashkilotlari bilan turli sohalarda samarali hamkorlik qilib kelmoqda. Xususan, xorijiy davlatlar bilan do'stona hamda o'zaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirish borasida muhim natijalarga erishilyapti.

Aytish mumkinki, davlatimiz rahbari bugungi kunda nafaqat O'zbekiston, balki Markaziy Osiyoning farovonligi uchun jon kuydirayotgan, mintaqani sanoati rivojlangan, obod va dunyo bilan keng integratsiyalashgan hududga aylantirish orzusi bilan yashab, shunga monand mehnat qilayotgan etakchi sifatida namoyon bo'lmoqda.

Qisqa davr ichida O'zbekiston xalqi mamlakatimizning jahon hamjamiyatida munosib o'rin egallashiga asos bo'luvchi ulkan yutuqlarni qo'lga kiritdi. SHunga monand ravishda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan boshlangan islohotlar va modernizatsiya jarayoni, jumladan, qo'shni mamlakatlar bilan aloqalarni mustahkamlash bo'yicha siyosatni dunyo hamjamiyati e'tirof etmoqda. Mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hamda iqtisodiy hayotida qo‘lga kiritilayotgan muvaffaqiyatlar yillar o‘tgani sayin tobora mustahkamlanib, ko‘zga yanada yorqinroq tashlanmoqda. Zero, tarixan qisqa davr ichida barcha sohada mislsiz o‘zgarishlar ro‘y berdiki, bu haqli ravishda ko‘pchilikning havasu hayratiga sabab bo‘layotir.
Xulosa ōrnida shuni aytishim joizki yurtboshimiz tomonidan biz yoshlar uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda biz mana shu imkoniyatlardan foydalangan yurtimizga munosib farzand bōlishimiz kerak.
@Uzjoku_Unversiteti
1.Kirish. Fitrat-o’zbek dramaturgiyasi asoschisi.
2.Asosiy qism:
1.O’zbek publitisistikasiga tamal toshini qo;ygan adibga shon-shuhrat keltirgan asar.
2. ,,Abulfayzxon’’- o’zbek adabiyotidagi durdona asar.
3. Toj-u taxt uchun kurash va ezgulik, insof, diyonat, adolat g‘oyalari o‘rtasidagi kurash .
3.Xulosa. Tarix- ulug' Soya, agar undan yaxshi ma'no izlab qutilmasa, u o'z-o'zini yangi shakl va ko'rinishda takrorlaydi.
Fitratga qadar o’zbek adabiyotida qator dramatik asarlar yozilgan. Dramaturgiyamiz tarixida ular o’ziga yarasha o’rin tutadi. Biroq, jahon adabiyotidagi mezonlar talabiga javob bera oladigan milliy ruh va milliy g’oya bilan sug’orilgan, teran qahramonlar aks etgan bu turdagi yetuk asarlarning muallifi sifatida Fitrat o’zbek dramaturgiyasining asoschisi hisoblanadi.
Fitrat elni, yurtni ozod va obod ko’rish dardini dramaturgiyada ham to’kib soldi.
,,Abulfayzxon” dramasi orqali muallif o’zbek adabiyotida ilk bor inson va tarix, shaxs va jamiyat munosabatlarining badiiy yo’sinda gavdalantirish va bu masalalardagi badiiy gavdalantirishni ham yo’llarini izladi. Qay daraja jamiyat farzandi bo’lmasin, ijtimoiy munosabat unda qay yo’sinda o’z muhrini qoldirmasin, shaxs, Fitrat talqinicha, end avvalo, alohida individdir. Shaxs kamolotida tarbiya va jamiyat ta’siri muhim bo’lgani bilan shaxs tabiatida irsiyat va shundan kelib chiquvchi o’ziga xoslikning o’rni kuchlidir. Shuning uchun shaxs, Fitrat talqinida, tarixning harakatga keltira oluvchi kuch, jamiyatga faol ta’sir ko’rsatuvchi siymo sifatida ko’rsatiladi.
Tragediyada gavdalantirgan Abulfayzxon ana shunday shaxs, biroq afsuski, tarixda salbiy iz qoldirgan shaxsdir. Lekin dramaturg qahramonini salbiy deb, faqat qora ranglar bilan chatlamaydi. U tarixan hayotda qanday bo’lsa, shunday gavdalantiradi. Badiiylik qonuniyatlari bilan xarakterini teranroq va tiniqroq biladi, xolos.
Fitrat jamiyat, muhim va sharoitning shaxsga ko’rsatuvchi ta’sirini badiiy gavdalantirrishni ham unutgani yo’q.
Xonnig xo’jasaroyi Ulfat, Qozi kalon Nizom, Davlat to’qsabo, Rahimbiy va Hakimbiy otaliqlarining Abdulfayzxon tegirmoniga suv quyib, uni jaholat va razolatga sudrashdagi faolliklari haqida yuqorida gapirildi. Bu xuddi o’sha muhitning, sharoitinig, tarixiy vaziyatning shaxsga o’tkazuvchi ta’siri va shu tarixiy jarayonning badiiy talqinlaridir. Ubaydullaxon, Abdulfayzxon, Abdumo’minxonlarning xiyonatkorona o’ldirilishida ham tarixiy sharoitlarning inson taqdiriga ko’rsatgan ta’siri yotadi. Asar so’nggiga yaqin Abdulfayzxon o’z razilliklaridan pushaymon, nadomat chekkan holda beriladi. Bu bilan muallif tarix va shaxs aro munosabatlarning vovaylo qo’ynida inson hech qachon faqat razillik timsoli bilan qololmaydi, inson o’zini-o’zi anglash fursatini topmog’i kerak, degandek bo’ladi. Asar tragediya janrida bo’lgani uchun unda fojealar ko’p. Lekin hayot faqat fojealardan iborat emas.
Dramaturg hayot qirralarini, nurli qahramonlarni hamda shaxs va jamiyat, inson va tarixning o’zaro munosabatlarini shu qahramonlar talqiniga singdiradi.
Shaxs va jamiyat aro munosabat masalasidek o’z idealini dramaturg, ayniqsa, Ibrohimbiy obrazida aks ettirdi.

Murojaat uchun : @Uzjoku_Unversiteti
Assalomu alaykum hammaga bugungi yangilanish bayrami muborak bolsin debb.... Oysha& #Kozmunchoq 🥳🥳🥳🥰
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu alaykum hammaga agarda kimga insho esse bayon kerak bolsa menga @Uzjoku_Unversiteti ga murojaat qilishingiz mumkin qolganini lichkada kelshb olamiz💸💵💰
Insonmiz deb xayvon ishin qilishadi,
Muslimmiz deb kofir ishin qilishadi.
Dostingman deb ortdan pichoq urishadi,
Netay yo Rab charchadim dunyo yolgonidan.
Sevaman deb chaqalarga sotishadi,
Kerak bolsang ozi izlab topishadi.
Ishi bitsa chiqindidek otishadi,
Netay yo Rab charchadim dunyo yolgonidan.
Tinchlik istab urush boshlar bu dunyoda,
Oqibat deb puling shilar bu dunyoda.
Qarindoshlar mol talashar bu dunyoda.
Dostlar dushman bolib qolar bu dunyoda.
Netay yo Rab charchadim dunyo yolgonidan.
Oxiratni oylashmaydi bu dunyoda,
" Javob bering ona "
O'limizni bo'ynizga olib. 
Keng dunyoga keltirdiz ona
Endi sizga bir savol beray
Vafolimi bu dunyo ona ?

Qaydan kelganim bilmay
Men yer tepib yig'laymi ona
Endi sizga bir savol beray
Ko'z yoshga arzirmu bu dunyo ona?

Tentirab yuribman dunyo ketidan
Qachon to'yarkin ko'zlarim ona 
Endi sizga bir savol beray
Tuproqdan to'yarmi bu ko'zlar ona?

Nega ko'rsatmadiz iymonni yo'lin
Balki men u yo'lda yurardim ona
Endi sizga bir savol beray
Iymon halovati qayerda ona?

Gunoh m'siyatda umrim o'tmoqda 
Qabrda gar yotsam, yolg'iz men ona
Endi sizga bir savol beray
Qabr azobi yengilmu ona?

Nohaqlar ichida xaqni qidirib
Musofir yurtlarga ketdim men ona
Endi sizga bir savol beray
Musofirlar xammasi xoyinmi ona?

Qalbimga xidoyat nurini sochdi
kim berdi xidoyat bilmayman ona
Endi sizga bir savol beray
O'shal mehribon zot Ollohmi ona?

O'tmishda gunohlar qolib kettiku
Tavbada o'tmoqda tunlarim ona
Endi sizga bir savol beray
Gunohlarni kechirgan zot G'ofur mi ona? 

Savob umidida yugurib yeldim
Dunyo savobin izlab, charchadim ona 
Endi sizga bir savol beray
Bir harfida o'n savob qu'ronmi ona?

Eshitdim robbimning jamoli haqda
Inshaalloh men uni ko'raman ona
Endi sizga bir savol beray
Robbim bilan uchrashuvim qayerda ona?

Ul yer onalar oyog'i osti
qani uxlay endi ostonasida
endi sizga so'rovim aytay
Oyoqlarizdan bir to'yib o'pay ona
Oyin oynimizmi
Oyin oynimizmi
Daxwat ÕYIN oynemiz Ismingiz qaysi harfdan bowlanadi ?
#A- man archani
#B- man qarg'ani
#D- man kompyuterni
#E- man sevgilimmi
#F- man duwmanimmi
#G- man yigitlani
#H- man qorqizni
#I - man taksislani
#J - man wirinliklarni
#K- man Obid Asomovni
#L- man õqituvchimni
#M- man pampersni
#N- man sigaretni
#O- man qorboboni
#P- man telfonimmi
#Q- man uyimmi
#R- man dõstlarimmi
#S- man qõlimmi
#T- man Toxir sodiqiffi
#U- man yalmog'izni
#V- man paypog'immi
#X- man qarindowlarimmi
#Y- man divanimni
#Z- man rõmolchamni
#Sh- man qõylarimni
#Ch- man õzimni

**

Endi tug'ilgan oyiz.

#Yanvar - boqaman
#Fevral - sevaman
#Mart - õpaman
#Aprel - gõwtidan shashlik qilaman.
#May - õg'irlab ketaman
#Iyun - buzaman
#Iyul - õldiraman
#Avgust - sindiraman
#Sentabr - yechintiraman
#Oktyabr - kõtaraman
#Noyabr - tiwliman
#Dekabr - Uwlab kõrdim

*

Endi hozir kiygan kiyimingiz rangini Tanlang.

#Qora - chunki jinniman
#Oq - chunki kayfim bor
#Qizil - chunki hidi yoqadi
#Sariq - bowqa nima qli
#Kõk - chunki dõstlarim majbur qldi
#Jigarrang - niyatim wu õzi
#Yashil-uzi shunaqaro man
#Bowqa ranglar chunki SEVAMAN
#Kiyimsiz - chunki aqlliman

*

Endi qanaqa gap chiqdi😂😂🤣



Yozib qoldirmagan kal 🙈 😉🤣

Adminka #Oysha
Man Qargʻani ushlab koʻrdim chunki jinniman
#Bexruz😁😂
Bolalikning moviy osmoni

Bolalik - bu siz havoda qal'alar qurishingiz, otishingiz, elflar va gnomlarga ishonishingiz mumkin bo'lgan ajoyib vaqt. Santa Claus tashrif buyurib, sovg'alar olib kelganida juda yaxshi!

Bolalikda hamma narsa qiziqarli va sirli. Bu erda shahar tashqarisida sirli mavjudotlar yashaydigan naqshli o'rmon bor. Va o'rmon ortida ko'l bor, ko'pgina mermaids mavjud. Bolalar tasavvurlari cheksizdir, buning natijasida atrofdagi dunyo ajoyib va ​​sirli bo'ladi.

Birinchi bahorgi yomg'ir, birinchi momaqaldiroq, bolalarga qanchalik quvonish va ajablanish, va birinchi qor tuxumlari nima sababdan yoqadi. Bolaligida ko'p narsalar, hatto eng ahamiyatsizlari ham katta quvonch keltiradi.

BOLALIK muammolar bo'lganida, baxtli va beparvolik bilan yashaydigan eng go'zal yil. Bizning bolaligimiz ko'p jihatdan ota-onamizga bog'liq, chunki aynan ular bizga ertak, sevgi, muloyimlik va mehribonlik bag'ishlaydi. Ota-onalar bolalar uchun o'rnakdir: Men ulg'ayganimda, men dadam kabi katta va kuchli bo'laman, bu ko'plab bolalarning eng sevimli orzularidan biridir.

Bolaligida, barcha bolalar imkon qadar tez mustaqil bo'lishni istaydilar, va ular o'sib ulg'ayganlarida, ular hech qachon shoshilmasligini tushunib yetishadi.

Mening bolalik juda uzoq vaqt oldin emas edi. Ko'pgina odamlar bu bolalik bugungi kungacha menda yashaydi deb o'ylashadi, lekin bu ishning o'zi yo'q. Men ancha vaqtdan beri kattalardagidek bo'ldim va hech kim meni to'liq bilmaydi. Mening bolaligimga qaraganda, bolalik yomon emas edi, lekin u qadar yaxshi emas edi. Men juda erta bola edim: uch yil davomida buvim menga o'qishni o'rgatdi, men tengdoshlarim bilan muloqot qilishdan manfaatdor emas edim, lekin men juda qiziqardim.Maʼnaviy rivojlanishidagi asosiy, asosiy tamoyil - bu uning yaxshilik, haqiqat, haqiqat, sevgi va go'zallik uchun istagi. Bu yuksak ma'naviy intilishlarning dastlabki manbai - unga eng go'zal narsalarni ko'rsatgan onaning obrazi.
Tolstoy o'z hikoyasida bolalikni inson hayotidagi eng baxtli davr deb ataydi. “Bolalikning baxtli, baxtli, qaytarib bo'lmaydigan davri!. Bolaligingizda egallagan o'sha tazelik, beparvolik, muhabbatga bo'lgan ehtiyoj va ishonch kuchi qaytadimi? Ikki eng yaxshi fazilat - begunoh dadillik va muhabbatga bo'lgan cheksiz ehtiyoj hayotda yagona sabab bo'lganidan yaxshiroq vaqt.
Kanalimizdan kerakli ma'lumotni olib keyin esa chiqib ketish yaxshi emas har xolda biz qo'limizdan kelguncha sizlarga yordam beryapmiz ammo siz ham ishim bitti deb kanaldan chiqib ketmang deb qolardim yanayam insofni o'zingizga bersin.
​​ABITURIYENT, UXLAMA!

Hoy abituriyent uxlama,
Yengilmagin g'aflatga.
Yaqin qoldi imtihon,
Qolib ketma kulfatga.

Ota-onang sen uchun,
Ishlamoqda tinmayin.
Uxlolmaydi tunlari,
Dam neligin bilmayin.

O'ylayapsan o'zingcha,
"Yiqilsam ne bo'lardi,
Baxtimga dadam borku
Kontraktim to'lardi".

Agar budjetga o'tsang
Otang hafa bo'larmu?
Yoki mushtipar onang
Baxtsiz bo'lib qolarmu?

Yigitlar hayolingiz,
Olmoqda qizlar balki.
Qalamqoshlar, zebolar
Hoy-havasku shunchaki!

Hoy, uzunsoch ishonma,
Alpqomatning so'ziga.
O'qishga o'tib ketsa,
Ko'rinmaysan ko'ziga.

Yaxshisi har biringiz,
O'ylangiz imtixonni.
Keyin topib olarsiz,
Alpqomat-u, jononni!!!

To'g'ri vaqtimiz ham,
Oz qoldi o'zi juda.
Shularni ham o'ylab SIZ,
Vaqt o'tkazmang bexuda.

Bilmingizga ishoning,
To'ldiring kamingizni.
Axir birov (sizni) o'ylamas ,
Bilmaydi g'amingizni.

Mehnat qilgan albatta,
Yetadi murodiga.
Rahmatlar keltiradi,
Avlod-u ajdodiga.

Hali ko'o'o'p yozardimu,
Dars tayyorlash kerakda.
Shoirlik bir kasallik,
Bo'sh vaqtda ermakda.

Xullas har biringizga,
OMAD tilab qolaman.
Inshaalloh sizlarni,
Poytaxtda kutvolaman!

#Kozmunchoq
☺️☺️
«СОҒИНДИМ МЕН»

Олай ўзим юрагингиз қайғусини,
Мудом менинг йўлларимда интизорим, Соғиндим мен кўзларингиз кулгусини, Мендан йироқ олисдаги мехрибоним! Соғиндим мен Онажоним Отажоним!

Кўксим тўлса кўзларимдан ёшлар оқиб, Термуламан суратига мунгли боқиб, Чаккасига райхонларни олган тақиб, Райхонлари хушбой димоғимда доим! Соғиндим мен Онажоним Онажоним!

Ўтса кунлар ёнингизга борсам қани, Дуоингиз олиб юрсам дейман қани, Омон бўлсин Оналари хар бандани, Асрор мени дуолари бебахойим! Соғиндим мен Онажоним Онажоним!

Ўз юртингдек бўлмас экан олис макон, Юрагингни соғинч эзар экан ёмон, Қанот қоқиб учсам қани уйим томон, Уйларимнинг фариштаси кўрки доим! Соғиндим мен Онажоним Отажоним!

Насиб этса хали замон борадурман, Ота Онам дуоларин оладурман, Шеърларимда сизни куйлаб қоладурман, Кўзи гирён кутар икки мехрибоним! Соғиндим мен Онажоним Отажоним!