Internetda qalam tebratish
82 subscribers
57 photos
1 video
1 file
22 links
Marafon ushbu kanalda 24-avgust soat 20:00 da start oladi.
Download Telegram
🔥 Aktivligingiz uchun rahmat, davom etamiz!
PHMS formulasi insonlarning og’riqli nuqtalariga ta’sir o’tkazish orqali ularni sizning mijozingizga aylantira oladigan kuchga ega bo’lib, 4 ta ketma-ketlikdan iborat.
Ya’ni:

P (Pain) – O’g’riq

M (More Pain) – Og’riqni kuchaytirish

H (Hope) – Umid

S (Solution) – Yechim
PHMS modeli aynan mana shu ketma-ketlikda ish beradi.
Formula mijozlarning og’riqli jihatiga ta’sir o’tkazish asosida ishlaydi.
Keling har bir bosqichni chuqurroq tahlil qilamiz.
P (Pain) - Og’riq

Birinchi navbatda fokus siz taklif qilayotgan reklama mijozning eng katta og’riqli masalasini hal etishiga qaratiladi.
M (More pain) - Og’riqni kuchaytirish

Endi siz mijozlarga ularning muammosi tezlikda hal etilmasa jiddiy tus olib ketishini uqtirishingiz kerak.
H (Hope) – Umid

Bu bosqichda mijozga muammoning yechimi borligi aytiladi.
S (Solution) – Yechim

Siz mijozni yaxshigina tayyorlab oldingiz, endi uning muammosini hal etuvchi mahsulotingizni sotishingiz mumkin. Shu yerga ayniqsa harakatga undash maksimal natija beradi.
Yuqoridagi bilimlarni mustahkamlash maqsadida keling PMHS modeli asosida yozilgan reklama postini tahlil qilib ko’ramiz.
🥺 Pain - Og’riq

Qo'lingizda gulday hunaringiz bor-u, lekin ishsizmisiz? - Sarlavha, hozirgi kunda eng aktual bo’lgan ko’plab insonlarning eng og’riqli nuqtasiga fokus qaratmoqda.
😢 More Pain - Og’riqni kuchaytirish

Bu ham yetmaganday kompaniyalardan rad javobini olyapsizmi? - Matnning kirish qismida og’riqni kuchaytirayapmiz, ya’ni bilamizki yurtimizda kompaniyalarga ishga joylashish oson emas va raqobat nihoyatda katta.
🤗 Hope – Umid

Demak rizqingiz frilansda ekan! - Matnning ushbu qismida yuqoridagi muammolarni hal qilishda umid borligi to’g’risida aytayapmiz, ya’ni frilanserlik qilish orqali daromad topish mumkinligi haqida.
🚀 S (Solution) – Yechim

🤖 Kwork_UzBot minglab ish beruvchi va masofadan ishlaydigan insonlarni birlashtiruvchi milliy platforma bo'lib, o'z xizmatlaringizni onlayn sotish imkonini beradi. - Matnning ushbu qismida ish topish bilan bog’liq bo’lgan barcha og’riqlarni va muammolarni Kwork_UzBot platformasiga ulanish orqali hal etilishiga yechim berayapmiz.
👉 Botga ulaning hamda ro'yxatdan o'ting va yuzlab ish o'rinlari smartfoningizda: @Kwork_UzBot - Va matn so’ngida harakatga chorlov, ya’ni botga ulanish uchun ishora qilayapmiz.
Marafon tez yoki sekin o’tayapti?

👉 Javobingizni @iqt_marafonbot ga yuboring.