ipuedu_uz | Расмий канал
8.67K subscribers
4.59K photos
779 videos
94 files
2.44K links
Iqtisodiyot va pedagogika universitetining rasmiy Telegram sahifasi

🌍 www.ipuedu.uz
📲 +998 75 230 60 60
📨 ipu.ntm@bk.ru
❗️Online ariza topshirish: https://ipu.educon.uz/

📍Qarshi va Samarqand kampusi
Download Telegram
Bitiruvchi talabalar — ish beruvchilar nigohida!

Iqtisodiyot va pedagogika universitetida bitiruvchi talabalar hamda ish beruvchilar o‘rtasida navbatdagi uchrashuv yuqori kayfiyat va katta qiziqish bilan tashkil etildi.

Uchrashuvga «APEX INSURANCE» kompaniyasining malakali mutaxassislari tashrif buyurib, mavjud ish o‘rinlari, talab etiladigan ko‘nikmalar va ish jarayoni haqida batafsil ma’lumot berdilar. Talabalar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, ularni qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar berildi.

Bunday uchrashuvlar yosh mutaxassislarning mehnat bozoriga moslashuvi, o‘z yo‘nalishi bo‘yicha aniq maqsadlar qo‘yishi hamda ish beruvchilar bilan bevosita aloqalarni yo‘lga qo‘yishda muhim ahamiyat kasb etadi.


Universitetimizda bitiruvchi talabalarni ish bilan ta’minlash maqsadida turli korxona va tashkilotlar bilan hamkorlikda muntazam ravishda uchrashuvlar tashkil etib kelinmoqda.

Barcha bitiruvchilarimizga kelgusi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

📞Aloqa markazi:
+998752306060 - (Qashqadaryo)
😎 Yozish
+998557056060 - (Samarqand)
😎 Yozish

📑 (Litsenziya Nº 194419 25.12.2023)

📍Manzil: Qarshi shahri, “Ravoq” MFY Islom Karimov ko’chasi, 13-uy

📍Manzil: Samarqand viloyati, Samarqand tumani, Jo’yi soy MFY, Yasmin ko’chasi, 11-uy

🕊 Telegram | 📱 Instagram | 🌍Web-sahifa |
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1
“AMIR TEMUR – BUYUK DAVLAT ARBOBI”
ma’naviy-ma’rifiy tadbir

Iqtisodiyot va pedagogika universiteti
Pedagogika fakulteti

“Bobomizning: ‘Adolat har bir ishda hamrohimiz va dasturimiz bo‘lsin’, degan hikmatli so‘zlari bugungi Yangi O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlarda yaqqol aks etmoqda.”

Tadbir boshida O‘zbekiston Respublikasi madhiyasi yangradi. So‘ngra Tarix va ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri, professor Murtazova Sahodat Bo‘riyevna so‘zga chiqib, buyuk bobokalonimiz Amir Temur hayoti va faoliyati, uning jahon tarixida tutgan o‘rni haqida mazmunli ma’ruza qildilar.

Tadbir davomida talabalar tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari, she’rlar va turli chiqishlar namoyish etildi. Xususan:

Amir Temurning jahon tarixidagi o‘rni va roli haqida ma’ruza
Amir Temur haqida she’rlar
Xorijiy tillarda ma’lumotlar
Raqslar
Abdulla Oripovning “Sohibqiron” dramasidan sahna ko‘rinishi
“Temur tuzuklari”dan namunalar

Tadbirda professor-o‘qituvchilar hamda fakultet jamoasi faol ishtirok etdilar.

Tadbir tashkilotchilari:
Prof. S. Murtazova
Dots. R. Asadova
Dots. B. Toshpo‘latov
Katta o‘qituvchi N. Esanova


Ushbu ma’naviy-ma’rifiy tadbir talabalarda milliy qadriyatlarimizga hurmat, tariximizga qiziqish va buyuk ajdodlarimizga munosib voris bo‘lish tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.

Barchangizni shunday mazmunli tadbirlarda faol ishtirok etishga chorlaymiz

📞Aloqa markazi:
+998752306060 - (Qashqadaryo)
😎 Yozish
+998557056060 - (Samarqand)
😎 Yozish

📑 (Litsenziya Nº 194419 25.12.2023)

📍Manzil: Qarshi shahri, “Ravoq” MFY Islom Karimov ko’chasi, 13-uy

📍Manzil: Samarqand viloyati, Samarqand tumani, Jo’yi soy MFY, Yasmin ko’chasi, 11-uy

🕊 Telegram | 📱 Instagram | 🌍Web-sahifa |
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍1🥰1
Noislomiy yot g‘oyalarga qarshi ma’rifiy uchrashuv

Iqtisodiyot va pedagogika universiteti xorijiy tillar fakultetida talabalar o‘rtasida navbatdagi muhim brifing tashkil etildi. Tadbir davomida yoshlar ongiga turli yo‘llar bilan kirib kelishga urinayotgan, islom dinini niqob qilgan holda yot va zararli g‘oyalarni targ‘ib qiluvchi diniy ekstremistik guruhlar hamda ularning internet tarmoqlaridagi faoliyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Brifingda Din ishlari qo‘mitasining Qarshi shahri bo‘yicha bosh mutaxassisi Kenjayev Asadbek, DXX mas’ul xodimi, kapitan R. Xusnutdinov hamda rektor maslahatchisi Xolmuratov G‘olibjon Abduqahhorovich so‘zga chiqib, talabalarga bunday tahdidlardan ogoh bo‘lish, tanqidiy fikrlashni shakllantirish va ishonchsiz manbalardan uzoq turish zarurligini ta’kidladilar.

Shuningdek, tadbirda xorijiy tillar fakulteti dekan o‘rinbosari Xamrayev Dilmurod hamda tyutorlar faol ishtirok etib, yoshlarning ma’naviy immunitetini mustahkamlash bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri ekanini qayd etdilar.


Universitetda bu kabi brifing va davra suhbatlarini muntazam ravishda tashkil etish rejalashtirilgan bo‘lib, bu orqali talabalarimizning ongida sog‘lom dunyoqarashni shakllantirish, ularni turli yot g‘oyalar ta’siridan asrash va mustaqil fikrlaydigan yetuk mutaxassislar sifatida kamol topishiga xizmat qiladi.

📞Aloqa markazi:
+998752306060 - (Qashqadaryo)
😎 Yozish
+998557056060 - (Samarqand)
😎 Yozish

📑 (Litsenziya Nº 194419 25.12.2023)

📍Manzil: Qarshi shahri, “Ravoq” MFY Islom Karimov ko’chasi, 13-uy

📍Manzil: Samarqand viloyati, Samarqand tumani, Jo’yi soy MFY, Yasmin ko’chasi, 11-uy

🕊 Telegram | 📱 Instagram | 🌍Web-sahifa |

#Marifat #Yoshlar #Xavfsizlik #Ogohlik
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1