ipuedu_uz | Расмий канал
8.7K subscribers
4.57K photos
775 videos
94 files
2.43K links
Iqtisodiyot va pedagogika universitetining rasmiy Telegram sahifasi

🌍 www.ipuedu.uz
📲 +998 75 230 60 60
📨 ipu.ntm@bk.ru
❗️Online ariza topshirish: https://ipu.educon.uz/

📍Qarshi va Samarqand kampusi
Download Telegram
KARYERA KUNI – YANGI IMKONIYATLAR ESHIGI!

Iqtisodiyot va pedagogika universitetining Xorijiy tillar fakultetida bitiruvchi talabalar uchun “Karyera kuni” tadbiri yuqori saviyada tashkil etildi.

Tadbir yosh mutaxassislarni ish bilan ta’minlash, ularni yetakchi tashkilotlar bilan yaqindan tanishtirish hamda amaliy tajriba almashish imkonini yaratdi.

Tadbir davomida turli soha vakillari talabalar bilan ochiq va samimiy suhbatlar o‘tkazib:
— mavjud ish o‘rinlari
— kasbiy talablar
— tanlov jarayonlari
— mehnat bozoridagi ehtiyojlar

haqida muhim ma’lumotlar berdilar.

Talabalar esa o‘z bilim va ko‘nikmalari, yutuqlari hamda shaxsiy loyihalarini namoyish etib, ish beruvchilar e’tiborini qozondilar.

Shuningdek, ish beruvchilar va talabalar o‘rtasida hamkorlik shartnomalari imzolandi.

Tadbirni universitet rektori Otabek Nashvandovich Bozorov ochib, bitiruvchilarga muvaffaqiyat tiladi hamda bunday uchrashuvlarning ahamiyatini alohida ta’kidladi.


“Karyera kuni” yoshlar va ish beruvchilar o‘rtasida samarali muloqot maydoniga aylanib, bitiruvchilar uchun muhim qadam bo‘ldi.

📞Aloqa markazi:
+998752306060 - (Qashqadaryo)
😎 Yozish
+998557056060 - (Samarqand)
😎 Yozish

📑 (Litsenziya Nº 194419 25.12.2023)

📍Manzil: Qarshi shahri, “Ravoq” MFY Islom Karimov ko’chasi, 13-uy

📍Manzil: Samarqand viloyati, Samarqand tumani, Jo’yi soy MFY, Yasmin ko’chasi, 11-uy

🕊 Telegram | 📱 Instagram | 🌍Web-sahifa |
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👌1
9-aprel kuni — buyuk sarkarda va davlat arbobi, Sohibqiron Amir Temur (1336–1405) tavallud topgan sana.

👑 Bu yil ulug‘ siymo — Amir Temur tavalludining 690 yillik ayyomi nishonlanmoqda. U o‘z davrida qudratli davlat barpo etib, adolat, tartib-intizom va ilm-fan taraqqiyotiga katta e’tibor qaratgan buyuk shaxs sifatida tarixda o‘chmas iz qoldirgan.


Uning hayoti va faoliyati bugungi kunda ham ibrat manbai bo‘lib kelmoqda. “Kuch — adolatda” degan hikmat esa asrlar osha o‘z ahamiyatini saqlab kelmoqda.

9 апреля — день рождения великого полководца и государственного деятеля Амира Темура (1336–1405).

👑 В этом году отмечается 690-летие со дня рождения Амира Темура. Он вошёл в историю как создатель могущественного государства, мудрый правитель, уделявший особое внимание справедливости, порядку и развитию науки.


Его жизнь остаётся примером для будущих поколений, а изречение «Сила — в справедливости» и сегодня сохраняет свою актуальность.

📞Aloqa markazi:
+998752306060 - (Qashqadaryo)
😎 Yozish
+998557056060 - (Samarqand)
😎 Yozish

📑 (Litsenziya Nº 194419 25.12.2023)

📍Manzil: Qarshi shahri, “Ravoq” MFY Islom Karimov ko’chasi, 13-uy

📍Manzil: Samarqand viloyati, Samarqand tumani, Jo’yi soy MFY, Yasmin ko’chasi, 11-uy

🕊 Telegram | 📱 Instagram | 🌍Web-sahifa |
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Amir Temur oyligi doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar

Yurtimizda Amir Temur oyligi keng nishonlanib, uning boy merosini o‘rganish hamda yoshlar qalbida vatanparvarlik, jasorat va fidoyilik tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Iqtisodiyot pedagogika universitetida ham ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va sport musobaqalari o‘tkazilib, talabalarning jismoniy va ruhiy barkamolligi rivojlantirilmoqda.

Amir Temur hayoti va tarixi haqida qisqacha
Buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur (1336–1405) Movarounnahrda markazlashgan qudratli davlat barpo etgan. U Samarqandni poytaxtga aylantirib, ilm-fan va madaniyat rivojiga katta hissa qo‘shgan. “Temur tuzuklari” asari esa davlat boshqaruvi va harbiy san’atning muhim manbalaridan biridir.

Amir Temur siymosi – qat’iyat, adolat va yurtga sadoqat timsoli. Uning hayoti barchamizni Vatan ravnaqi yo‘lida mehnat qilish va o‘z ustimizda ishlashga undaydi.


Aziz talabalar, ushbu oylikda faol qatnashib, o‘z iqtidoringizni namoyon eting!

📞Aloqa markazi:
+998752306060 - (Qashqadaryo)
😎 Yozish
+998557056060 - (Samarqand)
😎 Yozish

📑 (Litsenziya Nº 194419 25.12.2023)

📍Manzil: Qarshi shahri, “Ravoq” MFY Islom Karimov ko’chasi, 13-uy

📍Manzil: Samarqand viloyati, Samarqand tumani, Jo’yi soy MFY, Yasmin ko’chasi, 11-uy

🕊 Telegram | 📱 Instagram | 🌍Web-sahifa |
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥21👍1
Bitiruvchi talabalar — ish beruvchilar nigohida!

Iqtisodiyot va pedagogika universitetida bitiruvchi talabalar hamda ish beruvchilar o‘rtasida navbatdagi uchrashuv yuqori kayfiyat va katta qiziqish bilan tashkil etildi.

Uchrashuvga «APEX INSURANCE» kompaniyasining malakali mutaxassislari tashrif buyurib, mavjud ish o‘rinlari, talab etiladigan ko‘nikmalar va ish jarayoni haqida batafsil ma’lumot berdilar. Talabalar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, ularni qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar berildi.

Bunday uchrashuvlar yosh mutaxassislarning mehnat bozoriga moslashuvi, o‘z yo‘nalishi bo‘yicha aniq maqsadlar qo‘yishi hamda ish beruvchilar bilan bevosita aloqalarni yo‘lga qo‘yishda muhim ahamiyat kasb etadi.


Universitetimizda bitiruvchi talabalarni ish bilan ta’minlash maqsadida turli korxona va tashkilotlar bilan hamkorlikda muntazam ravishda uchrashuvlar tashkil etib kelinmoqda.

Barcha bitiruvchilarimizga kelgusi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

📞Aloqa markazi:
+998752306060 - (Qashqadaryo)
😎 Yozish
+998557056060 - (Samarqand)
😎 Yozish

📑 (Litsenziya Nº 194419 25.12.2023)

📍Manzil: Qarshi shahri, “Ravoq” MFY Islom Karimov ko’chasi, 13-uy

📍Manzil: Samarqand viloyati, Samarqand tumani, Jo’yi soy MFY, Yasmin ko’chasi, 11-uy

🕊 Telegram | 📱 Instagram | 🌍Web-sahifa |
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1