«Oʻzbekiston» nashriyot-matbaa ijodiy uyi
337 subscribers
1.1K photos
46 videos
47 files
216 links
1924-yildan buyon kitobxonlarga xizmat qilamiz!
📖 Ijtimoiy-siyosiy, badiiy adabiyot va bolalar kitoblari

📞 +998 71 244 87 55
📞 +998 71 244 37 81

Manzil: Toshkent, Navoiy koʻchasi, 30.
Download Telegram
Jek London – “Oq tish”

Jek London doimgiday o‘z qahramonlarini kurashga, hayotga, yashashga intiltirganiday “Oq tish”da ham bu an’anasiga sodiq qolgan. “Tun bilan birga qo‘shilib, atrofga dahshat beruvchi hodisalar ham boshlandi. Uyqusizlikdan Genrining oyoqda turishiga ham majoli qolmagandi. Harchand urinmasin uyqu uni mahv eta boshlagandi... Uyqudan turganida o‘zidan yarim qadam narida dahshatli qurtni ko‘rdi...”. Bu asar o‘z vaqtida Amerika bo’ylab keng yoyilgan. “Oq tish” 100 dan ortiq tilga tarjima qilingan. Uning o‘quvchilari soni yildan-yilga ortib bormoqda.
Azizlar, kitoblar ketma-ketligini davom ettirgan holda, navbatni yana bir buyuk yozuvchi Lev Nikolayevich Tolstoyning asariga beramiz:
Lev Tolstoy – “Anna Karenina”

Ro‘yxatdan yana bir buyuk rus yozuvchisi Lev Tolstoyning romani o‘rin olgan. Ushbu roman ham chop etilgan zahoti nafaqat yozuvchiga sharaf olib keldi, balki o‘quvchilari sonini ham kundan-kunga orttirib yubordi. O‘sha paytlarda Yevropadagi kiborlarning obro‘si xonadonida “Anna Karenina” borligi bilan o‘lchanadigan bo‘lib qolgandi. Bugun ham Tolstoyning ushbu shoh asari qadri tobora yuksalib bormoqda, Yevropada ham, Amerikada ham, Osiyoda ham.

Yozuvchi sof muhabbatning qadri hamma narsadan ustunligini zo‘r mahorat bilan qalamga olgan. “Anna Karenina”ni o‘qimagan, undan bahra olmagan kitobxon bo‘lmasa kerak, deyishadi ruslar. Shu bois ham ushbu asar jahonning ko‘plab tillariga tarjima qilingan. Ma’lumotlarga ko‘ra, “Anna Karenina”ni o‘qiganlar soni bir milliarddan oshadi. O’z o’rnida shuni ham aytib o’tish joyizki, ushbu asar “O’zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan o’zbek tiliga tarjima qilinib lotin hamda kirill alifbosida chop etilmoqda.
«Oʻzbekiston» nashriyot-matbaa ijodiy uyi pinned «Aziz kanalimiz a’zolari, bugun sizlarga kitobga oid qiziqarli ma’lumotlarni taqdim etishni maqsad qildik.»
Volfgang Gyote — “Yosh Verterning iztiroblari”

Gyote hali 25 yoshga to‘lmay turib yozgan bu asari haqiqiy klassikaga aylanishini kutmagan bo‘lsa kerak. Ushbu asar chop etilgach, tanqidchilar Gyotega shunday ta’rif berishgan: “Adabiyotga romantik qahramonni armug‘on etgan adib”.

“Yosh Verterning iztiroblari” ham kitob holida o‘quvchilar qo‘liga tushishi bilan eng sevimli asarlar qatorida tilga olina boshlagan. Shuningdek, ushbu roman adibning adabiy faoliyatining ilk davriga mansub bo'lib, o’sha davr nemis adabiyotida katta voqea bo’ldi.
Rashod Nuri Guntekin – “Choliqushi”

Choliqushi” ilk bor 1922-yilda Turkiyaning “Vakit” gazetasida parchalar holida chop etilgan. Asar o‘quvchilarni shu qadar o‘ziga bog‘lab olgandiki, gazetaning keyingi soni chiqishini intiqlik bilan kutadigan bo‘lib qolishgandi. Shundan keyin o‘sha yilning o‘zida kitob holida bosmadan chiqdi.

1939 yilga qadar “Choliqushi” besh bor nashr etildi. Shunda ham “Choliqushi” tanqisligi kuzatilgach, Rashod Nuri Guntekin asarni o‘z hisobidan yana nashr ettiradi. Asar ingliz, nemis, fransuz, rus, o‘zbek, ozarboyjon tillariga tarjima qilingan. Uning o‘quvchilari soni ham boshqa asarlarniki kabi millionlardan oshib milliardga qarab yaqinlashgan.
“Adolat – davlatning asosi va hukmdorlar shioridir”

Bugun buyuk Sohibqiron Amir Temurning tavallud topgan kuni. U 1336-yil, 9-aprel kuni Kesh (hozirgi Shahrisabz) shahri yaqinidagi Xoja Ilgʻor qishlogʻi (hozirgi Yakkabogʻ tumani) da tavallud topgan. Amir Temur o’z davrida o’rta asrning yirik davlat arbobi, buyuk sarkarda, kuchli, markazlashgan davlat asoschisi, ilm-fan va madaniyat homiysi deya ataladi.

Amir Temur — buyuk davlat asoschisi. U Hindiston hamda Xitoydan Qora dengizga qadar, Sirdaryo va Orol dengizidan Fors qoʻltigʻiga qadar gʻoyat katta hududni qamrab olgan markazlashgan ulkan saltanatga asos
soldi.
Bundan tashqari Amir Temur davlatiga Kichik Osiyo, Suriya, Misr va shimol-gʻarbda Quyi Volga, Don buylari; shimoli-sharqda Balxash koʻli va Ili daryosigacha; janubi-sharqda esa Shimoliy Hindistongacha bulgan mamlakatlar buysundirildi. Amir Temur davlatni aql-zakovot va huquqiy asos bilan idora etgan. Uning "... davlat ishlarining toʻqqiz ulushini kengash, tadbir va mashvarat, qolgan bir ulushini qilich bilan amalga oshirdim", degan soʻzlari buning yorqin dalilidir.

Buyuk bobokalonimiz Amir Temur 1405-yil 18-fevral kuni Oʻtrorda vafot etdi va Samarqandda dafn etildi.
Sohibqiron Amir Temur Oqsaroy peshtoqiga yozdirgan hikmat:

“Tajribamda ko’rilgankim: azmi qat’iy, tadbirkor, hushyor, mard va shijoatli bir kishi mingta tadbirsiz, loqayd kishidan yaxshiroqdir”

“Temur tuzuklari”dan.
Kuni kecha o’zbek she’riyati og’ir judolikka uchradi. Elimiz suygan, bolajonlarimiz qalbidan joy olgan O’zbekiston xalq shoiri Anvar Obidjon vafot etdi. Faoliyati davomida yaratgan asarlarning aksariyati bolajonlarga bag’ishlanadi. Shuningdek, satira va yumorda o’z uslubiga ega bo’ldi.

Nashriyotimiz Anvar Obidjon bilan hamkorlikda bir qancha loyihalarni amalga oshirib kitoblar nashr etdi. Jumladan, so’nggi yillarda chop etilgan “Kichkintoylar quvonchi” va “Futbol to’pining sayohati” nomli jajji bolajonlarga atalgan bir-biridan qiziqarli kitoblar bunga yaqqol misol bo’la oladi. 1997-yil “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan Anvar Obidjon 1 yil o’tib “O’zbekiston xalq shoiri” unvoniga ham sazovor bo’ldi.

Nashriyotimiz hodimlari nomidan shoirning oila a’zolariga chuqur hamdardlik bildirib qolamiz. Joylari jannatda bo’lsin, ohiratlari obod bo’lsin!
"KICHKINTOYLAR "
✍️ Muallif
: Anvar Obidjon
📌Tili: o'zbek (lotin)
📘Muqovasi: qattiq
📑 Hajmi: 336 bet
💳 Narxi: 19 450 so'm
O'zbekiston xalq shoiri Anvar Obidjonning qissalari, hikoyalari she'rlari o'ta quvnoqligi, qiziq-qiziq voqealarga boyligi, ayni paytda, asarlar zamirida chuqur falsafiy ma'nolar yashirinib yotishi bilan kichkintoy o'quvchilarnigina emas, katta yoshdagi kitobxonlarni ham azaldan o'ziga rom qilib kelmoqda.
📲 Telefon: (71) 244 34 01, (71) 244 37 81
📍 Manzil: Toshkent shahri, Navoiy ko'chasi, 30-uy
🌎 https://t.me/iptduzbekistan
Aziz kanalimiz a’zolari, sizlarga nashriyotimizning tarixi, faoliyati davomida erishgan yutuqlari va unda chop etiladigan mahsulotlar turlari haqida qisqacha ma’lumot berib o’tmoqchimiz.
Tashkilot dastlab 1925-yili Oʻrta Osiyo davlat nashriyoti negizida Oʻzbekiston davlat nashriyoti (Oʻzdavnashr) sifatida tashkil etilgan.

1964-yili “Oʻzdavnashr” “Oʻzbekiston” nashriyoti etib qayta nomlangan. Nashriyot ijtimoiy-iqtisodiy, ommaviy-siyosiy, ilmiy-ommabop, huquqiy, ishlab chiqarish, texnik, qishloq xoʻjaligi, ma’lumotnoma va huquq adabiyotlarini nashr etishga ixtisoslashgan edi.

1967-yilda mazkur nashriyotning 3 va 5-sexlari negizida Toshkent matbaa kombinati tashkil etilib, bu yerda xalq iste’moli uchun zarur boʻlgan matbaa mahsulotlarining barcha turlari ishlab chiqarilgan.