"Tog'-kon va geologiya sohasi xodimlari malakasini oshirish instituti" DM Matbuot xizmati
539 subscribers
4.47K photos
526 videos
47 files
1.84K links
"Tog'-kon va geologiya sohasi xodimlari malakasini oshirish instituti" Davlat muassasasi Matbuot xizmati
Download Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotidagi nutqidan asosiy firklar:
 
📌Besh yilda biznes uchun ajratilgan kredit portfeli qariyb 3 karra oshib, 450 trillion so‘mga yetdi. Tadbirkorlar 650 trillion so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi;

📌Yangi tadbirkorlar uchun Biznes start”, ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yganlar uchun “Biznes lift”, yangi o‘sish bosqichiga o‘tayotganlar uchun “Biznes yuksalish” dasturlari joriy etiladi;
 
📌Davlat aktivini sotib olishda avans 30 foizdan 15 foizga tushiriladi, olti oyda to‘liq to‘lov qilganlarga 25 foiz chegirma beriladi;
 
📌ASKUE va ASKUG tizimiga ulangan, to‘lov intizomini buzmagan korxonalar uchun avans 15 foiz bo‘ladi;
 
📌Tashqi bozorga chiqishning barcha bosqichlarida kompleks xizmat ko‘rsatadigan “eksport navigator” tizimi yo‘lga qo‘yiladi;
 
📌Iqtisodiyotni “soya”dan chiqarish tekshirish bilan emas, tadbirkorga yo‘l ko‘rsatib, to‘g‘ri ishlashga o‘rgatish orqali bo‘lishi kerak;
 
📌Kichik biznesda inson sog‘lig‘i va boshqa tadbirkorlar manfaatiga zarar yetkazish bilan bog‘liq bo‘lmagan har qanday tekshirish uchun uch yil muddatga moratoriy eʼlon qilinadi;
 
📌Barcha turdagi jarimalar miqdori o‘rtacha 2 barobar kamaytiriladi;
 
📌Kelasi yildan tadbirkor va davlat o‘rtasidagi nizolarda “Tadbirkorning haqlilik prezumpsiyasi” joriy etiladi;
 
📌Tadbirkorlikka oid davlat xizmatlarining 50 foizi “sukut – rozilik” tamoyiliga o‘tkaziladi;

📌Tez orada 30 dan ziyod faoliyat turi bo‘yicha litsenziya va ruxsatnoma bekor qilinadi, yana 35 tasini berish muddati 2-3 karra qisqaradi. 10 ta ruxsat xabardor qilish tartibiga o‘tkaziladi;

📌Odamlarimiz hayotini yanada yaxshilash uchun yuqori iqtisodiy o‘sishni saqlab qolishimiz zarur.

Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Scopus’da h-indeksi eng yuqori bo‘lgan O‘zbekiston olimlari: TOP-10

Scopus ma’lumotlari asosida o‘zbekistonlik olimlar orasida h-indeksi eng yuqori bo‘lgan tadqiqotchilar ro‘yxati shakllantirildi.

1️⃣ Behzod Yuldashev (marhum) — 329 ta maqola | 7 177 iqtibos | h-index 56
2️⃣ Dilfuza Egamberdiyeva — 214 ta maqola | 11 954 iqtibos | h-index 55
3️⃣ Bobomurat Ahmedov — 283 ta maqola | 9 419 iqtibos | h-index 54
4️⃣ Ahmadjon Abdujabbarov — 241 ta maqola | 7 748 iqtibos | h-index 51
5️⃣ Farruh Atamurotov — 301 ta maqola | 6 295 iqtibos | h-index 42
6️⃣ Dilshat Tulyaganov — 155 ta maqola| 4 940 iqtibos | h-index 41
7️⃣ Valentin Popov 395 ta maqola | 8 591 iqtibos | h-index 38
8️⃣ Elyor Berdimurod — 372 ta maqola| 4 470 iqtibos | h-index 38
9️⃣ Javlon Rayimbaev — 298 ta maqola| 4 483 iqtibos | h-index 36
🔟 Elvir Akhmetshin — 202 ta maqola| 3 588 iqtibos | h-index 35

h-index – olimning ilmiy mahsuldorligi va uning ishlari qanchalik ko‘p iqtibos qilinishini birgalikda aks ettiruvchi ko‘rsatkich hisoblanadi.

Ro‘yxatda birinchi o‘rinda turgan akademik Behzod Yuldashev 2024-yilda vafot etgan. Shunga qaramay, uning ilmiy ishlari xalqaro ilmiy adabiyotlarda iqtibos qilinishda davom etmoqda.


Izoh: Mazkur ro‘yxat Scopus ma’lumotlari asosida SciVal platformasida 2021–2026-yillar davri bo‘yicha 20-avgust holatiga shakllantirilgan.

English



☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi munosabati bilan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoni

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
💠 Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasi xodimlarining bir guruhiga Prezident Farmoniga muvofiq yuksak davlat mukofotlari berildi

“O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida” Prezident Farmoniga asosan bir qator vatandoshlarimizga yuksak davlat mukofotlari berildi.

Jumladan, tog‘-kon sanoati va geologiya sohasining quyidagi vakillari:

Mustakimov Otabek Mannabiyevich – “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining Markaziy kon boshqarmasi direktori;

Turanov G‘ulomjon Mirzaxmatovich – “O‘zbekiston metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining elektrda po‘lat eritish bo‘linmasi po‘lat erituvchisi “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sanoat xodimi” faxriy unvoni bilan;

Jongirov Amonjul Abduxoshimovich – “O‘zbekgidrogeologiya” davlat muassasasining geologiya bo‘limi yetakchi gidrogeologi “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan geolog” faxriy unvoni bilan;

Xursanov Abdullo Xalmuradovich - “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi,

Kushmatova Dilfuza Tursunbayevna - “O‘zbekiston metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining navli prokatlash bo‘linmasi kran mashinisti “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan;

Sanakulov Kuvandik - “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati raisi,

Abduraimov Mirzakarim Abdiganiyevich – “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining Mis boyitish fabrikasi yanchish va flotatsiyalash sexi maydalovchisi,

Namazov Azamat Isamatovich – “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatining “Transport” filiali kran mashinisti,

Tohirov Shavkat Botirovich – “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining Shimoliy kon boshqarmasi “Dovg‘iztov” koni ekskavator mashinisti “Mehnat shuhrati” ordeni bilan;

Petrov Maksim Anatolevich - O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining Glyatsial geologiya markazi mudiri “Do‘stlik” ordeni bilan;

Mahammadiyev Eldor Maxmudovich - O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining Mineral xomashyo bazasini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i,

Abdukadirov Ortiq Azimovich – “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining Rux zavodi elektr-gaz payvandchisi,

Abilov Rashid Kenjaboyevich – “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining Janubiy kon boshqarmasi “Zarmitan” koni uchastka ishchisi,

Atabayeva Nasiba Minnibayevna – “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining Mis boyitish fabrikasi ta’mirlash-mexanika bo‘limi chilangari,

Bobanov Kamol – “Navoiyuran” davlat korxonasining “Nurobod” ishlab chiqarish maydoni “Sobirsoy” geotexnologik koni burg‘ilash qurilmasi mashinisti,

Boyboboyev Ibroxim Umarovich - Sharqiy O‘zbekiston dala gidrogeologiya ekspeditsiyasi yetakchi gidrogeologi,

Imanov Baxodir Shakirovich - “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatining Transport filiali buldozer mashinisti,

Kurbanov Nurmuxamed Abdunazarovich
– “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining Sanoat temir yo‘l transporti boshqarmasi elektrovoz mashinisti,

Ravshanov Atabek Fayzullayevich – “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati bosh muhandisi,

Ergashev Uktam Salimovich – “O‘zbek geologiya qidiruv” aksiyadorlik jamiyatining “Qizilqum” markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasi “Dovg‘iztov” dala ekspeditsiyasi mashinisti “Shuhrat” medali bilan bilan mukofotlanishdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi jamoasi nomidan yuksak unvonlar sohibi bo‘lgan soha xodimlari, shuningdek davlat mukofoti bilan taqdirlangan barcha vatandoshlarimizni muborakbod etamiz!


#kongeologiya #mingeo #Prezident_Farmoni #yuksak_mukofotlar

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube | LinkedIn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston va Ozarbayjon Prezidentlari Oliy davlatlararo kengash yig‘ilishini o‘tkazdilar.

Президенты Узбекистана и Азербайджана провели заседание Высшего межгосударственного совета.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👏1
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan hududlarda umumiy qiymati 50 trillion so‘mlik 163 ta yangi obyektni ishga tushirish marosimi boʻlib oʻtdi.

С участием Президента Шавката Мирзиёева состоялась церемония ввода в эксплуатацию 163 новых объектов на общую сумму 50 триллионов сумов в регионах страны по случаю 35-летия независимости.

#Mirziyoyev #marosim #mustaqillik35 #obyektlar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
“O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi” munosabati bilan ko‘krak  nishoni bilan Tog‘-kon va geologiya sohasi xodimlari malakasini oshirish davlat muassasasi fidoiy hodimi e’tirof etildi. Muassasamiz  fidoiy hodimi  Mehnat muhofazasi, tehnika xavfsizligi boʻyicha xodimlarning malakasini oshirish va texnik xodimlarni qayta tayyorlash boʻlimi boshlig‘i Naimov Zafar Safarovich O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 25-iyundagi Farmoniga binoan “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi” esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Mazkur yuksak e’tirof mamlakatimizning tog‘-kon va geologiya sohasini rivojlantirish, malakali mutaxassislar tayyorlash hamda xodimlarning kasbiy salohiyatini yuksaltirish yo‘lidagi samarali mehnatning munosib bahosi sifatida ahamiyatlidir.
🎗 Telegram I 🌐 Web sayt I 📱 You Tube 📱Instagram
👍4👏2
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Ko‘ksaroy qarorgohida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan davlat mukofotlarini topshiradi.

Сегодня в резиденции «Куксарой» Президент Шавкат Мирзиёев вручит государственные награды по случаю 35-й годовщины независимости нашей страны.

Facebook|Instagram|X
📢 DIQQAT, E’LON!

📅 27-AVGUST, soat 10:00 daTog‘-kon va geologiya sohasi xodimlari malakasini oshirish instituti” DM mas’ullari ishtirokida onlayn muloqot bo‘lib o‘tadi.
🔴 Muloqot video-konferensiya shaklida, savol-javob formatida o‘tkaziladi.
👥 Jonli efir — “Tog‘-kon va geologiya sohasi xodimlari malakasini oshirish instituti”ning rasmiy Telegram sahifasi orqali olib boriladi.
💬 Savolingiz bormi? Bevosita murojaat qiling — javobni mutaxassislarning o‘zidan eshiting!

📲 Muloqotga quyidagi havola orqali ulanishingiz mumkin:

https://t.me/ipkuz

❗️ Onlayn muloqotda ishtirok etish istagida bo‘lganlar “Videochat”ga ulanishlari hamda “Qo‘l ko‘tarish” belgisi orqali murojaatlari borligini ma’lum qilishlari lozim.
📌 Eslatib o‘tamiz, Telegram akkauntida murojaatchining to‘liq ismi, familiyasi va aloqa uchun telefon raqami ko‘rsatilishi lozim.

Onlayn qabulda faol ishtirok eting!

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:

🎗 Telegram I 🌐 Web sayt I 📱 You Tube 📱Instagram