"Tog'-kon va geologiya sohasi xodimlari malakasini oshirish instituti" DM Matbuot xizmati
512 subscribers
4.01K photos
475 videos
45 files
1.62K links
"Tog'-kon va geologiya sohasi xodimlari malakasini oshirish instituti" Davlat muassasasi Matbuot xizmati
Download Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyev ko‘mir qazib chiqarishda erishilgan natijalar va kelgusi vazifalar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией о достигнутых результатах и предстоящих задачах по добыче угля.

#Mirziyoyev #taqdimot #geologiya #komir_sanoati

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube
Forwarded from "NAVOIYURAN" DK
👍👍👍👍👍
#vakansiya #ishga_marhamat

📣 DIQQAT, EʼLON❗️

➡️ “Navoiyuran” davlat korxonasi Uran geologiyasi markazi “Burg‘ilash qurilmasi mashinisti” kasbi bo‘yicha mutaxassislarni ishga taklif etadi.


☎️ Murojaat uchun telefon raqamlar: (79) 507-50-60, (79) 507-50-26

⚠️ Nomzodga qo‘yiladigan malakaviy talablar:

🟢burg‘ilash ishini;
🟢burg‘ilash va kuch jihozi, burg‘ilash mashinalari, kichik mexanizatsiya vositalari, moslamalar va burg‘ilash uskunasi tuzilishi, ishlash prinsipi, ularni ekspluatatsiya qilishning texnik shartlarini;
🟢burg‘ilash machtalari (minoralari) tuzilishini...

Kasbi bo‘yicha 6 va undan yuqori razryadli malakaviy guvohnoma;

🟢Talab etiladigan ish staji: 1 yil (burg‘ilash qurilmasi mashinisti kasbida);

🟢Ish vazifalari: Lavozim yo'riqnomasi bilan belgilangan talablarni bajarish;

🟢Ish vaqti rejimi: Ish jadvaliga muvofiq (smena asosida);

❗️ Xodimlar uchun Jamoa shartnomasida ko‘rsatilgan qo‘shimcha imtiyozlar beriladi.

BATAFSIL 👉 https://mehnat.navoiyuran.uz/vacancies/68f1cff20038ea21e824

📱Web-site |📱 telegram|📱 youtube|📱 instagram|📱 facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
#Infografika
#TMK

⚡️ Kon resurslarining hajmi va sifati qanday baholanadi?

JORC standarti geologik resurslar va sanoat zaxiralarini baholashning xalqaro mezoni hisoblanadi.

⚡️ U konlarning ishonchlilik darajasini aniq tasniflaydi va loyihalarning iqtisodiy samaradorligini baholash uchun muhim ahamiyatga ega.

Bugun TMK o‘z loyihalarida JORC standartidan foydalanib, ishlab chiqarish jarayonlarini global talablarga mos darajada olib bormoqda.

Infografika orqali JORC standarti tasnifi bilan tanishing.

🫥🫥🫥
TMK matbuot xizmati

🌐Web-site |🔵Facebook | 📷Instagram | 🎰LinkedIn|🎬Youtube | 🚀Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💠"Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi instituti" DM tashkil etilganligining 65 yilligiga bag`ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo`lib o`tadi.

2025-yil 20–21-noyabr
kunlari "Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi instituti" DM tashkil etilganligining 65 yilligiga bag`ishlangan "Gidrogeologiya, muhandislik geologiyasi va geoekologiya sohasidagi zamonaviy muammolar va ularning yechimlari" xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo`lib o`tadi.

Tadbirda O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlarning ilmiy-tadqiqot institutlari, universitetlari va boshqa tashkilot vakillari ishtirok etadi.

Manzil
: Toshkent shahri, Mirzo Ulug`bek tumani, Olimlar ko`chasi, 64-uy, Geologiya fanlari universiteti, katta majlislar zali 3-qavat

Tadbirda quyidagi havola orqali ishtirok etishingiz mumkin: https://us06web.zoom.us/j/4623117006?pwd=M0FPN1BXS0FFdHZRV3hwQ2FJYW5YUT09&omn=82946389467

Konferensiya identifikatori: 462 311 7006
Kirish kodi: 2222
————————————

🔹Состоится международная научно-практическая конференция, посвященная 65-летию образования ГУ "Институт гидрогеологии и инженерной геологии."

20-21 ноября 2025 года состоится международная научно-практическая конференция "Современные проблемы в области гидрогеологии, инженерной геологии и геоэкологии и их решения," посвященная 65-летию создания ГУ "Институт гидрогеологии и инженерной геологии."

В мероприятии примут участие представители научно-исследовательских институтов, университетов и других организаций Узбекистана и других стран Центральной Азии.

Адрес: г. Ташкент, Мирзо-Улугбекский район, улица Олимлар, 64, Университет геологических наук, большой конференц-зал, 3-й этаж

Ccылка для участия в конференции: https://us06web.zoom.us/j/4623117006?pwd=M0FPN1BXS0FFdHZRV3hwQ2FJYW5YUT09&omn=82946389467

Идентификатор конференции: 462 311 7006
Код доступа: 2222

👍 Institutning rasmiy sahifalari:
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#STOP KORRUPSIYAGA

"Tog'-kon va geologiya sohasi xodimlari malakasini oshirish instituti " DM Kasaba uyushmasi raisi hamda inson resurslarini boshqarish bo'limi boshlig'i tomonidan Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika Universiteti talabalari uchun "Antikorrupsiya bilimdoni" mavzusida bilimlar bellashuvi musobaqasi o'tkazildi. Musobaqa munosib qatnashgan talabalar esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

🎗 Telegram I 🌐 Web sayt I 📱 You Tube 📱Instagram
📢 E’LON — 2026-yil uchun tayanch doktorantura imtihonlari jadvali

H.M. Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika instituti huzuridagi oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutida 2026-yil qabul uchun mutaxassislik fanlaridan imtihonlar belgilangan tartibda o‘tkaziladi.

Quyida imtihon sanalari va onlayn translyatsiya havolalari bilan tanishishingiz mumkin:

📚25.11.2025, soat 10:00
04.00.02 – Qattiq foydali qazilmalar geologiyasi, qidiruv va razvedka. Metallogeniya va geokimyo
ZOOM

🌍 25.11.2025, soat 15:00
04.00.03 – Geotektonika va geodinamika. Petrologiya va litologiya
ZOOM

🛰 26.11.2025, soat 10:00
04.00.06 – Geofizika. Foydali qazilmalarni qidirishning geofizik usullari
ZOOM

💎 26.11.2024, soat 15:00
04.00.08 – Mineralogiya. Kristallografiya

ZOOM

🌐 27.11.2025, soat 15:00
04.00.01 – Umumiy va mintaqaviy geologiya
ZOOM

📌 Eslatma: Imtihonda ishtirok etuvchilar shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan kelishlari so‘raladi.

Bizni kuzatishda davom eting:
Telegram | Web | Facebook | You tube | Instagram
1👍1
❗️Davlat organlarining telegramdagi rasmiy sahifalarini kuzatib boring!

Bu Sizga maʼlumotlarni birinchi manbadan o‘qish imkonini beradi. Mazkur kanallarida yangiliklar, Siz uchun ahamiyatli mavzular, muhokamalarga sabab bo‘layotgan masalalarga rasmiy idoralar pozitsiyasi berib boriladi.

📌 Ro‘yxat bilan tanishib, o‘zingizga maʼqul bo‘lgan tashkilotning rasmiy kanaliga obuna bo‘lishni tavsiya qilamiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun.
Bu muhim sana yurtimiz taraqqiyoti, adolat, barqarorlik va fuqarolar huquqlarining ishonchli kafolatidir.

“Tog‘-kon va geologiya sohasi xodimlari malakasini oshirish instituti” jamoasi ushbu qutlug‘ kun munosabati bilan o‘z tabrik va fikrlarini video shaklida taqdim etadi.

🟦 Konstitutsiya — kelajagimiz poydevori.
Bayramingiz muborak bo‘lsin!

🎗 Telegram I 🌐 Web sayt I 📱 You Tube 📱Instagram
👍21👏1
💠 Kon-geologiya sohasida faoliyat yuritayotgan xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tartibga soluvchi Hukumat qarori qabul qilindi

2025-yil 27-noyabrda Vazirlar Mahkamasining “Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasida faoliyat yuritayotgan xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 748-son qarori qabul qilindi.

Qaror bilan Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasida faoliyat yuritayotgan xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish to‘g‘risida Nizom tasdiqlandi.

Shuningdek, hujjatda “Tog‘-kon va geologiya sohasi xodimlari malakasini oshirish instituti” davlat muassasasi tog‘-kon va geologiya sohasida faoliyat yuritayotgan xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha mas’ul hisoblanishi hamda shartnoma asosida xizmat ko‘rsatishi belgilab qo‘yildi.

🔹 🔹 🔹

💠 Принято постановление Правительства, регулирующее переподготовку и повышение квалификации работников, занятых в сфере горнодобывающей промышленности и геологии

27 ноября 2025 года было принято постановление Кабинета Министров №748 «О мерах по переподготовке и повышению квалификации работников, занятых в сфере горнодобывающей промышленности и геологии».

Постановлением утверждено Положение о переподготовке и повышении квалификации работников, занятых в сфере горнодобывающей промышленности и геологии.

Кроме того, документом определено, что государственное учреждение «Институт повышения квалификации работников горнодобывающей промышленности и геологии» является ответственным за переподготовку и повышение квалификации работников, занятых в отрасли, и оказывает услуги на договорной основе.

#kongeologiya #mingeo #TKGSXMOI #Hukumat_qarori #NKMK #OKMK #Ozmetkombinat #Oz_TMK #Ozbekkomir #Shargunkomir

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
Prezidentimiz viloyatda sanoat va investitsiya sohalarini rivojlantirish bo‘yicha yangi tashabbuslarni ilgari surdi.

Jizzaxning respublika avtomobilsozlik sanoatidagi ulushi 25 foizga yetdi.

Navbatdagi vazifa zavodlar atrofida yondosh tarmoqlarni rivojlantirib, mahalliylashtirish darajasini oshirish va tannarxni kamaytirishdan iborat.

Jizzax shahridagi Texnopark hududida bo‘sh turgan 10 ming kvadrat metr binoni sohadagi tadbirkorlarga qulay shartlarda taklif qilish, Sharof Rashidov tumanidagi sanoat zonasining 118 gektar bo‘sh hududida ham tayyor bino qurib, loyihalarni joylashtirish muhimligi qayd etildi.

Kelgusi yildan butlovchi qismlarni validatsiya qilish xarajatlarining 50 foizini Savdoni rivojlantirish kompaniyasidan qoplab berish yo‘lga qo‘yiladi.

Facebook|Instagram|X
Viloyatning metall konlari katta istiqbolga ega.

Masalan, yiliga 1 ming tonna volfram qazib olish loyihasi amalga oshirilmoqda. G‘allaorol va Nuroboddagi loyihalar ishga tushsa, O‘zbekiston volfram ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi davlatlardan biriga aylanishi ta’kidlandi.

Mutasaddilarga G‘allaoroldagi oltin resursiga ega istiqbolli maydonga investor jalb qilish, Forishdagi qo‘rg‘oshin-rux konida geologiya-qidiruv ishlarini yakunlash, Arnasoydagi uran zaxirasi aniqlangan konning texnik-iqtisodiy asosini yakunlash topshirildi.

Jizzaxda sement, gazobeton, bazalt, pardozbop toshlar, oyna, kaolin pigmenti kabi 100 ga yaqin turdagi qurilish materiallari chiqarilmoqda.

Agar chuqur qayta ishlashni yo‘lga qo‘yib, sifat, brend va sertifikat bo‘yicha ko‘proq ishlansa, qo‘shilgan qiymatni 20-30 foizga oshirish mumkinligi ta’kidlandi.

Facebook|Instagram|X
📢E'lon!

“O‘zbek geologiya qidiruv” AJ tarkibidagi ekspeditsiyalar va laboratoriyalardagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga ochiq tanlov e'lon qiladi.


🔵Batafsil tanishish uchun saytga o‘ting
https://www.uzgeo.uz/interactive-services/vacancies

❗️Eslatma!

Bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha arizalarni quyidagi
my.mehnat.uz, hh.uz platformalariga yoki berilgan telefon nomerlar orqali yuborishingiz mumkin.

➡️Rasmiy sahifalarimiz
🖼uzgeo.uz 🔹Telegram 🔹Facebook🔹Instagram🔹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
Forwarded from GFU|Rasmiy kanali
#GFU
#Rektor_murojaati

Geologiya fanlari universiteti rektori A'zam Kadirxodjayevning yoshlar, ota-onalar va pedagoglarni giyohvandlik va narkojinoyatlarning salbiy oqibatlaridan ogohlikka chaqirishga qaratilgan murojaati


Qadrli talabalar, aziz ota-onalar!

Sizlarga O‘zbekiston Respublikasi Geologiya fanlari universiteti nomidan samimiy salomlarimni yo‘llayman. Bugungi kunda yurtimizda yoshlar tarbiyasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan bo‘lib, bunda oila, ta’lim muassasalari va jamoatchilikning o‘zaro hamkorligi juda muhim. Bugungi tez o‘zgarib borayotgan zamonda yoshlar tarbiyasi, ularning sog‘lom hayotga intilishi va xavf-xatarlardan saqlanishi barchaimiz uchun eng muhim masalalardan biridir. Ayniqsa, so‘nggi yillarda yoshlar orasida tarqalgan zararli odatlar, xususan, giyohvandlikka oid holatlarning kuzatilishi jamiyatimizda jiddiy tashvish uyg‘otmoqda. Bu illat — faqat bir shaxsning muammosi emas, balki oila, jamoa va butun millat taqdiriga ta’sir ko‘rsatuvchi xavfdir. Shu sababli, bu masalada har birimiz hushyor, mas’uliyatli va faol bo‘lishimiz zarur.

Aziz talabalar!

Sizlar — yurtimizning ertangi kuni, oilalaringizning tayanchi va davlatimiz kelajagining asosisiz. Yuqori saloxiyat, sog‘lom tafakkur va pok niyat bilan ilm olish sizlarning eng katta ustunligingizdir. Zararli odatlar, ayniqsa giyohvandlik moddalari, insonning sog‘ligini izdan chiqaribgina qolmay, uning kelajakdagi imkoniyatlarini, ta’limi va orzu-maqsadlarini ham yo‘qqa chiqaradi.

Hurmatli ota-onalar!

Farzand tarbiyasi — mamnuniyat va mas’uliyatni birlashtirgan ulug‘ vazifadir. Bugungi murakkab zamonda farzandlarimizning atrof-muxiti, do‘stlari, qiziqishlari va ruhiy holati haqida xabardor bo‘lib turish katta ahamiyatga ega. Ularni eshitish, bir lahza suhbatlashish, fikrlariga quloq tutish ko‘p hollarda jiddiy muammolarning oldini oladi. Bu — eng samarali profilaktika, eng kuchli muhofazadir. Ota-ona mehri va e’tibori farzandni har qanday yomon yo‘ldan asrab qoladigan qalqondir.

Bugungi kunda universitetimizda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yoshlarni ma’naviy-axloqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, turli zararli illatlardan asrash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Ammo bu faqat ta’lim maskani vazifasi emas — bu umumiy mas’uliyat. Birgalikda harakat qilsak, farzandlarimizning hayotini, salomatligini va kelajagini asrab qolishimiz shubhasiz.

Barchangizni sog‘lom fikr, sog‘lom turmush va ezgu maqsadlar yo‘lida birlashishga chaqiraman. Kelajagimiz bo‘lgan yoshlarimizni asrash — hammamizning burchimizdir.

Birgalikda harakat qilsak, yoshlarimizning kelajagi yorug‘, hayoti sog‘lom va bilimli avlod sifatida yurtga munosib xizmat qilishiga o'z hissamizni qo'shamiz.

A.Kadirxodjayev - Geologiya fanlari universiteti rektori

🌐Сайт|😎Telegram| 😎 Instagram|😎You tube |😎Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💠 Kon-geologiya vazirligi va tizim korxonalarida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi

Joriy yilning 3-dekabr kuni Kon-geologiya vazirligida “9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni“ga bagʻishlangan aksilkorrupsiya oyligi doirasida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri boʻlib oʻtdi.

Mazkur tadbirda Kon-geologiya vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari, vazirlik ijro apparati xodimlari, tizim korxonalarining rahbarlari hamda korupsiyaga qarshi komplayens xizmatlarining masʼul xodimlari hamda “Daryo”, “O‘zA” kabi nashrlar va jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Kon-geologiya vaziri B. Islamov vazirlik va uning tizimosti korxonalarida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida yigʻilish qatnashchilariga batafsil maʼlumot berib oʻtdi.

Shundan soʻng, “CERT International” kompaniyasi direktori R.Ibragimov ISO 37001 va 37301 xalqaro standarti boʻyicha tashqi audit natijalariga muvofiq Kon-geologiya vazirligi rahbariyatiga tegishli xalqaro sertifikatlarni taqdim etdi.

Aksilkorrupsiya oyligi davomida vazirlik va tizim korxonalarida korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida “Eng yaxshi maqola”, “Eng yaxshi sheʼr”, “Eng yaxshi rasm” va “Eng yaxshi videorolik” nominatsiyalarida gʻolib bo‘lgan tizimosti korxonalar xodimlariga Vazirlikning esdalik sovg‘alari topshirildi.

Shuningdek, tadbirda Huquqni muhofaza qilish akademiyasi prokurori, yuridik fanlar falsafa doktori T.Safarov soʻzga chiqib, “Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashishda huquqiy idealizm madaniyatini shakllantirish masalalari toʻgʻrsida” maʼruza qildi.

🔹 🔹 🔹

💠 Подведены итоги работ, выполненных в сфере борьбы с коррупцией в Мингеологии и подведомственных организациях

3 декабря текущего года в Министерстве горнодобывающей промышленности и геологии в рамках антикоррупционного месяца, посвященного «9 декабря — Международному дню борьбы с коррупцией», был организован «День открытых дверей».

В нём приняли участие министр горнодобывающей промышленности и геологии, его заместители и советники, сотрудники аппарата министерства, руководители подведомственных предприятий, представители служб антикоррупционного комплаенс-контроля, а также журналисты изданий «Daryo», «UzA» и представители общественности.

Министр Б. Исламов подробно рассказал участникам о работах, выполненных министерством и организациями системы в сфере противодействия коррупции.

Затем директор компании «CERT International» Р. Ибрагимов вручил руководству Министерства международные сертификаты, присужденные по итогам внешнего аудита на соответствие стандартам ISO 37001 и ISO 37301.

В течение антикоррупционного месяца сотрудники подведомственных организаций приняли участие в творческих конкурсах на тему борьбы с коррупцией. Победители номинаций «Лучшая статья», «Лучшее стихотворение», «Лучший рисунок» и «Лучший видеоролик» были награждены памятными подарками Министерства.

Также выступил прокурор Академии правоохранительных органов, доктор философии по юридическим наукам Т. Сафаров, представивший доклад «О вопросах формирования культуры правового идеализма в борьбе с коррупцией в Республике Узбекистан».

#kongeologiya #mingeo #korrupsiyaga_qarshi_kurashish #ISO_37001 #ISO_37301 #Ochiq_eshiklar_kuni #Aksilkorrupsiya_oyligi #tadbir #CERT_International

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM