"Tog'-kon va geologiya sohasi xodimlari malakasini oshirish instituti" DM Matbuot xizmati
509 subscribers
4.01K photos
476 videos
45 files
1.62K links
"Tog'-kon va geologiya sohasi xodimlari malakasini oshirish instituti" Davlat muassasasi Matbuot xizmati
Download Telegram
💠 “Kontexnazorat” tomonidan Buxoro va Navoiy viloyatlari hududlaridagi obyektlarda xizmat tekshiruvlari olib borildi

Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan sohada korrupsiya omillarini aniqlash va bartaraf etish, shuningdek “korrupsiyadan xoli” muhitni shakllantirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Prezident va Vazirlar Mahkamasi topshiriqlarini ijro etish hamda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish doirasida, Inspeksiyaning hududiy boshqarmalarida “Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasida korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish va “korrupsiyadan xoli” muhit yaratish bo‘yicha yo‘l xaritasi” asosida xizmat tekshiruvlari o‘tkazilmoqda.

Xususan, Inspeksiya rahbariyati va mas’ul xodimlaridan iborat ishchi guruh Buxoro va Navoiy viloyatlarida xizmat tekshiruvlarini o‘tkazdi.

Buxoro viloyati Shofirkon tumanidagi “Quljuqtov” va Navoiy viloyati Konimex tumanidagi “Tovshan” tog‘ massivlarida joylashgan “Oltin Kon” MChJ tasarrufidagi hududlarda o‘tkazilgan tekshiruvlar davomida, kompaniya xabarisiz, begona shaxslar tomonidan noqonuniy oltin qazib olish holatlari aniqlangan.

Aniqlangan holatlar yuzasidan materiallar Davlat xavfsizlik xizmatiga yuborildi va DXX, viloyat IIB bilan hamkorlikda tezkor choralar ko‘rildi. “Quljuqtov” massivida o‘tkazilgan tadbir davomida 37 nafar shaxs noqonuniy faoliyat yuritayotgan paytda qo‘lga olindi.

Tadbir davomida, 3 ta Ford avtomashinasi, 8 ta perforator, 6 ta kompressor va tarkibida oltin moddasi mavjud boʻlgan 400 qopga yaqin ruda va boshqa qoʻlbola yasama asbob-uskunalar ashyoviy dalillar sifatida olindi hamda noqonuniy faoliyat orqali davlat va jamiyat manfaatlariga jami 20 mlrd.soʻmdan ortiq yetkazilgan zarar aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 196²-moddasi (Foydali qazilmalarni oltin izlovchilar usulida ruxsatnomasiz qazib olish) 2-qismi “b” bandi asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

🔹 🔹 🔹

💠 Инспекцией «Kontexnazorat» проведены служебные проверки на объектах Бухарской и Навоийской областей

Инспекция по контролю за деятельностью в сфере горнодобывающей промышленности и геологии системно проводит работу по выявлению и устранению факторов коррупции, а также по формированию «свободной от коррупции» среды в отрасли.

В частности, в рамках исполнения поручений Президента и Кабинета Министров, а также в целях борьбы с теневой экономикой, в территориальных управлениях Инспекции проводятся служебные проверки на основании «Дорожной карты по устранению коррупционных факторов и созданию антикоррупционной среды в сфере горнодобывающей промышленности и геологии».

Так, рабочая группа, состоящая из руководства и ответственных сотрудников Инспекции, провела служебные проверки в Бухарской и Навоийской областях.

В ходе проверок на территориях ООО «Oltin Kon» расположенных в горных массивах «Кулджуктау» (Шофирконский район Бухарской области) и «Таушан» (Канимехский район Навоийской области), были выявлены случаи самовольной и незаконной добычи золота, организованной посторонними лицами без ведома компании.

Материалы по выявленным фактам переданы в правоохранительные органы, которыми проведены оперативно-разыскные мероприятия. В результате в массиве «Кулджуктау» задержаны 37 лиц, причастных к незаконной добыче полезных ископаемых.

В ходе мероприятия в качестве вещественных доказательств изъяты 3 автомобиля марки «Форд», 8 перфораторов, 6 компрессоров, около 400 мешков с рудой, содержащей золото, и другое самодельное оборудование, а также выявлен ущерб, причиненный интересам государства и общества противоправной деятельностью, на общую сумму более 20 млрд. сумов.

В настоящее время по данному факту возбуждено уголовное дело по пункту «б» части 2 статьи 196² Уголовного кодекса Республики Узбекистан («Старательская добыча полезных ископаемых без разрешения»), ведутся следственные действия.

#kongeologiya #mingeo #TKSGSNQI #tekshiruvlar #nazorat_tadbirlari #HMQO_bilan_hamkorlik

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Davlatimiz rahbari Dushanbeda MDHning navbatdagi sammitida ishtirok etdi.

Глава нашего государства принял участие в очередном саммите СНГ в Душанбе.

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube
⚡️Qoraqalpoq davlat universiteti olimlari tomonidan dinozavr suyaklari topildi

🔘Bugungi kunda mamlakatimizda geologiya sohasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Tabiiy resurslarni o‘rganish, yer qatlamlari tarixini tahlil qilish va geologik merosni asrash yo‘lida ilmiy izlanishlar tobora kengayib bormoqda. Shu maqsadda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida ham geologiya yo‘nalishida samarali ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.

🔘Shu asosda, 12-oktyabr kuni Sulton Vays tog‘ tizmalarining Xo‘jako‘l tog‘oldi hududida universitetning "Tabiiy geografiya va gidrometeorologiya" kafedrasi professor-o‘qituvchilari, O‘zbekiston davlat geologiya muzeyi direktori Axmetjan Axmetshaevlar ishtirokida dala-tadqiqot ishlari amalga oshirildi. Tadqiqotlar davomida bo‘r davriga (taxminan 65-75 million yil oldin) mansub bo‘lgan dinozavr suyaklari topildi.

🔘Ma’lumotlarga ko‘ra, topilmalar 3 metr chuqurlikda shurf qazish jarayonida aniqlangan bo‘lib, dastlabki taxminlarga ko‘ra, ular hududimizda yashagan yirik o‘txo‘r dinozavrlarga tegishli bo‘lishi mumkin. Topilgan namunalar orasida umurtqa, oyoq va qovurg‘a suyaklarining tashlangan qoldiqlari bor. Bu qoldiqlar maxsus laboratoriyada chuqur o‘rganish va tahlil uchun olindi.

🔘Ushbu olib borilgan ishlar haqida bugun universitetning "Tabiiy geografiya va gidrometeorologiya" kafedrasi professor-o‘qituvchilari, O‘zbekiston davlat geologiya muzeyi direktori A.Axmetshaevlar universitetning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori I.Turdimambetov bilan suhbatlashdi. Suhbat davomida ushbu topilma nafaqat Qoraqalpog‘iston, balki butun O‘zbekiston hududining geologik va paleontologik tarixini o‘rganishda muhim ilmiy manba bo‘lishini aytib, bunday topilmalar yosh geolog va geograf mutaxassislar uchun amaliy tajriba maktabi vazifasini o‘tayotganini ham ta’kidladi.

🔘Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti geologik tadqiqotlar yo‘nalishida olib borayotgan bunday izlanishlar, yosh mutaxassislar ishtirokidagi dala amaliyotlari va xalqaro ilmiy hamkorliklar orqali, mamlakatimizning geologiya va paleontologiya sohasining yanada rivojlanishiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.

➡️To‘liq o‘qish

Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:


Telegram | 🌐Instagram | 📹YouTube | Facebook
💠 “O‘zbek tili barchamizni birlashtiradi!” shiori ostida ommaviy diktant

21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni hamda “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinganligining 36 yilligi munosabati bilan vazirlik xodimlari orasida “O‘zbek tili barchamizni birlashtiradi!” shiori ostida ommaviy diktant tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Ona tilimizning tarixiy ahamiyatini yoritish, davlat tili sifatidagi nufuzini oshirish hamda xodimlar o‘rtasida ona tiliga muhabbat va hurmat tuyg‘usini mustahkamlash maqsadida tashkil qilingan tadbirda markaziy apparat xodimlarining o‘zbek tili imlo qoidalarini bilishi, husnixati sinovdan o‘tkazildi.

Shuningdek, vazirlik xodimlari “Eng ifodali she’r o‘qish” tanlovida ham ishtirok etdilar.

🔹 🔹 🔹

💠 В министерстве проведён диктант под девизом «Узбекский язык объединяет всех нас!»

В честь Дня узбекского языка — 21 октября, а также 36-летия принятия Закона «О государственном языке» среди сотрудников министерства прошёл диктант под девизом «Узбекский язык объединяет всех нас!».

Мероприятие было организовано с целью освещения исторического значения родного языка, повышения его статуса как государственного, а также укрепления любви и уважения к нему среди сотрудников. В ходе диктанта проверялись знания правил орфографии узбекского языка и аккуратность письма работников центрального аппарата.

Кроме того, сотрудники министерства приняли участие в конкурсе «Самое выразительное чтение стихотворения».

#kongeologiya #mingeo #Ozbek_tili_bayrami #Davlat_tili #Ommaviy_diktant #ifodali_sher_oqish #tanlov #tadbirlar

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
⚡️Давлат хизматчисининг Одоб-ахлоқ қоидаларига риоя қилиши келгусида уни юқори лавозимларга тайинлашда инобатга олинади

Давлат хизматчиларининг Одоб-ахлоқ қоидаларига риоя этиши уларнинг фаолияти ҳамда хизматдаги ахлоқини баҳолашнинг асосий мезонларидан бири ҳисобланади.

Давлат хизматчилари томонидан Одоб-ахлоқ қоидаларига риоя қилиниши ҳолати уларни келгусида юқори лавозимларга тайинлаш ва раҳбар кадрлар захирасини шакллантиришда ҳисобга олинади.

Маълумот учун, одоб-ахлоқ қоидалари давлат хизматида юксак касбий маданиятни шакллантириш, жамоатчилик онгида давлат хизматига бўлган ҳурмат ва ишончни ошириш ҳамда давлат хизматчиларининг ахлоқ қоидаларига зид бўлган хатти-ҳаракатларининг олдини олишга қаратилган.


Расмий саҳифаларимиз
Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|Aloqa
💠Aziz yurtdoshlar!

Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi sizlarni O‘zbek tili bayrami bilan tabriklaydi, barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt, tinchlik-hotirjamlik tilaymiz!

#kongeologiya #mingeo #tabrik #Ozbek_tili_bayrami

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida davlat boshqaruvi, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarda sun’iy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось видеоселекторное совещание по вопросам ускоренного внедрения технологий искусственного интеллекта в государственном управлении, отраслях экономики и регионах.

#Mirziyoyev #videoselektor #IT #suniyintellekt

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube