Kasbiy ta'limni rivojlantirish instituti
2.81K subscribers
8.5K photos
1.18K videos
53 files
3.84K links
🏛 Kasbiy ta'lim agentligi huzuridagi Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti rasmiy telegram kanali

• Veb sayt: http://ipitvet.uz/
• Elektron pochta: pedagoginnovatsiyalar@edu.uz
Download Telegram
Forwarded from Edu.uz
Sankt-Peterburgda “Professionallar” xalqaro kasbiy mahorat chempionatida Oʻzbekiston vakili 2-oʻrinni qoʻlga kiritdi

2025-yil 27-noyabr – 4-dekabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida Rossiya Federatsiyasi Hukumati tashabbusi bilan Xalq taʼlimi vazirligi hamkorligida “Professionallar” xalqaro kasbiy mahorat chempionati oʻtkazildi.

Nufuzli musobaqada jami 41 davlat vakillari 27 ta kompetensiya boʻyicha bellashdilar.

Chempionatda Oʻzbekiston kasbiy taʼlim tizimi vakillari ham munosib ishtirok etdilar. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Beruniy Agrotexnologiyalar texnikumi oʻquvchisi Nursulton Rustambayev (ustozi — Atham Tangirbergenov) “Metallarga ishlov berish” kompetensiyasi boʻyicha final bosqichida berilgan uchta amaliy topshiriqni mukammal bajardi.

Natijada Nursulton Rustambayev nufuzli xalqaro chempionatning finalida 2-oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Ushbu yutuq mamlakatimiz kasbiy taʼlim muassasalarida amalga oshirilayotgan islohotlar, zamonaviy oʻquv dasturlari va amaliyotga yoʻnaltirilgan oʻqitish tizimi samaradorligining yorqin ifodasi boʻldi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Forwarded from Edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kasbiy_taʼlim #xalqaro_musobaqa #natija

🏆 Oʻzbekiston texnikumlarining o’quvchilari xalqaro onlayn musobaqada g’oliblikni qo’lga kiritdi

⌨️ “China-Uzbekistan Telecommunications Skills Competition 5G” texnologiyalari bo‘yicha xalqaro onlayn musobaqa tashkil etildi.

🎓 Unda Toshkent transport texnikumining “Axborot xavfsizligini ta’minlash” va “Avtomatika” mutaxassisliklarida ta’lim olayotgan 2-kurs o’quvchilari qatnashdi.

🏅Yakunda baholash komissiyasi qarori bilan texnikum o’quvchilari 2 ta oltin, 7 ta kumush va 13 ta bronza medallarini qo’lga kiritishdi.

🌐 Ma’lumot uchun, ushbu xalqaro onlayn musobaqada O‘zbekistondan jami 35 nafar ishtirokchi qatnashdi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Forwarded from Edu.uz
#TaʼlimniTargʻibEtuvchi

Nukus va Samarqand UNESCOning Ta’limni targʻib etuvchi shaharlar global tarmog‘iga (GNLC) kiritildi.


4-dekabr kuni UNESCO O‘zbekistonning Nukus va Samarqand shaharlarini Ta’limni targʻib etuvchi shaharlar global tarmog‘iga qo‘shilganini e’lon qildi.

Mazkur tarmoq maktablarda, ish joylarida, madaniyat muassasalarida, kutubxonalarda hamda jamoat joylarida hayot davomidagi ta’limni targʻib etayotgan shaharlarni birlashtiradi.

Joriy yilda 46 davlatdan 72 ta shahar tarmoqqa qo‘shildi va shu tariqa GNLC a’zolarining umumiy soni 91 davlatdan 425 ta shaharga yetdi.

Nukus va Samarqandning tarmoqqa qo‘shilishi O‘zbekistonning barcha yosh toifalari uchun sifatli ta’limni rivojlantirish, inklyuziv yondashuvlarni kengaytirish yo‘lidagi sa’y-harakatlarining e’tirofi bo‘ldi.

Nukus shahrida, ayniqsa, yoshlar va ayollarning ehtiyojlariga mos keladigan qulay ta’lim ekotizimini shakllantirish borasida sezilarli yutuqlar qayd etilgan.

Samarqand shahrida esa hayot davomidagi ta’lim tizimini rivojlantirish, zamonaviy ta’lim muassasalarining tashkil etilishi, “Bilim Samarkand” raqamli platformasining joriy etilishi, shuningdek, professional va kasb-hunar ta’limi imkoniyatlarining kengaytirilgani alohida ta’kidlandi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Forwarded from Edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Konstitutsiya_33

Har kim ta’lim olish huquqiga ega.

Davlat uzluksiz ta’lim tizimi, uning har xil turlari va shakllari, davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlari rivojlanishini ta’minlaydi.

Davlat maktabgacha ta’lim va tarbiyani rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratadi.

Davlat bepul umumiy o‘rta ta’lim va boshlang‘ich professional ta’lim olishni kafolatlaydi. Umumiy o‘rta ta’lim majburiydir.

Maktabgacha ta’lim va tarbiya, umumiy o‘rta ta’lim davlat nazoratidadir.

Ta’lim tashkilotlarida alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan bolalar uchun inklyuziv ta’lim va tarbiya ta’minlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 9-bob 50-modda

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Forwarded from Kasbiy ta’lim agentligi
🇺🇿 O‘zbekiston delegatsiyasi Filippindagi xalqaro ta’lim forumida ishtirok etmoqda

Filippinning Manila shahrida Osiyo taraqqiyot banki tomonidan “Osiyo va Tinch okeani mintaqasida ta’limning kelajagi” mavzusida forum bo‘lib o‘tmoqda.

🔹 Tadbirda mintaqaning 30 dan ortiq davlatidan 100 ga yaqin yetakchi ekspertlar qatnashyapti.

🔹 O‘zbekiston delegatsiyasi forum doirasida ОTB’ning Inson va ijtimoiy rivojlanish bo‘yicha direktorlari Ayako Inagaki va Sofia Shakil bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda:
👉 kasbiy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish,
👉 yoshlarni kelajak kasblariga tayyorlash,
👉 O‘zbekistonda Butunjahon professional ta’lim sammitini o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.

Bizni kuzatib boring

📱 Telegram   | 🌐  Instagram
Forwarded from Kasbiy ta’lim agentligi
🇩🇪 Qashqadaryodagi texnikum o’quvchilariga nemis taʼlim dasturining xalqaro sertifikatlari topshirildi

Shahrisabz shahar 1-son texnikumida Germaniya Federativ Respublikasi Laypsig shahar Hunarmandchilik palatasi va “Avestos” kompaniyasi bilan hamkorlikda xalqaro taʼlim dasturi yoʻlga qoʻyilgan edi.

🔖Texnikumning 2-bosqich oʻquvchilari nemis mutaxassislari o‘tkazgan imtihonlardan o‘tib, xalqaro sertifikatlarga ega boʻldi.

📌 “Bino va inshootlar qurilishi” kasbidan yakuniy imtixonlarni topshirgach oʻquvchilarga Germaniyaning yirik qurilish kompaniyalariga toʻgʻridan-toʻgʻri ishga kirish imkoniyati beriladi.

Bizni kuzating

📱 Telegram   | 🌐  Instagram
Forwarded from Kasbiy ta’lim agentligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⛩️ Xitoyda 14 nafar texnikum ishlab chiqarish ta’lim ustalarining “Yashil energiya va transport vositalari” - elektromobillar yo’nalishi bo‘yicha malaka oshirish kurslari davom etmoqda.

Bizni kuzatib boring

📱 Telegram   | 🌐  Instagram
Aziz yurtdoshlar!

🇺🇿Barchangizni 8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bilan samimiy tabriklaymiz!

Bayramingiz muborak bo’lsin!

Bizni kuzating

📱 Telegram   | 🌐  Instagram
Konstitutsiya kuni munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi

Праздничное поздравление народу Узбекистана по случаю Дня Конституции

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#korrupsiya

9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni
!

Halollik, mas’uliyat va xalqqa sadoqat tamoyillariga sodiq qolgan holda, kelajagimiz uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladigan avlodni tarbiyalaylik!

Keling, ilm-fan qudratini yuksaltirish, oliy ta’lim sifatini yangi bosqichga ko‘tarish, yoshlarimizning iqtidor va salohiyatini ro‘yobga chiqarishda birgalikda faol hissa qo‘shaylik.

|Bizni kuzatib boring


🌐Veb-sayt |Facebook |Telegram| 📹Youtube