Kasbiy ta'limni rivojlantirish instituti
2.81K subscribers
8.5K photos
1.18K videos
53 files
3.84K links
🏛 Kasbiy ta'lim agentligi huzuridagi Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti rasmiy telegram kanali

• Veb sayt: http://ipitvet.uz/
• Elektron pochta: pedagoginnovatsiyalar@edu.uz
Download Telegram
📚 Kasbiy taʼlim tizimida A. Avloniy nomidagi malaka oshirish institutida o‘quv seminar-trening!

1–3 dekabr 2025 kunlari A. Avloniy nomidagi malaka oshirish institutida Yevropa Ittifoqining “Markaziy Osiyoda salohiyatli yoshlar siyosati va kasbiy ta’lim tizimi uchun muloqot va amaliy harakat (DARYA)” loyihasi doirasida SCAFFOLD “Kompetensiyaga yo‘naltirilgan ta’limni shakllantirish” mavzusida samarali o‘quv seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Seminar davomida ishtirokchilar:
✔️ zamonaviy ta’lim yondashuvlari bilan yaqindan tanishdi;
✔️ kompetensiyaga asoslangan metodikalar bo‘yicha interaktiv amaliy mashg‘ulotlarda qatnashdi;
✔️ tajriba almashish va tarmoq bo‘yicha hamkorlik imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Seminar-trening jarayonidagi qulay o‘quv muhiti, amaliy topshiriqlar va metodik tavsiyalar ishtirokchi o‘qituvchilarning professional rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etdi.
https://online.pubhtml5.com/msfsw/yono/

Texnikumlarda ishlab chiqarish taʼlimi ustalari faoliyati bo‘yicha yangi normativ belgilandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-oktabrdagi “Kasbiy taʼlim tizimida islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 316-son qaroriga muvofiq “Texnikumlarda bir nafar ishlab chiqarish taʼlimi ustasiga toʻgʻri keladigan oʻquvchilar soni boʻyicha oʻrnatilgan normativni amaliyotga qoʻllash boʻyicha uslubiy qoʻllanma” ishlab chiqildi.

Mazkur uslubiy qoʻllanma texnikumlarda ishlab chiqarish ta’limi ustasi va o‘quvchilar o‘rtasidagi me’yoriy nisbatni belgilashga xizmat qiladi.

PDF yuklab olish.
https://edu.profedu.uz/kurslar/597

|Bizni kuzatib boring


🌐Veb-sayt |Facebook |Telegram| 📹Youtube
Forwarded from Edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Konstitutsiya_33

Har kim fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi huquqiga ega.

Har kim istalgan axborotni izlash, olish va tarqatish huquqiga ega.

Davlat Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanishni ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratadi.

Axborotni izlash, olish va tarqatishga bo‘lgan huquqni cheklashga faqat qonunga muvofiq hamda faqat konstitutsiyaviy tuzumni, aholining sog‘lig‘ini, ijtimoiy axloqni, boshqa shaxslarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, jamoat xavfsizligini hamda jamoat tartibini ta’minlash, shuningdek davlat sirlari yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sir oshkor etilishining oldini olish maqsadida zarur bo‘lgan doirada yo‘l qo‘yiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 7-bob 33-modda

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Forwarded from Hilola Umarova
O‘zbek tili sertifikati bo‘yicha aprobatsiya imtihoni o‘tkazildi
 

Prezidentimiz tashabbusi bilan o‘zbek tilining xalqaro miqyosdagi o‘rni va nufuzini oshirish hamda uni xorijiy mamlakatlarda keng targ‘ib qilish ishlariga alohida e’tibor berilmoqda.

Davlatimiz rahbari soha mas’ullari oldiga o‘zbek tilini o‘rganish istagida bo‘lgan chet el fuqarolari uchun o‘zbek tilini bilish darajasi bo‘yicha malaka sertifikatiga ega bo‘lish imkoniyatini yaratish vazifasini qoʻygan edi.

Ayni shu kunlarda Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘zbek tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha malaka imtihonining baholash mezonlari, topshiriqlar formati masalalari, umuman, imtihon uchun ishlab chiqilgan “Uzbek language proficiency test” – “Oʻzbek tili bo‘yicha bilim darajasi testi” platformasining ishlash mexanizmini tekshirib ko‘rish maqsadida aprobatsiya sinovlari o‘tkazilmoqda.

Imtihon xalqaro CEFR mezonlari asosida 4 ta ko‘nikma (tinglab tushunish, o‘qish, yozish va gapirish) bo‘yicha o‘zbek tilini bilishning A1, A2 va B1 darajalarini qamrab olgan holda elektron shaklda tashkil etildi. Aprobatsiya jarayonida jami 379 nafar chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ishtirok etdi.

Natijalar tahliliga ko‘ra, imtihon topshiriqlari mazmuni va formati, baholash mezonlari, imtihon davomiyligi hamda platforma funksional imkoniyatlari qayta ko‘rib chiqilib, takomillashtiriladi.

Tilshunoslar, soha mutaxassislari, ziyolilar, pedagoglardan oʻz takliflarini bildirishi, jarayonda faol ishtirok etishini kutamiz. Buning uchun (95) 515-68-68 raqamlari yoki Agentlikning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalariga murojaat qilishingiz mumkin.

@hilola_umarova
Forwarded from Edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kasbiy ta’lim mutaxassislari Xitoyda malaka oshirmoqda

⛩️ Xitoyning Anhuy suv xo‘jaligi va gidroenergetika texnika kolleji taklifiga binoan 1–8-dekabr kunlari “Yangi energiya transport vositalari” yo‘nalishida maxsus malaka oshirish kurslari tashkil etildi.

Ushbu kurslarda O‘zbekistonning Andijon, Buxoro, Jizzax, Farg‘ona, Samarqand viloyatlari va Toshkent shahridagi texnikumlarning jami 14 nafar mutaxassisi malaka oshirmoqda.

🖇️ Shuningdek, ushbu kurslarda “BYD Uzbekistan Factory” zavodidan 5 nafar mutaxassis qatnashmoqda.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram