Kasbiy ta'limni rivojlantirish instituti
2.83K subscribers
8.5K photos
1.18K videos
53 files
3.84K links
🏛 Kasbiy ta'lim agentligi huzuridagi Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti rasmiy telegram kanali

• Veb sayt: http://ipitvet.uz/
• Elektron pochta: pedagoginnovatsiyalar@edu.uz
Download Telegram
Forwarded from Edu.uz
O‘zbekiston–Xitoy kasbiy ta’lim hamkorligi doirasida 14 nafar mutaxassis Xitoyda malaka oshirmoqda

Xitoyning Anhuy suv xo‘jaligi va gidroenergetika texnika kolleji taklifiga binoan 2025-yil 1–8-dekabr kunlari “Yangi energiya transport vositalari” yo‘nalishida maxsus malaka oshirish kurslari tashkil etilmoqda.

Ushbu kurslarda ishtirok etish uchun O‘zbekistonning Andijon, Buxoro, Jizzax, Farg‘ona, Samarqand viloyatlari va Toshkent shahridagi texnikumlardan jami 14 nafar mutaxassis saralangan.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/107525

👉 На русском
👉 In English

#xalqaro_hamkorlik #malaka_oshirish

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Forwarded from Kasbiy ta’lim agentligi
🏆 Oʻzbekiston texnikumlarining o’quvchilari xalqaro onlayn musobaqada g’oliblikni qo’lga kiritdi

⌨️ “China–Uzbekistan Telecommunications Skills Competition 5G” texnologiyalari bo‘yicha xalqaro onlayn musobaqa tashkil etildi.

🎓 Unda Toshkent transport texnikumining “Axborot xavfsizligini ta’minlash” va “Avtomatika” mutaxassisliklarida ta’lim olayotgan 2-kurs o’quvchilari qatnashdi.

🏅Yakunda baholash komissiyasi qarori bilan texnikum o’quvchilari 2 ta oltin, 7 ta kumush va 13 ta bronza medallarini qo’lga kiritishdi.

🌐 Ma’lumot uchun, ushbu xalqaro onlayn musobaqada O‘zbekiston Respublikasidan jami 35 nafar ishtirokchi qatnashdi.

Bizni kuzating

📱 Telegram   | 🌐  Instagram
Forwarded from Kasbiy ta’lim agentligi
Buyuk Britaniyada sunʼiy intellekt xavfi an’anaviy kasblarni qaytarmoqda

💻 Buyuk Britaniyada ko'plab yoshlar ofis ishlaridan voz kechib duradgorlik, payvandchilik, elektrmontajchi, santexnik kabi qo'l mehnati talab qiladigan kasblarini tanlayapti.

📈 Chartered Institute of Personnel and Development tadqiqotlariga ko'ra, har 6 ish beruvchidan biri yaqin bir yilda SI tufayli xodimlar sonini qisqartirishni rejalashtirgan. Bu vaziyat, ayniqsa, 18-35 yosh orasidagilarda xavotirni kuchaytirmoqda.

⚖️ Ya’ni sunʼiy intellekt o'rnini bosa olmaydigan va doimiy ehtiyoj yuqori bo'lgan kasblar afzal ko'rilyapti. Texnik kollejlarning qurilish, muhandislik va servis yo'nalishlariga qiziqish ortgan.

🔧 Baʼzi joylarda santexnika va elektrchilik kurslariga talab shu qadar balandki, guruhlar tez to'lib navbat yuzaga kelgan. Holatga yana universitet shartnomalarining qimmatligi ham sabab bo'lmoqda.

Bizni kuzating
📱 Telegram   | 🌐  Instagram
Forwarded from Kasbiy ta’lim agentligi
Kasbiy taʼlim sohasida indikatorlar tasdiqlandi

📌 Adliya vazirligi “Kasbiy taʼlim tashkilotlarining taʼlim dasturlarini maxsus davlat akkreditatsiyasidan o'tkazishda baholash mezonlari bo'yicha indikatorlarni tasdiqlash haqida”gi buyruqni davlat ro'yxatidan o'tkazdi. Ro'yxat raqami: 3717, 2025-yil 1-dekabr.

📊 Hujjatga muvofiq, 6 ta yo'nalish doirasidagi 31 ta mezon bo'yicha jami 163 ta indikator belgilandi. Belgilangan indikatorlarning 8 tasi (4,9 foiz) majburiy.

🔍 Baholash natijalari:
— 50–60 foiz oralig'ida “muvofiq” deb baholansa, mezon “qisman muvofiq”deb belgilanadi;
— 60 foiz va undan ortiq indikatorlar “muvofiq” bo'lsa, mezon “muvofiq” deb topiladi.

❗️Majburiy indikatorlardan biri “muvofiq emas” deb baholangan taqdirda, umumiy natijadan qatʼi nazar, mezon “muvofiq emas” hisoblanadi.

Bizni kuzating

📱 Telegram   | 🌐  Instagram
Forwarded from Kasbiy ta’lim agentligi
O‘zbekistonlik o‘quvchi “WorldSkills Asia Taipei – 2025”da “Millat faxri” mukofotiga sazovor bo‘ldi

Xitoy Xalq Respublikasi Taypey shahrida joriy yilning 27–29-noyabr kunlari bo‘lib o‘tgan “WorldSkills Asia Taipei – 2025” xalqaro kasbiy mahorat musobaqasida O‘zbekiston delegatsiyasi munosib ishtirok etdi.

Musobaqa yakuniga ko‘ra, Sirdaryo viloyati Shirin energetika texnikumi o‘quvchisi Iqbolmirzo Abdusamadov elektromontaj yo‘nalishida faol ishtiroki va yuqori mas’uliyati uchun WorldSkills International tomonidan beriladigan “Best of Nation” – “Millat faxri” mukofotiga sazovor bo‘ldi.

Bizni kuzating

📱 Telegram   | 🌐  Instagram
Forwarded from Edu.uz
EʼLON!

9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan hamkorlikda “Ochiq eshiklar kuni” oʻtkaziladi.

Tadbir joriy yilning 11-dekabr sanasida soat 11:00da vazirlikning maʼmuriy binosida boʻlib o‘tadi.

Tadbir davomida vazirlik faoliyatida ochiqlikni taʼminlash, korrupsion xavflarning oldini olish va bartaraf etish, sohada zamonaviy antikorrupsion tizimlarni joriy etish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida maʼlumotlar taqdim etiladi.

Shuningdek, tadbir ishtirokchilari mavzu yuzasidan oʻzlarining qiziqtirgan savollariga javob olishlari mumkin.

🗺 Manzil: Toshkent shahri Olmazor tumani, Universitet koʻchasi 7-uy. Moʻljal: “Beruniy” metro bekati.

#KorrupsiyasizSoha #OchiqEshiklarKuni

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM