Kasbiy ta'limni rivojlantirish instituti
2.83K subscribers
8.5K photos
1.18K videos
53 files
3.84K links
🏛 Kasbiy ta'lim agentligi huzuridagi Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti rasmiy telegram kanali

• Veb sayt: http://ipitvet.uz/
• Elektron pochta: pedagoginnovatsiyalar@edu.uz
Download Telegram
Forwarded from Edu.uz
#Kasbiy_taʼlim #Xalqaro_uchrashuv

O‘zbekiston delegatsiyasi WorldSkills International bilan strategik uchrashuv o‘tkazdi

29-noyabr kuni Tayvanning Taypey shahrida O‘zbekiston Respublikasi tegishli vazirliklari, texnikum rahbarlari va WorldSkills International tashkiloti rahbariyati o‘rtasida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida tomonlar xalqaro standartlar asosida ish beruvchilar talabiga mos malakali kadrlar tayyorlash, ishchi kasblar nufuzini oshirish, 2026-yilda O‘zbekistonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan TuronSkills – 2026 chempionatini zamonaviy jihozlar bilan ta’minlashda amaliy ko‘mak ko‘rsatish, ishlab chiqarish ustalarining malakasini oshirish va ularni xalqaro ekspertlikka tayyorlash borasida hamkorlikni kuchaytirish masalalarini muhokama qildi.

Mazkur uchrashuv kasbiy ta’lim sifatini yanada oshirish va yosh mutaxassislarni global mehnat bozori talablariga mos ravishda tayyorlash yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Forwarded from Edu.uz
#muhim_yangilik

Oliy ta’lim sohasida maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish bo‘yicha muhim yangilik!


Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi direktorining “Oliy ta’lim tashkilotlarining ta’lim dasturlarini maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazishda baholash mezonlari bo‘yicha indikatorlarni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatidan oʻtkazildi (ro‘yxat raqami – 3716, 01.12.2025-yil).

Unga ko‘ra, 6 ta yo‘nalish doirasida 31 ta mezon bo‘yicha indikatorlar belgilandi.

Barcha indikatorlar “muvofiq” yoki “muvofiq emas” tarzida baholanadi.

Bunda:
🔹 50% gacha indikatorlar “muvofiq” deb baholansa – mezon “muvofiq emas”;
🔹 50% dan 70% gacha indikatorlar “muvofiq” deb baholansa – mezon “qisman muvofiq”;
🔹 70% va undan ortiq indikatorlar “muvofiq” deb baholansa – mezon “muvofiq” deb topiladi.

❗️Agar majburiy indikator “muvofiq emas” deb topilsa, umumiy natijadan qat’i nazar, mezon ham “muvofiq emas” deb baholanadi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Forwarded from Edu.uz
Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalanish kengaytiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev sogʻliqni saqlash, taʼlim, transport va kosmos sohalarida sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy qilish boʻyicha olib borilayotgan ishlar taqdimoti bilan tanishdi.

Kelgusi oʻquv yilidan maktab, texnikum va oliygohlarda oʻquvchi va talabalarga sunʼiy intellektni oʻqitish boshlanadi. Buning uchun informatika oʻqituvchilari tayyorlanmoqda.

#Mirziyoyev #taqdimot #suniyintellekt #loyihalar

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Forwarded from Edu.uz
#kasbiy_taʼlim

Kasbiy ta’lim tizimida dual ta’limni rivojlantirish bo‘yicha yangi loyiha yo‘lga qo‘yiladi

1-dekabr kuni Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) bilan kasbiy ta’lim tizimida dual ta’limni rivojlantirish bo‘yicha “O‘zbekistonning kasbiy ta’lim tizimida islohotlar va modernizatsiya jarayonini qo‘llab-quvvatlash, TexVET-II” loyihasini amalga oshirish yuzasidan shartnoma imzolandi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/107055

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Forwarded from Kasbiy ta’lim agentligi
Andijondagi texnikum o’quvchilari ta’limni Janubiy Koreyada davom ettirishi mumkin

Andijon viloyati Kasbiy ta’lim boshqarmasi delegatsiyasi Cheju Halla universitetida qo‘shma ta’lim hamkorligini kengaytirish uchun muzokaralar olib bordi va dasturga oid memorandum imzoladi.

Tashrif davomida:

Andijon viloyatidagi to‘rtta kasbiy ta’lim muassasasida koreys tili kurslari Koreya tomonidan moliyalashtirilishi;

ushbu kurslarni tugatgan o‘quvchilar har yili Cheju Halla universitetiga (imtiyozli viza bilan) to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul qilinishi;

texnikumning ikki nafar bitiruvchisi universitetga imtiyozli ravishda o‘qishga qabul qilinishi belgilandi.

♻️ O’quvchilarga TOPIK sertifikatini O‘zbekistonda olib, Koreyada ta’limni davom ettirish va rasmiy ish bilan ta’minlanish imkoni ham yaratildi.

🔜 2026-yil yanvar oyida pedagog hamda bitiruvchilar uchun seminar va uchrashuv tashkil etilishi rejalashtirildi.

Bizni kuzating

📱 Telegram   | 🌐  Instagram
Forwarded from Edu.uz
O‘zbekiston–Xitoy kasbiy ta’lim hamkorligi doirasida 14 nafar mutaxassis Xitoyda malaka oshirmoqda

Xitoyning Anhuy suv xo‘jaligi va gidroenergetika texnika kolleji taklifiga binoan 2025-yil 1–8-dekabr kunlari “Yangi energiya transport vositalari” yo‘nalishida maxsus malaka oshirish kurslari tashkil etilmoqda.

Ushbu kurslarda ishtirok etish uchun O‘zbekistonning Andijon, Buxoro, Jizzax, Farg‘ona, Samarqand viloyatlari va Toshkent shahridagi texnikumlardan jami 14 nafar mutaxassis saralangan.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/107525

👉 На русском
👉 In English

#xalqaro_hamkorlik #malaka_oshirish

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram