Kasbiy ta'limni rivojlantirish instituti
2.84K subscribers
8.49K photos
1.18K videos
52 files
3.83K links
🏛 Kasbiy ta'lim agentligi huzuridagi Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti rasmiy telegram kanali

• Veb sayt: http://ipitvet.uz/
• Elektron pochta: pedagoginnovatsiyalar@edu.uz
Download Telegram
Forwarded from Edu.uz
Xalqaro BTEC dasturi bo‘yicha malaka oshirish kurslari o‘tkazilmoqda

“Pearson Education Limited” kompaniyasining xalqaro ekspertlari — Saymon Toplis, Neil Uotkins, Saymon Guldon va Jois Xarvi tomonidan 14 ta texnikumlarning xalqaro ta’lim dasturlarini o‘qitishga jalb etilgan 180 nafar pedagog va rahbar kadrlar uchun malaka oshirish kurslari olib borilmoqda.

Kurslar davomida tinglovchilarda o‘quv jarayonini xalqaro standartlar asosida tashkil etish, ta’lim sifatini ta’minlash, o‘quvchilar o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini monitoring va tahlil qilish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar shakllantiriladi. Dastur yakunida ishtirokchilarga xalqaro darajadagi sertifikatlar topshiriladi.

Ma’lumot uchun, 2025/2026-o‘quv yilidan boshlab 14 ta texnikumda Muhandislik, Qurilish, Mehmonxona xo‘jaligi, Sayohat va turizm hamda Axborot texnologiyalari yo‘nalishlarida BTEC kvalifikatsiyalarini o‘qitish yo‘lga qo‘yildi.

#Kasbiy_taʼlim #Malaka_oshirish

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Forwarded from Edu.uz
TIKA vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

20-noyabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Turkiyaning Hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Esin Ajar Ergin bilan uchrashdi.

Unda ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma ta’lim va ilmiy loyihalarni rivojlantirish, kadrlar tayyorlash, kasbiy ta’lim tizimini takomillashtirish hamda ilmiy-tadqiqot faoliyatida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar oliy ta’limda qo‘shma loyihalar, malaka oshirish dasturlari va ilmiy hamkorlikni kengaytirish, qayta tiklanuvchi energiya bo‘yicha amaliy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash borasida hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.

Uchrashuv samimiy va konstruktiv ruhda o‘tdi.

#xalqaro_hamkorlik

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Forwarded from Edu.uz
#qonunchilik_yangiliklari

❗️Ayrim yoshlarning to‘lov-kontrakt summasi bir qismi qoplab beriladi


Yoshlar daftari” jamg‘armalari orqali ijtimoiy yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–222-son, 20.11.2025 y.) qabul qilindi.


Farmonga ko‘ra, 2026-yil 1-fevraldan Kambag‘al oilalar reestriga kiritilgan oilalardagi yoshlarga quyidagi imtiyozlar beriladi:

🔹 safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni bepul o‘tash tartibi joriy etiladi hamda ushbu maqsad uchun subsidiya ajratish tartibi bekor qilinadi;

🔸“Yoshlar daftari” jamg‘armalari orqali:

✔️avtomototransportlar haydovchilarini tayyorlash o‘quv kursi xarajatlarini qoplash bo‘yicha subsidiya haydovchilik guvohnomasining “A”, “B”, “D” va “DE” toifalarini olish uchun to‘lab beriladi;

✔️kasbiy va oliy ta’lim tashkilotlari o‘quvchi-talabalarining kontrakt summasi 50 foizgacha qismi tuzilgan ijtimoiy shartnoma shartlarini bajarish darajasidan kelib chiqib to‘lanadi hamda 1 o‘quv yili uchun BHMning 50 baravaridan oshmasligi lozim;

✔️ayni bir shaxs 1 yil davomida turli ijtimoiy yordamlardan ko‘pi bilan 2 marta foydalanishi mumkin.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#korrupsiya #seminar

Korrupsiyaga qarshi kurashish


Kasbiy ta’limni rivojlantirish institutida 2025 yil 20-noyabr kuni soat 10:30 da “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi”ga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi

Davlatimiz rahbari raisligida o‘tkazilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Milliy kengashning kengaytirilgan yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalar ijrosi doirasidagi eng dolzarb masalalar o’rganildi.

Mazkur seminarga institutning o‘qituvchi-pedagoglari va xodimlar hamda malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarining noyabr oyidagi barcha tinglovchilari ishtirok etdilar.

Seminarning asosiy ma’ruzachisi Toshkent davlat yuridik universiteti "Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish" kafedrasi professori, yuridik fanlari doktori Salomat Saparona Niyozova yuqori mahorat bilan faol ishtirok etdilar.


🌐Veb-sayt |Facebook |Telegram| 📹Youtube
Forwarded from UZSSA | RASMIY KANALI
#Barkamol_avlod_2025 #Badminton

Sirdaryo viloyatida Badminton sport turi bo‘yicha respublika final bosqichi bo‘lib o‘tadi


“Barkamol avlod – 2025” sport musobaqalarining Badminton yo‘nalishi bo‘yicha respublika final bosqichi 25–28-noyabr kunlari Sirdaryo viloyatida o‘tkaziladi. Musobaqada mamlakatning turli hududlaridan kelgan sportchi o‘quvchi-yoshlar ishtirok etib, g‘oliblik uchun o‘z mahoratlarini namoyish etadi.

Musobaqa o‘tkaziladigan joy:
Guliston shahar Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatlik texnikumi
Geolokatsiya: https://goo.gl/maps/sBx5KnbZSRc3H9fZ7

Musobaqa davomida yoshlar sport mahorati, intilishi va g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoqi namoyon bo‘ladi.
Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz!


Ijtimoiy tarmoqlarimiz


😎 Telegram |😎 Instagram |😎 Facebook |▶️ YouTube |🌐Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
Sirdaryo ilgʻor kasbiy mahorat texnikumida taʼlim infratuzilmasini yangilash jarayonlari oʻrganildi

20-noyabr kuni Sirdaryo ilgʻor kasbiy mahorat texnikumi tashrif buyurgan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov taʼlim jarayonining sifatiga bevosita taʼsir koʻrsatuvchi infratuzilmaviy yangilanishlar, oʻquv binolari va amaliy tayyorgarlik tizimidagi oʻzgarishlar bilan tanishdi.

Tashrif davomida texnikum hududida olib borilayotgan qurilish-taʼmirlash ishlari, ustaxona va oʻquv xonalarining zamonaviy talablarga moslashtirilishi hamda oʻquvchilar uchun yaratilayotgan amaliy sharoitlar boʻyicha mutasaddilarning maʼlumotlari tinglandi.

Uchrashuv davomida kasbiy taʼlim tizimini modernizatsiya qilish, amaliy mashgʻulotlarni ishlab chiqarish talablari bilan uygʻunlashtirish va malaka talablarini aniq belgilovchi oʻquv-amaliy mexanizmlarni joriy etish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
#muhokama #PhD



🗣2025-yil 28-noyabr kuni Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.05/29.12.2023.Ped48.01 raqamli ilmiy kengashda pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi ishi himoyasi bo‘lib o‘tadi:

Soat 11:00 da

⏺️Ro‘ziyev Furqat Ro‘ziyevichning 13.00.05 – Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha “Bo‘lajak muhandislarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda ixtisoslik fanlardan o‘zlashtirish natijalarini baholash metodikasini takomillashtirish” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi muhokamasi.

Ilmiy rahbar:

⏺️Ashurova Sanobar Yuldashevna
pedagogika fanlari doktori, professor

Rasmiy opponentlar:

⏺️Olimov Qaxramon Tanzilovich
pedagogika fanlari doktori, professor

⏺️Ergashev Bobirjon Boxodirovich
pedagogika fanlar doktori, dotsent


|Bizni kuzatib boring


🌐Veb-sayt |Facebook |Telegram| 📹Youtube
⚡️Malakali mutaxassislar ekspertlikka taklif etiladi
Prezident Administratsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi mamlakatimiz taʼlim tizimida sifat, shaffoflik va xalqaro eʼtirofni oshirish maqsadida kasbiy taʼlim tashkilotlari va ta’lim dasturlarini davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish jarayoniga ekspertlarni jalb etadi.
🎯 Maqsad
Kasbiy taʼlim tashkilotlarida taʼlim sifatini, boshqaruv samaradorligini va taʼlim dasturlarining milliy hamda xalqaro standartlarga muvofiqligini baholash orqali taʼlim tashkilotlarida ichki va tashqi mehnat bozori uchun raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashni yoʻlga qoʻyish.

📋 Nomzodlarga qoʼyiladigan talablar:
Oliy maʼlumotli.
Kasbiy taʼlim tizimida va boshqaruv sohasida kamida 3 yillik ish tajribasi.
Kasbiy taʼlim tizimida taʼlim dasturlari va oʻquv jarayonlarini tashkil etish boʻyicha ish tajribasi.
Tahlil qilish, baholash, hisobot tayyorlash va mustaqil fikrlash salohiyati.
Betaraflik, maxfiylik, odob-axloq va manfaatlar toʻqnashuvidan holi boʻlish.
Davlat tilini mukammal bilish (xorijiy tillarni bilish ijobiy baholanadi).
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, internet resurslaridan foydalana olish.


⚙️ Faoliyat vazifalari:
▪️har bir ekspert kasbiy taʼlim tashkilotlarining ichki baholash hisobotlarini onlayn tarzda tahlil qiladi:
▪️joyga chiqqan holda tashqi ekspertiza oʻtkazadi;
▪️sifatni yaxshilash boʻyicha tavsiyalar beradi;
▪️hisobot tayyorlaydi.

🌍 Imkoniyatlar:
Xalqaro akkreditatsiya tashkilotlari oʻquv-treninglarida qatnashish.
Mahalliy va xalqaro miqyosda tan olingan sertifikatga ega boʻlish.
Taʼlim sifatini taʼminlash boʻyicha xalqaro tarmoqda hamkorlik qilish va malaka oshirish.
Oʻzbekiston kasbiy taʼlim tizimida sifat madaniyatini rivojlantirishga hissa qoʻshish.

📚 Taʼlim sohalari
Taʼlim
Sanʼat
Gumanitar fanlar (tillardan tashqari)
Jurnalistika va axborot
Biznes va boshqaruv
Huquq
Atrof-muhit
Fizika va tabiiy fanlar
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari
Muhandislik ishi
Ishlab chiqarish va ishlov berish sohalari
Arxitektura va qurilish
Qishloq xoʻjaligi
Oʻrmon xoʻjaligi
Baliq xoʻjaligi
Veterinariya
Sogʻliqni saqlash
Ijtimoiy taʼminot
Xizmat koʻrsatish sohasi
Gigiyena va ishlab chiqarishda mehnat muhofazasi
Xavfsizlik xizmati
Transport xizmatlari

📌 Ekspertlar faoliyati shartnoma asosida amalga oshiriladi hamda asosiy ish joyidagi ish haqi saqlangan holda qoʻshimcha haq toʻlanadi.
📨 Ariza topshirish tartibi
Ekspertlik faoliyatida ishtirok etishni istagan nomzodlar hujjatlari (batafsil obyektivka va yoki CV, aloqa maʼlumotlari bilan)ni experts@nqaae.uz elektron manziliga yuborishlari lozim.

📌 Hurmatli mutaxassislar!
Sizning bilim va tajribangiz Oʻzbekiston kasbiy taʼlim tizimini yangi bosqichga olib chiqish, ichki va tashqi mehnat bozorini raqobatbardosh kadrlar bilan taʼminlash hamda 3-Renessansni qurishda muhim ahamiyatga ega.

Murojaat uchun:
Manzil: Toshkent shahri, Universitet koʻchasi, 7.
Telefon: +998 97 131 44 99
Elektron pochta: experts@nqaae.uz