Forwarded from Edu.uz
Forwarded from Edu.uz
#XalqaroHamkorlik #Investitsiya #KasbiyTaʼlim
Germaniya bilan hamkorlikda 8 ta viloyatda “Ilg‘or kasbiy tayyorgarlik markazlari” tashkil etiladi
7-may kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Germaniya taraqqiyot banki (KfW)ning Markaziy Osiyo mintaqaviy ofisi direktori Andreas Shnayder bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida tomonlar “Kasbiy ta’lim tizimini takomillashtirish” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikni muhokama qilib, ushbu yo‘nalishda qo‘shimcha kelishuv shartnomasini imzoladilar.
Mazkur hujjat loyiha doirasida amaliy ishlarni boshlash va investitsiya mablag‘larini o‘zlashtirishda muhim bosqich sanaladi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/52524
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Forwarded from Edu.uz
#SoʻraganEdingiz
❓ Prezidentning 2025-yil 5-maydagi PF-76-son Farmoni bo‘yicha eng ko‘p berilgan savollarga javoblar.
1. Sirtqi ta’lim shakli yopiladimi?
✔️ JAVOB: Joriy 2025/2026-o‘quv yilidan boshlab barcha ta’lim tashkilotlari (davlat va nodavlat)da sirtqi ta’limga qabul to‘xtatiladi.
2. Hozirda sirtqi ta’limda o‘qiyotganlar taqdiri nima bo‘ladi?
✔️ JAVOB: Ular amaldagi ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘z o‘qishlarini davom ettirib, diplom olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
3. Sirtqi ta’lim o‘rniga qanday muqobil ta’lim shakllari joriy qilinmoqda?
✔️ JAVOB: Sirtqi o‘rniga kechki, masofaviy va maqbullashtirilgan kunduzgi (part-time education) ta’lim shakllari bo‘yicha qabul kvotalari oshiriladi.
4. Muqobil ta’lim shakllariga qabul qanday amalga oshiriladi?
✔️ JAVOB: Muqobil ta’lim shakllari bo‘yicha umumiy qabul kvotasi kunduzgi ta’lim shakli natijalarining 50 %idan oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
5. Maqbullashtirilgan kunduzgi (part-time education) ta’lim shakli qanday va qachondan yo‘lga qo‘yiladi?
✔️ JAVOB: Bu yangi ta’lim shakli bo‘lib, ish bilan band aholi uchun haftaning ma’lum kunlarida taqdim etiladigan o‘qish turi hisoblanadi. Ushbu ta’lim shakli bo‘yicha o‘qitishga tegishli nizom va tartiblar ishlab chiqilgandan so‘ng ruxsat beriladi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
1. Sirtqi ta’lim shakli yopiladimi?
2. Hozirda sirtqi ta’limda o‘qiyotganlar taqdiri nima bo‘ladi?
3. Sirtqi ta’lim o‘rniga qanday muqobil ta’lim shakllari joriy qilinmoqda?
4. Muqobil ta’lim shakllariga qabul qanday amalga oshiriladi?
5. Maqbullashtirilgan kunduzgi (part-time education) ta’lim shakli qanday va qachondan yo‘lga qo‘yiladi?
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
#Jarayon
8-may kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi markaziy apparati hamda tizim tashkilotlari xodimlari uchun o‘quv-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir “Oʻzbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini taʼminlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi”ning mazmun-mohiyatini tushuntirishga bag‘ishlandi. Unda ishtirokchilarga konsepsiyada belgilangan asosiy g‘oya, tamoyillar va maqsadlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Mavzu yuzasidan Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Matluba Qahhorova hamda qo‘mita raisi maslahatchisi Ilhom Ma’rupov ma’ruza bilan ishtirok etishdi. Ular konsepsiyaning davlat va jamiyat hayotidagi o‘rni, diniy bag‘rikenglikni ta’minlashdagi roli, shuningdek, vijdon erkinligining qonuniy asoslari haqida atroflicha tushuntirishlar berishdi.
Tadbir so‘ngida vazirlik xodimlari tomonidan bildirilgan savollarga ma’ruzachilar tomonidan javob qaytarilib, mavzu yuzasidan yuzaga kelgan qiziqishlarga batafsil ma’lumot berildi.

#korrupsiya
Korrupsiya – jamiyat kushandasi
Korrupsiya – bu davlat, jamiyat va iqtisodiyot rivojiga jiddiy zarar yetkazuvchi eng xavfli illatlardan biridir. U adolat, halollik va tenglik tamoyillariga ziddir.
Korrupsiya davlat tizimidagi ayrim shaxslarning o‘z lavozimidan shaxsiy manfaatlari yo‘lida foydalanishi, pora olish yoki berish, tanish-bilishchilik orqali noqonuniy qarorlar chiqarilishi, davlat mulkini o‘g‘irlash yoki isrof qilish holatlarida namoyon bo‘ladi. Bu esa jamiyatda adolatsizlik, ishonchsizlik, norozilik va iqtisodiy inqirozlarni yuzaga keltiradi.
Shu sababli korrupsiyaga qarshi kurashish nafaqat hukumat, balki har bir fuqaroning ham burchidir.
Xulosa qilib aytganda, korrupsiya – bu jamiyatni yemiruvchi kuch, uni yengish esa faqat jamoaviy, tizimli va qat’iy choralar bilan amalga oshiriladi. Har birimiz halol yashashni, qonunga bo‘ysunishni hayotiy prinsip sifatida qabul qilsak, korrupsiyadan xoli jamiyat barpo etish mumkin.
🌐Veb-sayt |✅Facebook |✅Telegram| 📹Youtube

#infografika #faoliyat_aprel
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil aprel oyi davomidagi faoliyati, yutuqlari va muhim tadbirlari