Kasbiy ta'limni rivojlantirish instituti
2.73K subscribers
8.23K photos
1.17K videos
48 files
3.76K links
🏛 Kasbiy ta'lim agentligi huzuridagi Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti rasmiy telegram kanali

• Veb sayt: http://ipitvet.uz/
• Elektron pochta: pedagoginnovatsiyalar@edu.uz
Download Telegram
✔️ Kasbiy ta’limni rivojlantirish institutida 8-mart bayram tadbiri o‘tkazildi.

🔹
Kuni kecha Kasbiy ta’limni rivojlantirish institutida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri yuqori saviyada tashkil etildi.

Tadbir davomida institutda faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar samimiy qutlanib, ularga ehtirom va hurmat ko‘rsatildi. Bayram doirasida konsert dasturi tashkil etilib, kuy-qo‘shiqlar hamda badiiy chiqishlar tadbir ishtirokchilariga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.


🔹Tadbir yakunida ayollarning jamiyatimiz taraqqiyoti va ta’lim tizimidagi beqiyos o‘rni alohida e’tirof etilib, ularga sihat-salomatlik, baxt-saodat hamda kelgusi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilandi.

Sahifalarimizga obuna bo'ling!

🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Web | 🌐 Youtube | 🌐 Facebook
📌 Bugun yengil sanoat yo‘nalishidagi kasb va mutaxassisliklar uchun ta’lim dasturlarini ishlab chiqish bo'yicha ishchi guruh bilan uchrashuv tashkil etildi.

Ishchi guruhga Kasbiy ta’lim agentligining 2026-yil 27-fevraldagi 17-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida xalqaro ta’lim dasturlari va kasbiy standartlar asosida kasb va mutaxassislik bo‘yicha modulli ta’lim dasturlarini ishlab chiqishda e'tiborga olinadigan jihatlar, ilg'or xorijiy tajribalar va mehnat bozori talablarini inobatga olish bo'yicha tavsiyalar berildi.


Sahifalarimizga obuna bo'ling!

🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Web | 🌐 Youtube | 🌐 Facebook
📌 Kasbiy ta’limni rivojlantirish institutida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-oktyabrdagi PQ–316-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida xalqaro ta'lim dasturlari asosida yangilanadigan kasbiy ta'lim dasturlarini ishlab chiqish bo'yicha koordinatorlar ishtirokida navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda — Kasbiy ta'lim agentligi tomonidan tasdiqlangan kasblar kesimida shakllantirilgan ishchi guruhlar bilan olib borilayotgan ishlar, belgilangan muddatlarda ta'lim dasturlarini ishlab chiqish jarayonlarini tashkil etish bo'yicha har bir koordinator tomonidan hisobot berildi.


Sahifalarimizga obuna bo'ling!

🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Web | 🌐 Youtube | 🌐 Facebook
#Umumxalq_hashari

“Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!”

2026-yil 13–14-mart kunlari respublikaning barcha hududlarida “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.

Mazkur ezgu tashabbus doirasida Kasbiy ta'limni rivojlantirish instituti xodimlari ham faol ishtirok etmoqda. Hashar davomida Kasbiy ta'limni rivojlantirish instituti hududi va uning atrofi obodonlashtirilib, daraxtlarga agrotexnik ishlov berildi, ariqlar tozalandi, gullar ekildi.

Bunday tadbirlar atrof-muhitni asrash, hududlarni obod va fayzli saqlash, shuningdek, jamoada ekologik madaniyatni yanada yuksaltirishga xizmat qilmoqda.

Sahifalarimizga obuna bo'ling!


🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Web | 🌐 Youtube | 🌐 Facebook