Kasbiy ta'limni rivojlantirish instituti
2.73K subscribers
8.23K photos
1.17K videos
48 files
3.76K links
🏛 Kasbiy ta'lim agentligi huzuridagi Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti rasmiy telegram kanali

• Veb sayt: http://ipitvet.uz/
• Elektron pochta: pedagoginnovatsiyalar@edu.uz
Download Telegram
Forwarded from Kasbiy ta’lim agentligi
Respublika bo‘ylab barcha texnikum direktorlari uchun boshqaruv salohiyatiga oid seminar-treninglar bo‘lib o‘tmoqda

Treninglar Kasbiy ta’lim agentligi tomonidan o‘tkazilmoqda.

Tadbirning maqsadi:
-Kasbiy ta’lim tizimidagi islohotlarning mazmun-mohiyatini tushuntirish
-Texnikum direktorlarining boshqaruv salohiyatini oshirish
-“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi va mahallani rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish

📌Mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilarga shaxsiy va kasbiy rivojlanish tamoyillari, jamoani samarali boshqarish usullari hamda kasbiy ta’lim tizimidagi islohotlarni boshqaruv jarayonlariga tatbiq etish strategiyalari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar berildi.

Tadbirga 600 dan ziyod texnikum direktorlarining ishtiroki ta’minlanmoqda.

Bizni kuzating

Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X
Kasbiy ta’limni rivojlantirish institutida yakuniy attestatsiya jarayonlari bo‘lib o‘tdi

Fevral oyida malaka oshirish kurslarida tahsil olgan tinglovchilar uchun yakuniy attestatsiya jarayonlari yuqori saviyada tashkil etildi.

📚 Attestatsiya doirasida tinglovchilar o‘z kasbiy faoliyatiga oid elektron malaka ishlarini taqdim etdilar. Loyihalar zamonaviy yondashuv, amaliy ahamiyat va metodik puxtalik asosida baholandi.


Jarayonlar institutning rasmiy elektron platformasi — https://edu.ktri.uz/ orqali shaffof va tizimli ravishda o‘tkazildi.
✔️Bugun Kasbiy ta’limni rivojlantirish institutida Deutsche Gesellschaft für Internationale Zusammenarbeit (GIZ) tashkiloti vakillari bilan rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida dual ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, xalqaro tajriba asosida amalyotga joriy etish masalasi muhokama qilindi.

Tomonlar o‘zaro hamkorlikni kengaytirish, malaka oshirish dasturlarini rivojlantirish va tajriba almashuvini kuchaytirish bo‘yicha fikr almashdilar.

Uchrashuv ochiq va konstruktiv ruhda o‘tdi.

Sahifalarimizga obuna bo'ling!

Telegram | Instagram | Web | Youtube | Facebook
Forwarded from Kasbiy ta’lim agentligi
UNEVOC ekspertlari ishtirokida kasbiy ta’lim pedagoglari uchun o‘qishlar boshlandi

Kasbiy ta’lim agentligi va UNESCO-UNEVOC bilan hamkorligida Toshkent shahrida tizim mutasaddilari va texnikum pedagoglari uchun kasbiy ta’limni rivojlantirishning amaliy mexanizmlari bo‘yicha o‘quvlar tashkil etildi.

Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan “O‘zbekiston qishloq joylarida bandlik ko‘nikmalarini rivojlantirish” loyihasi doirasida tashkil etilgan ushbu o‘quvda ish beruvchilar talablari asosida kompetensiyaga asoslangan o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, baholash va sertifikatlash tizimini takomillashtirish, ichki sifatni ta’minlash hamda RBM yondashuvini joriy etish masalalari qamrab olindi.

UNEVOC — UNESCO huzuridagi kasbiy ta’lim sohasida global miqyosda tajriba almashish va islohotlarni qo‘llab-quvvatlash markazi bo‘lib, 150+ davlatlarni qamrab olgan xalqaro tarmoq orqali ilg‘or tajriba va siyosiy tavsiyalarni shakllantiradi.

📌Uchrashuvda ilg‘or xorijiy tajribalar asosida 300 nafar pedagogning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish, ichki sifatni ta’minlash mexanizmlarini kuchaytirish bo‘yicha malakasini oshirish hamda ta’lim dasturlariga yashil ko‘nikmalarni singdirish bo‘yicha o‘qitishga kelishib olindi.

Bizni kuzating

Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X
📌 4-mart kuni Kasbiy ta’limni rivojlantirish institutida Ilmiy-pedagogik kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish davomida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashining 2026-yil 23-yanvardagi topshirigʻiga muvofiq, harbiy xizmat nufuzini yanada oshirish hamda askarlarni kasbga o‘qitish maqsadida 3–6 oylik qisqa muddatli o‘quv kurs dasturlarini ishlab chiqish masalasi muhokama qilindi.

Shuningdek, kun tartibida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:

🔹 Dual ta’lim asosida modulli hamda xalqaro ta’lim dasturlarini ishlab chiqish va takomillashtirish ishlari;
🔹 Kafedra professor-o‘qituvchilarining kasbiy rivojlanishi, milliy va xalqaro ta’lim standartlarini o‘rganish hamda tajriba almashish jarayonlari;
🔹 2026-yil II chorak uchun mustaqil izlanuvchilikka qabul qilish hamda ilmiy-tadqiqot faoliyatini yanada faollashtirish masalalari.


Yig‘ilish yakunida belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirish bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

Sahifalarimizga obuna bo'ling!

Telegram | Instagram | Web | Youtube | Facebook