Kasbiy ta'limni rivojlantirish instituti
2.73K subscribers
8.23K photos
1.17K videos
48 files
3.76K links
🏛 Kasbiy ta'lim agentligi huzuridagi Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti rasmiy telegram kanali

• Veb sayt: http://ipitvet.uz/
• Elektron pochta: pedagoginnovatsiyalar@edu.uz
Download Telegram
🔺Bugun Kasbiy ta'lim agentligi rahbari A.Xusanov Kasbiy ta'limni rivojlantirish institutiga tashrif buyurdi.

🔺Tashrif davomida institutning joriy faoliyati, o‘quv-uslubiy ishlar hamda pedagog kadrlar malakasini oshirish tizimidagi yangilanishlar bilan tanishildi. Xususan, malaka oshirish jarayonlarini raqamlashtirish, o‘qituvchilar uchun yaratilayotgan yangi imkoniyatlar hamda zamonaviy onlayn platforma taqdimoti qilindi.

Shuningdek, institutning kelgusi rejalari, ta'lim sifatini oshirishga qaratilgan ustuvor vazifalar, xalqaro hamkorlik yo‘nalishidagi ishlar hamda istiqboldagi loyihalar taqdim etildi.


🔺Tashrif yakunida tizim samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Sahifalarimizga obuna bo'ling!

🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Web | 🌐 Youtube | 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘tgan yilda Kasbiy ta’lim agentligi tashkil qilinib, har bir hududda hokimlar boshchiligida Kasbiy ta’lim kengashlari ish boshladi.

Agentlik va hokimlarga qaysi texnikumda kasbga o‘qitish dasturini qayta ko‘rib chiqib, ish beruvchilarning talabiga moslash, qaysi biriga kasb-hunar va “dual ta’lim” bo‘yicha eng yaxshi tajribalarni olib kelish kerakligi va texnikumlarning moddiy-texnika bazasini yaxshilash bo‘yicha masalalarni tezkor hal qilib borish topshirildi.

Hokimlar texnikum binosi va yerlari boshqa maqsadlarda berilmasligi, direktorlari esa faoliyatiga tegishli bo‘lmagan yig‘ilishga chaqirilmasligi haqida ogohlantirildi.

Har yili kamida 100 tadan texnikumni to‘liq ta’mirlab, texnologik va talab yuqori bo‘lgan kasblarga mos holda jihozlash maqsad qilib olindi.

“Dual ta’lim” qamrovini yanada kengaytirish muhimligi ta’kidlandi. Har oyda texnikumlarda “Kasbiy rivojlanish kuni” va mehnat yarmarkalari tashkil qilinadi. Texnikumlarga ham oliygohlar kabi “spin-off” ochishga ruxsat beriladi. Bunda o‘quvchilarning startap loyihalariga 1 milliard so‘mgacha ajratiladi.

Joriy yildan xuddi oliygoh talabalari kabi texnikum o‘quvchilari uchun ham “Ishla va sayohat qil (Work and travel)” dasturi asosida olti oy davomida xorijda ishlab, qo‘shimcha daromad topish imkoniyati yaratiladi. Bunda dasturda ishtirok etuvchi texnikum o‘quvchilariga yo‘lkira xarajatlari uchun ssuda ajratiladi.

Facebook|Instagram|X
Toshkent viloyatida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar bilan ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlarga bag‘ishlangan muloqoti davomida mamlakatimizda har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” bo‘lishi belgilangan edi.

Shu munosabat bilan Toshkent viloyatida Kasbiy ta’lim agentligi rahbariyati ishtirokida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o‘tkaziladi.

📅 Sana: 26-fevral
Vaqt: 11:00

📍 Manzil: Olmaliq shahri, Metallurg madaniyat saroyi

Bizni kuzating

Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X
Forwarded from Kasbiy ta’lim agentligi
Respublika bo‘ylab barcha texnikum direktorlari uchun boshqaruv salohiyatiga oid seminar-treninglar bo‘lib o‘tmoqda

Treninglar Kasbiy ta’lim agentligi tomonidan o‘tkazilmoqda.

Tadbirning maqsadi:
-Kasbiy ta’lim tizimidagi islohotlarning mazmun-mohiyatini tushuntirish
-Texnikum direktorlarining boshqaruv salohiyatini oshirish
-“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi va mahallani rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish

📌Mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilarga shaxsiy va kasbiy rivojlanish tamoyillari, jamoani samarali boshqarish usullari hamda kasbiy ta’lim tizimidagi islohotlarni boshqaruv jarayonlariga tatbiq etish strategiyalari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar berildi.

Tadbirga 600 dan ziyod texnikum direktorlarining ishtiroki ta’minlanmoqda.

Bizni kuzating

Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X
Kasbiy ta’limni rivojlantirish institutida yakuniy attestatsiya jarayonlari bo‘lib o‘tdi

Fevral oyida malaka oshirish kurslarida tahsil olgan tinglovchilar uchun yakuniy attestatsiya jarayonlari yuqori saviyada tashkil etildi.

📚 Attestatsiya doirasida tinglovchilar o‘z kasbiy faoliyatiga oid elektron malaka ishlarini taqdim etdilar. Loyihalar zamonaviy yondashuv, amaliy ahamiyat va metodik puxtalik asosida baholandi.


Jarayonlar institutning rasmiy elektron platformasi — https://edu.ktri.uz/ orqali shaffof va tizimli ravishda o‘tkazildi.