Forwarded from Khumoyun Codes
FOMO - Fear Of Missing Out (Yoqotishdan, ulgurmay qolishdan qo'rquv)
Oxirgi paytlarda, har bir teshikdan, AI AI AI degan narsani eshitayapmiz. Hamma startup qurayapti, hamma mahsulot chiqarish harakatida, hamma AI ishlatib nimadirlar qilayapti, hamma yangi modellarni solishtirib, yangi funksiyalari haqida gapirayapti. Shunday paytlarda, shunchaki Claude ni kunlik ishlarimni osonlashtirishga ishlatayotgan menda FOMO boshlandi. Ya'ni nimadirdan quriq qolib ketayotgandekman, hammaga anavi yerda oltin bor deb ko'rsatishgan, hamma belkuragini ko'tarib ko'proq oltin kavlab olishga harakat qilayaptiyu, men bog'imda hardoimgidak bir xil ish qilayapman.
Sohani universitetda 4 yil o'qidik, minglab soatlarni muammolarni yechishni o'rganishga sarfladik, pullik kurslarga bordik, tadbirlardan qolmadik, uni aka, buni uka deb nimadirlarni o'rganishga harakat qildik. Keyin esa qish kunida boshimizga daraxtdan tushgan qordek, AI gursillab tushdi. Boshida ha endi bu goolge ni o'rniga ishlatar ekanmiz dedik, matnlarni yozib/tahrirlab berar ekan dedik, lekin kundalik hayotimizga qanday qilib singib kirib kelayotganini sezmay qoldik. Xursand bo'lishni o'rniga, bizni vahima bosa boshladi, ERTAGA NIMA BO'LADI?! 😰
"Nima bo'lsa bo'lar ertaga" deb men shu paytda qo'limdan kelgancha AI ni o'rganishga, foydalanishga harakat qilayapman, lekin baribir hammadan qolib ketayotgandekman. Qolib ketmasam ham, "True Developer" hissi yoqolib bormoqda, kod yozdiraman, uni o'qiy olaman, lekin o'zim yozmayapganimdan, o'zim qurmayapganimdan ba'zida yana siqilib qolaman. "Men shuncha vaqt sarflab o'rgangan bilimlarim nahotki endi kerak bo'lmay qolsa?" degan qo'rquv bo'ladi.
Sizlarda ham shunday hissiyot bo'layaptimi? Yo bu narsa faqat mendami?
Shu payt, o'zi ertangi kun biz uchun kafolatlanganmi degan savolni o'zimga o'zim bersam, ko'nglimga ozgina bo'lsa ham hotirjamlik kiradi. O'ng oyog'imizni bosganimizdan so'ng, chap oyog'imizni bosishimizga tan-u jonimizda kuch, jismimizda ruhimiz bo'ladimi yo'qmi? Ko'chaga nasibamizni terib chiqib ketgandan keyin uyga qaytishimiz kafolatlanmaganku, 5-10-15 yilni o'ylab nimaga siqilish kerak deb o'ylab o'zimga taskin beraman. Hamma o'zini rizqiga yarashasini oladi, hoh urush bo'lsin, hoh tinchlik. Shuning uchun menga o'xshab, ba'zida ulgurmay qolayotganidan siqilayotganlar bo'lsa, vahima qilmang, buni hech foydasi yo'q, tunda ko'zingizni yumib, ochishingiz aniqmasku, siz qayerdagi muammolarni o'ylab ich etingizni yeysiz. Undan ko'ra, yarim qadamni bo'lsa ham tog'ri yo'nalishda har kuni tashlang, bir joyda turganlardan ko'ra ancha ishingiz yaxshi bo'ladi, yugurayotganlarga e'tibor bermang, manzil bir, yo'llar boshqa, barchaga atalgani bor. Axborot shovqinini kamaytiring, ortiqcha yangiliklarga, vahimalarga quloq solmang, ularni chetga suring, bir yo'lni tanlab, e'tiboringizni o'shanga qarating, shunda ichki hotirjamlikka erishasiz, bu esa alg'ov dalg'ov zamonlarda o'zligingizni saqlab, sog'lig'ingizni asrash uchun yagona yechim.
@khumoyun_codes

😱2👍1🔥1💯1
Khumoyun Codes
FOMO - Fear Of Missing Out (Yoqotishdan, ulgurmay qolishdan qo'rquv) Oxirgi paytlarda, har bir teshikdan, AI AI AI degan narsani eshitayapmiz. Hamma startup qurayapti, hamma mahsulot chiqarish harakatida, hamma AI ishlatib nimadirlar qilayapti, hamma yangi…
AI bizning intellektni so’ndiradi 🥀
tog’ri foydalanilmasa
tog’ri foydalanilmasa
💯2
UzGeeks Conf 2026
shanba, 25-aprel, 2026, 10:00
Toshkent shahar, Muminov 4/1
Maʼlumot uchun tadbir UzGeeks IT hamjamiyati, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi hamda Thinkland tomonidan tashkillashtirilmoqda.
https://uzgeeks.com/ da royhatdan o'tishni unutmang

Mobile news
https://t.me/open_source_uz/2/65
#android da ham repo ochib boshlang'ich qismini yozib qo'ydim, nasib qilsa androiddagi hamma dolzarb mavzularni yoritib borishga harakat qilaman
pub.dev ,https://search.nixos.org/packages kabi rasmiy android uchun ham #repository qilishga jiddi jahd qildim ( agar bo'lsa commentda ulashsangiz xursand bo'lardim ) , bugun 2 soat vaqtim oddiy narsani #search qilib qidirib integratsiya qilishga ketdi, 1-2 ta norasmiy saytlarni ko'rdim ammo ularda #dependency lar yangilanib turmas ekan

👍1
Forwarded from Manuchehr Usmonov
Akauntni himoyalash uchun Telegram’ni alohida user ostida ishga tushirish
1. Yangi foydalanuvchi yaratamiz
2. Telegram katalogini ko‘chiramiz
3. Fayl egasini o‘zgartiramiz
4. Boshqa foydalanuvchilar uchun huquqlarni olib tashlaymiz
5. Shell’ni o‘chiramiz (login bo‘lmasin)
6. Parolsiz Telegram ishga tushirish (sudo orqali)
Quyidagini qo‘shamiz:
7. .bashrc orqali display uchun ruxsat beramiz va telegramni runuser orqali ishga tushirish imkonini qo'shamiz.
8. Eski katalogni o‘chiramiz
9. Ishga tushirish
P.S: Agar sizda windows bo'lsa, windowsni o'chirib o'rniga linux o'rnating. Fishing yoki kliker dasturlar sabab telegramni tgdata papkasini bir sessiyada ko'chirib o'tkazish imkoni mavjud. Windowsda lokal parol o'rnatish fayllarni qo'shib shifrlashga yordam beradi lekin to'liq himoya emas.
1. Yangi foydalanuvchi yaratamiz
sudo useradd telegram
2. Telegram katalogini ko‘chiramiz
sudo cp -r /home/ytmdt/.local/share/TelegramDesktop /home/telegram/.local/share/
3. Fayl egasini o‘zgartiramiz
sudo chown -R telegram:telegram /home/telegram/.local/share/TelegramDesktop
4. Boshqa foydalanuvchilar uchun huquqlarni olib tashlaymiz
sudo chmod -R o-r /home/telegram/.local/share/TelegramDesktop
sudo chmod -R o-w /home/telegram/.local/share/TelegramDesktop
sudo chmod -R o-x /home/telegram/.local/share/TelegramDesktop
5. Shell’ni o‘chiramiz (login bo‘lmasin)
sudo usermod -s /usr/sbin/nologin telegram
6. Parolsiz Telegram ishga tushirish (sudo orqali)
sudo visudo
Quyidagini qo‘shamiz:
ytmdt ALL=(ALL) NOPASSWD: /usr/sbin/runuser -u telegram /opt/telegram/telegram
7. .bashrc orqali display uchun ruxsat beramiz va telegramni runuser orqali ishga tushirish imkonini qo'shamiz.
xhost +SI:localuser:telegram &>/dev/null
alias telegram='sudo /usr/sbin/runuser -u telegram /opt/telegram/telegram'
8. Eski katalogni o‘chiramiz
rm -rf /home/ytmdt/.local/share/TelegramDesktop
9. Ishga tushirish
source ~/.bashrc && telegram
P.S: Agar sizda windows bo'lsa, windowsni o'chirib o'rniga linux o'rnating. Fishing yoki kliker dasturlar sabab telegramni tgdata papkasini bir sessiyada ko'chirib o'tkazish imkoni mavjud. Windowsda lokal parol o'rnatish fayllarni qo'shib shifrlashga yordam beradi lekin to'liq himoya emas.
Mobile news
Akauntni himoyalash uchun Telegram’ni alohida user ostida ishga tushirish 1. Yangi foydalanuvchi yaratamiz sudo useradd telegram 2. Telegram katalogini ko‘chiramiz sudo cp -r /home/ytmdt/.local/share/TelegramDesktop /home/telegram/.local/share/ 3. Fayl…
bro kanaliga tashlashlaridan oldin kanalimga #forward qilib qo'yibman 😅
😁1
Assalomu aleykum qadrdonlar, uzoq tanafusdan so'ng bloklangan #Play console akkauntim ochildi va tajriba tariqasida yana bir dastur yuklab ko'rdik iloji bo'lsa o'rnatib sinab ko'rsangiz xursand bo'lardim, testdan o'tkazish bo'yicha kimda savollar bo'lsa lichkaga bemalol yozing iloji boricha tushuntirib beraman
#gmail bersangiz testerlarga qo'shib qo'yaman
android
https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.mobicraft.memorizer
web
https://play.google.com/apps/testing/uz.mobicraft.memorizer
@murotxonov

👍3🔥1 1
Uchar yangi versiya chiqdi:
location ulashish qismlari qo’shildi, ba’zi ui kamchiliklar to’g’irlandi
https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.uzinfocom.ucharmessenger

Google Play
Uchar - Xavfsiz Muloqot - Apps on Google Play
Ochiq kodli, shifrlangan va chiroyli Matrix messenjeri. Cheksiz suhbatlar!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Mobile news
Video message
Mendagi savol: #ai kelajak avlodni ongsizlantirishga, fikr kuchini yo’qolishiga sabab bo’lyapti, va siz bu jarayonda xizmat qilyapsiz, bunga fikringiz qanday?
Speekerlar: bizda deyarli javob yo’q
siz nima deysiz👇🏻
Speekerlar: bizda deyarli javob yo’q
siz nima deysiz👇🏻
👍2🔥1🤔1
Forwarded from His perspective
Sunʼiy intellekt davrida miya sabzavot bo‘lmasligi uchun nima qilish kerak?
Bugungi mitapda bir ishtirokchi shu savolni berdi. Spikerlar turlicha javob berishdi, lekin bu savol meni kun davomida o‘ylantirdi. Oxir-oqibat, o‘zimcha bir xulosaga keldim.
Har qanday davrda yangi bilim olish yoki kasb o‘rganish insondan diqqat, kuch, qatʼiyat va sabr talab qiladi. Ammo bu sifatlar majburlab emas, balki qiziqish orqali osonroq shakllanadi. Aniqroq aytganda, ular inson o‘z xobbisiga vaqt ajratganda tabiiy ravishda birlashadi.
Inson o‘ziga yoqadigan mashg‘ulot bilan shug‘ullanganda diqqatini yo‘qotmaydi, qiyinchiliklardan qochmaydi va natija uchun sabr qilishga tayyor bo‘ladi. Shu sabab, xobbi — bu shunchaki vaqt o‘tkazish emas, balki ichki motivatsiyani uyg‘otadigan kuchli manba.
Shunday ekan miyani chiniqtirish uchun u xush ko‘radigan narsalar atrofida bilim olishni boshlash kerak. Bu orqali miyani doimiy axborot qabul qilishga o‘rgatish hamda boshqa yangi bilimlarni kashf etish mumkin.
Ishqilib, “eng yaxshi ish bu senga katta haq to‘lanadigan xobbi” deb bekorga aytishmaydi. Rasmdagi Mirshakar Fayzullayev esa bunga yorqin misol.
Surat: Madaniyat vazirligi.
@hisperspective

👍5🔥1💯1
His perspective
Sunʼiy intellekt davrida miya sabzavot bo‘lmasligi uchun nima qilish kerak? Bugungi mitapda bir ishtirokchi shu savolni berdi. Spikerlar turlicha javob berishdi, lekin bu savol meni kun davomida o‘ylantirdi. Oxir-oqibat, o‘zimcha bir xulosaga keldim. Har…
Ko’pchilikka ta’sir qilganidan xursandman, lekin lekin bizda hali ham yosh doirasida cheklovlar yo’qligi bu achinarli holat
👍2🔥1💯1