yaqinda #Flutter da #multiModule project ko'rgan edik (super app ko'rinishida) ana endi #AndroidNative da ham ko'rib chiqamiz ( Bu nisbatan kattaroq project )

nega #multiModule projectga ko'p e'tibor qaratayapman? nimasi yaxshi?

Oxirgi 4 ta projectim #multiModule project edi va qulayliklar, modullar orasida bog'liklar haqiqiy san'at asaridek go'yo , packageName ni o'zgartirmoqchisan atigi 1 ta qatorni o'zini edit qilasan va tamom , butun boshli project filelari ichiga kirib edit qilib chiqmaysiz, yoki pattern bilan yozadigan qattiqqo'l inson bo'lsangiz:

#UI dan turib #Repository ga murojat qila olmaydigan qilib qo'ysangiz ham bo'ladi, orada connection uchun #Presenter yoki #ViewModel bo'ladi


Ehtimol: Swiftda ham ko'rishimiz mumkin

#AndroidNative
🔥5
Forwarded from Pavel Durov (Pavel Durov)
🤥 WhatsApp’s “encryption” may be the biggest consumer fraud in history — deceiving billions of users. Despite its claims, it reads users’ messages and shares them with third parties. Telegram has never done this — and never will 🤝
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Janubiy Koreyada hamma uchun bepul internet yo‘lga qo‘yildi: agar asosiy paket tugasa, odamlarga 400 Kbit/s tezlikda cheksiz internet beriladi.

Hukumatning fikricha, hozir internetsiz yashashni iloji yo‘q, bu endi insonning asosiy huquqidir. Shuningdek, nafaqaxo‘rlar yaqinlari bilan doim aloqada bo‘lishlari uchun ularning internet limitlari ham oshirildi.
🗿7
Forwarded from Khumoyun Codes
FOMO - Fear Of Missing Out (Yoqotishdan, ulgurmay qolishdan qo'rquv)

Oxirgi paytlarda, har bir teshikdan, AI AI AI degan narsani eshitayapmiz. Hamma startup qurayapti, hamma mahsulot chiqarish harakatida, hamma AI ishlatib nimadirlar qilayapti, hamma yangi modellarni solishtirib, yangi funksiyalari haqida gapirayapti. Shunday paytlarda, shunchaki Claude ni kunlik ishlarimni osonlashtirishga ishlatayotgan menda FOMO boshlandi. Ya'ni nimadirdan quriq qolib ketayotgandekman, hammaga anavi yerda oltin bor deb ko'rsatishgan, hamma belkuragini ko'tarib ko'proq oltin kavlab olishga harakat qilayaptiyu, men bog'imda hardoimgidak bir xil ish qilayapman.

Sohani universitetda 4 yil o'qidik, minglab soatlarni muammolarni yechishni o'rganishga sarfladik, pullik kurslarga bordik, tadbirlardan qolmadik, uni aka, buni uka deb nimadirlarni o'rganishga harakat qildik. Keyin esa qish kunida boshimizga daraxtdan tushgan qordek, AI gursillab tushdi. Boshida ha endi bu goolge ni o'rniga ishlatar ekanmiz dedik, matnlarni yozib/tahrirlab berar ekan dedik, lekin kundalik hayotimizga qanday qilib singib kirib kelayotganini sezmay qoldik. Xursand bo'lishni o'rniga, bizni vahima bosa boshladi, ERTAGA NIMA BO'LADI?! 😰

"Nima bo'lsa bo'lar ertaga" deb men shu paytda qo'limdan kelgancha AI ni o'rganishga, foydalanishga harakat qilayapman, lekin baribir hammadan qolib ketayotgandekman. Qolib ketmasam ham, "True Developer" hissi yoqolib bormoqda, kod yozdiraman, uni o'qiy olaman, lekin o'zim yozmayapganimdan, o'zim qurmayapganimdan ba'zida yana siqilib qolaman. "Men shuncha vaqt sarflab o'rgangan bilimlarim nahotki endi kerak bo'lmay qolsa?" degan qo'rquv bo'ladi.

Sizlarda ham shunday hissiyot bo'layaptimi? Yo bu narsa faqat mendami?

Shu payt, o'zi ertangi kun biz uchun kafolatlanganmi degan savolni o'zimga o'zim bersam, ko'nglimga ozgina bo'lsa ham hotirjamlik kiradi. O'ng oyog'imizni bosganimizdan so'ng, chap oyog'imizni bosishimizga tan-u jonimizda kuch, jismimizda ruhimiz bo'ladimi yo'qmi? Ko'chaga nasibamizni terib chiqib ketgandan keyin uyga qaytishimiz kafolatlanmaganku, 5-10-15 yilni o'ylab nimaga siqilish kerak deb o'ylab o'zimga taskin beraman. Hamma o'zini rizqiga yarashasini oladi, hoh urush bo'lsin, hoh tinchlik. Shuning uchun menga o'xshab, ba'zida ulgurmay qolayotganidan siqilayotganlar bo'lsa, vahima qilmang, buni hech foydasi yo'q, tunda ko'zingizni yumib, ochishingiz aniqmasku, siz qayerdagi muammolarni o'ylab ich etingizni yeysiz. Undan ko'ra, yarim qadamni bo'lsa ham tog'ri yo'nalishda har kuni tashlang, bir joyda turganlardan ko'ra ancha ishingiz yaxshi bo'ladi, yugurayotganlarga e'tibor bermang, manzil bir, yo'llar boshqa, barchaga atalgani bor. Axborot shovqinini kamaytiring, ortiqcha yangiliklarga, vahimalarga quloq solmang, ularni chetga suring, bir yo'lni tanlab, e'tiboringizni o'shanga qarating, shunda ichki hotirjamlikka erishasiz, bu esa alg'ov dalg'ov zamonlarda o'zligingizni saqlab, sog'lig'ingizni asrash uchun yagona yechim.

@khumoyun_codes
😱2👍1🔥1💯1
FBI Extracts Suspect’s Deleted Signal Messages Saved in iPhone Notification Database


Yaqinda #FBI #RSA bo'yicha #key larga ham ega degan gapni eshitkan edim.Ya'ni RSA bo'yicha shifrlangan ma'lumotlarni decode qilib olishadi degani , buni qanday qilishadi bilmadim lekin ular buni qilishadi
Manu brat odamlaga pul tarqatishni taklif qilib chiqyapti

Menimcha yomonmas, men brat tomondaman 🗿😅
🥴1🌚1🗿1
UzGeeks Conf 2026

shanba, 25-aprel, 2026, 10:00
Toshkent shahar, Muminov 4/1

Maʼlumot uchun tadbir UzGeeks IT hamjamiyati, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi hamda Thinkland tomonidan tashkillashtirilmoqda.


https://uzgeeks.com/ da royhatdan o'tishni unutmang
Nima diyapti 😎
Mobile news
Nima diyapti 😎
naqt 30 ta so’rovnomadan so’ng ochildi 😅🗿
👍3🤓1🗿1
Mobile news
https://t.me/open_source_uz/2/65
#android da ham repo ochib boshlang'ich qismini yozib qo'ydim, nasib qilsa androiddagi hamma dolzarb mavzularni yoritib borishga harakat qilaman

pub.dev ,https://search.nixos.org/packages kabi rasmiy android uchun ham #repository qilishga jiddi jahd qildim ( agar bo'lsa commentda ulashsangiz xursand bo'lardim ) , bugun 2 soat vaqtim oddiy narsani #search qilib qidirib integratsiya qilishga ketdi, 1-2 ta norasmiy saytlarni ko'rdim ammo ularda #dependency lar yangilanib turmas ekan
👍1
Forwarded from Manuchehr Usmonov
Akauntni himoyalash uchun Telegram’ni alohida user ostida ishga tushirish

1. Yangi foydalanuvchi yaratamiz

sudo useradd telegram


2. Telegram katalogini ko‘chiramiz

sudo cp -r /home/ytmdt/.local/share/TelegramDesktop /home/telegram/.local/share/


3. Fayl egasini o‘zgartiramiz

sudo chown -R telegram:telegram /home/telegram/.local/share/TelegramDesktop


4. Boshqa foydalanuvchilar uchun huquqlarni olib tashlaymiz

sudo chmod -R o-r /home/telegram/.local/share/TelegramDesktop
sudo chmod -R o-w /home/telegram/.local/share/TelegramDesktop
sudo chmod -R o-x /home/telegram/.local/share/TelegramDesktop


5. Shell’ni o‘chiramiz (login bo‘lmasin)

sudo usermod -s /usr/sbin/nologin telegram


6. Parolsiz Telegram ishga tushirish (sudo orqali)

sudo visudo


Quyidagini qo‘shamiz:

ytmdt ALL=(ALL) NOPASSWD: /usr/sbin/runuser -u telegram /opt/telegram/telegram


7. .bashrc orqali display uchun ruxsat beramiz va telegramni runuser orqali ishga tushirish imkonini qo'shamiz.

xhost +SI:localuser:telegram &>/dev/null
alias telegram='sudo /usr/sbin/runuser -u telegram /opt/telegram/telegram'


8. Eski katalogni o‘chiramiz

rm -rf /home/ytmdt/.local/share/TelegramDesktop


9. Ishga tushirish

source ~/.bashrc && telegram


P.S: Agar sizda windows bo'lsa, windowsni o'chirib o'rniga linux o'rnating. Fishing yoki kliker dasturlar sabab telegramni tgdata papkasini bir sessiyada ko'chirib o'tkazish imkoni mavjud. Windowsda lokal parol o'rnatish fayllarni qo'shib shifrlashga yordam beradi lekin to'liq himoya emas.
Assalomu aleykum qadrdonlar, uzoq tanafusdan so'ng bloklangan #Play console akkauntim ochildi va tajriba tariqasida yana bir dastur yuklab ko'rdik iloji bo'lsa o'rnatib sinab ko'rsangiz xursand bo'lardim, testdan o'tkazish bo'yicha kimda savollar bo'lsa lichkaga bemalol yozing iloji boricha tushuntirib beraman

#gmail bersangiz testerlarga qo'shib qo'yaman

android

https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.mobicraft.memorizer


web

https://play.google.com/apps/testing/uz.mobicraft.memorizer


@murotxonov
👍3🔥11
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Mobile news
Video message
Bu tadbirga kelib juda katta xato qilganimni anglab yetdim😅🔪
😁4👍1💯1