Forwarded from Ustoz-Shogird
Xodim kerak:

🏢 Idora: Nurli
📚 Texnologiya: C#, Flutter
🇺🇿 Telegram: @LochML
🌐 Hudud: Farg'ona
✍️ Mas'ul: L. Madolimov
🕰 Murojaat vaqti: 9:00 - 18:00
🕰 Ish vaqti: 9:00 - 19:00
💰 Maosh: 5 000 000 - 10 000 000 so'm
‼️ Qo`shimcha: Oflayn ishlash shart va tajribasi, ko'nikmasi bo'lishi kerak. Farg'ona shahar hamda yaqin tuman, shaharlardan bo'lishi shart. Boshqa viloyatlardan xodim olmaymiz farg'ona viloyatiga vakansiya berilgan.

#ishJoyi #csharp #flutter #Fargona

👉 @UstozShogird kanaliga ulanish
❗️Aholini onlayn ro‘yxatga olish platformasi — census.stat.uz ishlamay qoldi

Hozircha rasmiy izoh berilmagan. Ma’lumotlarga ko‘ra, sayt Milliy statistika qo‘mitasiga tegishli.

Kun.uz manbalari platformaga kiberhujum uyushtirilgani va sayt buzilganini xabar qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 17–31 yanvar kunlari aholi va qishloq xo‘jaligini onlayn ro‘yxatga olish shu sayt orqali amalga oshirilgan edi. 15 millionga yaqin insonni ma'lumotlari sizib chiqishi ushbu hujumga aloqador bo'lishi mumkin
Mobile news
❗️Aholini onlayn ro‘yxatga olish platformasi — census.stat.uz ishlamay qoldi Hozircha rasmiy izoh berilmagan. Ma’lumotlarga ko‘ra, sayt Milliy statistika qo‘mitasiga tegishli. Kun.uz manbalari platformaga kiberhujum uyushtirilgani va sayt buzilganini xabar…
endi nima bo’ladi , 15 million odam sarson : “mygov” ga kir ,“oneid” ga kir parolni ozgartir, kredit olishni chekla kabi ishlar bilan ovora, xozir buni o’z zimmasiga oladigan jamoa topilmayapti!

“Xo’sh javobgarlar kim “ degan savol sizni ham qiynayaptimi?
👍2
So‘nggi kunlarda davlat sektoriga tegishli resurslardan ma’lumotlar sizib chiqqani (Data Leak) haqidagi xabarlar va skrinshotlar tarqaldi. Oddiy mutaxassis sifatida ushbu holatni tahlil qilar ekanman, xulosam shuki: Bu xakerlarning o‘ta kuchliligi emas, bu - bizdagi oddiy raqamli gigienaning yo‘qligidir.
Internetda aylanib yurgan dalillar (Logs, Screenshots) bizga 3 ta og‘riqli "diagnoz"ni ko‘rsatmoqda:
1. "Security Misconfiguration" (Noto‘g‘ri sozlamalar)
Skrinshotlarda Django Admin panellari va monitoring tizimlari ochiq turganini ko‘ryapmiz. Ishlab chiqaruvchi (Vendor) tomonidan berilgan standart sozlamalar o‘zgartirilmagan. DEBUG rejimi o‘chirilmagan. Tizimning "boshqaruv pulti" dunyoga ochiq. Buni buzish uchun xaker bo‘lish shart emas, shunchaki e’tiborsiz admin bo‘lish yetarli.
2. BOLA/IDOR zaifliklari va PII (Shaxsiy ma’lumotlar)
Eng achinarlisi API orqali fuqarolarning pasport seriyasi, JSHSHIR (PINFL) va tug‘ilgan sanalari shifrlanmagan (Plain Text) holda, JSON formatida oqib chiqayotganidir. API’da avtorizatsiya to‘liq tekshirilmayapti. Foydalanuvchi so‘rov yuborganda, tizim "Sen kimsan?" deb so‘ramasdan, bor ma’lumotni "dasturxon qilib" beryapti.
3. "Hardcoded credentials" va inson faktori
Tizimlarda "Mr. Astanov" kabi nomlar yoki kod ichida qolib ketgan parollar orqali kirilgani - bu DevSecOps madaniyatining yo‘qligidan dalolat. Dasturchilarimiz tezroq ishga tushirish (Deadline) uchun xavfsizlikni qurbon qilishmoqda.
"Data leak" (ma'lumotlar sizib chiqishi) shunchaki xakerlarning kuchliligi emas, bu - bizdagi tizimsizlik va standartlarga tupurib qo'yish natijasidir.
Biz yillab takrorlayapmiz, lekin "eshitmaydiganlar" uchun yana bir bor yozaman. Amerikani ochish shart emas, tayyor retseptlar bor:
1. CIS Controls (Texnik immunitet)
Bu shunchaki tavsiya emas, bu qon bilan yozilgan 18 ta texnik qoida. Tizimda nima borligini bilmay turib (Inventory), uni himoya qilolmaysiz. Admin huquqini hammaga tarqatib (Privilege Management), xavfsizlik kutmang.
CIS - bu sizning raqamli darvozalaringiz qanchalik mustahkamligini tekshiruvchi texnik standart.
2. ITIL (Jarayon intizomi)
Texnikangiz zo'r bo'lishi mumkin, lekin jarayon bo'lmasa, baribir yiqilasiz. O'zgarishlarni qanday qilasiz? (Change Management). Voqea yuz berganda kim nima qiladi? (Incident Management)
ITIL - bu "Xaos"ni "Tizim"ga aylantiruvchi boshqaruv tili.
3. Pen-testing va audit:
Tizimni xakerlar buzishidan oldin, o‘zimiznikilar "buzib" ko‘rishi kerak. Davlat resurslari muntazam ravishda "Black Box" va "White Box" auditdan o‘tishi majburiy bo‘lishi lozim.
Xullas raqamli dunyoda "Ishlayaptimi - tegma" degan qoida ishlamaydi. Agar biz xalqaro standartlarni (ISO 27001, CIS) real tatbiq etmasak, ma’lumotlarimiz "ko‘chada" yotaveradi.
Xavfsizlik bu mahsulot emas, bu jarayon.

Нурмухаммад Нурсаидов
👍3
Pavel Durov ma’lumotlarni oshkor qilishdan ko’ra telegramni yopishni avzal ko’radi ✊🏻👍🏻
👍4
Mobile news
Pavel Durov ma’lumotlarni oshkor qilishdan ko’ra telegramni yopishni avzal ko’radi ✊🏻👍🏻
Bizda esa 15 million odam datasi shunchaki ochiq 😢😢
Eng yomoni sud hujjatlari ham ochiq
😁5
Энди фирибгарлар SMS-код билан ҳам пул ечолмайди
Telekom Antifrod — банк иловаларида фирибгарликни тўхтатиш учун жорий этилаётган тизим. У 2025 йилдан Марказий банк томонидан банклар ва тўлов ташкилотларида жорий қилинмоқда.
Бунда банкдан келадиган SMS-код фақат сиз ишлатаётган телефонда ишлайди. Кодни бошқа телефонга киритиб бўлмайди.
Тизим SIM-карта ва телефонни солиштиради. Агар мос келмаса, операция автоматик тўхтайди.
Шундай бўлса-да, эътиборли бўлиш ва шахсий маълумотларни ҳеч кимга айтмаслик керак.
Имкон қадар пулларингиз хавфсиз бўлиши учун Antifrod орқали SMS келадиган банк ёки тўлов иловаларидан фойдаланганингиз маъқул.

«Xabar.uz»
👍4
Forwarded from Flutter Notes
Flutter 3D game engine sohasiga qadam qoʻymoqda.

Toyota Fluorite-ni taqdim etdi - Flutter va Dart bilan yaratilgan konsol darajasidagi (console-grade), ochiq kodli (open-source) 3D engine.

Fluorite yuqori samarali C++ ECS yadrosini Flutter-ning kuchli 'hot reload' bilan birlashtiradi va Flutter ekotizimidan foydalangan holda boy, real vaqtda 3D tajribalarni yaratish uchun imkonini beradi.

Manba: Link

#Flutter
👍3😱2🔥1
Forwarded from #️⃣Hashtag | Rasmiy kanal
🔎 Google Rossiyada bloklanishi mumkin

🇷🇺 Bu haqda Davlat dumasi ma’lum qildi — deputatlar so‘zlariga ko‘ra, kompaniya Rossiya telekanallariga 91,5 kvintillion rubl qarzdor. Gap 20 xonali summa haqida ketmoqda.

➡️ #google | Birinchi IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁5
4:0 hokkey shot bop kettiyu atm:fcb
😁1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Fcb himoyasi 1- time da
😁3
Forwarded from Aziz Rahimov
Matematikada kuchli bo‘lsangiz, faqat matematikada kuchli emassiz.

Diqqatni bir joyga yig‘a olasiz, uzoq dars qilib o‘tira olasiz, muammolarni hal qilishni yaxshi ko‘rasiz.

Bu qobiliyatlarni qattiq ushlasangiz, katta natijalar keladi, nasib.

Faqat, qobiliyatlarni ushlash hammaga ham oson bo‘lmaydi.

Ba’zilarda o‘z maktabida chuqurlashishga erkinlik yo‘q.

Ba’zilarda kuchli ustozlarga borishning imkoni yo‘q.

Ba’zilarda birga dars qiladigan do‘stlar yo‘q.

Ba’zilarda o‘qishga sharoit yo‘q.

Ro‘yxatda o‘zingizni ko‘rdingizmi?

Sizga yangiligim bor.

Biz 5-8-sinflar o‘rtasida Rahimov Matematika Olimpiadasini o‘tkazyapmiz.

G‘oliblarni bitirgunlaricha eng kuchli ustozlarda bepul o‘qitamiz. Yotoqxona beramiz. Boshqa xarajatlarini ham qoplaymiz.

Maqsad – IMO jamoasini tashkil qilish.

Qatnashish bepul, o‘zingizni sinab ko‘ring. Havola mana bu yerda.

Ha aytgancha, postni yutishi mumkin bo‘lganlar va ularning yaqinlariga jo‘nating.

Tarqatish kichkina ish demang.

Bilib bo‘lmaydi balki, kimningdir muvaffaqiyat kemasiga shamol bo‘lib qolarsiz!
👍2
To'lov sistema qilayotkanlar uchun icon chiqarishga osonroq bo'ladi . Karta kiritganda qaysi turga mansubligini chiqarib qoysangiz bo'ladi
👍10🌚1
Mobile news
To'lov sistema qilayotkanlar uchun icon chiqarishga osonroq bo'ladi . Karta kiritganda qaysi turga mansubligini chiqarib qoysangiz bo'ladi
Flutter uchun extension yozib gitga qoyib qoyaman, linki tashlayman
👍2
Bugun #NixOs ga 1-qadamni tashladim . Macbook imga #NixOS ni #ParallelDesktop orqali o'rnatdim , xozircha yomon emas
👍2
Yaxshi yangilik
Faoliyatimni rasman #Uzinfocom da davom ettiryapman
1👍5
Barchaga kirib kelgan Ramazon oyi muborak va hayrli bo’lsin 🥳🥳
🔥5
Forwarded from AI | DigiTech
⚡️Olimlar keramik varaqqa 2 TB ma’lumot yozishga muvaffaq bo’lishdi. Buning uchun ular dunyodagi eng kichik QR-kodni ishlab chiqishdi.

Kodning o‘lchami atigi 1,98 kvadrat mikrometr. U ko‘pchilik ma’lum bakteriyalardan ham kichik va uni deyarli o‘chirib bo‘lmaydi. Bundan tashqari, u hatto oddiy mikroskop ostida ham ko‘rinmaydi.

Bu kodlar tushirilgan keramik plyonka sovutish yoki energiya manbaiga muhtoj emas. Umid qilamizki, ular bizni xotira tanqisligidan xalos etadi.

📟 DigiTech
👍1
Bugun #NixOS da configuration.nix orqali o'zimga kerakli packagelarni o'rnatishni ko'rib chiqdim va amaliy sinab ko'rdim .
Bu mening birinchi #config im



https://github.com/MurotxonovAnvarxon/nix-config
🔥2
Forwarded from AI | DigiTech
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🧠 Neuralink'ning xitoylik raqobatchisi allaqachon 50 kishiga chiplar o’rnatdi — bu Ilon Mask'ning kompaniyasidan deyarli uch baravar ko‘proq.

NeuroXess Xitoy hukumati tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda va ularning texnologiyasi ancha xavfsiz hisoblanadi: Xitoyda chipni miya to‘qimasiga joylashtirish o‘rniga, miya sirtiga maxsus to‘r implantatsiya qilinadi.

Har ikki usul yordamida bemorlar fikr kuchi bilan kompyuterdan foydalana olishadi, hatto samolyot va robotlarni ham boshqara olishadi.

📟 DigiTech
🔥2
Forwarded from Ustoz-Shogird
Xodim kerak:

🏢 Idora: Nurli
📚 Texnologiya: C#, Flutter
🇺🇿 Telegram: @LochML
🌐 Hudud: Farg'ona Viloyati, Farg'ona Shahar
✍️ Mas'ul: L. Madolimov
🕰 Murojaat vaqti: 9:00 - 17:00
🕰 Ish vaqti: 9:00 - 18:00
💰 Maosh: 5 000 000 - 10 000 000 so'm
‼️ Qo`shimcha: Oflayn ishlash shart va tajribasi, ko'nikmasi bo'lishi kerak. Farg'ona shahar hamda yaqin tuman, shaharlardan bo'lishi shart. Boshqa viloyatlardan xodim olmaymiz farg'ona viloyatiga vakansiya berilgan.

#ishJoyi #csharp #flutter #Fargona

👉 @UstozShogird kanaliga ulanish