invictus
1.82K subscribers
11 photos
2 videos
4 links
Disclaimer! Kanal diniy va siyosiy adovat qo'zg'atadigan postlardan yiroq holda qonunga zid bo'lmagan: kitoblar, shaxsiy qarashlar, hayotiy saboqlar, ilmiy (scientific research) maqolalardan olingan shaxsiy notlarni yozib borishni maqsad qildi.
Download Telegram
"Cho'qintirilgan ota' filmini ko'rganlar bormi?
invictus
"Cho'qintirilgan ota' filmini ko'rganlar bormi?
Bu filmdan o'ziz yoqtirgan bir parchani izohlarda yozing.
Tanlangan bir kishiga Telegram Premium bir oylik priz.
"Gap-so'zlar" bizni - yoqtirmaydigan ishimizni qilib, qòlimizda yòq pul bilan, kerak bòlmagan narsalarni sotib olib, òzimiz yoqtirmaydigan odamlarni qoyil qoldirishga undaydi.

Essentialism kitobidan.
Bizni qidirgan - topadi Topgan - taniydi Tanigan bizni - sevadi Bizni sevganlarga, biz ham - oshiqdurmiz.

Ali r.a
Bugun Najmiddin Erbaqonning G'oyam nomli audio kitobini tingladim men badiy asarlardan ko'ra ko'proq ilmiy(scientific) biografik tarixiy siyosiy va falsafaga aloqador kitoblarni atrofidaman.
Bu kitobda u hayot yo'li, siyosiy foaliyati, tarix va kelajak haqida yozgan, tushuntirishlar bergan. Bir qarashda siyosiy, bir qarashda tarixiy, bir qarashda esa axloqiy kitob. Bu asar orqali asl ummat va millat farzandi qanday bo'lishi kerakligini ko'rsatib, yetkazib bera olgan.
Kanal faoliyati 3-sentyabrda to'xtatilgunga qadar ancha kitob hadya qilgan edik, xar xafta dam olish kunlari kitob ulashardik.
Kelgusida albatta bu ishni qayta tiklaymiz zero bu ishda davomli manfaat bor. Birgina kitob orqali qancha kitobxon uning ziyosidan nur oladi toki u kitob yo'q bo'lib ketgunicha.
Zerikish aslida mavjud bo'lmagan, bekorchilik va beqarorlikning maxsuli deymiz. Vaqtimizni samarali taqsimlaymiz ko'plab ishlarni bajaramiz, rejalaymiz , lekin tabiy ravishda malum nuqtada beixtiyor zerikish paydo boladi nega shunday?
#mood
Stress stress va yana stress.
Ba'zan na puling na xatti harakating hal qilolmaydigan bosh og'riqlar bor.
Boshqalarni senga bosh og'riq bo'lmasligi ularni senga qilgan eng katta yaxshiliklaridir ba'zan.
Pul yig'ish uchun kamroq sarflash kerak. Kamroq sarflash uchun esa kamroq istash kerak.

Kamroq istash esa boshqalar nima deb oʻylashiga kamroq ahamiyat berganingizda yuz beradi.

Morgan Housel
Sometimes you analyze everything - the past, the future and every subtle thread that connects them.
Peace -tinchlik osoyishtalik.
Bu eng katta ne’matlardan biri.
Uni har yerda ham topib bo'lmaydi.

Qishloq baribir boshqacha edi.
#mood [empathic]
Uzoq vaqtdan beri kino ko'rishni reja qilib endi bugun ozib yozib bir kino ko'rgandim.Lekin afsuslar bo‘lsinkim oxiri yaxshi yakun topmaydigan har qanday xikoyani juda og'ir xazm qilamiz.Ko'ngli yumshoq inson emasmiz lekin asarning yakuni yaxshi bo'lmasa miyyada sukunatdagi to'fon boshlanadi go'yo.
Ko'ngilni ko'taradigan sanoqli suxbatdoshlardan biri.

"Meni roast qil" deb buyruq berib ko'rishni tavsiya qilaman.
Mutolaa ilovasidan doimiy foydalanadiganlar bormi?
#fikrimcha

Maskadagi men va menning farqi.Aslida hamma insonda maska bor.Doim men bir insonman ham tashqi, ham ichki dunyoyim bir deymiz lekin nega har xil sharoitda o'zimizni turlicha tutamiz?

Har birimizda "bir nechta men" bor

Psixologiyada bunga "ichki sub-personalities" deyiladi.

Biz ichimizda bir nechta kichik rollardan iboratmiz:


Raxmli "men"

Jangovar "men"

O'ylovchi "men"

Bolalarcha "men"

Jiddiy "men"

Vaziyat qaysi rolni chaqirsa, o'sha rol ishga tushadi.

Bu - normal.

Lekin shunday maskalar borki buni nomi ikkituzlamachilik.
Bu esa hozirgi zamonda ommalashayotgan tubanlikning bir turi.
Agar sen o'zingni aqilliman deb bilsang nega Baxtli bo'lishni yo'lini topmading?

Naval Ravikant
Goh xuddi farishta Hazrati Insonman,
Goh yotish yeyishdan ortmagan hayvonman
Goh yengadi Shayton sohibi isyonman
Bu turfa fe'limdan o'zim hayronman!


Mavlono Rumiy
#spiritual

"Balki siz bir narsani yomon
ko'rgandirsiz holbuki u siz uchun yaxshidir."
#podcast

Baliq bor joyda baliq ovlang
Kichkina baliqqa energiya sarflagandan katta baliqqa fokus qarating.
Jaloliddin Manguberdining Temur Malikga aytgani:

O‘jar bo‘ldim,
O‘jar bo‘lding,
Sen Maliki Xo‘jand bo‘lding,
Men-la sarson ko‘char bo‘lding.
Bolamizdan kechar bo‘ldik,
Yorimizdan kechar bo‘ldik,
Borimizdan kechar bo‘ldik,
Vatan qolsin,
Vatan qolsin.

Jonim oqàr Jayhun bo‘lib,
Jonim oqàr Sayhun bo‘lib.
Chingiz kelar...
Chingiz kelar,
O‘tgan yeri ashk, xun bo‘lib.
Kim nomusdan mahrum bo‘lib,
Kimdir qolar mahkum bo‘lib.
Tomirlarim qaqshab ketar,
Hayqiraman majnun bo‘lib:
Vatan qolsin,
Vatan qolsin.

Vatan nedir? Vatan shuldir:
Sulton uldir, zobit uldir,
O‘z ahdida sobit uldir,
Kim boshini egsa – quldir.
Temur Malik,
Temur Malik,
Shamsiringni quchib umla,
Tushingda ham yovni o‘ldir,
Tushingda ham yovni o‘ldir.
Vatan qolsin,
Vatan qolsin.

Mungli ko‘zlar mo‘ltiradi,
Najot kutib o‘ltiradi,
Noahil el, rishvagar el
Dushmanini kuldiradi.
Dushman bizga tengsiz emas,
Evoh, bizni Chingiz emas,
Bitta xoin o‘ldiradi,
Bitta xoin o‘ldiradi.
Biroq o‘lim so‘ngsöz emas –
Vatan qolsin,
Vatan qolsin.

Ul - òğil (shevada).

Suhrob Ziyo