Invest24 - Fond bozori va investitsiyalar
4.67K subscribers
3.23K photos
179 videos
2 files
4.77K links
Valyuta kotirovkalari, qimmatli qog'ozlar, investitsiya, moliyaviy yangiliklar haqidagi onlayn nashr.

Invest24uz axborot berish bilan chegaralanadi, nashr hech qanday moliyaviy investitsiya asoslariga ega emas

www.invest24.uz
Aloqa: info@invest24.uz
Download Telegram
🇰🇷 Janubiy Koreyada chakana treyderlar uch oy vaqt ichida Samsung va SK Hynix bilan bogʻliq kredit yelkali ETFʼlardan $1,7 mlrd zarar koʻrishdi.

Kredit yelkali ETF aktivning kunlik narx oʻzgarishini 2 baravar yoki undan ortiq oshirib beruvchi vosita: narx oʻssa, foyda ham katta, lekin tushsa, zarar ham shuncha katta boʻladi.

Bizni kuzatib boring !!!
Telegram | Instagram | Website | Donate
😁5❤2
🇺🇿 Markaziy bank maʼlumotlariga koʻra, muomalaga chiqarilgan bank kartalari soni 77,3 mln donadan oshib ketdi.

Tijorat banklari ichida eng koʻp karta 12,2 mln dona bilan Xalq banki hissasiga toʻgʻri kelmoqda.

Ehtimol, bunga 2017-yildan buyon Xalq banki pensiya va nafaqalarni toʻlashda yagona vakolatli bankga aylangani sababchi boʻlishi mumkin.


Boshqa banklar:
—   Uzum Bank: 7,44 mln dona
—   Agrobank: 6,84 mln dona
—   Ipoteka-bank: 5,72 mln dona
—   Hamkorbank: 5,44 mln dona.

Bank tizimida jami 43 736 ta bankomat va infokiosk faoliyat yuritishini hisobga olsa, bitta qurilmaga oʻrtacha 1 700 dan ortiq karta toʻgʻri kelyapti.

Bizni kuzatib boring !!!
Telegram | Instagram | Website | Donate
👍4❤1
🥇 Oltin zaxiralari boʻyicha eng yirik 10 ta davlat.

Roʻyxatda AQSh Federal zaxira banki (Fed) 8 134 tonna zaxira bilan birinchi oʻrinni egallab turibdi.

Bizni kuzatib boring !!!
Telegram | Instagram | Website | Donate
❤4👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
💰 Intel aksiyalariga 1985-yildan buyon har oy $100 dollardan doimiy sarmoya kiritib borish infografikasi.

Bizni kuzatib boring !!!
Telegram | Instagram | Website | Donate
🇰🇷 Koreya taraqqiyot banki Oʻzbekistondagi shoʻba banki — “KDB Bank Uzbekistan” sotilishi mumkin.

Bankni sotib olishga Koreyaning “Shinhan Bank” va “Hana Bank” banklari qiziqish bildirgan. Maʼlumot uchun, “KDB Bank Uzbekistan” AJ 2026-yilning I yarmida 403,5 mlrd soʻm sof foyda bilan yopdi.

“KDB Bank Uzbekistan” AJ ustav kapitali 506,3 mlrd soʻm 3,4 mlrd dona boʻlgan oddiy aksiyalarga boʻlingan. Aksiyalar nominal qiymati — 148,63 soʻm.

Aksiyadorlari haqida maʼlumot:

—  Koreya Taraqqiyot Banki: 86,32%
—  Oʻzbekiston Milliy banki: 10,31%
—  Turonbank AJ: 3,37%.

Bizni kuzatib boring !!!
Telegram | Instagram | Website | Donate
❤2
Invest24 - Fond bozori va investitsiyalar
🥇 Oltin zaxiralari boʻyicha eng yirik 10 ta davlat. Roʻyxatda AQSh Federal zaxira banki (Fed) 8 134 tonna zaxira bilan birinchi oʻrinni egallab turibdi. Bizni kuzatib boring !!! Telegram | Instagram | Website | Donate
🇺🇿 Markaziy bank oltin zaxirasi 446 tonnadan oshdi.

Sentyabr oyi yakuniga koʻra, Oʻzbekiston Markaziy bankidagi jismoniy oltin hajmi 446,16 tonnaga (14,3 mln unsiya) yetdi.

Markaziy bank 2026-yil avgust oyida 8 tonna oltin sotib oldi. Yil boshidan buyon sof oltin xaridlari 50 tonnaga yetgan.

Hozirda zaxira aktivlarimizning 90 foizini oltin tashkil qilmoqda. Agar “tuxumlarning barchasi bir savatga solingan boʻlsa, bizni savat oltin bilan toʻla”.

Bizni kuzatib boring !!!
Telegram | Instagram | Website | Donate
👍5❤3👏3
Brent nefti oxirgi 15 soat davomida shagʻamchalar ketma-ket oʻsishda davom etmoqda va barrel uchun narxi $105 ga yetdi.

Bizni kuzatib boring !!!
Telegram | Instagram | Website | Donate
👍7❤2
🇺🇸 AQShda eng boy 0,1 foiz aholi jami boyligining rekord darajadagi 15 foiz (qiymati $29,4 trln) qismiga egalik qilib kelmoqda.

Taqqoslash uchun, quyi qatlamdagi 50 foiz aholi (qariyb 170 mln kishi) jami boylikning atigi 2 foiz ulushiga ega.

Eng boylarning boyligi naqd koʻrinishda emas, balki aksiyalar va biznes ulushlari (equity) shaklida saqlanadi.

Boylik taqsimoti fond bozori qulaganda tenglashish tomon yuradi, bozor oʻsganda esa yana boy qatlam foydasiga siljiydi.

Quyi qatlam doim CPI inflatsiyasini eng koʻp oʻzida his qilib qoladi.

Bizni kuzatib boring !!!
Telegram | Instagram | Website | Donate
❤10👍4
“O’zbek-O’mon investitsiya kompaniyasi” MChJ SIMURG aksiyadorlik jamiyatining 98,55 foiz ulushini xarid qilib, asosiy aksiyadoriga aylandi.

“O’zbek-O’mon investitsiya kompaniyasi” MChJ bundan avval Korzinka tarmogʻi va Wyndham Garden mehmonxonasiga sarmoya kiritgan edi.

Bizni kuzatib boring !!!
Telegram | Instagram | Website | Donate
👍6❤2
Jahon banki maʼlumotlariga koʻra, 1981-yilda Xitoy aholisining 97 foizi kuniga $3 dollardan kam mablagʻ bilan kun kechirgan.

2020-yilga kelib esa 900 mlndan ortiq fuqaro qashshoqlikdan chiqishga erishildi.

Bizni kuzatib boring !!!
Telegram | Instagram | Website | Donate
👍14❤3🔥2
New Constructs investitsiya firmasi Anthropic aksiyalarini ommaga birinchi marta taklif qilishi (IPO) moliya bozorlari uchun xavf tugʻdirishi mumkinligi keltirdi.

Ularning hisob-kitobicha, kompaniyaning adolatli bahosi $150 milliard dollar atrofida boʻlishi kerak.

Bizni kuzatib boring !!!
Telegram | Instagram | Website | Donate
❤3👍3
“Anor bank” AJ asosiy aksiyadori Qahramonjon Olimov bank kuzatuv kengashi tarkibini tark etishga qaror qildi.

Bu masala 28-oktyabr kuni boʻlib oʻtadigan aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida koʻrib chiqilishi kutilmoqda.

Bizni kuzatib boring !!!
Telegram | Instagram | Website | Donate
👍10❤1👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bundan roppa-rosa bir yil oldin kripto bozori kunlik eng yirik qulashlardan birini amalga oshirgan edi.

Shundan keyin narxlar hali ham oʻzini yetarlicha tiklab olgani yoʻq.

Bizni kuzatib boring !!!
Telegram | Instagram | Website | Donate
😁7❤2
S&P 500: 5 ta gigant = 434 ta kompaniya

S&P 500 indeksidagi 134 ta kompaniya aksiyasi oʻzining tarixiy eng yuqori narxidan (All-Time High) kamida 40 foiz pastda savdo qilmoqda.

Indeksning oʻzi rekord darajalar atrofida boʻlsa-da, undagi har toʻrtinchi aksiyadan koʻprogʻi 40 foizdan ortiq qulagan.

Indeksdagi eng yirik beshta kompaniya — Nvidia, Apple, Alphabet (Google), Microsoft va Amazon — bozor kapitallashuvi boʻyicha eng quyi 434 ta kompaniyaning umumiy qiymatiga teng (har ikki guruh ≈ $21,6 trln) vazn egallamoqda.

Indeks rekordlarni asosan aynan shu “beshlik” narxi oʻsishi hisobiga yangilashda davom etmoqda.

Bizni kuzatib boring !!!
Telegram | Instagram | Website | Donate
👍9❤4
🌏 Global mamlakatlar yillik inflatsiya ko‘rsatgichi — CPI kutilgandan tezroq o‘sib bormoqda.

Bizni kuzatib boring !!!
Telegram | Instagram | Website | Donate
❤5👍4
2025-yil yanvar oyida $TRUMP mem-tokeni oʻzining eng yuqori narxiga yetgan paytda $10 000 sarmoya kiritgan boʻlsangiz, hozir sizda atigi $243 qolgan boʻlar edi.

Token narxi eng yuqori choʻqqisidan beri 97 foizga pasayib ketgan.

Bizni kuzatib boring !!!
Telegram | Instagram | Website | Donate
😁13❤4😢2
Palantir aksiyalari tarixiy rekordini yangiladi!

Palantir aksiyalari juma kuni $209,05 narxda yopildi va 2025-yil 3-noyabrdagi rekord koʻrsatkichdan ($208,88) oshib ketdi. Shu bilan deyarli bir yildan soʻng aksiyalar yana eng yuqori choʻqqiga chiqdi.

Palantir Amerikaning dasturiy taʼminot (software) kompaniyasi, u katta hajmdagi maʼlumotlarni (big data) tahlil qiladigan dasturlar yaratish bilan shugʻullanadi.

Bizni kuzatib boring !!!
Telegram | Instagram | Website | Donate
❤4👍3
Kapital bozori koʻrsatkichlari

Oʻtgan haftada fond birjasida emissiya qilingan aksiyalar qiymati esa 277,04 trillion soʻmni tashkil etadi.

Korporativ obligatsiyalar bozorida emitentlar soni 41 tagacha oshgan — umumiy nominal qiymati 8,17 trillion soʻmga yetgan.

Bizni kuzatib boring !!!
Telegram | Instagram | Website | Donate
❤1
SpaceX va Anthropic: tarix takrorlanadimi?

SpaceX kompaniyasi IPOʼsidan oldin kompaniya aksiyalarini sotib ola olmaydigan chakana investorlar kosmik soha aksiyalari oshishiga umid qilib SpaceXʼga yaqin kompaniyalarga sarmoya kirita boshlashgan edi: Rocket Lab, Intuitive Machines va Firefly.

Natijada:

—  Intuitive Machines: $15 → $45
—  Firefyl: $20 → $60
—  Rocket Lab: $70 → $150.

SpaceX IPO sidan keyin esa bu kompaniya aksiyalari uchdan birdan yarmigacha qulab tushgan.

Endi Anthropic navbatimi?

Anthropic kompaniyasi IPO uchun AQSh Qimmatli qogʻozlar bozori birja komissiyasi (SEC) ariza topshirgan. Biroq, IPO sanasida hali eʼlon qilinmadi.

Anthropic bilan bogʻliq eng yirik kompaniyalar: Riot Platforms, TeraWulf, Hut 8, Akamai.

Bularning hammasi Anthropic bilan yirik shartnomalar tuzishgan.

Agar SpaceX ssenariysi takrorlanadigan boʻlsa, bu aksiyalar IPO oldidan (bir necha oy oldin) oʻsishi mumkin.

IPO dan keyin esa aslida Anthropic uchun yondosh kompaniyalarga tikilgan pullar Anthropic aksiyalariga koʻchib oʻtadi va unda Riot Platforms, TeraWulf, Hut 8, Akamai aksiyalari tushish ehtimoli yuqori.

Eʼtiborga olish kerak-ki, aksiya bahosiga boshqa omillar ham taʼsir qiladi. Misol uchun: Akamai Anthropicʼdan tashqari boshqa bizneslarga ham ega, uning narxi faqat Anthropic IPOʼsiga bogʻliq emas.

Eslatma: Invest24 faqat axborot berish bilan cheklanadi. Har qanday moliyaviy qaror uchun javobgarlik oʻzingizga yuklanadi.

Bizni kuzatib boring !!!
Telegram | Instagram | Website | Donate
👏5👍2