O‘sha vaziyatda Zidanning bunday munosabat bildirishini kutmagandim. Omadim kelgan, chunki uning harakati men uchun kutilmagan bo‘ldi. Agar bunday holatga tayyor turganimda, ishonchim komil, ikkalamiz ham maydondan chetlatilgan bo‘lardik.
Birinchi bo‘limda Fransiya darvozasiga gol urgandim. Murabbiyimiz Marchello Lippi menga Zidanni qo‘riqlashni topshirgan edi. Dastlabki to‘qnashuvimizdan keyin undan uzr so‘radim, ammo u qo‘pol munosabat bildirdi.
To‘qnashuvlar, tortishuvlar va o‘zaro haqoratlar 110-daqiqagacha davom etdi. Vaziyat chidab bo‘lmas darajaga yetgandi.
Uchinchi to‘qnashuvdan keyin yuzimni burishtirdim. Shunda Zidan menga: “Keyinroq senga futbolkamni beraman”, dedi.
Men esa unga: “Futbolkangdan ko‘ra singlingni afzal ko‘raman”, deb javob berdim.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10👎9❤1
Men hech qachon “Inter”dan ketmasligim kerak edi. “Nyukasl”dan ham o‘z xohishim bilan ketganman. Faqat “Fenerbahche” meni jamoadan ketkazgan. Qolgan barcha klublardan o‘z xohishim bilan ayrilganman.
Ammo ortga qarab o‘ylasam, nega “Inter”dan ketdim? Klub meni yaxshi ko‘rardi. O‘shanda endigina 24–25 yoshda edim, oldimda hali eng yaxshi yillarim bor edi. Hammasini o‘nglab olishim mumkin edi.
Qaniydi, o‘shanda ketmaganimda… Hayotimdagi eng katta pushaymonim “Inter”dan ketganim bo’lib qoladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9
INTER ZONE | UZB 🇺🇿
Chet elga ketishimdan oldin hayotimda birinchi marta kostyum sotib olgandim. Okan esa shortik kiyib olmoqchi edi. Unga: “Og‘ayni, bu axir Italiya! U yerda shunday kiyinish kerak”, dedim.
Okan bir necha bor shortik kiyishni taklif qildi, ammo men ko‘nmadim.
Oxiri 40 daraja issiqda kostyum-shim kiyib Italiyaga yetib bordik. Qarabsizki, u yerdagi barcha futbolchilar shortik va futbolkada yurishgan ekan!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁14👍3❤2
•
• 🆚 “Komo”
•
•
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥3
INTER ZONE | UZB 🇺🇿
Prezident Moratti bilan uchrashish men uchun katta sharaf va quvonch bo‘ldi. Uning futbolga bo‘lgan muhabbati va fidoyiligi futbol tarixidagi eng unutilmas lahzalarning yaratilishiga hissa qo‘shgan.
U bilan suhbatlashish va boy tajribasidan saboq olish men uchun juda qadrli bo‘ldi.
Vaqtingizni ajratganingiz va donoligingizni biz bilan baham ko‘rganingiz uchun rahmat, prezident Moratti!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7👍3
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁12🔥3💯1
INTER ZONE | UZB 🇺🇿
Kristian Kivu “Feyenoord”ga qarshi o‘yindagi tarkibga juda kam o‘zgartirish kiritishni rejalashtirmoqda.
Bastoni Akanji va Karlos Augusto bilan birga uch markaziy himoyachidan biri sifatida maydonga tushishi mumkin.
Uzoq tanaffusdan so‘ng ketma-ket ikki uchrashuvni asosiy tarkibda boshlagan Spensda biroz charchoq kuzatilmoqda. Shunga qaramay, asosiy tarkib uchun kurashda u hozircha Diufdan ustunroq imkoniyatga ega.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
INTER ZONE | UZB 🇺🇿
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
INTER ZONE | UZB 🇺🇿
⚫🔵 “Inter” — “Komo”: bugungi uchrashuv oldidan qiziqarli raqamlar.
💪 Bugun o‘z maydonida tengsiz bo‘lib kelayotgan “Inter” safarda ajoyib natijalar qayd etayotgan “Komo”ni qabul qiladi.
📊 “Inter”:
• Joriy mavsum A Seriyadagi barcha 5 ta uy uchrashuvida g‘alaba qozonib, 17 ta gol urgan.
• Chempionatdagi dastlabki 10 ta uchrashuvning barchasida raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgan.
• “Komo”ga qarshi A Seriyadagi so‘nggi 4 uchrashuvning barchasida g‘alaba qozongan. Umumiy to‘plar nisbati — 12:3.
• “Komo” bilan so‘nggi 7 uchrashuvda mag‘lubiyat nimaligini bilmaydi: 6 g‘alaba va 1 durang.
📊 “Komo”:
• A Seriyadagi safarda o‘tkazgan so‘nggi 5 uchrashuvining 4 tasida g‘alaba qozonib, 12 ta gol urgan.
• Joriy mavsum chempionatning 10 ta uchrashuvida atigi 8 ta gol o‘tkazib yuborgan.
• So‘nggi 5 uchrashuvda esa darvozasidan bor-yo‘g‘i 2 ta gol o‘tkazgan.
💬 Xullas, bugun o‘z maydonida hujumkorligi bilan ajralib turgan “Inter” va so‘nggi o‘yinlarda mustahkam himoyasi bilan e’tibor qozongan “Komo” to‘qnash keladi. Tarixiy ustunlik “Inter” tomonida, ammo “Komo”ning ayni paytdagi formasi uchrashuv oson kechmasligidan darak bermoqda.
⚽️ INTER ZONE | UZB
• Joriy mavsum A Seriyadagi barcha 5 ta uy uchrashuvida g‘alaba qozonib, 17 ta gol urgan.
• Chempionatdagi dastlabki 10 ta uchrashuvning barchasida raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgan.
• “Komo”ga qarshi A Seriyadagi so‘nggi 4 uchrashuvning barchasida g‘alaba qozongan. Umumiy to‘plar nisbati — 12:3.
• “Komo” bilan so‘nggi 7 uchrashuvda mag‘lubiyat nimaligini bilmaydi: 6 g‘alaba va 1 durang.
• A Seriyadagi safarda o‘tkazgan so‘nggi 5 uchrashuvining 4 tasida g‘alaba qozonib, 12 ta gol urgan.
• Joriy mavsum chempionatning 10 ta uchrashuvida atigi 8 ta gol o‘tkazib yuborgan.
• So‘nggi 5 uchrashuvda esa darvozasidan bor-yo‘g‘i 2 ta gol o‘tkazgan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2❤1
INTER ZONE | UZB 🇺🇿
⚫🔵 “Inter” — “Komo”: bugungi uchrashuv oldidan qiziqarli raqamlar. 💪 Bugun o‘z maydonida tengsiz bo‘lib kelayotgan “Inter” safarda ajoyib natijalar qayd etayotgan “Komo”ni qabul qiladi. 📊 “Inter”: • Joriy mavsum A Seriyadagi barcha 5 ta uy uchrashuvida…
• Kivu — 3 g‘alaba
• Fabregas — 1 g‘alaba
• Durang — 1 ta
• “Inter” — 9 g‘alaba
• “Komo” — 0 g‘alaba
• Durang — 1 ta
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
Chalhanog’lu ham xuddi Dimarko singari “Inter”da qolishni istamoqda. U bu borada agentlariga aniq ko‘rsatma bergan.
Hakan klubdagi muhim futbolchilardan biri sifatida munosib qadrlanishni va ikki yillik yangi shartnoma imzolashni xohlaydi.
Muzokaralar aynan shu talablar asosida boshlanadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🕵️♂️ | “Inter”ning Neapoldagi josusi bugun muhim missiyaga kirishadi.
✊ Unga bu murakkab vazifadan sog‘-omon va eng muhimi, muvaffaqiyat bilan qaytishini tilab qolamiz.
⏳ Maxfiy missiya Toshkent vaqti bilan soat 16:30 da boshlanadi.
⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁7👍2🔥2 2👏1💯1
😳 “AC Milan” sobiq futbolchisi Maykl Essyenning rafiqasi bugungi raqibimiz “Komo”ni atigi 237 ming yevroga sotib olganini bilarmidingiz?
⚽️ INTER ZONE | UZB
2017-yilda moliyaviy inqirozga uchragan “Komo” klubining aktivlari auksionga qo‘yiladi. Dastlabki uchta savdoda xaridor topilmagach, ganalik futbolchi Maykl Essyenning rafiqasi Akosua Puni Essyen ularni 237 ming yevroga sotib oladi.
Ammo bu sarmoya muvaffaqiyatsiz yakunlanadi. Oradan bir necha oy o‘tib, yangi rahbariyat zarur moliyaviy kafolatlarni taqdim eta olmaydi va “Komo” professional ligadan chetlatilib, to‘rtinchi divizionda qaytadan boshlashga majbur bo‘ladi.
2019-yilda klubni indoneziyalik milliarder aka-uka Robert va Maykl Hartonolar sotib oladi. Aynan shu voqea “Komo” tarixidagi katta burilish bo‘ladi.
Yangi egalar sarmoyasi va puxta strategiya natijasida klub 2024-yilda 21 yillik tanaffusdan so‘ng A Seriyaga qaytdi. Keyinchalik Sesk Fabregas boshchiligida rivojlanishda davom etib, 2026-yilda Chempionlar Ligasiga yo‘llanma oldi.
Qizig‘i, bir paytlar 237 ming yevroga xaridor topilgan klub bugun milliarderlar tomonidan boshqarilayotgan, Yevropa futbolida katta maqsadlarni ko‘zlayotgan loyihaga aylandi.
Futbolda birgina to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri qaror klubning butun kelajagini o‘zgartirib yuborishi mumkinligiga ajoyib misol.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🤯2❤1