INTER ZONE | UZB 🇺🇿
1.24K subscribers
16.1K photos
1.91K videos
2 files
6.6K links
#inter #intermilan #interfc #interuzbekistan #internazionale #nerazzurri

Barchasi #Inter haqida, va albatta O’zbek tilida.

Since 03.08.2020

Murojaat uchun: Direct dan foydalaning
Download Telegram
INTER ZONE | UZB 🇺🇿
✅ | Kertis Jons bugun jamoadoshlari bilan birga mashg‘ulot o‘tkazdi. Futbolchi “Inter” – “Komo” uchrashuvi uchun qaydnomaga kiritilishiga umid qilmoqda. 📰 | Fabritsio Romano ⚽️ INTER ZONE | UZB
⚡️📰 | Sky Sports xabariga ko‘ra, bugun nafaqat Kertis Jons, balki Jon Stouns ham jamoadoshlari bilan birga mashg‘ulot o‘tkazgan.


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13👌1
🎙 | Fredy Guarin:

“Inter” doimo yuragimda qoladi. O‘z imkoniyatlarimni to‘liq namoyon eta olmaganimdan afsusdaman.

Men har doim klubga sodiq bo‘lganman. Hatto “Yuventus”ga o‘tishimga bir qadam qolganida ham “Inter”ni tark etishni istamaganman.

Faoliyatim haqida? Futboldagi ham, shaxsiy hayotimdagi ham maqsadlarimga erisha olmadim.

Alkogol meni butunlay o‘z domiga tortdi. U hayotimda duch kelgan eng qiyin raqib bo‘ldi.

Hayotimning eng tubiga tushdim, endi esa asta-sekin o‘zimni tiklayapman. Yana tabassum qilishni, “Dragau” stadionida va Italiyada gol urgan paytlarimdagidek baxtli bo‘lishni istayman.


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10😁2😢1
INTER ZONE | UZB 🇺🇿
⚽️⚽️⚽️⚽️ 🇳🇱 “Feyenoord” 0-3 “Inter” ⚫️ ⚽️ Piotr Zielinski 54’ 🎯 Nikolo Barella ⚽️ INTER ZONE | UZB
✅ | Rasman: Nikolo Barella “Inter” safida 100 ta golli harakat marrasidan oshdi.

• 🏟 348 o‘yin
• ⚽️ 029 gol
• 🅰️ 072 golli uzatma


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥11👍3
INTER ZONE | UZB 🇺🇿
✅ | G‘ALABAAAAAAA! 💪 💬 Gollandiyadan osonlik bilan qo‘lga kiritilgan yirik g‘alaba bilan qaytyapmiz! ✊ Barchamizga ushbu g‘alaba va kirib kelayotgan yangi tong muborak bo‘lsin, do‘stlar! 🖤💙 FORZA INTER! ⚽️ INTER ZONE | UZB
✅ | “Feyenoord”ni o‘z maydonida mag‘lub etish oson emas. Buni hatto “Bavariya”dek kuchli jamoaning Rotterdamda 0:3 hisobida yutqazganidan ham bilish mumkin.

☝️ Biz esa so‘nggi ikki yil ichida “Feyenoord”ni o‘z maydonida ikki marta mag‘lub etdik.


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁10🔥85👏3⚡2👍1
💎 | “Inter” 2011-yilda tug‘ilgan, o‘z avlodining eng istiqbolli futbolchilaridan biri hisoblangan Stefan Chapinni qo‘lga kiritishga juda yaqin.

Chap oyoqda o‘ynaydigan hujumkor yarim himoyachi uchun kurashda “Inter” “Ayaks” va “Fiorentina”ni ortda qoldirgan.

Transfer 2027-yil yanvar oyidayoq, yosh iqtidor 16 yoshga to‘lganida amalga oshishi mumkin.


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥2👏1
INTER ZONE | UZB 🇺🇿
🎙 | Xayrulla Hamidov: 🗣️ “Inter” so‘nggi yillarda Italiyaning “Bavariya”si… ☝️ Ushbu videoni tomosha qilishni tavsiya qilaman. Unda bizni xursand qiladigan, shu bilan birga, biroz o‘ylantiradigan fikrlar ham bor… 📹 https://youtu.be/I6pfhlW34_s?si=iY7O…
🎙 | Italiyalik taniqli futbol sharhlovchisi Rikkardo Trevizani bugun “Inter” haqida quyidagi fikrlarni bildirdi:

Men buni sizlarga balki milliard marta aytgandirman va yana takrorlashim mumkin: agar “Inter” o‘zi xohlasa, A Seriyada bemalol 100 ochko to‘plashi mumkin.

Bu yerda eng muhim jihat — “agar xohlasa” degan shart.

“Inter” juda kuchli jamoa, juda ham kuchli!


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
16👍7💯6👏3
🏆 | Chempionlar ligasining 4-turidan keyingi turnir jadvali.

🆚 E’tiborlisi, A Seriyaning navbatdagi turida o‘zaro to‘qnash keladigan “Inter” va “Komo” Chempionlar ligasidagi uchrashuvlarini yirik hisobdagi g‘alabalar bilan yakunlashdi.


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10
📊⚽️ | A Seriya o‘yinlariga muxlislar tashrifi bo‘yicha klublar reytingida hozircha “Inter” birinchi pog’onada.


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥8👍7
👨‍👨‍👧‍👧 🐍 | “Inter” muxlislari uchun Telegram’dagi yopiq guruhimizga qabul davom etmoqda. Quyidagi havola orqali guruhga a’zo bo‘lishingiz mumkin.

🔗 https://t.me/+Smwv4YgQfUpkZmVi

‼️ Muhim: Guruhga qo‘shilishni istagan har bir ishtirokchining chinakam “Inter” muxlisi ekanligi tekshiriladi. Boshqa jamoalar muxlislarining guruhga qo‘shilishi qat’iyan taqiqlanadi.


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥6👍5
INTER ZONE | UZB 🇺🇿
📊⚽️ | A Seriya o‘yinlariga muxlislar tashrifi bo‘yicha klublar reytingida hozircha “Inter” birinchi pog’onada. ⚽️ INTER ZONE | UZB
💸⚽️ | Stadion daromadlari bo‘yicha Italiya futboli tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkich “Inter”ga tegishli.

Football Benchmark ma’lumotlariga ko‘ra, “Inter” 2024/25-yilgi mavsumda uy uchrashuvlaridan 103,6 mln yevro daromad olgan.

Taqqoslash uchun, shaharning ikkinchi jamoasi “AC Milan”ning bu boradagi rekord ko‘rsatkichi 2023/24-yilgi mavsumda qayd etilgan — 82,3 mln yevro.

Yangi “Generali Stadium” esa “Inter” uchun yanada katta moliyaviy imkoniyatlar yaratadi.

Daniele Mari Football Benchmark tahliliga asoslanib keltirgan hisob-kitoblarga ko‘ra, yangi stadionda klubning yillik o‘yin kuni daromadlari 174–212 mln yevrogacha yetishi mumkin.

Bu “Inter”ning moliyaviy barqarorligini mustahkamlash va Yevropaning eng boy klublari bilan raqobatlashish imkoniyatlarini kengaytirishga katta yordam beradi.


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁64👍3⚡1
✅⚽️⚽️ | Rasman: 2027-yil 27-mart kuni “Inter” va “Liverpul” afsonalari “Enfild” stadionida o‘zaro kuch sinashadi.

✊ Uchrashuv “Liverpool FC Foundation” tomonidan xayriya maqsadida tashkil etiladi.


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13
🎙 | Beppe Marotta:

Bastoni shartnomasini uzaytirishdan bosh tortgani va «Barselona» bilan muzokaralar olib borayotgani haqidagi barcha xabarlar mutlaqo yolg‘on.

Biz doimo Bastonini jamoada saqlab qolishga va uni boshqa klublarning takliflaridan himoya qilishga harakat qilamiz. Chunki u loyihamizning asosiy ustunlaridan biri.


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😍10
❌ | Mauro Ikardi Italiyaga qaytishni istamoqda. U bir necha bor “Inter”ga o‘z xizmatlarini taklif qilgan va hatto moliyaviy masalada yon berishga ham tayyorligini bildirgan.

☝️ Biroq “Inter” Ikardini qaytarish niyatida emas.

📰 | Fabritsio Romano


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👌6👎1
⭐️ | Markus Tyuram A Seriyaning oktabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi sovriniga nomzodlardan biri bo‘ldi.


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10
✅🇩🇪 | Rasman: Yann Bisseck Chempionlar ligasida haftaning eng yaxshi futbolchilari ramziy jamoasidan joy oldi. Shunga qaramay, Germaniya terma jamoasiga chaqirilmadi.


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
‼️ | Kivu “Feyenoord”ga qarshi o‘yindan so‘ng va “Komo” bilan uchrashuv oldidan futbolchilarga bir kunlik dam berdi.

☝️ Bugun faqat Lautaro Martines va Luis Enrike mashg‘ulot o‘tkazmoqda.

Manba: Simone Togna


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁7🤬5👏3🤯1🥴1😡1
✅ | Rasman: “Inter” Simone Lo Schiavoni futbolni rivojlantirish bo‘yicha direktor etib tayinladi. U Dario Baccin rahbarligida faoliyat yuritadi.


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✅ | Rasman: Alessandro Bastoni, Federiko Dimarko, Nikolo Barella va Franchesko Pio Esposito Italiya terma jamoasining Fransiya hamda Belgiyaga qarshi Millatlar ligasi o‘yinlariga chaqirildi.


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3👍2
🎙 | Ivan Provedel:

Darvozabonlikka qiziqishimga Franchesko Toldo sababchi bo‘lgan. Aynan uning tufayli “Inter”ga muxlislik qila boshlaganman.

“Inter”dan qo‘ng‘iroq qilishganida, rostini aytsam, boshida bunga ishona olmadim. Shartnoma imzolanib, hammasi rasman hal bo‘lmaguncha ortiqcha umid qilishni istamadim. Barcha ishlar yakunlangach esa juda xursand bo‘ldim.

“Inter” libosini kiyish men uchun eng katta orzularimdan birining ro’yobga chiqishi.



⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15
INTER ZONE | UZB 🇺🇿
✅🇩🇪 | Rasman: Yann Bisseck Chempionlar ligasida haftaning eng yaxshi futbolchilari ramziy jamoasidan joy oldi. Shunga qaramay, Germaniya terma jamoasiga chaqirilmadi. ⚽️ INTER ZONE | UZB
🎙 | Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Klopp Yann Bisseckning terma jamoaga chaqirilmagani haqida:

Savolni juda yaxshi tushunaman. Thiaw o‘ynamayapti, Bisseck esa «Inter»da muntazam maydonga tushayotganiga qaramay, terma jamoaga chaqirilmadi. Bu mutlaqo o‘rinli savol.

Bunday muhokamalar faqat tanlov uchun yetarlicha kuchli futbolchilaringiz bo‘lgandagina yuzaga keladi. Hozir yaxshi o‘ynayotgan boshqa futbolchilarni ham sanab o‘tishim mumkin.

Ammo biz ayni paytda himoyada mana shu tarkibga tayanishga qaror qildik.

Keyingi yig‘ingacha 3–4 oy vaqt bor. Bu davrda har bir futbolchi o‘zini ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Hozirgi qarorimiz keyingi 20 yil davomida o‘zgarmaydi degani emas.

Biz hozircha birinchi yig‘inda birgalikda shakllantirgan tizimimizni rivojlantirishni istaymiz.


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1👎1