INTER ZONE | UZB 🇺🇿
1.24K subscribers
16.1K photos
1.91K videos
2 files
6.6K links
#inter #intermilan #interfc #interuzbekistan #internazionale #nerazzurri

Barchasi #Inter haqida, va albatta O’zbek tilida.

Since 03.08.2020

Murojaat uchun: Direct dan foydalaning
Download Telegram
🚨 | TuttoMercatoWeb xabariga ko‘ra, “Inter” yanvar oyidagi transfer oynasida “Liverpul” futbolchisi Federiko Kyezani o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.‏


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11❤2
Roberto Baggio, 1998.


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤10👍6
INTER ZONE | UZB 🇺🇿
📝 | Matteo Barzagi “Inter”dagi jarohatlangan futbolchilar haqida: • Benjamin Pavar bugun mashg‘ulotlarning bir qismini jamoa bilan o‘tkazdi. Uning “Feyenoord”ga qarshi o’yinda qaydnomaga kiritilishi bo’yicha qaror ertaga ko’rib chiqiladi. • Niderlandiya…
✔️ | Provedel va Pavar “Feyenoord”ga qarshi uchrashuvga qadar tiklanishdi va o‘yinda maydonga tushishga tayyor.

⏳ Kertis Jons va Lautaro Martines esa maydonda individual dastur asosida mashg‘ulotlarni davom ettirmoqda.

Manba: Simone Togna


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6👍2💯1
⚽️ | Opta reytingiga ko‘ra, ayni damda dunyoning eng kuchli 10 ta futbol klubi.


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7
🆚 | Ertaga nasib qilsa shunaqa tarkib bilan o’yinni boshlar ekanmiz…

✅ Muhim o‘yinga — taktik tajribalarsiz, odatiy asosiy sxemamiz bilan! :)


© | 📰 Sky Sport


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💯6👏3😁21
INTER ZONE | UZB 🇺🇿
🆚 | Ertaga nasib qilsa shunaqa tarkib bilan o’yinni boshlar ekanmiz… ✅ Muhim o‘yinga — taktik tajribalarsiz, odatiy asosiy sxemamiz bilan! :) © | 📰 Sky Sport ⚽️ INTER ZONE | UZB
🎙 | Kristian Kivu va Markus Tyuramning “Feyenoord”ga qarshi o‘yin oldidan matbuot anjumanida bildirgan fikrlari.

🗣Kristian Kivu:

Men mehnatga, bu jamoaga, uning hozir qilayotgan ishlariga va kelajakda nimalarga qodir ekaniga ishonaman. Chunki bu futbolchilar katta chempionlar va buni yillar davomida isbotlashgan. Ular “Inter” uchun muayyan darajani belgilab berishgan. Albatta, salbiy holatlar va xatolar ham bo‘ladi. Ulardan saboq olish, xatolarni tan olish va tuzatishga harakat qilish kerak. Shundagina ishonch bilan oldinga intilish mumkin.

Chempionlar ligasida har bir uchrashuvga alohida yondashish kerak. Albatta, kuchli sakkizlikka kirish uchun taxminan 16 ochko zarurligini hisoblash mumkin. Ammo biz har bir o‘yinga alohida e’tibor qaratishimiz kerak. Hali ham kurashdamiz. Ertangi uchrashuv oson bo‘lmaydi, lekin o‘z kuchimizni yaxshi bilamiz. Ajoyib o‘yin namoyish etishimizga ishonchim komil.

“Feyenoord” o‘z stadionida muxlislarining kuchli qo‘llab-quvvatlashi bilan yanada yaxshiroq o‘ynaydi. Ularning tarkibida, ayniqsa, hujum chizig‘ida sifatli futbolchilar ko‘p. Yakkama-yakka vaziyatlarda kuchli, qarama-qarshi qanotlarda o‘ynaydigan futbolchilari bizga muammo tug‘dirishi mumkin. O‘yin oson bo‘lmasligini bilamiz. Raqibni qiyin ahvolga solish uchun o‘zimizning eng yaxshi jihatlarimizni namoyish etishimiz kerak.

Isitmalagan futbolchilar bormi? Biz oldindan kutib bo‘lmaydigan, murakkab vaziyatlarni boshdan kechirdik. Yechim topishga majbur bo‘ldik va bunga harakat qildik. Provedel sog‘aydi, Pavard ham safimizga qaytdi. So‘nggi kunlarda boshqa muammolarimiz bo‘lmadi.



🗣 Markus Tyuram:

Bastoni va Barella aytgan fikrlarga qo‘shilaman. Ularning ikkalasi ham jamoa yetakchilari, jamoani juda yaxshi bilishadi. Men ham ular bilan bir fikrdaman.

“Shakhtar”ga qarshi 10 kishi bo‘lib qolganimizda ko‘rsatgan ruhiyatni maydonga olib chiqishimiz kerak. Nafaqat Chempionlar ligasida, balki barcha uchrashuvlarda shunday munosabat bo‘lishi shart.

Doim o‘ynashim haqida? Bu har bir futbolchining orzusi. Men har doim 90 daqiqa o‘ynashni xohlayman. Hozir bunday imkoniyatga ega ekanimdan juda xursandman. Yagona hujumchi sifatida o‘ynashim mumkinmi? Avval ham bu vazifani bajarganman va yana kerak bo’lsa bajara olaman.

Lautaroning yetakchiligi yetishmayaptimi? Har kim o‘z xarakteriga qarab yetakchilik qiladi. Lautaroning yetakchiligi maydonda yaqqol ko‘rinadi. Ammo jamoamizda boshqa yetakchilar ham bor va ular ham o‘z vazifasini yaxshi bajarishmoqda. Siz buni ko‘rmasligingiz mumkin, lekin biz buni yaxshi bilamiz.

Ba’zan yuqorida pressing qilish, ba’zan esa kutish kerak. Avvalo, men o‘zim pressingni to‘g‘ri bajarishim va jamoani qiyin vaziyatga tushirmaslik uchun qachon bosim o‘tkazishni to‘g‘ri tanlashim kerak.

Ha, bizda o‘yinga yondashuv bilan bog‘liq muammo bor. Buni hammamiz tushunib yetdik. Asl muammo esa shu kamchilikni yo‘qdek ko‘rsatib, hech narsa bo‘lmagandek davom etishdir.


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
INTER ZONE | UZB 🇺🇿
🎙 | Kristian Kivu va Markus Tyuramning “Feyenoord”ga qarshi o‘yin oldidan matbuot anjumanida bildirgan fikrlari. 🗣Kristian Kivu: Men mehnatga, bu jamoaga, uning hozir qilayotgan ishlariga va kelajakda nimalarga qodir ekaniga ishonaman. Chunki bu futbolchilar…
🎙 | “Feyenoord” bosh murabbiyi Jovanni van Bronkxorst “Inter” haqida:

“Inter” nafaqat Italiya, balki Yevropaning ham eng kuchli jamoalaridan biri.

Ular ikki yil avval Chempionlar ligasi finaliga chiqishgan. Bu musobaqada g‘alaba qozonish uchun nima talab etilishini yaxshi bilishadi.

Balki hozir biroz charchagandek tuyular, ammo ular hamon katta mahorat va tajribaga ega.

Ular o‘yinning har bir bosqichida qanday harakat qilish kerakligini juda yaxshi bilishadi.

Chuqur himoyalanib, keyin tezkor qarshi hujumlarga o‘tishdan cho‘chishmaydi.

“Inter” — har tomonlama mukammal shakllangan jamoa.



⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🙏1
🚨 | Sport Mediaset xabariga ko‘ra, “Inter” rahbariyati yanvar oyida hujum chizig‘ini kuchaytirish imkoniyatlarini o‘rganishni boshlagan. Klub e’tiborida bir nechta futbolchi bor:

• 🇦🇷 Mauro Ikardi (erkin agent)
• 🇮🇹 Federiko Kyeza (“Liverpul”)
• 🇵🇹 Varela (“Monza”)
• 🇺🇸 Robinson (“Monza”)
• 🇸🇳 Pol Mendi (“Kalyari”)


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥2
INTER ZONE | UZB 🇺🇿
🚨 | Sport Mediaset xabariga ko‘ra, “Inter” rahbariyati yanvar oyida hujum chizig‘ini kuchaytirish imkoniyatlarini o‘rganishni boshlagan. Klub e’tiborida bir nechta futbolchi bor: • 🇦🇷 Mauro Ikardi (erkin agent) • 🇮🇹 Federiko Kyeza (“Liverpul”) • 🇵🇹 Varela…
⚽️ | Bu hujumchilar orasida joriy mavsumdagi statistikasi bilan yaqqol ajralib turgani — 21 yoshli portugaliyalik Varela.

📊 Yosh hujumchi “Monza” safida A Seriyada allaqachon 9 ta gol urishga ulgurgan va ayni damda chempionat to‘purari bo‘lib turibdi.


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4👏1
INTER ZONE | UZB 🇺🇿
⚽️ #MATCHDAY • 🏆 Chempionlar Ligasi | 4-tur • 🆚 “Feyenoord” 🇳🇱 • ⚽️ De Kuip Stadium • ⏰ Bugun | 00:50 ⚽️ INTER ZONE | UZB
🇹🇷 | Hakan Chalhano‘g‘lu Chempionlar ligasida jami 12 ta gol urgan. Bu turkiyalik futbolchilar orasida rekordchi bo‘lgan Hakan Shukur va Burak Yilmazning natijasidan atigi 1 ta gol kam.

📊 “Inter” safidagi Chempionlar ligasi statistikasi:

• 🏟 45 ta o‘yin
• ⚽️ 07 ta gol
• 🅰️ 06 ta assist
• ⏱ 3097 daqiqa


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5❤2
INTER ZONE | UZB 🇺🇿
✔️ | Provedel va Pavar “Feyenoord”ga qarshi uchrashuvga qadar tiklanishdi va o‘yinda maydonga tushishga tayyor. ⏳ Kertis Jons va Lautaro Martines esa maydonda individual dastur asosida mashg‘ulotlarni davom ettirmoqda. Manba: Simone Togna ⚽️ INTER ZONE…
⚡️📰 | La Gazzetta dello Sport xabariga ko‘ra, Kertis Jons “Komo”ga qarshi uchrashuvgacha tiklanib, maydonga qaytishi mumkin.

☝️Jon Stounz va Lautaro Martinesning safga qaytishi esa terma jamoalar o‘yinlari uchun ajratilgan tanaffusdan keyinga kutilmoqda.


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
INTER ZONE | UZB 🇺🇿
🆚 | Ertaga nasib qilsa shunaqa tarkib bilan o’yinni boshlar ekanmiz… ✅ Muhim o‘yinga — taktik tajribalarsiz, odatiy asosiy sxemamiz bilan! :) © | 📰 Sky Sport ⚽️ INTER ZONE | UZB
📰 | La Gazzetta dello Sport:

Kivu Spensning jismoniy holatidagi o‘sishdan mamnun va uni asosiy tarkibda qoldirishga moyil.

Chalhano‘g‘lining holati yaxshi, uning tiklanish jarayoniga ehtiyotkorlik bilan yondashilgan.

Barellaning asosiy tarkibdagi o‘rni saqlanib qoladi. Zelinski, Dimarko va Pio Esposito esa asosiy tarkibga qaytishi kutilmoqda.

Pavard esa uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida maydonga tushirilishi mumkin.



⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
🎙 | Antonio Kassano Kivu va Barellani keskin tanqid qildi:

“Inter” juda yomon o‘ynamoqda. Bunday darajadagi jamoa bu qadar sifatsiz o‘yin ko‘rsatishi mumkin emas.

“Venetsiya”ga qarshi o‘yinni olaylik, Rimda ikki to‘p farqi bilan ortda qoldingiz, “Fiorentina”ga qarshi esa faqat so‘nggi daqiqalarda kambek qila oldingiz.

“Inter” juda ehtiyot bo‘lishi kerak. Aks holda, o‘ziga o‘zi zarar yetkazib, mavsumni hech qanday sovrinsiz yakunlashi mumkin.

Kivu vaziyatga aralashishi va qat’iy qarorlar qabul qilishni boshlashi kerak.

Mening Barellaga nisbatan shaxsiy adovatim yo‘q. Ammo u uch yildan beri o‘z darajasiga mos o‘yin ko‘rsatmayapti. Shunga qaramay, doimiy ravishda maydonga tushmoqda.

Barella dahshatli, uyatli o‘yin o‘tkazdi. Unda na tezlik, na kuch bor. Faqat tinimsiz baqirishni biladi.

Kivu qat’iy qarorlar qabul qilishi shart. Avval sinab ko‘rilmagan taktik sxemaga o‘tish masalasiga kelsak, sizda yaxshi formada bo‘lmagan ikki hujumchi bor ekan, ularni maydonga tushirmaslik tabiiy holat.

Bunday vaziyatda 3-5-1-1 sxemasida o‘ynab, yagona hujumchi ortiga Mxitaryanni joylashtirish mumkin edi. Shunda bunchalik katta o‘zgarish qilishga hojat qolmasdi.

“Inter” 6–7 yildan beri deyarli bir xil uslubda o‘ynab kelmoqda.

Men “Inter”ning hozirgi holatidan xavotirdaman.



⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17
Forwarded from Tribuna.uz
Чалхонўғли келаси мавсум ҳам «Интер»да қолиши мумкин

Клуб ва футболчининг вакиллари шартномани узайтириш эҳтимоли юзасидан музокара олиб борган.

👉 https://l.tribuna.uz/73UJo0gs

Tribuna.uz расмий канали
❤7
Tribuna.uz
Чалхонўғли келаси мавсум ҳам «Интер»да қолиши мумкин Клуб ва футболчининг вакиллари шартномани узайтириш эҳтимоли юзасидан музокара олиб борган. 👉 https://l.tribuna.uz/73UJo0gs Tribuna.uz расмий канали
⚡️ | Di Marzio xabariga ko‘ra, Hakan Chalhano‘g‘lu o‘z agentlari bilan bog‘lanib, hozirda faqat “Inter” bilan shartnomasini uzaytirishni istayotganini ma’lum qilgan.

☝️ Turkiyalik yarim himoyachi yangi shartnoma ikki yil muddatga tuzilishini xohlamoqda.


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
INTER ZONE | UZB 🇺🇿
⚡️ | Di Marzio xabariga ko‘ra, Hakan Chalhano‘g‘lu o‘z agentlari bilan bog‘lanib, hozirda faqat “Inter” bilan shartnomasini uzaytirishni istayotganini ma’lum qilgan. ☝️ Turkiyalik yarim himoyachi yangi shartnoma ikki yil muddatga tuzilishini xohlamoqda. …
🚨 | Di Marzio xabariga ko‘ra, “Inter” Federiko Dimarkoning shartnomasini yana bir yilga, 2028-yilgacha uzaytirish huquqidan foydalandi.

⏳ Endilikda klub futbolchi bilan yangi, uzoq muddatli shartnoma bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi. Har ikki tomon ham hamkorlikni davom ettirishni istamoqda.


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
INTER ZONE | UZB 🇺🇿
🚨 | Di Marzio xabariga ko‘ra, “Inter” Federiko Dimarkoning shartnomasini yana bir yilga, 2028-yilgacha uzaytirish huquqidan foydalandi. ⏳ Endilikda klub futbolchi bilan yangi, uzoq muddatli shartnoma bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi. Har ikki tomon ham hamkorlikni…
⚡️ | Di Marzio xabariga ko‘ra, “Inter” va Karlos Avgusto o‘rtasida shartnomani 2031-yilgacha uzaytirish bo‘yicha muzokaralar juda yaxshi ketmoqda.

🔜✍️ Yangi kelishuv yaqin vaqt ichida rasman e’lon qilinishi kutilmoqda.


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7
INTER ZONE | UZB 🇺🇿
⚡️ | Di Marzio xabariga ko‘ra, “Inter” va Karlos Avgusto o‘rtasida shartnomani 2031-yilgacha uzaytirish bo‘yicha muzokaralar juda yaxshi ketmoqda. 🔜✍️ Yangi kelishuv yaqin vaqt ichida rasman e’lon qilinishi kutilmoqda. ⚽️ INTER ZONE | UZB
🎙 | Xulio Kruz Federiko Dimarko haqida:

Dimarko yana o‘zining avvalgi darajasiga qaytishiga ishonchim komil. Xavotirlanishga hech qanday asos yo‘q.

U bizni o‘zining ajoyib o‘yinlariga shu qadar o‘rgatib qo‘yganki, undan doim yuqori saviyadagi o‘yin kutamiz. Dastlabki paytlarda u haqiqiy kuch edi, xuddi yuk mashinasidek qudratli edi.

Men o‘z jamoamda doimo Dimarkodek futbolchi bo‘lishini istardim.


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡1👍1
🏆 | Football Ranked portali 2027/28-yilgi mavsum uchun Chempionlar ligasi liga bosqichi savatchalarining taxminiy tarkibini e’lon qildi.

☝️ Unga ko‘ra, “Inter” keyingi mavsumda ham birinchi savatchadan joy olishi kutilmoqda.


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6😁1
⚽️ | WhoScored portali talqiniga ko‘ra, A Seriyaning oktyabr oyidagi ramziy terma jamoasi.

✅ Ushbu tarkibdan “Inter”ning faqat bir nafar futbolchisi — Karlos Avgusto joy olgan.


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4❤3