INTER ZONE | UZB 🇺🇿
1.24K subscribers
16.1K photos
1.91K videos
2 files
6.6K links
#inter #intermilan #interfc #interuzbekistan #internazionale #nerazzurri

Barchasi #Inter haqida, va albatta O’zbek tilida.

Since 03.08.2020

Murojaat uchun: Direct dan foydalaning
Download Telegram
INTER ZONE | UZB 🇺🇿
🤦‍♂️ ⚽️ INTER ZONE | UZB
📊 | Xosep Martines darvozasi tomon yo‘llangan har 2,5 ta aniq zarbadan bittasi gol bo’lmoqda.

📉 “Inter” darvozaboni bu mavsum A Seriyada qaytarilishi kutilgan zarbalar ko‘rsatkichi bo‘yicha eng yomon natijaga ega.


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👎6😡5
📝 | Matteo Barzagi “Inter”dagi jarohatlangan futbolchilar haqida:

• Benjamin Pavar bugun mashg‘ulotlarning bir qismini jamoa bilan o‘tkazdi. Uning “Feyenoord”ga qarshi o’yinda qaydnomaga kiritilishi bo’yicha qaror ertaga ko’rib chiqiladi.

• Niderlandiya safaridan so‘ng esa Kertis Jons va Jon Stounsning tiklanish holati baholanadi. Ularni “Komo”ga qarshi uchrashuv uchun qaydnomaga kiritish imkoniyati mavjud.


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6
Xayrulla Hamidov official
“Интер” хоҳлаганча чемпион бўлаверсин, лекин шаҳарнинг эгаси ҳам, номи ҳам — Милан! Ҳатто Аморим ҳам “Интер”ни енга оляпти. Натижада “Лацио” бугун яққол пешқадамга айланиб олиши мумкин. Римликлар устози ким эди, ҳая, “Милан” юлдузику) @xayrulla_hamidov
Milan shahrining egasi o‘zaro o‘yinlardagi umumiy natijalarga qarab aniqlansa — “Inter”, Milan shahridagi muxlislar soniga qarab aniqlansa ham — “Inter”, faqat nomiga qarab aytilsa, balki “AC Milan”…

O‘zaro o‘yinlarda qariyb bir asrdan beri qo‘shnilarimizdan oldinda ekanmiz, ketma-ket 4 ta uchrashuvdagi mag‘lubiyat shahar egaligini “AC Milan”ga berib qo‘ymaydi.

Chempion bo‘lgan jamoa esa nafaqat Milanning, balki butun Italiyaning egasiga aylanadi.


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💯206👍2❤1👏1
INTER ZONE | UZB 🇺🇿
📊 | Xosep Martines darvozasi tomon yo‘llangan har 2,5 ta aniq zarbadan bittasi gol bo’lmoqda. 📉 “Inter” darvozaboni bu mavsum A Seriyada qaytarilishi kutilgan zarbalar ko‘rsatkichi bo‘yicha eng yomon natijaga ega. ⚽️ INTER ZONE | UZB
📊 | “Inter” darvozasi va himoyasidagi muammolar to’g’risida:

🔘 “Inter” A Seriya va Chempionlar ligasida jami 13 ta uchrashuv o‘tkazib, 19 ta gol o‘tkazib yuborgan. Bu har bir o‘yinga o‘rtacha 1,46 ta goldan to‘g‘ri keladi.

🔘 Eng xavotirlisi, ushbu 19 ta golning 12 tasi (63%) birinchi bo‘limda o‘tkazib yuborilgan.

🔘 Bundan ham yomoni, 5 ta gol uchrashuvlarning dastlabki 15 daqiqasida o‘tkazilgan. Bu jamoaning o‘yinlarga yetarlicha tayyor holda kirishmayotgani va ilk daqiqalardagi diqqat-e’tibor muammolarini ko‘rsatmoqda.

❗️ Endi buni shunchaki individual xatolar yoki bir martalik omadsizlik bilan izohlab bo‘lmaydi. “Inter”da himoyani tashkil etish va o‘yin boshidagi konsentratsiya borasida tizimli muammo mavjud.

✅ Kivu mavsumning hal qiluvchi pallalariga qadar bu muammoga yechim topishi shart.


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤯10🤷‍♂22❤1⚡1💯1
INTER ZONE | UZB 🇺🇿
🔜 | Yaqin bir hafta ichida bizni ikkita muhim uchrashuv kutmoqda. ☝️ Birinchisida Chempionlar Ligasidagi o‘rnimizni yaxshilashga, ikkinchisida esa A Seriyadagi o‘z joyimizga qaytishga harakat qilamiz. 😅 Kivudan esa bu uchrashuvlarga jiddiy yondashib, raqiblarga…
😗 | “Feyenoord” – “Inter” uchrashuvini Shvetsiyalik Glenn Nyberg boshqaradi.

📊 Ushbu o’yin Nybergning “Inter” ishtirokidagi uchinchi uchrashuvi bo‘ladi.

🏆 Avvalgi ikki o‘yin ham Chempionlar ligasi doirasida, safarda o‘tkazilgan.

• 🤝 18.09.2024: “Man City” 0:0 “Inter”
• ✅ 21.10.2025: “USG” 0:4 “Inter”


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6
⚡️📰 | Fabrizio Romanoning xabariga ko‘ra, ayni paytda erkin agent bo‘lgan Ikardi Italiyaga qaytishni, ayniqsa, yana “Inter” safida o‘ynashni istamoqda. Yakuniy qaror “Inter” rahbariyatiga bog‘liq.


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13🔥5
📊 | A Seriyaning 10-turidan so‘ng shakllangan turnir jadvali.

📉 Peshqadamlikni boy berdik. Umid qilamizki, bu vaqtinchalik holat va tez orada yana birinchi o‘ringa qaytamiz.


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9👍2❤1
INTER ZONE | UZB 🇺🇿
📊 | A Seriyaning 10-turidan so‘ng shakllangan turnir jadvali. 📉 Peshqadamlikni boy berdik. Umid qilamizki, bu vaqtinchalik holat va tez orada yana birinchi o‘ringa qaytamiz. ⚽️ INTER ZONE | UZB
📈 | So‘nggi uchrashuvdagi mag‘lubiyatga qaramay, “Inter”ning Skudettoni qo‘lga kiritish imkoniyati hamon yuqori baholanmoqda.


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💯5👍2👏1
🎙 | Stefano Pioli:

Lautaro bilan o‘ynaydigan “Inter” va Lautarosiz o‘ynaydigan “Inter” - ikki xil jamoa.

Menimcha, har qanday murabbiy uchun Lautarodek sardorga ega bo‘lish katta omad.

U doimo o‘yinga to‘liq kirishib ketadi va jamoasiga yordam berish uchun bor kuchini ishga soladi. Buni har bir harakatida his qilish mumkin.



⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4💯2
⚡️📰 | La Gazzetta dello Sport:

“Inter”ning Appiano Jentiledagi qarorgohida ayrim futbolchilar mashg‘ulotlardan ko‘ra, yangi shartnomalari bo‘yicha muzokaralar haqida ko‘proq o‘ylayotgani borasida xavotir kuchaymoqda.

Federiko Dimarkoning shartnomasi uzaytirilmayotganidan noroziligi, Hakan Chalxano‘g‘lining esa klub rahbariyatidan qo‘ng‘iroq kutayotgani sir emas.

Biroq ular bunday vaziyatdagi yagona futbolchilar emas.



⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🚨 | TuttoMercatoWeb xabariga ko‘ra, “Inter” yanvar oyidagi transfer oynasida “Liverpul” futbolchisi Federiko Kyezani o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.‏


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11❤2
Roberto Baggio, 1998.


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤10👍6
INTER ZONE | UZB 🇺🇿
📝 | Matteo Barzagi “Inter”dagi jarohatlangan futbolchilar haqida: • Benjamin Pavar bugun mashg‘ulotlarning bir qismini jamoa bilan o‘tkazdi. Uning “Feyenoord”ga qarshi o’yinda qaydnomaga kiritilishi bo’yicha qaror ertaga ko’rib chiqiladi. • Niderlandiya…
✔️ | Provedel va Pavar “Feyenoord”ga qarshi uchrashuvga qadar tiklanishdi va o‘yinda maydonga tushishga tayyor.

⏳ Kertis Jons va Lautaro Martines esa maydonda individual dastur asosida mashg‘ulotlarni davom ettirmoqda.

Manba: Simone Togna


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6👍2💯1
⚽️ | Opta reytingiga ko‘ra, ayni damda dunyoning eng kuchli 10 ta futbol klubi.


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7
🆚 | Ertaga nasib qilsa shunaqa tarkib bilan o’yinni boshlar ekanmiz…

✅ Muhim o‘yinga — taktik tajribalarsiz, odatiy asosiy sxemamiz bilan! :)


© | 📰 Sky Sport


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💯6👏3😁21
INTER ZONE | UZB 🇺🇿
🆚 | Ertaga nasib qilsa shunaqa tarkib bilan o’yinni boshlar ekanmiz… ✅ Muhim o‘yinga — taktik tajribalarsiz, odatiy asosiy sxemamiz bilan! :) © | 📰 Sky Sport ⚽️ INTER ZONE | UZB
🎙 | Kristian Kivu va Markus Tyuramning “Feyenoord”ga qarshi o‘yin oldidan matbuot anjumanida bildirgan fikrlari.

🗣Kristian Kivu:

Men mehnatga, bu jamoaga, uning hozir qilayotgan ishlariga va kelajakda nimalarga qodir ekaniga ishonaman. Chunki bu futbolchilar katta chempionlar va buni yillar davomida isbotlashgan. Ular “Inter” uchun muayyan darajani belgilab berishgan. Albatta, salbiy holatlar va xatolar ham bo‘ladi. Ulardan saboq olish, xatolarni tan olish va tuzatishga harakat qilish kerak. Shundagina ishonch bilan oldinga intilish mumkin.

Chempionlar ligasida har bir uchrashuvga alohida yondashish kerak. Albatta, kuchli sakkizlikka kirish uchun taxminan 16 ochko zarurligini hisoblash mumkin. Ammo biz har bir o‘yinga alohida e’tibor qaratishimiz kerak. Hali ham kurashdamiz. Ertangi uchrashuv oson bo‘lmaydi, lekin o‘z kuchimizni yaxshi bilamiz. Ajoyib o‘yin namoyish etishimizga ishonchim komil.

“Feyenoord” o‘z stadionida muxlislarining kuchli qo‘llab-quvvatlashi bilan yanada yaxshiroq o‘ynaydi. Ularning tarkibida, ayniqsa, hujum chizig‘ida sifatli futbolchilar ko‘p. Yakkama-yakka vaziyatlarda kuchli, qarama-qarshi qanotlarda o‘ynaydigan futbolchilari bizga muammo tug‘dirishi mumkin. O‘yin oson bo‘lmasligini bilamiz. Raqibni qiyin ahvolga solish uchun o‘zimizning eng yaxshi jihatlarimizni namoyish etishimiz kerak.

Isitmalagan futbolchilar bormi? Biz oldindan kutib bo‘lmaydigan, murakkab vaziyatlarni boshdan kechirdik. Yechim topishga majbur bo‘ldik va bunga harakat qildik. Provedel sog‘aydi, Pavard ham safimizga qaytdi. So‘nggi kunlarda boshqa muammolarimiz bo‘lmadi.



🗣 Markus Tyuram:

Bastoni va Barella aytgan fikrlarga qo‘shilaman. Ularning ikkalasi ham jamoa yetakchilari, jamoani juda yaxshi bilishadi. Men ham ular bilan bir fikrdaman.

“Shakhtar”ga qarshi 10 kishi bo‘lib qolganimizda ko‘rsatgan ruhiyatni maydonga olib chiqishimiz kerak. Nafaqat Chempionlar ligasida, balki barcha uchrashuvlarda shunday munosabat bo‘lishi shart.

Doim o‘ynashim haqida? Bu har bir futbolchining orzusi. Men har doim 90 daqiqa o‘ynashni xohlayman. Hozir bunday imkoniyatga ega ekanimdan juda xursandman. Yagona hujumchi sifatida o‘ynashim mumkinmi? Avval ham bu vazifani bajarganman va yana kerak bo’lsa bajara olaman.

Lautaroning yetakchiligi yetishmayaptimi? Har kim o‘z xarakteriga qarab yetakchilik qiladi. Lautaroning yetakchiligi maydonda yaqqol ko‘rinadi. Ammo jamoamizda boshqa yetakchilar ham bor va ular ham o‘z vazifasini yaxshi bajarishmoqda. Siz buni ko‘rmasligingiz mumkin, lekin biz buni yaxshi bilamiz.

Ba’zan yuqorida pressing qilish, ba’zan esa kutish kerak. Avvalo, men o‘zim pressingni to‘g‘ri bajarishim va jamoani qiyin vaziyatga tushirmaslik uchun qachon bosim o‘tkazishni to‘g‘ri tanlashim kerak.

Ha, bizda o‘yinga yondashuv bilan bog‘liq muammo bor. Buni hammamiz tushunib yetdik. Asl muammo esa shu kamchilikni yo‘qdek ko‘rsatib, hech narsa bo‘lmagandek davom etishdir.


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
INTER ZONE | UZB 🇺🇿
🎙 | Kristian Kivu va Markus Tyuramning “Feyenoord”ga qarshi o‘yin oldidan matbuot anjumanida bildirgan fikrlari. 🗣Kristian Kivu: Men mehnatga, bu jamoaga, uning hozir qilayotgan ishlariga va kelajakda nimalarga qodir ekaniga ishonaman. Chunki bu futbolchilar…
🎙 | “Feyenoord” bosh murabbiyi Jovanni van Bronkxorst “Inter” haqida:

“Inter” nafaqat Italiya, balki Yevropaning ham eng kuchli jamoalaridan biri.

Ular ikki yil avval Chempionlar ligasi finaliga chiqishgan. Bu musobaqada g‘alaba qozonish uchun nima talab etilishini yaxshi bilishadi.

Balki hozir biroz charchagandek tuyular, ammo ular hamon katta mahorat va tajribaga ega.

Ular o‘yinning har bir bosqichida qanday harakat qilish kerakligini juda yaxshi bilishadi.

Chuqur himoyalanib, keyin tezkor qarshi hujumlarga o‘tishdan cho‘chishmaydi.

“Inter” — har tomonlama mukammal shakllangan jamoa.



⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🙏1
🚨 | Sport Mediaset xabariga ko‘ra, “Inter” rahbariyati yanvar oyida hujum chizig‘ini kuchaytirish imkoniyatlarini o‘rganishni boshlagan. Klub e’tiborida bir nechta futbolchi bor:

• 🇦🇷 Mauro Ikardi (erkin agent)
• 🇮🇹 Federiko Kyeza (“Liverpul”)
• 🇵🇹 Varela (“Monza”)
• 🇺🇸 Robinson (“Monza”)
• 🇸🇳 Pol Mendi (“Kalyari”)


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥2
INTER ZONE | UZB 🇺🇿
🚨 | Sport Mediaset xabariga ko‘ra, “Inter” rahbariyati yanvar oyida hujum chizig‘ini kuchaytirish imkoniyatlarini o‘rganishni boshlagan. Klub e’tiborida bir nechta futbolchi bor: • 🇦🇷 Mauro Ikardi (erkin agent) • 🇮🇹 Federiko Kyeza (“Liverpul”) • 🇵🇹 Varela…
⚽️ | Bu hujumchilar orasida joriy mavsumdagi statistikasi bilan yaqqol ajralib turgani — 21 yoshli portugaliyalik Varela.

📊 Yosh hujumchi “Monza” safida A Seriyada allaqachon 9 ta gol urishga ulgurgan va ayni damda chempionat to‘purari bo‘lib turibdi.


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4👏1