INTER ZONE | UZB 🇺🇿
1.24K subscribers
16.1K photos
1.91K videos
2 files
6.6K links
#inter #intermilan #interfc #interuzbekistan #internazionale #nerazzurri

Barchasi #Inter haqida, va albatta O’zbek tilida.

Since 03.08.2020

Murojaat uchun: Direct dan foydalaning
Download Telegram
INTER ZONE | UZB 🇺🇿
💬 | Kivuning bugungi o‘zgarishlari va o‘yinga bo‘lgan yondashuvi g‘alaba uning uchun unchalik muhim emasdek taassurot qoldirmoqda… ⚽️ INTER ZONE | UZB
✅ | O‘yin yakunlandi.

💬 Mag‘lubiyatni qabul qilamiz va “AC Milan” muxlislarini o‘zaro uchrashuvlardagi g‘alabalar farqini bittaga qisqartirgani bilan tabriklaymiz.

☝️ Umid qilamizki, Kivu bugungi xatolaridan to‘g‘ri xulosa chiqaradi va keyingi uchrashuvlarda ularni takrorlamaydi.


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏7😁33❤2👍2
INTER ZONE | UZB 🇺🇿
📊 | Bugungi o’yin statistikasi… ⚽️ INTER ZONE | UZB
✋ | Assalomu alaykum, barchaga!

Do‘stlar, bu shunchaki bir o‘yin. Bitta mag‘lubiyat deb kayfiyatingizni tushirishingizga arzimaydi.

Shunday mavsumlar bo‘lganki, “Sassuolo”ga har ikki uchrashuvda mag‘lub bo‘lib, yakunda Skudettoni qo‘lga kiritganmiz. Shunday davrlar ham bo‘lganki, ketma-ket derbilarda g‘alaba qozonib, mavsumni sovrinsiz yakunlaganmiz.

“Inter” muxlisi bo‘lish hech qachon oson bo‘lmagan. Lekin tan olish kerak, so‘nggi 20 yil ichida, ya’ni ko‘pchiligimiz futbol tomosha qilishni boshlagan davrdan buyon, “Inter” bizga quvonish uchun boshqa ko‘plab jamoalar muxlislariga qaraganda ko‘proq sabab berdi.

Shu davrda qo‘shnilarimizdan qariyb uch barobar ko‘p sovrin yutdik. O‘zaro uchrashuvlardagi tarixiy ustunlik ham biz tomonda. Bularning barchasini derbidagi bu mag‘lubiyat yo‘qqa chiqara olmaydi.

Futbolning go‘zalligi ham shunda — unda omad, muvaffaqiyat va hukmronlik doimo bir jamoaga tegishli bo‘lib qolmaydi. Bugun sen g‘alaba qozonsang, ertaga raqibingning kuni keladi.

Balki bizning hozirgi loyihamiz o‘z yakuniga yaqinlashayotgandir va boshqa jamoalarning davri boshlanayotgandir. Balki, aksincha, eng katta g‘alabalarimiz hali oldindadir. Buni vaqt ko‘rsatadi.

Ammo bir narsa aniq: biz “Inter”ni faqat g‘alabalari uchun yaxshi ko‘rib qolmaganmiz. Mag‘lubiyatlar ham bu muhabbatning bir qismi.

Forza Inter! 🖤💙



⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
20💯12👏4❤2😡2⚡1👍1
🔜 | Yaqin bir hafta ichida bizni ikkita muhim uchrashuv kutmoqda.

☝️ Birinchisida Chempionlar Ligasidagi o‘rnimizni yaxshilashga, ikkinchisida esa A Seriyadagi o‘z joyimizga qaytishga harakat qilamiz.

😅 Kivudan esa bu uchrashuvlarga jiddiy yondashib, raqiblarga ortiqcha sovg‘alar taqdim etmasligini so‘rab qolamiz.


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡4👍3💯32
INTER ZONE | UZB 🇺🇿
✋ | Assalomu alaykum, barchaga! Do‘stlar, bu shunchaki bir o‘yin. Bitta mag‘lubiyat deb kayfiyatingizni tushirishingizga arzimaydi. Shunday mavsumlar bo‘lganki, “Sassuolo”ga har ikki uchrashuvda mag‘lub bo‘lib, yakunda Skudettoni qo‘lga kiritganmiz. Shunday…
📰 | Gazzetta dello Sport nashri e’lon qilgan baholarga ko‘ra, kechagi derbida Barella jamoamizning eng yomon, Bastoni esa eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

💬 Menimcha, baholar adolatli qo‘yilgan.


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💯5👍2❤1
INTER ZONE | UZB 🇺🇿
📰 | Gazzetta dello Sport nashri e’lon qilgan baholarga ko‘ra, kechagi derbida Barella jamoamizning eng yomon, Bastoni esa eng yaxshi futbolchisi deb topildi. 💬 Menimcha, baholar adolatli qo‘yilgan. ⚽️ INTER ZONE | UZB
🤷‍♂️🎙 | Kivuning mag‘lubiyatdan keyingi fikrlari odamni biroz o‘ylantirib qo‘ymoqda:

Har uch kunda o‘ynash oson emas. Ayniqsa, ko‘p g‘alabalarga erishgani uchun ba’zan o‘zini erishgan yutuqlaridan qoniqqandek his qiladigan jamoa bilan.

Mag‘lubiyatga kelsak, tarkibdagi muammolar sabab vaziyatga moslashishga majbur bo‘ldik. Biroq maydondagi munosabatimiz va beparvoligimiz uchun o‘zimiz aybdormiz.

O‘tgan mavsumda bizda g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoq kuchliroq edi. Ammo takrorlayman, hammasini yomon deb bo‘lmaydi.


📰 | La Gazzetta dello Sport


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💯1
INTER ZONE | UZB 🇺🇿
🤦‍♂️ ⚽️ INTER ZONE | UZB
📊 | Xosep Martines darvozasi tomon yo‘llangan har 2,5 ta aniq zarbadan bittasi gol bo’lmoqda.

📉 “Inter” darvozaboni bu mavsum A Seriyada qaytarilishi kutilgan zarbalar ko‘rsatkichi bo‘yicha eng yomon natijaga ega.


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👎6😡5
📝 | Matteo Barzagi “Inter”dagi jarohatlangan futbolchilar haqida:

• Benjamin Pavar bugun mashg‘ulotlarning bir qismini jamoa bilan o‘tkazdi. Uning “Feyenoord”ga qarshi o’yinda qaydnomaga kiritilishi bo’yicha qaror ertaga ko’rib chiqiladi.

• Niderlandiya safaridan so‘ng esa Kertis Jons va Jon Stounsning tiklanish holati baholanadi. Ularni “Komo”ga qarshi uchrashuv uchun qaydnomaga kiritish imkoniyati mavjud.


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6
Xayrulla Hamidov official
“Интер” хоҳлаганча чемпион бўлаверсин, лекин шаҳарнинг эгаси ҳам, номи ҳам — Милан! Ҳатто Аморим ҳам “Интер”ни енга оляпти. Натижада “Лацио” бугун яққол пешқадамга айланиб олиши мумкин. Римликлар устози ким эди, ҳая, “Милан” юлдузику) @xayrulla_hamidov
Milan shahrining egasi o‘zaro o‘yinlardagi umumiy natijalarga qarab aniqlansa — “Inter”, Milan shahridagi muxlislar soniga qarab aniqlansa ham — “Inter”, faqat nomiga qarab aytilsa, balki “AC Milan”…

O‘zaro o‘yinlarda qariyb bir asrdan beri qo‘shnilarimizdan oldinda ekanmiz, ketma-ket 4 ta uchrashuvdagi mag‘lubiyat shahar egaligini “AC Milan”ga berib qo‘ymaydi.

Chempion bo‘lgan jamoa esa nafaqat Milanning, balki butun Italiyaning egasiga aylanadi.


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💯206👍2❤1👏1
INTER ZONE | UZB 🇺🇿
📊 | Xosep Martines darvozasi tomon yo‘llangan har 2,5 ta aniq zarbadan bittasi gol bo’lmoqda. 📉 “Inter” darvozaboni bu mavsum A Seriyada qaytarilishi kutilgan zarbalar ko‘rsatkichi bo‘yicha eng yomon natijaga ega. ⚽️ INTER ZONE | UZB
📊 | “Inter” darvozasi va himoyasidagi muammolar to’g’risida:

🔘 “Inter” A Seriya va Chempionlar ligasida jami 13 ta uchrashuv o‘tkazib, 19 ta gol o‘tkazib yuborgan. Bu har bir o‘yinga o‘rtacha 1,46 ta goldan to‘g‘ri keladi.

🔘 Eng xavotirlisi, ushbu 19 ta golning 12 tasi (63%) birinchi bo‘limda o‘tkazib yuborilgan.

🔘 Bundan ham yomoni, 5 ta gol uchrashuvlarning dastlabki 15 daqiqasida o‘tkazilgan. Bu jamoaning o‘yinlarga yetarlicha tayyor holda kirishmayotgani va ilk daqiqalardagi diqqat-e’tibor muammolarini ko‘rsatmoqda.

❗️ Endi buni shunchaki individual xatolar yoki bir martalik omadsizlik bilan izohlab bo‘lmaydi. “Inter”da himoyani tashkil etish va o‘yin boshidagi konsentratsiya borasida tizimli muammo mavjud.

✅ Kivu mavsumning hal qiluvchi pallalariga qadar bu muammoga yechim topishi shart.


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤯10🤷‍♂22❤1⚡1💯1
INTER ZONE | UZB 🇺🇿
🔜 | Yaqin bir hafta ichida bizni ikkita muhim uchrashuv kutmoqda. ☝️ Birinchisida Chempionlar Ligasidagi o‘rnimizni yaxshilashga, ikkinchisida esa A Seriyadagi o‘z joyimizga qaytishga harakat qilamiz. 😅 Kivudan esa bu uchrashuvlarga jiddiy yondashib, raqiblarga…
😗 | “Feyenoord” – “Inter” uchrashuvini Shvetsiyalik Glenn Nyberg boshqaradi.

📊 Ushbu o’yin Nybergning “Inter” ishtirokidagi uchinchi uchrashuvi bo‘ladi.

🏆 Avvalgi ikki o‘yin ham Chempionlar ligasi doirasida, safarda o‘tkazilgan.

• 🤝 18.09.2024: “Man City” 0:0 “Inter”
• ✅ 21.10.2025: “USG” 0:4 “Inter”


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6
⚡️📰 | Fabrizio Romanoning xabariga ko‘ra, ayni paytda erkin agent bo‘lgan Ikardi Italiyaga qaytishni, ayniqsa, yana “Inter” safida o‘ynashni istamoqda. Yakuniy qaror “Inter” rahbariyatiga bog‘liq.


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13🔥5
📊 | A Seriyaning 10-turidan so‘ng shakllangan turnir jadvali.

📉 Peshqadamlikni boy berdik. Umid qilamizki, bu vaqtinchalik holat va tez orada yana birinchi o‘ringa qaytamiz.


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9👍2❤1
INTER ZONE | UZB 🇺🇿
📊 | A Seriyaning 10-turidan so‘ng shakllangan turnir jadvali. 📉 Peshqadamlikni boy berdik. Umid qilamizki, bu vaqtinchalik holat va tez orada yana birinchi o‘ringa qaytamiz. ⚽️ INTER ZONE | UZB
📈 | So‘nggi uchrashuvdagi mag‘lubiyatga qaramay, “Inter”ning Skudettoni qo‘lga kiritish imkoniyati hamon yuqori baholanmoqda.


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💯5👍2👏1
🎙 | Stefano Pioli:

Lautaro bilan o‘ynaydigan “Inter” va Lautarosiz o‘ynaydigan “Inter” - ikki xil jamoa.

Menimcha, har qanday murabbiy uchun Lautarodek sardorga ega bo‘lish katta omad.

U doimo o‘yinga to‘liq kirishib ketadi va jamoasiga yordam berish uchun bor kuchini ishga soladi. Buni har bir harakatida his qilish mumkin.



⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4💯2
⚡️📰 | La Gazzetta dello Sport:

“Inter”ning Appiano Jentiledagi qarorgohida ayrim futbolchilar mashg‘ulotlardan ko‘ra, yangi shartnomalari bo‘yicha muzokaralar haqida ko‘proq o‘ylayotgani borasida xavotir kuchaymoqda.

Federiko Dimarkoning shartnomasi uzaytirilmayotganidan noroziligi, Hakan Chalxano‘g‘lining esa klub rahbariyatidan qo‘ng‘iroq kutayotgani sir emas.

Biroq ular bunday vaziyatdagi yagona futbolchilar emas.



⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🚨 | TuttoMercatoWeb xabariga ko‘ra, “Inter” yanvar oyidagi transfer oynasida “Liverpul” futbolchisi Federiko Kyezani o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.‏


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11❤2
Roberto Baggio, 1998.


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤10👍6
INTER ZONE | UZB 🇺🇿
📝 | Matteo Barzagi “Inter”dagi jarohatlangan futbolchilar haqida: • Benjamin Pavar bugun mashg‘ulotlarning bir qismini jamoa bilan o‘tkazdi. Uning “Feyenoord”ga qarshi o’yinda qaydnomaga kiritilishi bo’yicha qaror ertaga ko’rib chiqiladi. • Niderlandiya…
✔️ | Provedel va Pavar “Feyenoord”ga qarshi uchrashuvga qadar tiklanishdi va o‘yinda maydonga tushishga tayyor.

⏳ Kertis Jons va Lautaro Martines esa maydonda individual dastur asosida mashg‘ulotlarni davom ettirmoqda.

Manba: Simone Togna


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6👍2💯1
⚽️ | Opta reytingiga ko‘ra, ayni damda dunyoning eng kuchli 10 ta futbol klubi.


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7