INTER ZONE | UZB 🇺🇿
Xosepning ketma-ket xatolaridan so‘ng, menimcha, uni hech bo‘lmaganda 3–4 o‘yinga zaxirada qoldirib, Provedelga imkoniyat berish kerak.
O‘ylashimcha, bu qaror nafaqat jamoaga, balki Xosepning o‘ziga ham foyda keltiradi. Ba’zan futbolchiga bosimdan biroz uzoqlashib, o‘ziga bo‘lgan ishonchni qayta tiklash uchun ham tanaffus kerak bo‘ladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💯17👍6 2
INTER ZONE | UZB 🇺🇿
Balki Sommerning «Inter»dagi so‘nggi davrida yo‘l qo‘ygan xatolariga shaxsiy hayotidagi ayrim qiyinchiliklar ham ta’sir qilgandir…
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💔16💯5😁2⚡1❤1👍1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👎8❤1👏1😁1
INTER ZONE | UZB 🇺🇿
•
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🥴3⚡1❤1
Al Tani oilasiga aloqador Qatar investitsiya jamg‘armasi «Inter» aksiyalarining bir qismini sotib olish maqsadida Oaktree bilan muzokara boshlashga qiziqish bildirmoqda.
Qatar amirlari dastlab klubning ozchilik ulushiga ega bo‘lishni rejalashtirmoqda. Amerika tomoni esa hozircha bu masalaga izoh berishdan bosh tortgan.
«Inter»ning moliyaviy ahvoli sezilarli darajada yaxshilangan. Shuningdek, yangi stadion loyihasi kelajakda klub qiymatining yanada oshishiga xizmat qilishi mumkin.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
INTER ZONE | UZB 🇺🇿
Yoz davomida turli investitsiya jamg‘armalari va badavlat oilalarning investitsiya kompaniyalari tomonidan «Inter»ga qiziqish bildirilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Ammo Italiya va xorijdan bo‘lgan bu qiziqishlarning hech biri jiddiy muzokaralarga aylanmagan.
Endilikda Al Tani oilasining maydonga chiqishi vaziyatni o‘zgartirishi mumkin.
Qatardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Al Tani oilasi a’zolaridan biri «Inter»ning ashaddiy muxlisi xisoblanadi.
“U har safar imkon topishi bilan Milanga uchib kelib, «San-Siro» tribunalaridan «Inter» o‘yinlarini tomosha qiladi”, — deydi manbalardan biri.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17❤1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💔6🙉6
INTER ZONE | UZB 🇺🇿
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💔6
INTER ZONE | UZB 🇺🇿
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💯23😁3⚡2👍1
INTER ZONE | UZB 🇺🇿
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥12❤1👍1
INTER ZONE | UZB 🇺🇿
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💯16👍1
«Juzeppe Meatssa» stadionidagi uchrashuvni tomosha qilish uchun 73 859 nafar muxlis tashrif buyurdi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏3
INTER ZONE | UZB 🇺🇿
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁11⚡1👍1👏1🤯1💯1
Bu Chempionlar ligasida yangi liga bosqichi formati joriy etilganidan buyon bir futbolchi tomonidan bitta o‘yinda qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkichdir!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁10 8👍3👏2❤1💯1
INTER ZONE | UZB 🇺🇿
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14🙏4❤2
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💔5😁1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6👎2💯1🗿1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7
Forwarded from INTER ZONE | UZB 🇺🇿
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁6👍1
INTER ZONE | UZB 🇺🇿
🇧🇪 «Bryugge»ga qarshi mag‘lubiyat haqida:
Bu boshqa musobaqa. To‘rt kundan keyin yana o‘ynaymiz. Maydonga tushgan futbolchilarda tiklanish uchun ikki kun bo‘ldi. Bugun yaxshi mashg‘ulot o‘tkazdik.
Mag‘lubiyat uchun javobgarlikni o‘z zimmamizga olamiz. Ayniqsa, so‘nggi 30 daqiqada nimalar ishlamaganini tushunishimiz kerak. Ammo dastlabki 60 daqiqadagi yaxshi o‘yinimizni ham unutmasligimiz lozim.
Ko‘plab vaziyatlar yaratdik. Lautaro va Dimarkoda ikkita ajoyib imkoniyat bo‘ldi. Biroq ikkinchi golni o‘tkazib yuborganimizdan keyin hammasi izdan chiqdi.
O‘zimizga achinib o‘tirmasdan, bunga munosib javob qaytarishimiz kerak.
🔄 O‘zgarishlar haqida:
O‘zgarishlar birinchi navbatda mendan boshlanishi kerak. Asosiy javobgar — men. Jamoani qanday tayyorlash va futbolchilarni qanday holatda maydonga tushirishni to‘g‘ri baholashim kerak.
Menda ajoyib jamoa bor. Futbolchilar doimo talablarimni bajarishga intilishadi. Biz birdamlikni tiklashimiz va o‘yin davomida qiyinchiliklarga duch kelganimizda tushkunlikka tushmasligimiz kerak.
🏆 Chempionlar ligasidagi vaziyat haqida:
Vaziyatni fojiaga aylantirmasligimiz kerak. Albatta, bu mag‘lubiyat og‘riqli, chunki umidlarimiz katta edi.
Raqibga hurmatni saqlagan holda aytaman, bu o‘yinda g‘alaba qozonishimiz mumkin edi. Ammo ruhiy jihatdan pasayganimizda, tartibli harakat qilish o‘rniga hissiyotga berildik.
Biz o‘z kuchimizni va Chempionlar ligasida nimaga erishmoqchi ekanimizni yaxshi bilamiz. Bu mag‘lubiyat katta shov-shuvga sabab bo‘lsa-da, uni alohida bir muvaffaqiyatsizlik sifatida qabul qilamiz.
🛡 Himoyadagi muammolar haqida:
Himoyada barcha futbolchilar bir xil fikrlashi va bir maqsad yo‘lida harakat qilishi kerak. 11 futbolchining barchasi bir yo‘nalishda ishlashi shart.
Pressingni har kim o‘zicha amalga oshira olmaydi. Jamoaviy harakat, yugurish, birdamlik, energiya va maydondagi muloqotni yaxshilashimiz kerak.
Bu yerda ham birinchi navbatda men mas’ulman. Futbolchilarga vazifalarni yaxshiroq tushuntirishim kerak.
🚑 Lautaro Martines haqida:
Men shifokor emasman. Menga aytilishicha, uning tiklanish muddati terma jamoalar tanaffusidan keyingi davrga to‘g‘ri keladi.
Lautaro bilan ham, Lautarosiz ham odatdagi futbolimizni namoyish qilishimiz kerak. Jamoamizda yetakchilar ko‘p.
🔥 Bonny haqida:
Bonny mavsum boshidan meni hayratda qoldirmoqda. Har safar zaxiradan maydonga tushganida o‘zining yuqori saviyasini ko‘rsatdi.
Bizning ixtiyorimizda ajoyib hujumchi bor. Uning imkoniyatlarini juda yaxshi bilamiz. Asosiy tarkibda o‘ynash vaqti ham keladi.
Uning jamoaga berayotgan foydasidan juda mamnunmiz.
🧤 Darvozabonlar haqida:
Xosep Martines o‘ynashi kerakmi yoki aks holda o‘ziga bo‘lgan ishonchini yo‘qotadimi?
Provedel mening to‘liq ishonchim va hurmatimga ega. U bu mavsumda jamoamizga katta yordam beradi.
🔴 «Bolonya» haqida:
Palladino jamoani boshqarayotganiga bir oy bo‘ldi. U taktik sxemani o‘zgartirdi, jamoaga yangi uslub olib kirdi.
«Bolonya» yaxshi tashkil etilgan, tezkor va shiddatli jamoa. Agar yakkakurashlarda g‘alaba qozonmasangiz va yetarlicha yugurmasangiz, jiddiy muammolarga duch kelasiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3👍1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁4👎1