INTER ZONE | UZB 🇺🇿
1.24K subscribers
16.1K photos
1.91K videos
2 files
6.6K links
#inter #intermilan #interfc #interuzbekistan #internazionale #nerazzurri

Barchasi #Inter haqida, va albatta O’zbek tilida.

Since 03.08.2020

Murojaat uchun: Direct dan foydalaning
Download Telegram
🗣 | Alfredo Pedulla:

Kivu go‘yo boshqa sayyorada yashayotgandek. Undan Provedel maydonga tushadimi, deb so‘rashganida, u jamoada darvoza chizig’i muammo emasdek mazmunda javob qaytardi. Aslida esa «Inter»da darvozabon bilan bog‘liq jiddiy muammo bor.

Chempionlar ligasida o‘ynab, bunday xatolarga yo‘l qo‘yish mumkin emas.



⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💯7👍3🥴3
INTER ZONE | UZB 🇺🇿
🗣 | Alfredo Pedulla: Kivu go‘yo boshqa sayyorada yashayotgandek. Undan Provedel maydonga tushadimi, deb so‘rashganida, u jamoada darvoza chizig’i muammo emasdek mazmunda javob qaytardi. Aslida esa «Inter»da darvozabon bilan bog‘liq jiddiy muammo bor. Chempionlar…
💬 | Aslida, Kivu ixtiyorida so‘nggi yillarda A Seriyaning eng yaxshi darvozabonlaridan biri sifatida o‘zini ko‘rsatgan Ivan Provedel bor. Qolaversa, Provedel bolaligidan «Inter» muxlisi.

Xosepning ketma-ket xatolaridan so‘ng, menimcha, uni hech bo‘lmaganda 3–4 o‘yinga zaxirada qoldirib, Provedelga imkoniyat berish kerak.

O‘ylashimcha, bu qaror nafaqat jamoaga, balki Xosepning o‘ziga ham foyda keltiradi. Ba’zan futbolchiga bosimdan biroz uzoqlashib, o‘ziga bo‘lgan ishonchni qayta tiklash uchun ham tanaffus kerak bo‘ladi.


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💯17👍62
INTER ZONE | UZB 🇺🇿
📊🧤| Yann Zommer kecha «Inter»ga qarshi o‘yinda 9 ta seyv amalga oshirdi. • 🔝 Bu Chempionlar ligasining joriy mavsumida hozircha qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkichdir. ⚽️ INTER ZONE | UZB
💔 | «Inter»ga qarshi o‘yindan so‘ng Yann Sommer 2026-yil boshida turmush o‘rtog‘i Alina bilan ajrashganini ma’lum qildi.

Balki Sommerning «Inter»dagi so‘nggi davrida yo‘l qo‘ygan xatolariga shaxsiy hayotidagi ayrim qiyinchiliklar ham ta’sir qilgandir…

Futbolchilar ham, avvalo, inson. Maydondagi o‘yiniga baho berayotganimizda, ularning maydon tashqarisida qanday sinovlarni boshdan kechirayotganini har doim ham bilavermaymiz.


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💔16💯5😁2⚡1❤1👍1
🏆 | Chempionlar ligasining 2-turidan keyingi turnir jadvali.

📊 «Inter» hozircha 29-o‘rinda bormoqda.


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👎8❤1👏1😁1
INTER ZONE | UZB 🇺🇿
🏆 | Chempionlar ligasining 2-turidan keyingi turnir jadvali. 📊 «Inter» hozircha 29-o‘rinda bormoqda. ⚽️ INTER ZONE | UZB
🏆 | Chempionlar ligasida g‘olib chiqish ehtimollari.

• 📉 Dastlabki ikki turdan so‘ng «Inter»ning musobaqada g‘olib chiqish imkoniyatlari sezilarli darajada pasaytirildi.


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🥴3⚡1❤1
‼️🇶🇦 | Qatarliklar «Inter» aksiyalarini sotib olishga qiziqish bildirmoqda!

Al Tani oilasiga aloqador Qatar investitsiya jamg‘armasi «Inter» aksiyalarining bir qismini sotib olish maqsadida Oaktree bilan muzokara boshlashga qiziqish bildirmoqda.

Qatar amirlari dastlab klubning ozchilik ulushiga ega bo‘lishni rejalashtirmoqda. Amerika tomoni esa hozircha bu masalaga izoh berishdan bosh tortgan.

«Inter»ning moliyaviy ahvoli sezilarli darajada yaxshilangan. Shuningdek, yangi stadion loyihasi kelajakda klub qiymatining yanada oshishiga xizmat qilishi mumkin.

📰 Il Messaggero


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
14🙏4⚡2👎1
INTER ZONE | UZB 🇺🇿
‼️🇶🇦 | Qatarliklar «Inter» aksiyalarini sotib olishga qiziqish bildirmoqda! Al Tani oilasiga aloqador Qatar investitsiya jamg‘armasi «Inter» aksiyalarining bir qismini sotib olish maqsadida Oaktree bilan muzokara boshlashga qiziqish bildirmoqda. Qatar amirlari…
⚡️📰 Il Messaggero:

Yoz davomida turli investitsiya jamg‘armalari va badavlat oilalarning investitsiya kompaniyalari tomonidan «Inter»ga qiziqish bildirilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Ammo Italiya va xorijdan bo‘lgan bu qiziqishlarning hech biri jiddiy muzokaralarga aylanmagan.

Endilikda Al Tani oilasining maydonga chiqishi vaziyatni o‘zgartirishi mumkin.

Qatardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Al Tani oilasi a’zolaridan biri «Inter»ning ashaddiy muxlisi xisoblanadi.

“U har safar imkon topishi bilan Milanga uchib kelib, «San-Siro» tribunalaridan «Inter» o‘yinlarini tomosha qiladi”, — deydi manbalardan biri.


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17❤1
🆕 | Rasman: Lautaro Martines jarohat oldi!

❌ Tibbiy tekshiruvlar natijasida «Inter» sardorining chap soni orqa qismidagi mushaklarda zo‘riqish aniqlangan. Lautaro quyidagi uchrashuvlarni aniq o‘tkazib yuboradi:

🔘17-oktabr — «Bolonya»
🔘21-oktabr — «Shaxtyor»
🔘25-oktabr — «Fiorentina»

⚽️ 28-oktabr kuni «Venetsiya»ga qarshi o‘yinda maydonga qaytishi mumkin. Biroq asosiy maqsad — 31-oktabr kuni «AC Milan»ga qarshi derbiga tayyor bo‘lish.


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💔6🙉6
INTER ZONE | UZB 🇺🇿
🆕 | Rasman: Lautaro Martines jarohat oldi! ❌ Tibbiy tekshiruvlar natijasida «Inter» sardorining chap soni orqa qismidagi mushaklarda zo‘riqish aniqlangan. Lautaro quyidagi uchrashuvlarni aniq o‘tkazib yuboradi: 🔘17-oktabr — «Bolonya» 🔘21-oktabr — «Shaxtyor»…
❌📰 | Lautaro Martinesning maydonga qaytishi kechikadi!

☝️ So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, «Inter» sardori faqat noyabrdagi terma jamoalar tanaffusidan so‘ng safga qaytadi.

❌ Demak, Lautaro 31-oktabr kuni «AC Milan»ga qarshi derbini ham o‘tkazib yuboradi.


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💔6
INTER ZONE | UZB 🇺🇿
❌📰 | Lautaro Martinesning maydonga qaytishi kechikadi! ☝️ So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, «Inter» sardori faqat noyabrdagi terma jamoalar tanaffusidan so‘ng safga qaytadi. ❌ Demak, Lautaro 31-oktabr kuni «AC Milan»ga qarshi derbini ham o‘tkazib yuboradi. …
💬 | Hujumda yetakchimizsiz qolgan ekanmiz, hech bo‘lmaganda darvozada ishonchlilikni ta’minlashimiz kerak.

❗️Keyingi o‘yindanoq darvozada Martines o‘rniga Ivan Provedel maydonga tushishi kerak.


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💯23😁3⚡2👍1
INTER ZONE | UZB 🇺🇿
❌📰 | Lautaro Martinesning maydonga qaytishi kechikadi! ☝️ So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, «Inter» sardori faqat noyabrdagi terma jamoalar tanaffusidan so‘ng safga qaytadi. ❌ Demak, Lautaro 31-oktabr kuni «AC Milan»ga qarshi derbini ham o‘tkazib yuboradi. …
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
☝️ | Ba’zan bir muammo o‘zi bilan birga yangi imkoniyatlarni ham olib keladi.

💪 Lautaroning jarohati «Inter» uchun jiddiy yo‘qotish. Ammo uning yo‘qligi Bonny uchun o‘zini ko‘rsatish yo‘lida katta imkoniyat yaratib beradi.

✊ Umid qilamizki, Bonny bu imkoniyatdan unumli foydalanib, o‘zini eng yaxshi tomondan ko‘rsata oladi.


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💯16👍1
⚽️ | Chempionlar ligasining 2-turida eng ko‘p tomoshabin yig‘gan klub — «Inter».

«Juzeppe Meatssa» stadionidagi uchrashuvni tomosha qilish uchun 73 859 nafar muxlis tashrif buyurdi.


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏3
🏹📊 | «Bryugge»ga qarshi uchrashuvda Lautaro raqib darvozasi tomon 12 marta zarba yo‘lladi.

Bu Chempionlar ligasida yangi liga bosqichi formati joriy etilganidan buyon bir futbolchi tomonidan bitta o‘yinda qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkichdir!


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁108👍3👏2❤1💯1
INTER ZONE | UZB 🇺🇿
✅ | Qatarlik investorlarning «Inter»ga bo‘lgan qiziqishini Calcio e Finanza nashri ham tasdiqladi. ⚽️ INTER ZONE | UZB
🇶🇦 | «Inter»ga qiziqish bildirayotgan qatarlik milliarder Hamad bin Jassim bin Jaber Al Tani (HBJ) Milan shahrining doimiy mehmonlaridan biri. Uning oilasining bir qismi ham shu yerda istiqomat qiladi.

🏢 Joriy yilning aprel oyida unga tegishli Al Mirqab investitsiya kompaniyasi Fransiyaning Kering guruhidan Milandagi nufuzli Monte Napoleone ko‘chasi, 8-uyda joylashgan binoning 80 foiz ulushini 1,1 milliard yevroga sotib olgan.

🏠 Bir necha oy o‘tib esa HBJ Berluskoni oilasidan mashhur Villa Certosa qarorgohini taxminan 350 million yevroga xarid qilgan.

💸 Demak, qatarlik investorning Italiyadagi ushbu ikki yirik xaridlarining umumiy qiymati qariyb 1,45 milliard yevroni tashkil etadi.

📰 | Corriere della Sera


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14🙏4❤2
🏥 | «Inter»ning jarohatlangan futbolchilari haqida so‘nggi ma’lumotlar.

🔘Jon Stounz yana kamida ikki hafta maydonga tusha olmaydi.

🔘 Kertis Jons va Lautaro Martinesning tiklanish muddatlari deyarli bir xil. Har ikkisi ham noyabr oyidagi terma jamoalar tanaffusidan so‘ng maydonga qaytishi kutilmoqda.

☝️Biroq Kertis Jons Lautaroga qaraganda bir necha kun oldin umumiy guruh mashg‘ulotlariga qo‘shilishi mumkin.

✍️ | Pasquale Guarro


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💔5😁1
⚽️ | Ertangi o‘yin uchun «Inter»ning kutilayotgan asosiy tarkibi.

🤞 Asosiy tarkib rasman e’lon qilinguncha Ivan Provedel va Pavardning ismlarini boshlang‘ich tarkibda kutamiz…


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6👎2💯1🗿1
⚡️ | Xosep Martinesning o‘yini klub rahbariyatini to‘liq qoniqtirmayapti. Shu sababli «Inter» kelasi mavsum uchun «Udineze» darvozaboni Maduka Okoyeni transfer qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

💸 «Udineze» o‘z darvozabonini 20 million yevroga baholamoqda.


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👀 | “Inter”dan beshta gol qabul qilib olgan “Udineze” posboni Okoye Maduka “Inter” bilan o’yin to’g’risida vlog olib, o’z sahifasiga joylabti :)


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁6👍1
INTER ZONE | UZB 🇺🇿
⚽️ | Ertangi o‘yin uchun «Inter»ning kutilayotgan asosiy tarkibi. 🤞 Asosiy tarkib rasman e’lon qilinguncha Ivan Provedel va Pavardning ismlarini boshlang‘ich tarkibda kutamiz… ⚽️ INTER ZONE | UZB
🎙 | Kristian Kivu «Bolonya»ga qarshi o‘yin oldidan matbuot anjumanida:

🇧🇪 «Bryugge»ga qarshi mag‘lubiyat haqida:

Bu boshqa musobaqa. To‘rt kundan keyin yana o‘ynaymiz. Maydonga tushgan futbolchilarda tiklanish uchun ikki kun bo‘ldi. Bugun yaxshi mashg‘ulot o‘tkazdik.

Mag‘lubiyat uchun javobgarlikni o‘z zimmamizga olamiz. Ayniqsa, so‘nggi 30 daqiqada nimalar ishlamaganini tushunishimiz kerak. Ammo dastlabki 60 daqiqadagi yaxshi o‘yinimizni ham unutmasligimiz lozim.

Ko‘plab vaziyatlar yaratdik. Lautaro va Dimarkoda ikkita ajoyib imkoniyat bo‘ldi. Biroq ikkinchi golni o‘tkazib yuborganimizdan keyin hammasi izdan chiqdi.

O‘zimizga achinib o‘tirmasdan, bunga munosib javob qaytarishimiz kerak.


🔄 O‘zgarishlar haqida:

O‘zgarishlar birinchi navbatda mendan boshlanishi kerak. Asosiy javobgar — men. Jamoani qanday tayyorlash va futbolchilarni qanday holatda maydonga tushirishni to‘g‘ri baholashim kerak.

Menda ajoyib jamoa bor. Futbolchilar doimo talablarimni bajarishga intilishadi. Biz birdamlikni tiklashimiz va o‘yin davomida qiyinchiliklarga duch kelganimizda tushkunlikka tushmasligimiz kerak.


🏆 Chempionlar ligasidagi vaziyat haqida:

Vaziyatni fojiaga aylantirmasligimiz kerak. Albatta, bu mag‘lubiyat og‘riqli, chunki umidlarimiz katta edi.

Raqibga hurmatni saqlagan holda aytaman, bu o‘yinda g‘alaba qozonishimiz mumkin edi. Ammo ruhiy jihatdan pasayganimizda, tartibli harakat qilish o‘rniga hissiyotga berildik.

Biz o‘z kuchimizni va Chempionlar ligasida nimaga erishmoqchi ekanimizni yaxshi bilamiz. Bu mag‘lubiyat katta shov-shuvga sabab bo‘lsa-da, uni alohida bir muvaffaqiyatsizlik sifatida qabul qilamiz.


🛡 Himoyadagi muammolar haqida:

Himoyada barcha futbolchilar bir xil fikrlashi va bir maqsad yo‘lida harakat qilishi kerak. 11 futbolchining barchasi bir yo‘nalishda ishlashi shart.

Pressingni har kim o‘zicha amalga oshira olmaydi. Jamoaviy harakat, yugurish, birdamlik, energiya va maydondagi muloqotni yaxshilashimiz kerak.

Bu yerda ham birinchi navbatda men mas’ulman. Futbolchilarga vazifalarni yaxshiroq tushuntirishim kerak.


🚑 Lautaro Martines haqida:

Men shifokor emasman. Menga aytilishicha, uning tiklanish muddati terma jamoalar tanaffusidan keyingi davrga to‘g‘ri keladi.

Lautaro bilan ham, Lautarosiz ham odatdagi futbolimizni namoyish qilishimiz kerak. Jamoamizda yetakchilar ko‘p.


🔥 Bonny haqida:

Bonny mavsum boshidan meni hayratda qoldirmoqda. Har safar zaxiradan maydonga tushganida o‘zining yuqori saviyasini ko‘rsatdi.

Bizning ixtiyorimizda ajoyib hujumchi bor. Uning imkoniyatlarini juda yaxshi bilamiz. Asosiy tarkibda o‘ynash vaqti ham keladi.

Uning jamoaga berayotgan foydasidan juda mamnunmiz.


🧤 Darvozabonlar haqida:

Xosep Martines o‘ynashi kerakmi yoki aks holda o‘ziga bo‘lgan ishonchini yo‘qotadimi?

Provedel mening to‘liq ishonchim va hurmatimga ega. U bu mavsumda jamoamizga katta yordam beradi.


🔴 «Bolonya» haqida:

Palladino jamoani boshqarayotganiga bir oy bo‘ldi. U taktik sxemani o‘zgartirdi, jamoaga yangi uslub olib kirdi.

«Bolonya» yaxshi tashkil etilgan, tezkor va shiddatli jamoa. Agar yakkakurashlarda g‘alaba qozonmasangiz va yetarlicha yugurmasangiz, jiddiy muammolarga duch kelasiz.



⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3👍1