INTER ZONE | UZB 🇺🇿
Azob ekan-ku bu, aaa… 😂
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁23 5💯3
INTER ZONE | UZB 🇺🇿
O‘yin biz kutgandek kechmadi. Raqibning yaxshi o‘ynaganini tan olish kerak, ammo biz ham o‘z ustimizda ishlashimiz shart.
Chempionlar ligasida 4 ta gol o‘tkazib yuborish — mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydigan holat. Bu seni sindirib qo‘yadi.
«Shaxtyor»ga qarshi uchrashuvda o‘zimizni tiklab, munosib javob qaytarishimiz kerakmi? Albatta, ha!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4❤1
INTER ZONE | UZB 🇺🇿
⚽️ Uchrashuv haqida:
Birinchi bo‘limni yaxshi o‘tkazdik. Har ikki jamoa ham yuqori shiddatda o‘ynadi. Keyin burchak zarbasidan so‘ng raqibning qarshi hujumida gol o‘tkazib yubordik.
Ikkinchi bo‘limni ham yaxshi boshladik, ikkita juda qulay imkoniyatga ega bo‘ldik. Ammo ulardan foydalana olmaganimiz bizni asabiylashtirdi. Shoshqaloqlik tufayli maydondagi tartib va muvozanatni yo‘qotdik.
Ikkinchi golni o‘tkazib yuborganimizdan keyin hammasi izdan chiqdi. Sovuqqonlikni saqlab, o‘yin rejamizga amal qila olmadik.
🛡 O‘tkazib yuborilgan 14 ta gol haqida:
Bu meni xavotirga soladimi? Albatta, ha. Ayniqsa, Chempionlar ligasidagi ayrim jihatlarni qayta ko‘rib chiqishimiz kerak.
Bu musobaqada hisobda ortda qolsangiz, vaziyatni o‘zgartirish juda qiyin. Chunki raqiblarning tezligi va texnik saviyasi yuqori.
Biz maydondagi muvozanat va futbolchilar orasidagi masofani to‘g‘ri saqlash ustida ishlashimiz kerak.
📉 Chempionlar ligasidagi muvaffaqiyatsizliklar haqida:
Muammolarimizni yaxshi bilamiz. Ayrim kamchiliklar anchadan beri davom etmoqda.
Birinchi navbatda, mas’uliyatni o‘z zimmamga olaman. Ba’zi uchrashuvlarda jamoaning to‘g‘ri muvozanatini topa olmayapman.
Bu ikki mag‘lubiyat bizga qattiq ta’sir qildi. Hammamiz boshqacha natija kutgandik. Faqat Dortmundda g‘alaba qozondik.
Taktik va ruhiy jihatdan juda ko‘p ishlashimiz kerak. Buning uchun birinchi navbatda men javobgarman.
🧠 Taktik xatolar haqida:
Ikkinchi bo‘limda foydalanilmagan imkoniyatlardan so‘ng futbolchilarimiz haddan tashqari asabiylashib ketdi.
Hamma oldinga intildi, ammo ortga qaytishni unutdi. Noto‘g‘ri joylarda bosim o‘tkazdik, futbolchilar orasidagi masofa kattalashdi. Doimo kechikib harakat qildik.
Chempionlar ligasida bunday xatolar juda qimmatga tushadi.
Balki uchrashuvga tayyorgarlikni yaxshiroq tashkil qilishim mumkin edi. Tanaffusda futbolchilarga ortiqcha ruhiy bosim berish o‘rniga, ko‘proq xotirjamlik singdirishim kerak edi.
Bu musobaqada muvozanat va yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanish nihoyatda muhim. Balki o‘yinimizda ayrim narsalarni o‘zgartirishimiz kerakdir.
😤 Lautaro va Dimarkoning imkoniyatlari haqida:
Lautaro va Dimarko qulay vaziyatlardan foydalana olmaganidan keyin shoshqaloqlikka berildik.
Keraksiz joylarda raqibga bosim qilishga urindik. Ikkinchi golni o‘tkazib yuborganimizdan so‘ng esa asabiylik va alam tufayli o‘yinga qayta olmadik.
🏆 Nega Italiyada ustunlik qilyapmiz, ammo Yevropada yo‘q?
Bunga aniq javobim yo‘q. Chempionlar ligasida 7 ta uchrashuvda mag‘lub bo‘lganimizni yaxshi bilamiz.
Bu musobaqada raqiblarning texnik mahorati va o‘yin shiddati juda yuqori.
Oldinda yana 6 ta uchrashuv bor. Bor kuchimizni ishga solib, so‘nggi bir yildagi salbiy natijalarni o‘zgartirishga harakat qilamiz.
🔥 Kambeklar va jamoaning ruhiy holati haqida:
Jahl va qat’iyatsiz hisobni o‘zgartirib bo‘lmaydi. Siz «Napoli»ga qarshi o‘yinni eslatdingiz.
Ammo biz voqealarga javob qaytaradigan emas, o‘yinni o‘zi boshqaradigan jamoa bo‘lishni istaymiz.
Futbolchilarda kurashish istagi hech qachon yo‘qolmagan. Bugun esa haddan tashqari shoshildik.
Chempionlar ligasida raqiblar juda kuchli. Hatto eng kichik xatoingiz uchun ham sizni jazolashadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3❤1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8❤2
INTER ZONE | UZB 🇺🇿
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👎10👍1
INTER ZONE | UZB 🇺🇿
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👌3👍1
«Inter» Chempionlar ligasida g‘olib chiqishga qodir.
Kivu bu vazifani uddalay oladi. U hali katta ishlarga qodirligini ko‘rsatadi.
Bir o‘yinda mag‘lub bo‘lish mumkin. Muammo shundaki, Italiyada mag‘lubiyatdan keyin hamma narsa haddan tashqari bo‘rttirib yuboriladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💯10🗿5👍3❤2🔥1 1
INTER ZONE | UZB 🇺🇿
•
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15👏3🥴3😡2
INTER ZONE | UZB 🇺🇿
Kecha «Inter»ning mag‘lubiyatidan keyin negadir shu ibora yodimga tushdi. 😁
Anchadan beri iniga kirib, jim yotganlar yana bosh ko‘tarib chiqishibdi. Ayniqsa, o‘z jamoasi Chempionlar ligasida oxirgi marta qachon o‘ynaganini eslay olmaydigan, yana qachon bu musobaqada maydonga tushishini ham bilmaydiganlarning «Inter» mag‘lubiyatidan bayram yasashi ularning darajasini ko’rsatadi.
Mayli, bir necha kun bo‘lsa ham xursand bo‘lib olinglar. O‘z jamoangiz sizlarni xursand qila olmayotgan bir paytda, «Inter»ning mag‘lubiyatini xuddi sovrin yutgandek nishonlayveringlar.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kivu go‘yo boshqa sayyorada yashayotgandek. Undan Provedel maydonga tushadimi, deb so‘rashganida, u jamoada darvoza chizig’i muammo emasdek mazmunda javob qaytardi. Aslida esa «Inter»da darvozabon bilan bog‘liq jiddiy muammo bor.
Chempionlar ligasida o‘ynab, bunday xatolarga yo‘l qo‘yish mumkin emas.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💯7👍3🥴3
INTER ZONE | UZB 🇺🇿
Xosepning ketma-ket xatolaridan so‘ng, menimcha, uni hech bo‘lmaganda 3–4 o‘yinga zaxirada qoldirib, Provedelga imkoniyat berish kerak.
O‘ylashimcha, bu qaror nafaqat jamoaga, balki Xosepning o‘ziga ham foyda keltiradi. Ba’zan futbolchiga bosimdan biroz uzoqlashib, o‘ziga bo‘lgan ishonchni qayta tiklash uchun ham tanaffus kerak bo‘ladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💯17👍6 2
INTER ZONE | UZB 🇺🇿
Balki Sommerning «Inter»dagi so‘nggi davrida yo‘l qo‘ygan xatolariga shaxsiy hayotidagi ayrim qiyinchiliklar ham ta’sir qilgandir…
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💔16💯5😁2⚡1❤1👍1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👎8❤1👏1😁1
INTER ZONE | UZB 🇺🇿
•
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🥴3⚡1❤1
Al Tani oilasiga aloqador Qatar investitsiya jamg‘armasi «Inter» aksiyalarining bir qismini sotib olish maqsadida Oaktree bilan muzokara boshlashga qiziqish bildirmoqda.
Qatar amirlari dastlab klubning ozchilik ulushiga ega bo‘lishni rejalashtirmoqda. Amerika tomoni esa hozircha bu masalaga izoh berishdan bosh tortgan.
«Inter»ning moliyaviy ahvoli sezilarli darajada yaxshilangan. Shuningdek, yangi stadion loyihasi kelajakda klub qiymatining yanada oshishiga xizmat qilishi mumkin.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
INTER ZONE | UZB 🇺🇿
Yoz davomida turli investitsiya jamg‘armalari va badavlat oilalarning investitsiya kompaniyalari tomonidan «Inter»ga qiziqish bildirilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Ammo Italiya va xorijdan bo‘lgan bu qiziqishlarning hech biri jiddiy muzokaralarga aylanmagan.
Endilikda Al Tani oilasining maydonga chiqishi vaziyatni o‘zgartirishi mumkin.
Qatardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Al Tani oilasi a’zolaridan biri «Inter»ning ashaddiy muxlisi xisoblanadi.
“U har safar imkon topishi bilan Milanga uchib kelib, «San-Siro» tribunalaridan «Inter» o‘yinlarini tomosha qiladi”, — deydi manbalardan biri.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17❤1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💔6🙉6
INTER ZONE | UZB 🇺🇿
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💔6
INTER ZONE | UZB 🇺🇿
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💯23😁3⚡2👍1
INTER ZONE | UZB 🇺🇿
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥12❤1👍1
INTER ZONE | UZB 🇺🇿
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💯16👍1