Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁11🔥4 3⚡2
Forwarded from 🇮🇹 Italiya Futboli | Italiya A Seriyasi
“Inter” bosh murabbiyi “Parma” ustidan qozonilgan yirik 3:0 hisobidagi g‘alabadan so‘ng jurnalistlar bilan muloqot qildi.
Kivu penalti ishlagan va Markus Tyuramning goliga sababchi bo‘lgan hujumda qatnashgan Pio Espozitoni alohida maqtadi.
Pio Espozito haqida: “Uning asosiy fazilati — saxovatlilik. Xudbinlik u uchun begona. U jamoa uchun mehnat qiladi, kontrpressingda yaxshi harakat qiladi va har doim yordamga tayyor. U hali yanada o‘sishi kerak, ammo jamoa uning qanchalik muhimligini allaqachon tushunib yetgan”.
Spens haqida: “Uning dastlabki 25 daqiqasidan zavqlanaylik. U jamoa bilan bor-yo‘g‘i bir haftadan beri mashg‘ulot o‘tkazmoqda, shuning uchun juda ko‘p narsa talab qilib bo‘lmaydi. Bugun “San-Siro” unga adrenalin bag‘ishladi va bu yordam beradi”.
Chalxano‘g‘lu haqida: “U bilan hammasi joyida. U sport formasini tiklab olishi uchun ajoyib bir soatni o‘tkazdi. Oldimizda turgan og‘ir bosqichda bizga barcha futbolchilar kerak bo‘ladi”.
Dimarko haqida: “U markazga ko‘chib o‘tishda erkin. Ba’zan hujumchi sifatida, ba’zan metsala sifatida o‘ynaydi. Bugun u hattoki o‘ng lateral pozitsiyasidan to‘pni uzatib berdi. Bizda zarurat tug‘ilganda to‘rt nafar himoyachi sxemasiga ham qayta qurila oladigan yetarlicha mahoratli futbolchilar bor”.
@calciouz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🤷♂2
🏆 Chempionlar ligasidagi maqsadlar haqida:
«Inter»dek buyuk klubning maqomi barcha sovrinlar uchun kurashishni talab qiladi. Ammo orzu qilish unga albatta erishamiz degani emas. Orzuni mas’uliyat va mehnatga aylantirish kerak.
Hech qanday pulga Chempionlar ligasi g‘olibligini sotib ololmaysiz. Buning tayyor retsepti ham yo‘q. Muhimi — tinimsiz mehnat qilish, katta orzu qilishga jur’at topish va unga erishish yo‘lida to‘g‘ri ishlash.🇹🇷 Hakan Chalxano‘g‘li haqida:
Hakan o‘zini yaxshi his qilmoqda. «Parma»ga qarshi o‘yindan keyin uning holati haqida berilgan savol meni hayron qoldirdi. U maydonni sog‘lom tark etgan, hech qanday muammosi bo‘lmagan.
🏴 Djed Spens haqida:
U bir hafta mashg‘ulot o‘tkazdi va «Parma»ga qarshi 25 daqiqa o‘ynadi. Jismoniy holati asta-sekin yaxshilanmoqda.
U kelganidan keyin muammolarga duch keldi va mavsumning birinchi oyini o‘tkazib yubordi. Endi undagi bosim va alam asta-sekin yo‘qolayotganidan xursandman. Shanba kungi 25 daqiqa uning o‘ziga bo‘lgan ishonchini sezilarli darajada oshirdi.
🇮🇹 Alessandro Bastoni haqida:
Bastoni boshidan kechirgan adolatsizlik va unga nisbatan bildirilgan munosabatlarga qaytishni istamayman.
Uning qanchalik kuchli futbolchi ekanini hamma biladi. Italiya safidagi ikki o‘yinda ham buni ko‘rsatdi. Aslida, Ale hech kimga hech narsani isbotlashi shart emas edi.
Terma jamoa futbolchilarini haddan tashqari erkalatish kerak demayman, ammo ularga g‘amxo‘rlik qilish lozim. Bastoni nafaqat «Inter», balki Italiya futbolining ham katta boyligi.
📈 Jamoaning rivojlanishi haqida:
Biz kuchaydik, ammo hech narsani oldindan kafolatlangan deb hisoblamaymiz. Hech bir raqibni mensimay olmaymiz.
Jamoada mas’uliyat, ustunlik qilish va futboldan zavqlanish istagiga asoslangan ruhiyat shakllandi. Lekin hali yaxshilashimiz kerak bo‘lgan jihatlar ko‘p.
Bizda yuqori saviyali futbolchilar bor. Bu mashg‘ulotlar sifatini ham, maqsadlarimizni ham oshiradi. «Inter» doimo katta maqsadlarni ko‘zlashi kerak.
⚽️ «Brugge»ga qarshi uchrashuv haqida:
Biz har bir o‘yinga alohida yondashamiz. Oldimizda yettita uchrashuv bor, ammo hozir faqat «Brugge» haqida o‘ylayapmiz.
Ertaga maqsadlari katta, hujumkor futbol o‘ynaydigan jamoaga qarshi maydonga tushamiz. Oson bo‘lmasligini yaxshi bilamiz.
🧤 Yann Zommer haqida:
Zommer uch yil davomida o‘zining professionalligi, jiddiyligi va «Inter»ga bo‘lgan hurmatini ko‘rsatdi.
Unga uch ajoyib yil uchun minnatdorlik bildirishimiz kerak. U sovrinlar yutdi va jamoaning Yevropadagi eng katta sahnalarga chiqishiga yordam berdi.
🧠 Yevropadagi o‘yin uslubi haqida:
Biz o‘z uslubimizni saqlab qolmoqchimiz. Albatta, raqib va o‘yindagi vaziyat ayrim qarorlarimizga ta’sir qiladi.
Madridda dastlabki 20 daqiqada deyarli ustunlik qildik. Keyin gol o‘tkazib yubordik va yondashuvimizni o‘zgartirishga majbur bo‘ldik.
Men futbolchilarimga jasorat va ishonch singdirmoqchiman. Ularga doimo hujumkor o‘ynashni aytib, keyin birdan himoyaga yotib, mo‘jiza kutishni buyurolmayman. Biz nimaga loyiq bo‘lsak, shuni olamiz.
🔄 Tarkib va zaxira futbolchilari haqida:
Men futbolchilarni asosiy va zaxira tarkib vakillariga ajratishni yoqtirmayman. Men uchun yagona jamoa bor.
Tanlovni futbolchilarning holati, mehnati, ruhiy tayyorgarligi va raqibga qarab amalga oshiraman.
Beshta almashtirish imkoniyati juda muhim. «Monza»ga qarshi o‘yinni zaxiradan tushganlar yordamida o‘zgartirdik. «Napoli»ga qarshi ham shunday bo‘ldi. Italiya kubogida «Komo»ga qarshi bahsda ham aynan almashtirishlar hisobni o‘zgartirishga yordam berdi.
Bizda bir-birining saviyasini oshiradigan raqobatbardosh futbolchilar guruhi bor.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
INTER ZONE | UZB 🇺🇿
🏆 Chempionlar ligasidagi maqsadlar haqida:
Maqsadimiz — kuchli sakkizlikka kirish. Buning uchun g‘alaba qozonishni boshlashimiz kerak va umid qilamanki, ertagayoq bunga erishamiz.
Rostini aytsam, o‘tgan mavsumdagi guruhimizni eslay olmayman. Ammo asosiy maqsadimiz — to‘g‘ridan-to‘g‘ri 1/8 finalga yo‘l olish.
G‘alabalarni boshlash uchun ayni vaqt. Ayniqsa, o‘z muxlislarimiz qarshisida.
⚫️🔵 Jamoaning hozirgi holati haqida:
Chempionatda atigi bitta o‘yinda durang o‘ynadik. O‘zimizga bo‘lgan ishonch juda yuqori.
Bizda ajoyib jamoa bor. Menimcha, tarkibimiz avvalgidan ham kengroq va kuchliroq. Barcha futbolchilarning yaxshi holatda bo‘lishi juda muhim.
Bu mavsum borasida juda katta umiddaman.
🏴 «Manchester City» bilan bog‘liq ish haqida:
Sobiq jamoadoshlarimning ayrimlari bilan aloqadaman, ammo hozir bor e’tiborim «Inter»ga qaratilgan.
Nima bo‘lishini bilmayman. Umid qilamanki, qo‘lga kiritgan sovrinlarimiz o‘zimizda qoladi. Albatta, bu men uchun eng muhim masala.
🧤 Yann Zommer haqida:
Zommer mening juda yaqin do‘stim. Ammo ertaga 90 daqiqa davomida do‘st bo‘lmaymiz. Albatta, uni mag‘lub etishga umid qilaman.
📈 Jamoaning rivojlanishi haqida:
O‘zimizni juda yaxshi his qilyapmiz, ammo hali xulosa chiqarishga erta.
Chempionlar ligasida imkon qadar uzoqqa borishni istaymiz. Italiyada esa o‘tgan mavsumdagi muvaffaqiyatlarni takrorlashga umid qilamiz. Chempionlar ligasida qanday natijaga erishishimizni vaqt ko‘rsatadi.
⚽️ «Brugge»ga qarshi uchrashuv haqida:
Maqsadimiz — «Brugge»ni mag‘lub etish. Ammo bu uchrashuvni kuchli sakkizlikka kirish uchun so‘nggi imkoniyat deb hisoblamayman.
Shunga qaramay, g‘alabalarni aynan ertadan boshlashni istaymiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡3👍2
⚫️🔵 Ertangi o’yin oldidan Bergomi va Di Canio «Inter»ning tarkibi va imkoniyatlari haqida fikr bildirdi.
🎙 | Juzeppe Bergomi:
🎙 | Paolo Di Canio:
⚽️ INTER ZONE | UZB
Agar ertaga Chempionlar ligasi finali bo‘lib o‘tsa, «Inter»ning asosiy tarkibi qanday bo‘lishini deyarli hammamiz bilamiz. Ammo Chivu mavsum davomida futbolchilarni muntazam almashtirib, ularga dam berishda davom etishi kerak.
Pio Espositoning jamoadagi maqomi o‘zgardi. U endi yoshgina iqtidor emas, balki Italiya terma jamoasining asosiy tarkib futbolchisi va «Inter» hujumidagi uchinchi teng huquqli asosiy o‘yinchi. Endi hatto Lautaro ham zaxirada qolishi mumkin.
Shuni ham unutmaylikki, uch nafar angliyalik futbolchi hali jamoaga o‘z hissasini to‘liq qo‘shgani yo‘q. Hozircha asosan o‘tgan mavsumdagi futbolchilar maydonga tushmoqda. Ular bir yoshga ulg‘aygan bo‘lsa-da, juda yaxshi o‘ynashyapti.
Ammo bu mavsumda tarkibdagi almashinuvlar avvalgidan ham ko‘proq bo‘lishi kerak.
O‘yinning ayrim vaziyatlarida nazoratni qo‘lga olish uchun Diuf juda foydali futbolchi. U raqibga qarab dadil harakat qiladi, yo‘nalishni keskin o‘zgartiradi, chap oyog‘idan foydalanib markazga yorib kiradi.
Bundan tashqari, Spens va Kertis Jons hali o‘z imkoniyatlarini ko‘rsatgani yo‘q. Jons to‘p yo‘qotilgandan keyin darhol pressing qilib, uni tezda qaytarib olishga juda mos yarim himoyachi.
Spens esa jismonan nihoyatda kuchli futbolchi. Agar o‘z o‘yinini biroz tartibga solsa, katta natijalarga erishishi mumkin. «Tottenhem»da u ancha tartibsiz, erkin futbol o‘ynardi.
Jismoniy imkoniyatlari va texnikasi tufayli u «Inter»ning muhim futbolchisiga aylanishi mumkin. Ammo hal qiluvchi vaziyatlarda ba’zan o‘yindan uzilib qolgandek taassurot qoldiradi.
«Inter»da esa u o‘sishi mumkin. Chunki bu yerda ishlar juda yaxshi yo‘lga qo‘yilgan, hamma aniq vazifalarni bajaradi.
Bu faqat Chivuning uslubi emas, avvalo «Inter»ning o‘ziga xos ish tizimi. Agar shunday muhitda ham rivojlana olmasang, unda qayerda rivojlanasan?
«Inter»ning tarkibi juda boy, kuchli va deyarli barcha pozitsiyalarda yetarlicha imkoniyatga ega.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5⚡1
INTER ZONE | UZB 🇺🇿
⚫️🔵 Ertangi o’yin oldidan Bergomi va Di Canio «Inter»ning tarkibi va imkoniyatlari haqida fikr bildirdi. 🎙 | Juzeppe Bergomi: Agar ertaga Chempionlar ligasi finali bo‘lib o‘tsa, «Inter»ning asosiy tarkibi qanday bo‘lishini deyarli hammamiz bilamiz. Ammo…
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7💯5❤2 2
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5👏5
INTER ZONE | UZB 🇺🇿
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5👍4⚡3🔥2🤯1 1
Klubning 2025/26-yilgi moliyaviy hisoboti tasdiqlandi.
📊 Asosiy ko‘rsatkichlar:
• 💰 Daromad — 518 mln yevro
• 📈 Sof foyda — 22,7 mln yevro
• 💵 Sof kapital — 10,4 mln yevro
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12❤1
INTER ZONE | UZB 🇺🇿
Mavsum davomida Italiyada uchinchi bor chempionat va mamlakat kubogida g‘olib chiqib, ikkita sovrinni qo‘lga kiritdik. Maydondan tashqarida esa klub moliyaviy jihatdan yanada mustahkamlandi.
Oaktree yangi mulkdor sifatida kelganidan so‘ng moliyaviy sog‘lomlashtirish jarayoni tezlashdi.
Daromadimiz yana 500 million yevrodan oshdi, moliyaviy yilni sof foyda bilan yakunladik. Moliyaviy xarajatlar kamaydi va klub kapitali uzoq vaqtdan so‘ng yana ijobiy ko‘rsatkichga qaytdi.
Biz sportdagi raqobatbardoshlik va moliyaviy barqarorlik o‘rtasidagi muvozanatni saqlashda davom etamiz.
Tez orada Milandagi yangi stadionimiz loyihasini barchangizga taqdim etamiz. Bu stadion shaharning yangi ramziga, sport va jamoatchilik hayotining muhim markaziga aylanadi.
Eng muhimi, o‘z stadionimizga ega bo‘lish daromadlarimizni oshirish va Yevropaning eng kuchli klublari bilan moliyaviy tafovutni qisqartirish imkonini beradi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏8👍4❤1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6❤2
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7😁2 2🔥1
•
• 🆚 “Brugge”
•
•
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13 2
INTER ZONE | UZB 🇺🇿
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8
INTER ZONE | UZB 🇺🇿
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏16🥴2👍1
INTER ZONE | UZB 🇺🇿
🆚 Shu tariqa, “Inter”ning Belgiya jamoalariga qarshi uy uchrashuvlaridagi ko‘rsatkichi:
•
•
•
•
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10
Espositolar orasida men uchun eng kuchlisi — Salvatore. U Sebastiano va Piodan kuchliroq.
Bir safar Lorenzo Insigne menga qo‘ng‘iroq qilganida, kiyinish xonasida Salvatore bilan birga edi. Men unga ochiq aytdim: nazarimda, u uch aka-uka ichida eng kuchlisi, ammo bir necha kilo vazn tashlashi va o‘ziga kelishi kerak.
Salvatoreda yuqori sifatlar bor, lekin u dangasa, yugurishni yoqtirmaydi. Agar jiddiy ishlashga qaror qilib, meni tinglasa, ancha yuqori darajaga chiqishi mumkin. Mancini ham uni bejiz terma jamoaga chaqirmagan.
Pio va Sebastiano esa menda hech qanday taassurot qoldirmaydi. Rostini aytsam, uchalasi orasida eng kuchsiz deb aynan Pioni hisoblayman. Menimcha, u eng zaifi.
Gonçalo Ramos gol ura olmayapti? Bunda faqat uning o‘zini ayblab bo‘lmaydi — hammasi ham futbolchiga bog‘liq emas. Masalan, agar u “Inter”da o‘ynaganida, bir mavsumda kamida 30 ta gol urgan bo‘lardi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁11🤯3 3👍1