Bu yerga qaytganimdan juda xursandman. O‘tgan voqealar ortda qoldi, ammo men doimo qaytishni istaganman.
Mavsumoldi tayyorgarlik davomida bor kuchimni berdim. Murabbiy menga imkoniyat berganida esa tayyor ekanimni ko‘rsatdim.
Eng muhimi — «Inter»ning manfaatlari, o‘yinlarda g‘alaba qozonish va sovrinlarni qo‘lga kiritish.
Bu yerda ekanimdan juda baxtiyorman. Turmush o‘rtog‘im va qizim ham xursand. Milanda ekanimdan juda mamnunman.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8⚡1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
«Inter»dagi ilk o‘yinimda «Verona»ga qarshi maydonga tushishimiz kerak edi. Bu men va afsonaviy Ronaldoning birga o‘ynaydigan birinchi uchrashuvimiz edi.
O‘yin soat 15:00 da boshlanishi kerak edi. Biz stadionga 13:30 da yetib keldik. Kiyinish xonasi oldida kichik bir eshik bor edi. Undan o‘tsangiz, derazali xonaga kirardingiz.
Men o‘sha xonaga kirib, derazalardan birini ochdim. Qarshimda 85 ming muxlis tinimsiz: “El Fenomeno! El Fenomeno!” deb hayqirardi.
O‘sha manzarani eslasam, hozir ham etim jimirlab ketadi.
Soat 14:25 da maydonga chigalyozdi mashqlarini bajarish uchun chiqdik. Buni xuddi kechagidek eslayman. Hali o‘yin boshlanmagan, biz shunchaki qizish mashqlarini bajarayotgan edik, ammo 85 ming muxlis oyoqqa turib olgandi.
O‘zimga: “Bu yerda nimalar bo‘lyapti? Bu qanday joy? Men qayerga kelib qoldim o‘zi?!” dedim.
Ronaldo to‘pga tegishi bilan stadion larzaga kelardi. Uning to‘p bilan qilgan harakatlarini ko‘rib, aqldan ozay derding.
Uning mahorati va texnikasi aqlbovar qilmas darajada edi. Mashg‘ulotlarda Ronaldo to‘p ustidan oyoqlarini aylantirib fint qilganida, kulib yuborardim. Chunki umrimda bunaqasini ko‘rmagandim.
Dunyoning eng buyuk futbolchilari uning qarshisida xuddi qo‘g‘irchoqlardek yiqilib qolishardi.
Ronaldo shu darajada mohir futbolchi edi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍18🔥1
• 14:00 — «Inter»ning o‘yinoldi so‘nggi mashg‘uloti.
• 17:30 — Kristian Kivu va jamoa futbolchilaridan biri ishtirokida matbuot anjumani.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5❤2
Forwarded from 🇮🇹 Italiya Futboli | Italiya A Seriyasi
Italiya yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Silvio Baldini “Inter” hujumchisi Franchesko Pio Espozito agar asosiy terma jamoaga jalb etilmasa, 2027-yil yozida bo‘lib o‘tadigan 21 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Yevropa chempionatida o‘ynashga tayyorligini aytdi.
“Men hozir yonimda bo‘lib turgan yigitlarni saqlab qolaman. Bizga qo‘shilishga tayyorligini bildirishga ulgurgan yagona futbolchi — Pio Espozito, agar u asosiy terma jamoada juda band bo‘lib qolmasa.
Iyun oyida xayrlashayotganimizda, u ikki yil oldingi avvalgi turnirni o‘tkazib yuborgani uchun Yevropa chempionatida o‘ynamoqchi ekanligini aytdi. Umid qilamizki, hech qanday to‘siqlar yuzaga kelmaydi va uni bizning ixtiyorimizga qo‘yib yuborishadi”.
Italiya yoshlar terma jamoasi saralashning hal qiluvchi o‘yinida Polshani 6:2 hisobida tor-mor etib, guruhda birinchi o‘rinni egalladi va Yevro-2027 musobaqasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma oldi.
Pio Espozito hisobida Italiya U-21 terma jamoasi safida 11 ta o‘yinda 7 ta gol bor, biroq u oxirgi marta yoshlar terma jamoasida deyarli ikki yil oldin — 2024-yil noyabr oyida Ukrainaga qarshi o‘yinda maydonga tushgan va o‘shanda ham gol urishga erishgan edi.
Asosiy terma jamoaga o‘tgandan so‘ng hujumchi 13 ta o‘yinda 7 ta gol urishga ulgurdi.
@calciouz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8🔥1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁17👎5👍3
INTER ZONE | UZB 🇺🇿
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁28👍6👎3
INTER ZONE | UZB 🇺🇿
• 1. Joriy mavsumda ilk bor A Seriya uchrashuvi nursiz durang natija bilan yakunlandi. «Komo» – «Roma» uchrashuvi 0:0 hisobida tugadi.
• 2. «Inter» esa joriy mavsumda ilk marotaba turni musobaqa peshqadami sifatida yakunlaydi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
INTER ZONE | UZB 🇺🇿
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7
INTER ZONE | UZB 🇺🇿
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13🔥6👏4
INTER ZONE | UZB 🇺🇿
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10🔥2
INTER ZONE | UZB 🇺🇿
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10🔥4🙏4💯1
INTER ZONE | UZB 🇺🇿
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁15💯7 6❤2⚡1
Bu o‘yinga Simone Inzagining «Inter»ini o‘rganish orqali tayyorlandim.
So‘nggi yillarda Gasperiniga eng ko‘p qiyinchilik tug‘dirgan murabbiy aynan Inzagi bo‘lgan. Bunga uning jamoasi qo‘llagan o‘yin uslubi sabab edi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13
Jamol Bobo
Сиз қайси жамоага мухлислик қиласиз?
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁10💯6 4👍2❤1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏7👍4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Masalan, X tarmog‘idagi “F.C. InterData” sahifasi orqali “Inter”ga oid turli statistikalar va raqamlarni muntazam olish mumkin.
Ushbu sahifa ortida kim turganini bilmayman, ammo loyiha shu darajada rivojlandiki, endi faqat “Inter” statistikalariga bag‘ishlangan alohida veb-sayt ham ishga tushurish yo’lga qo’yilmoqda.
Statistikani yoqtirsangiz, ulanib qo‘ysangiz zarar qilmaydi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘yindan so‘ng “Parma” futbolchilari bilan gaplashdim. Ular “Inter”ning kuchidan hayratda qolishganini aytishdi.
Ularning so‘zlariga ko‘ra, “Inter” avval ham kuchli jamoa edi, ammo bu mavsumdagi “Inter” oldingisidan ham sezilarli darajada kuchliroq ko‘rinmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💯8 7👍3⚡1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁11🔥4 3⚡2
Forwarded from 🇮🇹 Italiya Futboli | Italiya A Seriyasi
“Inter” bosh murabbiyi “Parma” ustidan qozonilgan yirik 3:0 hisobidagi g‘alabadan so‘ng jurnalistlar bilan muloqot qildi.
Kivu penalti ishlagan va Markus Tyuramning goliga sababchi bo‘lgan hujumda qatnashgan Pio Espozitoni alohida maqtadi.
Pio Espozito haqida: “Uning asosiy fazilati — saxovatlilik. Xudbinlik u uchun begona. U jamoa uchun mehnat qiladi, kontrpressingda yaxshi harakat qiladi va har doim yordamga tayyor. U hali yanada o‘sishi kerak, ammo jamoa uning qanchalik muhimligini allaqachon tushunib yetgan”.
Spens haqida: “Uning dastlabki 25 daqiqasidan zavqlanaylik. U jamoa bilan bor-yo‘g‘i bir haftadan beri mashg‘ulot o‘tkazmoqda, shuning uchun juda ko‘p narsa talab qilib bo‘lmaydi. Bugun “San-Siro” unga adrenalin bag‘ishladi va bu yordam beradi”.
Chalxano‘g‘lu haqida: “U bilan hammasi joyida. U sport formasini tiklab olishi uchun ajoyib bir soatni o‘tkazdi. Oldimizda turgan og‘ir bosqichda bizga barcha futbolchilar kerak bo‘ladi”.
Dimarko haqida: “U markazga ko‘chib o‘tishda erkin. Ba’zan hujumchi sifatida, ba’zan metsala sifatida o‘ynaydi. Bugun u hattoki o‘ng lateral pozitsiyasidan to‘pni uzatib berdi. Bizda zarurat tug‘ilganda to‘rt nafar himoyachi sxemasiga ham qayta qurila oladigan yetarlicha mahoratli futbolchilar bor”.
@calciouz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🤷♂2
🏆 Chempionlar ligasidagi maqsadlar haqida:
«Inter»dek buyuk klubning maqomi barcha sovrinlar uchun kurashishni talab qiladi. Ammo orzu qilish unga albatta erishamiz degani emas. Orzuni mas’uliyat va mehnatga aylantirish kerak.
Hech qanday pulga Chempionlar ligasi g‘olibligini sotib ololmaysiz. Buning tayyor retsepti ham yo‘q. Muhimi — tinimsiz mehnat qilish, katta orzu qilishga jur’at topish va unga erishish yo‘lida to‘g‘ri ishlash.🇹🇷 Hakan Chalxano‘g‘li haqida:
Hakan o‘zini yaxshi his qilmoqda. «Parma»ga qarshi o‘yindan keyin uning holati haqida berilgan savol meni hayron qoldirdi. U maydonni sog‘lom tark etgan, hech qanday muammosi bo‘lmagan.
🏴 Djed Spens haqida:
U bir hafta mashg‘ulot o‘tkazdi va «Parma»ga qarshi 25 daqiqa o‘ynadi. Jismoniy holati asta-sekin yaxshilanmoqda.
U kelganidan keyin muammolarga duch keldi va mavsumning birinchi oyini o‘tkazib yubordi. Endi undagi bosim va alam asta-sekin yo‘qolayotganidan xursandman. Shanba kungi 25 daqiqa uning o‘ziga bo‘lgan ishonchini sezilarli darajada oshirdi.
🇮🇹 Alessandro Bastoni haqida:
Bastoni boshidan kechirgan adolatsizlik va unga nisbatan bildirilgan munosabatlarga qaytishni istamayman.
Uning qanchalik kuchli futbolchi ekanini hamma biladi. Italiya safidagi ikki o‘yinda ham buni ko‘rsatdi. Aslida, Ale hech kimga hech narsani isbotlashi shart emas edi.
Terma jamoa futbolchilarini haddan tashqari erkalatish kerak demayman, ammo ularga g‘amxo‘rlik qilish lozim. Bastoni nafaqat «Inter», balki Italiya futbolining ham katta boyligi.
📈 Jamoaning rivojlanishi haqida:
Biz kuchaydik, ammo hech narsani oldindan kafolatlangan deb hisoblamaymiz. Hech bir raqibni mensimay olmaymiz.
Jamoada mas’uliyat, ustunlik qilish va futboldan zavqlanish istagiga asoslangan ruhiyat shakllandi. Lekin hali yaxshilashimiz kerak bo‘lgan jihatlar ko‘p.
Bizda yuqori saviyali futbolchilar bor. Bu mashg‘ulotlar sifatini ham, maqsadlarimizni ham oshiradi. «Inter» doimo katta maqsadlarni ko‘zlashi kerak.
⚽️ «Brugge»ga qarshi uchrashuv haqida:
Biz har bir o‘yinga alohida yondashamiz. Oldimizda yettita uchrashuv bor, ammo hozir faqat «Brugge» haqida o‘ylayapmiz.
Ertaga maqsadlari katta, hujumkor futbol o‘ynaydigan jamoaga qarshi maydonga tushamiz. Oson bo‘lmasligini yaxshi bilamiz.
🧤 Yann Zommer haqida:
Zommer uch yil davomida o‘zining professionalligi, jiddiyligi va «Inter»ga bo‘lgan hurmatini ko‘rsatdi.
Unga uch ajoyib yil uchun minnatdorlik bildirishimiz kerak. U sovrinlar yutdi va jamoaning Yevropadagi eng katta sahnalarga chiqishiga yordam berdi.
🧠 Yevropadagi o‘yin uslubi haqida:
Biz o‘z uslubimizni saqlab qolmoqchimiz. Albatta, raqib va o‘yindagi vaziyat ayrim qarorlarimizga ta’sir qiladi.
Madridda dastlabki 20 daqiqada deyarli ustunlik qildik. Keyin gol o‘tkazib yubordik va yondashuvimizni o‘zgartirishga majbur bo‘ldik.
Men futbolchilarimga jasorat va ishonch singdirmoqchiman. Ularga doimo hujumkor o‘ynashni aytib, keyin birdan himoyaga yotib, mo‘jiza kutishni buyurolmayman. Biz nimaga loyiq bo‘lsak, shuni olamiz.
🔄 Tarkib va zaxira futbolchilari haqida:
Men futbolchilarni asosiy va zaxira tarkib vakillariga ajratishni yoqtirmayman. Men uchun yagona jamoa bor.
Tanlovni futbolchilarning holati, mehnati, ruhiy tayyorgarligi va raqibga qarab amalga oshiraman.
Beshta almashtirish imkoniyati juda muhim. «Monza»ga qarshi o‘yinni zaxiradan tushganlar yordamida o‘zgartirdik. «Napoli»ga qarshi ham shunday bo‘ldi. Italiya kubogida «Komo»ga qarshi bahsda ham aynan almashtirishlar hisobni o‘zgartirishga yordam berdi.
Bizda bir-birining saviyasini oshiradigan raqobatbardosh futbolchilar guruhi bor.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
INTER ZONE | UZB 🇺🇿
🏆 Chempionlar ligasidagi maqsadlar haqida:
Maqsadimiz — kuchli sakkizlikka kirish. Buning uchun g‘alaba qozonishni boshlashimiz kerak va umid qilamanki, ertagayoq bunga erishamiz.
Rostini aytsam, o‘tgan mavsumdagi guruhimizni eslay olmayman. Ammo asosiy maqsadimiz — to‘g‘ridan-to‘g‘ri 1/8 finalga yo‘l olish.
G‘alabalarni boshlash uchun ayni vaqt. Ayniqsa, o‘z muxlislarimiz qarshisida.
⚫️🔵 Jamoaning hozirgi holati haqida:
Chempionatda atigi bitta o‘yinda durang o‘ynadik. O‘zimizga bo‘lgan ishonch juda yuqori.
Bizda ajoyib jamoa bor. Menimcha, tarkibimiz avvalgidan ham kengroq va kuchliroq. Barcha futbolchilarning yaxshi holatda bo‘lishi juda muhim.
Bu mavsum borasida juda katta umiddaman.
🏴 «Manchester City» bilan bog‘liq ish haqida:
Sobiq jamoadoshlarimning ayrimlari bilan aloqadaman, ammo hozir bor e’tiborim «Inter»ga qaratilgan.
Nima bo‘lishini bilmayman. Umid qilamanki, qo‘lga kiritgan sovrinlarimiz o‘zimizda qoladi. Albatta, bu men uchun eng muhim masala.
🧤 Yann Zommer haqida:
Zommer mening juda yaqin do‘stim. Ammo ertaga 90 daqiqa davomida do‘st bo‘lmaymiz. Albatta, uni mag‘lub etishga umid qilaman.
📈 Jamoaning rivojlanishi haqida:
O‘zimizni juda yaxshi his qilyapmiz, ammo hali xulosa chiqarishga erta.
Chempionlar ligasida imkon qadar uzoqqa borishni istaymiz. Italiyada esa o‘tgan mavsumdagi muvaffaqiyatlarni takrorlashga umid qilamiz. Chempionlar ligasida qanday natijaga erishishimizni vaqt ko‘rsatadi.
⚽️ «Brugge»ga qarshi uchrashuv haqida:
Maqsadimiz — «Brugge»ni mag‘lub etish. Ammo bu uchrashuvni kuchli sakkizlikka kirish uchun so‘nggi imkoniyat deb hisoblamayman.
Shunga qaramay, g‘alabalarni aynan ertadan boshlashni istaymiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡3👍2