🌍 Xalqaro tanaffus haqida:
Ikki yoki uch haftalik tanaffusning katta farqi yo‘q. Terma jamoaga ketganlar qisqa muddatda bir nechta o‘yin o‘tkazishdi. Bugun ilk bor barcha futbolchilar bilan mashg‘ulot o‘tkazdik. Yana ishga qaytganimizdan xursandmiz.
🔄 Tarkibdagi o‘zgarishlar haqida:
Terma jamoalarda futbolchilar qancha o‘ynaganini hisobga olishimiz kerak. Ularning sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘ymaymiz. Keyingi tanaffusgacha har uch kunda o‘ynaymiz. Tarkib tanlashda raqib va jamoa muvozanati muhim.
🧤 Provedel haqida:
Ertaga soat 21:00 da qanday qaror qabul qilganimni ko‘rasizlar.
⚡️ Spensning qaytishi haqida:
U beshta to‘liq mashg‘ulot o‘tkazdi. Jarohatdan tiklanish va Jahon chempionatidan keyingi ta’til sabab qariyb ikki oy maydondan uzoqda bo‘ldi. Hozir o‘ynashga tayyor va qaydnomaga kiritiladi.
🛡 To‘rt himoyachili tizim haqida:
Muhimi sxema emas, o‘yin uslubi. To‘rt himoyachi bilan o‘ynash sovrin yutishni kafolatlamaydi. Bizda taktik moslashuvchanlik bor. Zarurat bo‘lsa, to‘rt himoyachi bilan ham o‘ynay olamiz.
🇹🇷 Chalxono‘g‘li haqida:
Hakan bir haftadan beri cheklovsiz shug‘ullanmoqda va o‘ynashga tayyor. U Turkiya terma jamoasiga borishni xohlagan, ammo jarohatlangan edi. Turkiya o‘yinini tomosha qilishga ham men ruxsat bermadim, chunki mashg‘ulotda qatnashishi kerak edi. Bizga Hakan kerak.
⚠️ «Parma» haqida:
Biz raqibni mensimaslik mumkin emasligini o‘rgandik. O‘tgan mavsumda ham buni ko‘rsatdik. Har bir uchrashuvga eng yaxshi holatimizda chiqishga intilamiz. Futbolda hech qanday g‘alaba kafolatlanmagan.
🛡 Himoyadagi kamchiliklar haqida:
Gap faqat chuqur himoyalanishda emas. Ba’zan bunga ham ehtiyoj tug‘iladi. Xatolarimizni tuzatishimiz, tartibliroq va qat’iyatliroq bo‘lishimiz kerak. Hali yaxshilashimiz mumkin bo‘lgan jihatlar ko‘p.
💪 Jamoaning kambeklari haqida:
Biz kuchli raqiblarga qarshi ham o‘yin taqdirini o‘zgartira olamiz. Bu jamoaning ruhiy kuchini ko‘rsatadi. Ushbu xususiyatimizni yo‘qotishni istamayman, faqat unga ko‘proq yetuklik qo‘shilishini xohlayman.
🏆 Gasperinining «Interga qarshi» fikri haqida:
Nega “Romaga qarshi”, “Komoga qarshi”, “Yuventusga qarshi” yoki “AC Milanga qarshi” demaymiz? Biz kimligimizni va kurashishimiz kerakligini bilamiz. Boshqalar bizga toj kiyishga haqqimiz borligini eslatishi shart emas. Hozir bu haqda gapirishga erta.
🇮🇹 Italiya futboli haqida:
Futbol madaniyatini ikki oyda o‘zgartirib bo‘lmaydi. Ammo yangi qoidalar tufayli o‘yin tezligi va shiddati oshmoqda, vaqt cho‘zish kamaymoqda. To‘pning o‘yinda bo‘lish vaqti besh daqiqaga ko‘payishi katta o‘zgarish.
🌟 Aleksandar Stankovich haqida:
U ko‘proq o‘ynashi mumkin edi. Balki bunda mening ham aybim bordir. Uni bolaligidan bilaman, qo‘limda ko‘tarib yurganman, ulg‘ayishini ko‘rganman. U katta bosim ostidagi jamoaga kelganini tushunadi. Astoydil ishlamoqda. Tez orada barchaga o‘zining qanday futbolchi ekanini ko‘rsatishiga ishonaman.
🇫🇷 Diouf haqida:
Uning chap qanot himoyachisi sifatidagi o‘yinini ko‘rdim va menga yoqdi. Bizning tizimda u qanot bo‘ylab o‘ynashi kerak. Futbolchi faqat bitta pozitsiyaga bog‘lanib qolmasligi lozim. Qanchalik ko‘p vazifani bajara olsa, rivojlanish imkoniyati shunchalik oshadi.
🇭🇷 Bobanning Suchich haqidagi tanqidlariga javob:
Bobanning fikrlarini hurmat qilaman, ammo ular shunchaki shaxsiy qarashlar. Petar yarim himoyachilarimiz orasida eng ko‘p o‘yin vaqti olgan uch futbolchidan biri.
Hamma narsani asosiy tarkibda o‘ynash bilan o‘lchash noto‘g‘ri. Zaxiradan tushadigan futbolchilar ham muhim. Petar unutilgani yo‘q.
U Jahon chempionati va tayyorgarlikdagi tanaffuslar sabab biroz ortda qolgan edi. Yo‘q joydan mojaro yaratmaylik. Suchich biz uchun muhim futbolchi. Uning rivojlanishi, kamtarligi va umuman undan mamnunmiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5❤2
🧠 Hayajon haqida:
Men endi deyarli hayajonlanmayman. Taxminan 18 yoshimdan boshlab hayajonlanishni to‘xtatganman. Jahon chempionatida bu tuyg‘uni yana birinchi marta his qildim. Ammo men buni hayajon emas, balki kuch-g‘ayrat deb atashni afzal ko‘raman.
O‘zimni tashqi ta’sirlardan uzoqroq tutishga harakat qilaman. Chunki boshqalarning hayajoni sizga ham yuqishi mumkin.
🙏 E’tiqod va ibodat haqida:
Men mehmonxonada ham, kiyinish xonasida ham namoz o‘qiyman. Har doim ham kuniga besh mahal o‘qishga ulgurmayman, ammo imkon qadar ko‘proq namoz o‘qishga harakat qilaman.
Ibodat menga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatadi, kuch va quvvat beradi, deb ishonaman.
Men hamma narsani Allohning qo‘liga topshiraman. Barcha mas’uliyatni o‘z zimmamga olish o‘rniga, Unga tavakkal qilaman.
⚡️ Tezligi haqida:
Rostini aytsam, buning hech qanday siri yo‘q. Bilaman, bu zerikarli javob, ammo hammasi irsiyat bilan bog‘liq.
Men doim tez yugurganman. Otam ham, amakilarim ham, bobom ham juda tez yugurishgan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11😁5🙏2❤1👏1
U yakunda birinchi yoki ikkinchi o‘rinni egallashi men uchun muhim emas. Faqat imkon qadar tezroq menga yetib olishini istayman.
Men «Inter» muxlisiman. Lautaro qancha ko‘p gol ursa, «Inter»ning g‘alaba qozonish imkoniyati shuncha oshadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤17
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥9👍4
Fabrizio Romano xabariga ko‘ra, Petar Suchich yaqin kunlar yoki haftalar ichida ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishiga ishonmoqda.
Xorvatiyalik futbolchi hozirgi vaziyatdan xavotirda emas. Aksincha, u asosiy tarkibdagi o‘rni uchun kurashishga qat’iy bel bog‘lagan.
«Inter» esa Suchich bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni boshlagan va bu masalani muhokama qilish uchun uning vakillari bilan allaqachon bog‘langan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥6
INTER ZONE | UZB 🇺🇿
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😢10👎5❤🔥1😁1
•
• 🆚 “Parma”
•
•
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚫️🔵 «Inter» safida 75 ta gol va muxlislarga hadya etilgan son-sanoqsiz unutilmas lahzalar!
🎂 Tug‘ilgan kuning muborak, Xulio Kruz — El Jardinero!
⚽️ INTER ZONE | UZB
🎂 Tug‘ilgan kuning muborak, Xulio Kruz — El Jardinero!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏17👍4🫡1
Rimda ketma-ket uchta o‘yinda g‘alaba qozonsangiz, hamma muxlislar sizni chempion bo‘ladi deb o‘ylaydi. Ammo keyin mag‘lub bo‘lsangiz, birdaniga hech narsaga yaramaydigan futbolchiga aylanasiz va sizni sotib yuborish kerak deb hisoblashadi.
«Inter»da esa futbolchilarni to’g’ri tushunish va qo‘llab-quvvatlash boshqacha. Bitta o‘yinda mag‘lub bo‘lish fojia emas. Bu yerda hamma g‘alaba qozonish uchun bor kuchingizni sarflaganingizni to’g’ri tushunadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12💯4❤2
«Inter» va «Parma» o‘rtasidagi bahs men uchun o‘zgacha. Bu — qalbimga yaqin ikki jamoaning to‘qnashuvi.
Men «Parma»ga muxlislik qilaman. «Inter» muxlislari meni kechirishadi, degan umiddaman. Ammo bu — muhabbat masalasi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💔4👍2👎1😁1
🇮🇹 Italiya Futboli | Italiya A Seriyasi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🖤💙 GRAZIE, MATTEO DARMIAN!
⚽️ INTER ZONE | UZB
Ba’zi futbolchilar yorqin o‘yinlari bilan, boshqalari esa fidoyiligi, mehnati va sadoqati bilan muxlislar qalbidan joy oladi. Sen esa ana shunday futbolchilardan biri bo‘lding.
2020-yilda «Inter»ga kelganingdan beri hech qachon ortiqcha gapirmading. Qaysi pozitsiyada o‘ynashingdan qat’i nazar, doimo jamoa manfaatini birinchi o‘ringa qo‘yding. Maydonda bor kuchingni berding, kerak bo‘lgan paytda esa jimgina o‘z vazifangni bajarding.
Sen bilan birga chempionliklarni, unutilmas g‘alabalarni va ikkinchi yulduzimizni nishonladik. ⭐⭐
Balki sen hech qachon jamoamizning eng mashhur futbolchisi bo‘lmagandirsan, ammo chinakam interchilar seni doimo qadrlashadi.
Barcha mehnating, sadoqating va bizga hadya etgan unutilmas lahzalaring uchun rahmat, Matteo!
Bir bor neradzurri bo‘lgan inson qalban doimo neradzurri bo‘lib qoladi. 🖤💙
GRAZIE DI TUTTO, MATTEO! 👏
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Tribuna.uz
Моуринио: «Интер» бу йил требл қайд этишга қодир. Умид қиламанки, бунга эриша олмайди» Португалиялик мутахассис миланликларнинг имкониятларини юқори баҳолади, шунингдек, «Рома» афсонаси Франческо Тотти ҳақида фикр билдирди. 👉 https://l.tribuna.uz/w3S9qwna…
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁8👍2
INTER ZONE | UZB 🇺🇿
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7
INTER ZONE | UZB 🇺🇿
🇮🇹 Bastoni haqida:
U qiyin davrlarni boshdan kechirganiga qaramay, kamtarlik bilan mehnat qilishda davom etdi. U muhim loyihalarning bir qismi. Uning hal qiluvchi rol o‘ynaganini ko‘rish meni xursand qildi.
Bastonini to‘rt himoyachili tizimda ko‘rish ham yoqdi. Uning vaziyatlarni to‘g‘ri baholashi menga ma’qul bo‘ldi. To‘rt himoyachili tizimda o‘ynash ancha farq qiladi. U bu o‘yindan zavq oldi va uning harakatlari menga yoqdi.
🇫🇷 Diuf haqida:
Diuf bilan bog‘liq eng muhim jihatni hech kim aytmayapti. U terma jamoa futbolchisiga aylandi va dunyoning eng kuchli terma jamoalaridan birida o‘ynamoqda.
Uning xususiyatlarini hisobga olib, biz unga yangi vazifa berishga qaror qilgandik. Bu rolga qanday moslashgani meni xursand qilmoqda. Barcha maqtovlarga u o‘z o‘yinlari bilan loyiq bo‘ldi.
🇮🇹 Pio Esposito haqida:
U anchadan beri terma jamoa futbolchisi. Pioning Italiya terma jamoasida ham xuddi bizning safimizdagidek hal qiluvchi rol o‘ynayotganini ko‘rish meni xursand qiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
INTER ZONE | UZB 🇺🇿
•
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
INTER ZONE | UZB 🇺🇿
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥9👍4❤2
INTER ZONE | UZB 🇺🇿
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥8👍4❤1
INTER ZONE | UZB 🇺🇿
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥9❤6👍2
INTER ZONE | UZB 🇺🇿
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
INTER ZONE | UZB 🇺🇿
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6