INTER ZONE | UZB 🇺🇿
1.24K subscribers
16.1K photos
1.91K videos
2 files
6.6K links
#inter #intermilan #interfc #interuzbekistan #internazionale #nerazzurri

Barchasi #Inter haqida, va albatta O’zbek tilida.

Since 03.08.2020

Murojaat uchun: Direct dan foydalaning
Download Telegram
🇮🇹 Manuel Akanji: “Faqat Skudetto va Italiya kubogi bilan rozi bo‘lmayman — hammasini yutishni xohlayman”

“Inter” himoyachisi Sport Mediaset’ga bergan intervyusida jamoaning mavsumdagi maqsadlari va uchta markaziy himoyachi bilan o‘ynashga moslashuvi haqida gapirib berdi.

Maqsadlar haqida: “Men o‘tgan mavsumdagidek faqat chempionlik va Italiya kubogidagi g‘alaba bilan rozi bo‘lmayman. Men hammasini yutishni xohlayman. A Seriyaning eng yaxshi himoyachisi bo‘lish ajoyib bo‘lardi, lekin bu menga bog‘liq emas. Jamoa har doim muhimroq, men esa o‘z ishimni qilishga harakat qilaman”.

Sxema haqida: “O‘ylashimcha, men har ikkala tizimda ham o‘ynay olaman. Ehtimol, ko‘proq to‘rtta himoyachi bilan o‘ynagandirman — terma jamoada ham shunday o‘ynaymiz. “Inter”ga kelganimda, avvaliga uchlikka moslashish biroz qiyin bo‘ldi, chunki bu boshqa tizim. Lekin hozir hech qanday muammo yo‘q”.

“Inter”ning kambeklari haqida: “Roma” bilan qiyin bo‘ldi, ular yaxshi o‘ynashdi. Boshqa o‘yinlarda xatolarga yo‘l qo‘ydik, lekin har doim natijalarni o‘zgartirishga imkon beradigan xarakter ko‘rsatdik”.

Jon Stounz haqida: “Stounz hozir “Inter”daligidan xursandman. U mashg‘ulot o‘tkazmoqda va men u bilan yana birga o‘ynash imkoniyatini intizorlik bilan kutyapman”.

Kristian Kivu haqida: “U ajoyib murabbiy. O‘tgan mavsumda u ajoyib ish bajardi. G‘alaba qozonish hech qachon oson bo‘lmaydi”.

@calciouz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥12👍3
‼️ | Kertis Jons “Inter” mashg‘ulotlari vaqtida jarohat oldi.

❌ Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, angliyalik yarim himoyachi 15–20 kun davomida maydonga tusha olmaydi.


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💔9🗿9😁2
🎙 | Joze Mourinyo “Inter”ning trebl yutish imkoniyati haqida:

Bu juda qiyin, lekin ular bunga qodir. Buni shunchaki emas, haqiqat bo‘lgani uchun aytyapman.

“Inter”da so‘nggi yillardagidan ham yaxshiroq mavsum o‘tkazish uchun hamma narsa bor. Ular bundan ham ko‘prog‘iga erisha oladi.

Lekin umid qilamanki, ular trebl yuta olmaydi. “Inter” tarixidagi trebl faqat meniki bo‘lib qolishini xohlayman.(kuladi)



⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁11🤬4
✅ | Rasman: “Inter”da yangi tayinlov.

Luka Kassala “Inter”ning kommunikatsiyalar bo‘limi rahbari etib tayinlandi. U 26-oktabrdan o‘z vazifasini rasman boshlaydi va bevosita klub prezidenti Juzeppe Marottaga bo‘ysunadi.

Kassala klubning sport va korporativ yo‘nalishdagi barcha kommunikatsiya faoliyatini boshqaradi.


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2👍1
⚡️ | Fabrizio Romano xabariga ko‘ra “Inter” Karlos Augusto bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni jadallashtirdi. Klub braziliyalik chap qanot himoyachisini 2028-yildan keyin ham jamoada olib qolishni rejalashtirmoqda. “Inter” yangi kelishuvni yil yakuniga qadar rasmiylashtirmoqchi.


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10❤2
🇮🇹🇮🇹 Rasman: Matteo Darmian — “Bolonya”ning yangi o‘yinchisi

Tajribali italiyalik himoyachi “rossoblu” bilan 2027-yil 30-iyungacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.

Shartnoma imzolashdan oldin Darmian bir necha kun davomida tibbiy ko‘rikdan o‘tdi va klub bazasida mashg‘ulotlar o‘tkazdi.

“Bolonya” Emil Xolmning jarohatidan so‘ng u bilan shartnoma tuzishga qaror qildi, uning tiklanishi to‘rtdan olti oygacha vaqt oladi.

Darmian shartnomasi yakunlangani sababli yozda “Inter”dan ketganidan so‘ng “Bolonya”ga erkin agent maqomida o‘tdi.

@calciouz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14
🇮🇹 “Inter” “Arsenal”dan Pio Espozito uchun kamida 100 mln yevro talab qiladi, — La Gazzetta dello Sport

“Inter” “Arsenal”ning qiziqishi fonida Franchesko Pio Espozitonining narxini belgiladi. Milan klubi 21 yoshli hujumchini sotish niyatida emas va faqat 100 million yevrodan boshlanadigan takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.

“Arsenal” “neradzurri” tarbiyalanuvchisini diqqat bilan kuzatishda davom etmoqda. “Kanonirlar” skautlari Italiya terma jamoasining Bursada Turkiyaga qarshi yaqindagi o‘yinida hozir bo‘lishdi, unda Espozito gollardan birini urdi. Ushbu xalqaro tanaffus davomida hujumchi turklar bilan o‘yinlarda ikki bor ajralib turdi.

O‘tgan mavsumda Espozito “Inter” safida 48 ta o‘yin o‘tkazdi va 10 ta gol urdi. Endi Kristian Kivu Lautaro Martines va Markus Tyuram bilan raqobatga qaramay, uning jamoadagi rolini bosqichma-bosqich oshirishni rejalashtirmoqda.

“Inter” Espozitoni kelajakdagi asosiy o‘yinchilardan biri deb biladi va uning shartnomasini allaqachon 2032-yilgacha uzaytirgan. Sotuv klub rejalari tarkibiga kirmaydi, biroq kamida 100 mln yevro taklif qilinsa, bu pozitsiya o‘zgarishi mumkin.

@calciouz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍73😁1
📰 | Sky Sports taxminiga ko‘ra, ertangi uchrashuvni mana shu tarkib bilan boshlaymiz.


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
🎙 | Krishtian Kivuning «Parma»ga qarshi o‘yin oldidan matbuot anjumanida bildirgan fikrlari.

🌍 Xalqaro tanaffus haqida:

Ikki yoki uch haftalik tanaffusning katta farqi yo‘q. Terma jamoaga ketganlar qisqa muddatda bir nechta o‘yin o‘tkazishdi. Bugun ilk bor barcha futbolchilar bilan mashg‘ulot o‘tkazdik. Yana ishga qaytganimizdan xursandmiz.

🔄 Tarkibdagi o‘zgarishlar haqida:

Terma jamoalarda futbolchilar qancha o‘ynaganini hisobga olishimiz kerak. Ularning sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘ymaymiz. Keyingi tanaffusgacha har uch kunda o‘ynaymiz. Tarkib tanlashda raqib va jamoa muvozanati muhim.

🧤 Provedel haqida:

Ertaga soat 21:00 da qanday qaror qabul qilganimni ko‘rasizlar.

⚡️ Spensning qaytishi haqida:

U beshta to‘liq mashg‘ulot o‘tkazdi. Jarohatdan tiklanish va Jahon chempionatidan keyingi ta’til sabab qariyb ikki oy maydondan uzoqda bo‘ldi. Hozir o‘ynashga tayyor va qaydnomaga kiritiladi.

🛡 To‘rt himoyachili tizim haqida:

Muhimi sxema emas, o‘yin uslubi. To‘rt himoyachi bilan o‘ynash sovrin yutishni kafolatlamaydi. Bizda taktik moslashuvchanlik bor. Zarurat bo‘lsa, to‘rt himoyachi bilan ham o‘ynay olamiz.

🇹🇷 Chalxono‘g‘li haqida:

Hakan bir haftadan beri cheklovsiz shug‘ullanmoqda va o‘ynashga tayyor. U Turkiya terma jamoasiga borishni xohlagan, ammo jarohatlangan edi. Turkiya o‘yinini tomosha qilishga ham men ruxsat bermadim, chunki mashg‘ulotda qatnashishi kerak edi. Bizga Hakan kerak.

⚠️ «Parma» haqida:

Biz raqibni mensimaslik mumkin emasligini o‘rgandik. O‘tgan mavsumda ham buni ko‘rsatdik. Har bir uchrashuvga eng yaxshi holatimizda chiqishga intilamiz. Futbolda hech qanday g‘alaba kafolatlanmagan.

🛡 Himoyadagi kamchiliklar haqida:

Gap faqat chuqur himoyalanishda emas. Ba’zan bunga ham ehtiyoj tug‘iladi. Xatolarimizni tuzatishimiz, tartibliroq va qat’iyatliroq bo‘lishimiz kerak. Hali yaxshilashimiz mumkin bo‘lgan jihatlar ko‘p.

💪 Jamoaning kambeklari haqida:

Biz kuchli raqiblarga qarshi ham o‘yin taqdirini o‘zgartira olamiz. Bu jamoaning ruhiy kuchini ko‘rsatadi. Ushbu xususiyatimizni yo‘qotishni istamayman, faqat unga ko‘proq yetuklik qo‘shilishini xohlayman.

🏆 Gasperinining «Interga qarshi» fikri haqida:

Nega “Romaga qarshi”, “Komoga qarshi”, “Yuventusga qarshi” yoki “AC Milanga qarshi” demaymiz? Biz kimligimizni va kurashishimiz kerakligini bilamiz. Boshqalar bizga toj kiyishga haqqimiz borligini eslatishi shart emas. Hozir bu haqda gapirishga erta.

🇮🇹 Italiya futboli haqida:

Futbol madaniyatini ikki oyda o‘zgartirib bo‘lmaydi. Ammo yangi qoidalar tufayli o‘yin tezligi va shiddati oshmoqda, vaqt cho‘zish kamaymoqda. To‘pning o‘yinda bo‘lish vaqti besh daqiqaga ko‘payishi katta o‘zgarish.

🌟 Aleksandar Stankovich haqida:

U ko‘proq o‘ynashi mumkin edi. Balki bunda mening ham aybim bordir. Uni bolaligidan bilaman, qo‘limda ko‘tarib yurganman, ulg‘ayishini ko‘rganman. U katta bosim ostidagi jamoaga kelganini tushunadi. Astoydil ishlamoqda. Tez orada barchaga o‘zining qanday futbolchi ekanini ko‘rsatishiga ishonaman.

🇫🇷 Diouf haqida:

Uning chap qanot himoyachisi sifatidagi o‘yinini ko‘rdim va menga yoqdi. Bizning tizimda u qanot bo‘ylab o‘ynashi kerak. Futbolchi faqat bitta pozitsiyaga bog‘lanib qolmasligi lozim. Qanchalik ko‘p vazifani bajara olsa, rivojlanish imkoniyati shunchalik oshadi.

🇭🇷 Bobanning Suchich haqidagi tanqidlariga javob:

Bobanning fikrlarini hurmat qilaman, ammo ular shunchaki shaxsiy qarashlar. Petar yarim himoyachilarimiz orasida eng ko‘p o‘yin vaqti olgan uch futbolchidan biri.

Hamma narsani asosiy tarkibda o‘ynash bilan o‘lchash noto‘g‘ri. Zaxiradan tushadigan futbolchilar ham muhim. Petar unutilgani yo‘q.

U Jahon chempionati va tayyorgarlikdagi tanaffuslar sabab biroz ortda qolgan edi. Yo‘q joydan mojaro yaratmaylik. Suchich biz uchun muhim futbolchi. Uning rivojlanishi, kamtarligi va umuman undan mamnunmiz.



⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5❤2
🎙 | Djed Spensning hayajon, e’tiqod va tezligi haqidagi fikrlari.

🧠 Hayajon haqida:

Men endi deyarli hayajonlanmayman. Taxminan 18 yoshimdan boshlab hayajonlanishni to‘xtatganman. Jahon chempionatida bu tuyg‘uni yana birinchi marta his qildim. Ammo men buni hayajon emas, balki kuch-g‘ayrat deb atashni afzal ko‘raman.

O‘zimni tashqi ta’sirlardan uzoqroq tutishga harakat qilaman. Chunki boshqalarning hayajoni sizga ham yuqishi mumkin.


🙏 E’tiqod va ibodat haqida:

Men mehmonxonada ham, kiyinish xonasida ham namoz o‘qiyman. Har doim ham kuniga besh mahal o‘qishga ulgurmayman, ammo imkon qadar ko‘proq namoz o‘qishga harakat qilaman.

Ibodat menga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatadi, kuch va quvvat beradi, deb ishonaman.

Men hamma narsani Allohning qo‘liga topshiraman. Barcha mas’uliyatni o‘z zimmamga olish o‘rniga, Unga tavakkal qilaman.


⚡️ Tezligi haqida:

Rostini aytsam, buning hech qanday siri yo‘q. Bilaman, bu zerikarli javob, ammo hammasi irsiyat bilan bog‘liq.

Men doim tez yugurganman. Otam ham, amakilarim ham, bobom ham juda tez yugurishgan.



⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11😁5🙏2❤1👏1
🎙 | Alessandro Altobelli Lautaro Martinesning «Inter» tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatida o‘ziga yaqinlashayotgani haqida:

U yakunda birinchi yoki ikkinchi o‘rinni egallashi men uchun muhim emas. Faqat imkon qadar tezroq menga yetib olishini istayman.

Men «Inter» muxlisiman. Lautaro qancha ko‘p gol ursa, «Inter»ning g‘alaba qozonish imkoniyati shuncha oshadi.



⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤17
⚡️⚽️ | La Gazzetta dello Sport nashrining xabar berishicha, 29-oktabr kuni Foster va Manica arxitektura kompaniyalari tomonidan yangi «Giuseppe Meazza» stadionining loyihasi taqdim etiladi.

ℹ️ Ayrim manbalarga ko‘ra, yangi «Giuseppe Meazza» stadioni 71 mingdan ziyod muxlisga mo‘ljallangan bo‘ladi. Boshqa manbalarda esa stadion sig‘imi 80 ming o‘rinni tashkil etishi mumkinligi aytilmoqda.


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥9👍4
⚡️📰 | Fabrizio Romano:

Fabrizio Romano xabariga ko‘ra, Petar Suchich yaqin kunlar yoki haftalar ichida ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishiga ishonmoqda.

Xorvatiyalik futbolchi hozirgi vaziyatdan xavotirda emas. Aksincha, u asosiy tarkibdagi o‘rni uchun kurashishga qat’iy bel bog‘lagan.

«Inter» esa Suchich bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni boshlagan va bu masalani muhokama qilish uchun uning vakillari bilan allaqachon bog‘langan.


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥6
INTER ZONE | UZB 🇺🇿
‼️ | Kertis Jons “Inter” mashg‘ulotlari vaqtida jarohat oldi. ❌ Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, angliyalik yarim himoyachi 15–20 kun davomida maydonga tusha olmaydi. ⚽️ INTER ZONE | UZB
🏥📰 | «Inter» Kertis Jonsni bir oyga yo‘qotdi. Angliyalik yarim himoyachi jarohati sababli 6–7 ta uchrashuvni o‘tkazib yuboradi.

☝️ Maqsad — Jonsni 8-noyabr kuni «Komo»ga qarshi bo‘lib o‘tadigan uchrashuvga qadar safga qaytarish.


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😢10👎5❤‍🔥1😁1
⚽️ #MATCHDAY

• ⚽️ A Seriya | 6-tur

• 🆚 “Parma” 🟡

• ⚽️ The Stadio Giuseppe Meazza

• ⏰ Bugun | 21:00


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
12👍5🔥2⚡1
⚫️🔵 «Inter» safida 75 ta gol va muxlislarga hadya etilgan son-sanoqsiz unutilmas lahzalar!

🎂 Tug‘ilgan kuning muborak, Xulio Kruz — El Jardinero!


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏17👍4🫡1
🎙 | Genrix Mxitaryan:

Rimda ketma-ket uchta o‘yinda g‘alaba qozonsangiz, hamma muxlislar sizni chempion bo‘ladi deb o‘ylaydi. Ammo keyin mag‘lub bo‘lsangiz, birdaniga hech narsaga yaramaydigan futbolchiga aylanasiz va sizni sotib yuborish kerak deb hisoblashadi.

«Inter»da esa futbolchilarni to’g’ri tushunish va qo‘llab-quvvatlash boshqacha. Bitta o‘yinda mag‘lub bo‘lish fojia emas. Bu yerda hamma g‘alaba qozonish uchun bor kuchingizni sarflaganingizni to’g’ri tushunadi.



⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12💯4❤2
🎙 | Ernan Krespo «Inter» – «Parma» uchrashuvi oldidan:

«Inter» va «Parma» o‘rtasidagi bahs men uchun o‘zgacha. Bu — qalbimga yaqin ikki jamoaning to‘qnashuvi.

Men «Parma»ga muxlislik qilaman. «Inter» muxlislari meni kechirishadi, degan umiddaman. Ammo bu — muhabbat masalasi.



⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💔4👍2👎1😁1
🇮🇹 Italiya Futboli | Italiya A Seriyasi
🇮🇹🇮🇹 Rasman: Matteo Darmian — “Bolonya”ning yangi o‘yinchisi Tajribali italiyalik himoyachi “rossoblu” bilan 2027-yil 30-iyungacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. Shartnoma imzolashdan oldin Darmian bir necha kun davomida tibbiy ko‘rikdan o‘tdi va klub…
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🖤💙 GRAZIE, MATTEO DARMIAN!

Ba’zi futbolchilar yorqin o‘yinlari bilan, boshqalari esa fidoyiligi, mehnati va sadoqati bilan muxlislar qalbidan joy oladi. Sen esa ana shunday futbolchilardan biri bo‘lding.

2020-yilda «Inter»ga kelganingdan beri hech qachon ortiqcha gapirmading. Qaysi pozitsiyada o‘ynashingdan qat’i nazar, doimo jamoa manfaatini birinchi o‘ringa qo‘yding. Maydonda bor kuchingni berding, kerak bo‘lgan paytda esa jimgina o‘z vazifangni bajarding.

Sen bilan birga chempionliklarni, unutilmas g‘alabalarni va ikkinchi yulduzimizni nishonladik. ⭐⭐

Balki sen hech qachon jamoamizning eng mashhur futbolchisi bo‘lmagandirsan, ammo chinakam interchilar seni doimo qadrlashadi.

Barcha mehnating, sadoqating va bizga hadya etgan unutilmas lahzalaring uchun rahmat, Matteo!

Bir bor neradzurri bo‘lgan inson qalban doimo neradzurri bo‘lib qoladi. 🖤💙

GRAZIE DI TUTTO, MATTEO! 👏



⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7💯6👍3👏2🔥1🫡1
INTER ZONE | UZB 🇺🇿
⚽️ #MATCHDAY • ⚽️ A Seriya | 6-tur • 🆚 “Parma” 🟡 • ⚽️ The Stadio Giuseppe Meazza • ⏰ Bugun | 21:00 ⚽️ INTER ZONE | UZB
⚡️⚽️ | “Inter” asosiy tarkibi e’lon qilindi.

🗣️ Odatdagidek, na GdS, na CdS, va na Sky Sports «Inter»ning asosiy tarkibini to‘g‘ri taxmin qila oldi.


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7