INTER ZONE | UZB 🇺🇿
1.24K subscribers
16.1K photos
1.91K videos
2 files
6.6K links
#inter #intermilan #interfc #interuzbekistan #internazionale #nerazzurri

Barchasi #Inter haqida, va albatta O’zbek tilida.

Since 03.08.2020

Murojaat uchun: Direct dan foydalaning
Download Telegram
📊 | Italiya terma jamoasi tarixidagi eng ko‘p gol urgan 10 futbolchi:

• 1. Luigi Riva — 35 gol
• 2. Giuseppe Meazza — 33 gol
• 3. Silvio Piola — 30 gol
• 4. Alessandro Del Piero — 27 gol
• 5. Roberto Baggio — 27 gol
• 6. Adolfo Baloncieri — 25 gol
• 7. Filippo Inzaghi — 25 gol
• 8. Alessandro Altobelli — 25 gol
• 9. Christian Vieri — 23 gol
• 10. Francesco Graziani — 23 gol

📈 Pio Esposito 21 yoshida Italiya terma jamoasi safida 13 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urishga ulgurdi. Agar Pio shu sur’atda o‘sishda davom etsa, yaqin kelajakda Luigi Rivaning 35 gollik rekordini yangilab, Italiya tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylanishi mumkin.


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16💯6👏32⚡1🤯1
🇮🇹 | Manchini boshchiligidagi Italiya terma jamoasi so‘nggi 3 o’yinda 8 ta gol urdi.

• Bastoni — 2 gol
• Pio Esposito — 2 gol
• Barella — 1 assist
• Pio Esposito — 1 assist

📊 | Ya’ni 8 ta goldan 6 tasida “Inter” futbolchilarining bevosita ishtirok etgan. Yana bir golni esa ijaradagi o’yinchimiz Davide Frattesi kiritgan.


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12🔥3
✅ | Rasman: Lautaro Martinez “Inter”da avgust va sentabr oylarining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16⚡3❤2
🆚 | Fransiya va Belgiya o‘rtasidagi bahslarda “kichik Milan derbisi”ga guvoh bo‘ldik.

✅ Har ikki uchrashuvda Andy Diouf jamoasi g‘alaba qozondi. Bundan tashqari, Diouf “AC Milan” safidagi raqibiga qaraganda yuqoriroq baho oldi.

💭 Qiziq tomoni, Diouf bu o‘yinlarda chap qanot himoyachisi sifatida harakat qildi. Vaholanki, u “Inter”da asosan o‘ng qanotda o‘ynab kelayotgan edi.


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁12💯4🔥2❤1👍11
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇦🇷 | Kecha Lionel Messi Argentina terma jamoasi safida Lautaro Martinez bilan so‘nggi bor birga maydonga tushdi.


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥10👍4😁1
✅⚽️ | Rasman: 2,15 milliard yevrolik yangi stadion loyihasi muhim bosqichdan o‘tdi.

Milan sudi “San-Siro” stadioni va uning atrofidagi hududni “Inter” hamda “AC Milan”ga sotishga qarshi berilgan barcha shikoyatlarni rad etdi.

Endi klublar 71 500 tomoshabinga mo‘ljallangan yangi stadion loyihasini davom ettirishi mumkin.

Yangi arena tayyor bo‘lgach, amaldagi “Juzeppe Meazza” stadioni bosqichma-bosqich buzilib, hudud qayta qurilishi rejalashtirilgan.

Shu tariqa loyiha yo‘lidagi eng katta huquqiy to‘siqlardan biri olib tashlandi.



⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏13👍7
🇮🇹🇮🇹 “Yuventus” Chalxano‘g‘lu bilan bog‘liq vaziyatni kuzatmoqda, — La Gazzetta dello Sport

“Yuventus” Hakan Chalxano‘g‘lu atrofidagi vaziyat rivojini kuzatmoqda, uning “Inter” bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralari hozircha kelishuvga olib kelmadi.

32 yoshli yarimhimoyachining amaldagi shartnomasi 2027-yil 30-iyungacha mo‘ljallangan. “Neradzurri” shartnomani uzaytirish masalasini 2026-yil oxirigacha yopishni rejalashtirmoqda, biroq Chalxano‘g‘luga hozirgi yiliga 6 mln yevrolik maoshga nisbatan kamroq belgilangan maosh taklif qilmoqda. Shu bilan birga, tomonlar bonuslar bo‘yicha muzokaralar uchun kengroq imkoniyatga ega.

Chalxano‘g‘luning o‘zi 2021-yilning yozidan beri to‘p surib kelayotgan “Inter”da faoliyatini davom ettirishni xohlaydi. Noaniqlik fonida vaziyatni “Yuventus” kuzatmoqda.

Ayni vaqtda turkiyalik futbolchi sonni yaqinlashtiruvchi mushaklaridagi muammodan so‘ng tiklandi va ilk bor umumiy guruh mashg‘ulotlariga qaytdi. U “Parma”ga qarshi o‘ynay olishi kutilmoqda.

@calciouz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👎6👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📊🔥 | Valter Samuel — Milan derbisining haqiqiy dahshati.

✅ | U “Inter” safidagi dastlabki 10 ta Milan derbisining barchasida g‘alaba qozongan — 10 o‘yin, 10 g‘alaba.


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥12👍4😱2
🎙 | Sobiq “Arsenal”, “Manchester City” futbolchisi Bakari Sanya:

Men “Inter”da o‘ynashni juda xohlagan bo‘lardim. Bu — ulkan tarixga ega klub. “Inter”ni va o‘sha davrdagi klub rahbariyatini juda hurmat qilaman. “Arsenal”dan ketayotganimda menga birinchilardan bo‘lib aynan ular qiziqish bildirgan edi.

Muammo til va mening Premyer-ligada qolish istagim bo‘ldi.

Menga “Inter”ning libosi ham, klubning o‘zi ham yoqadi. Men interchiman.



⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥14👍8❤1
📰 | GdS nashriga ko‘ra, “Inter” — “Parma” uchrashuvi uchun jamoalarning asosiy tarkiblari.


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3👍2
⚡️📝 | Fabrizio Biasin:

Yozgi transfer oynasida Mauro Ikardi “Inter”ga beshinchi hujumchi sifatida qaytish uchun qattiq harakat qildi.

U hatto bazaviy maosh bilan qaytishga ham tayyor edi, ammo “Inter” tarkibida hujumchilar uchun bo‘sh joy qolmagani sababli bu qaytish amalga oshmadi.


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13❤1
🎙 | Zielinski:

Charchoq masalasi muammo emas. Terma jamoalar tanaffusi bo‘lmaganida ham baribir o‘ynagan bo‘lardik. Murabbiy barcha futbolchilardan qanday foydalanishni yaxshi biladi va har kim o‘ziga yarasha daqiqa oladi.

Maqsad? Chempionlar Ligasida o‘z saviyamizni ko‘rsatmoqchimiz. Bizda sifat yuqori va oxirigacha borishimiz ham mumkin. Orzumiz — Chempionlar Ligasini yutish. Buning uchun bor kuchimizni beramiz, ko’ramiz qayergacha yetib bora olamiz...

Bernabeuga borib, o‘yinni boshqarish har kimning ham qo‘lidan kelmaydi. Afsuski, o‘sha bahsda yutqazdik, ammo bir narsani angladik: biz kuchlimiz va buni ko‘rsata oldik.

Men esa bu jamoaga hali juda ko‘p narsa bera olishimga ishonaman.


Manba: Daniele Mari


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16
🇮🇹 Manuel Akanji: “Faqat Skudetto va Italiya kubogi bilan rozi bo‘lmayman — hammasini yutishni xohlayman”

“Inter” himoyachisi Sport Mediaset’ga bergan intervyusida jamoaning mavsumdagi maqsadlari va uchta markaziy himoyachi bilan o‘ynashga moslashuvi haqida gapirib berdi.

Maqsadlar haqida: “Men o‘tgan mavsumdagidek faqat chempionlik va Italiya kubogidagi g‘alaba bilan rozi bo‘lmayman. Men hammasini yutishni xohlayman. A Seriyaning eng yaxshi himoyachisi bo‘lish ajoyib bo‘lardi, lekin bu menga bog‘liq emas. Jamoa har doim muhimroq, men esa o‘z ishimni qilishga harakat qilaman”.

Sxema haqida: “O‘ylashimcha, men har ikkala tizimda ham o‘ynay olaman. Ehtimol, ko‘proq to‘rtta himoyachi bilan o‘ynagandirman — terma jamoada ham shunday o‘ynaymiz. “Inter”ga kelganimda, avvaliga uchlikka moslashish biroz qiyin bo‘ldi, chunki bu boshqa tizim. Lekin hozir hech qanday muammo yo‘q”.

“Inter”ning kambeklari haqida: “Roma” bilan qiyin bo‘ldi, ular yaxshi o‘ynashdi. Boshqa o‘yinlarda xatolarga yo‘l qo‘ydik, lekin har doim natijalarni o‘zgartirishga imkon beradigan xarakter ko‘rsatdik”.

Jon Stounz haqida: “Stounz hozir “Inter”daligidan xursandman. U mashg‘ulot o‘tkazmoqda va men u bilan yana birga o‘ynash imkoniyatini intizorlik bilan kutyapman”.

Kristian Kivu haqida: “U ajoyib murabbiy. O‘tgan mavsumda u ajoyib ish bajardi. G‘alaba qozonish hech qachon oson bo‘lmaydi”.

@calciouz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥12👍3
‼️ | Kertis Jons “Inter” mashg‘ulotlari vaqtida jarohat oldi.

❌ Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, angliyalik yarim himoyachi 15–20 kun davomida maydonga tusha olmaydi.


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💔9🗿9😁2
🎙 | Joze Mourinyo “Inter”ning trebl yutish imkoniyati haqida:

Bu juda qiyin, lekin ular bunga qodir. Buni shunchaki emas, haqiqat bo‘lgani uchun aytyapman.

“Inter”da so‘nggi yillardagidan ham yaxshiroq mavsum o‘tkazish uchun hamma narsa bor. Ular bundan ham ko‘prog‘iga erisha oladi.

Lekin umid qilamanki, ular trebl yuta olmaydi. “Inter” tarixidagi trebl faqat meniki bo‘lib qolishini xohlayman.(kuladi)



⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁11🤬4
✅ | Rasman: “Inter”da yangi tayinlov.

Luka Kassala “Inter”ning kommunikatsiyalar bo‘limi rahbari etib tayinlandi. U 26-oktabrdan o‘z vazifasini rasman boshlaydi va bevosita klub prezidenti Juzeppe Marottaga bo‘ysunadi.

Kassala klubning sport va korporativ yo‘nalishdagi barcha kommunikatsiya faoliyatini boshqaradi.


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2👍1
⚡️ | Fabrizio Romano xabariga ko‘ra “Inter” Karlos Augusto bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni jadallashtirdi. Klub braziliyalik chap qanot himoyachisini 2028-yildan keyin ham jamoada olib qolishni rejalashtirmoqda. “Inter” yangi kelishuvni yil yakuniga qadar rasmiylashtirmoqchi.


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10❤2
🇮🇹🇮🇹 Rasman: Matteo Darmian — “Bolonya”ning yangi o‘yinchisi

Tajribali italiyalik himoyachi “rossoblu” bilan 2027-yil 30-iyungacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.

Shartnoma imzolashdan oldin Darmian bir necha kun davomida tibbiy ko‘rikdan o‘tdi va klub bazasida mashg‘ulotlar o‘tkazdi.

“Bolonya” Emil Xolmning jarohatidan so‘ng u bilan shartnoma tuzishga qaror qildi, uning tiklanishi to‘rtdan olti oygacha vaqt oladi.

Darmian shartnomasi yakunlangani sababli yozda “Inter”dan ketganidan so‘ng “Bolonya”ga erkin agent maqomida o‘tdi.

@calciouz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14
🇮🇹 “Inter” “Arsenal”dan Pio Espozito uchun kamida 100 mln yevro talab qiladi, — La Gazzetta dello Sport

“Inter” “Arsenal”ning qiziqishi fonida Franchesko Pio Espozitonining narxini belgiladi. Milan klubi 21 yoshli hujumchini sotish niyatida emas va faqat 100 million yevrodan boshlanadigan takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.

“Arsenal” “neradzurri” tarbiyalanuvchisini diqqat bilan kuzatishda davom etmoqda. “Kanonirlar” skautlari Italiya terma jamoasining Bursada Turkiyaga qarshi yaqindagi o‘yinida hozir bo‘lishdi, unda Espozito gollardan birini urdi. Ushbu xalqaro tanaffus davomida hujumchi turklar bilan o‘yinlarda ikki bor ajralib turdi.

O‘tgan mavsumda Espozito “Inter” safida 48 ta o‘yin o‘tkazdi va 10 ta gol urdi. Endi Kristian Kivu Lautaro Martines va Markus Tyuram bilan raqobatga qaramay, uning jamoadagi rolini bosqichma-bosqich oshirishni rejalashtirmoqda.

“Inter” Espozitoni kelajakdagi asosiy o‘yinchilardan biri deb biladi va uning shartnomasini allaqachon 2032-yilgacha uzaytirgan. Sotuv klub rejalari tarkibiga kirmaydi, biroq kamida 100 mln yevro taklif qilinsa, bu pozitsiya o‘zgarishi mumkin.

@calciouz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍73😁1
📰 | Sky Sports taxminiga ko‘ra, ertangi uchrashuvni mana shu tarkib bilan boshlaymiz.


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5