INTER ZONE | UZB 🇺🇿
1.37K subscribers
13.3K photos
1.54K videos
2 files
3.45K links
#inter #intermilan #interfc #interuzbekistan #internazionale #nerazzurri

Barchasi #Inter haqida, va albatta O’zbek tilida.

Murojaat uchun: Direct dan foydalaning
Download Telegram
📊 | “Inter” safida eng ko‘p uchrashuvda maydonga tushgan futbolchilar.

❗️ Hozirda faol futbolchilarimiz orasida “Inter” safida 300 dan ortiq o‘yin o‘tkazgan atigi ikki futbolchi bor. Aynan shu ikki o‘yinchi yaqin yillarda klub tarixidagi Top-10 ro‘yxatida o‘zgarish yasash imkoniyatiga ega.

• Lautaro Martínez — 370 ta o‘yin
• Nicolò Barella — 322 ta o‘yin


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
13🔥1
🎙 | Lele Adani:

🗣️ Menimcha, chempion masalasi allaqachon hal bo’ldi. Ammo Chivu uchun birinchi mavsumidayoq chempion bo‘lish oson va kutilgan holat emas edi. Pioli buni uddalay olmadi, Inzaghi ham birinchi yili qila olmadi. Allegri ikkinchi davrida uch yil davomida katta ochkolar farqi bilan ortda qoldi. Spalletti ham birinchi mavsumida yutmadi. Conte esa “Inter”da faqat ikkinchi yilida chempion bo‘lgan.


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
19🔥5👍3
🎙 | Chempionlar Ligasi o’yini oldidan matbuot anjumanida Dimarko:

Menimcha, o‘yin juda hujumkor ruhda o‘tadi, chunki biz ikki to‘p farqi bilan ortdamiz. Ularning qarshi hujumlari ko‘plab o‘yinlarda hal qiluvchi bo‘lgan, shuning uchun juda ehtiyot bo‘lishimiz kerak. Asosiy fikrimiz — gol urish, keyin o‘yinning qanday kechishini ko‘ramiz. Lekin ikki gol ortda ekanimizni unutmaymiz, vazifa — imkon qadar tezroq hisobni qisqartirish.

Yil boshidan beri murabbiy Chivu menga juda ko‘p maslahatlar berdi. Kolarov ham shunday. Ikkalasi bilan birga ishlash men uchun katta omad.

Bizda urinib ko‘rish mas’uliyati bor, chunki biz — “Inter”miz. O‘z maydonimizda “Inter”ga xos o‘yin ko‘rsatishimiz kerak, buni oldingi yillarda ko‘p bor isbotlaganmiz. Italiya bilan Jahon chempionati masalasi ham xuddi shunday: ikki marta qatnasha olmadik, endi borish majburiyatimiz bor.

Pio Esposito? U juda kamtar va tinimsiz harakat qiladi. Uni jamoada borligi — biz uchun katta omad.

“Bodø/Glimt” A Seriyada o’ynaganda qayerda bo‘lardi? Qiziq savol. Aniq bilmayman, lekin ular juda yaxshi tashkil etilgan jamoa. “Manchester City” va “Atletiko” kabi jamoalarni osonlikcha yutib bo’lmaydi.


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11
“Agar tanlashga majbur bo‘lsang: Skudetto, Chempionlar Ligasi yoki Jahon chempionatiga yo‘llanma?”

🗣 Dimarko: “Iltimos, ikkitasini tanlashga ruxsat ber. Men Skudetto va Italiya bilan birga Jahon chempionatiga yo‘llanma olishni tanlayman.”


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍26🔥8
🎙 | Chivu matbuot anjumanida:

Norvegiyada oson bo‘lmasligini bilardik: maydon va ob-havo moslashishni talab qildi. Afsuski, buni to‘liq uddalay olmadik yoki faqat ayrim pallalarda uddaladik. “Bodø/Glimt” Madridda g‘alaba qozongan, “Manchester City”ni yenggan, Dortmundda durang o‘ynagan. Ayrim lahzalarda yetarli darajada bo‘la olmadik, umid qilamanki bu qayta takrorlanmaydi.

Lautaro kabi yetakchi yo’qligi bilinadimi? Bizda ko‘plab yetakchilar bor. Hammada mas’uliyat hissi bor va hozirgacha buni yaxshi ko‘rsatishdi. Hammaning ishtiroki va ishonchi bor. Men jamoamizning yetakchiligi, ishtiyoqi, ochligi va kamtarligini qadrlayman. Shu poydevor asosida davom etishni istaymiz.

Bu yigitlarda ishonch bor, so‘nggi 3 oyda buni ko‘rsatishdi. Yutuqlar ham bo‘ldi, pasayishlar ham, ayrim o‘yinlarni yutqazdik, lekin bu ishonch va mehnat madaniyatini yo‘qotmadi. Muhimi — har zarbaga zarba bilan javob berish va doim maksimal darajada harakat qilish.

Qaytish (comeback) majburiyatmi? Yo‘q, bu bizning burchimiz. Ishonch bilan maydonga tushishimiz kerak. Agar kimdir bu vaziyatni o‘zgartira olsa, u “Inter”. Ammo bu oson bo‘lmaydi: muvozanat va ishonchni yo‘qotmaslik zarur. O‘yin 100 daqiqa, ba’zan 120 va penaltilargacha cho‘ziladi. Boshlanishidan tayyor bo‘lishimiz, darhol gol urishga shoshilib muvozanatni yo‘qotmasligimiz kerak. Lahzalarni to‘g‘ri boshqarish muhim.

“AC Milan”dan +10 ochko yondashuvni o‘zgartiradimi? Yo‘q. Biz birinchi o‘yinda yutqazganimizni bilamiz. Chempionatning bunga aloqasi yo‘q. Bosqichdan o‘tishni istasak, faqat eng yaxshi “Inter” bo‘lishimiz shart.

“Bodø”ga yutqazish uyat? Siz buni aytib kulayapsizmi? Futbolda uyat degan narsa yo‘q, raqibni hurmat qilish kerak. Siz bunday deyish bilan bizni hurmatsiz qilyapsiz. Biz esa “Bodø”ni hurmat qilamiz — ular buni yirik jamoalarga qarshi isbotlashgan. Biz uyalmaymiz, aksincha birinchi o‘yindan keyin ham ularni tabriklaganmiz. Ular sog‘lom loyiha namoyish etishmoqda.

“Meazza” effekti “Bodø”ni qo‘rqitadimi? Biz uchun eng muhimi — futbolchilarimiz yana haqiqiy maysada futbol o’ynashadi.

Murabbiy bunday o‘yinlarda motivatsiya bera oladimi? Men futbolchi bo‘lganimda murabbiyni ko‘p tinglamasdim, o‘z ishonchimga tayanardim va jamoadoshlarimni ranjitmaslikni o‘ylardim. Balki murabbiyni ko‘proq tinglaganimda, yanada katta martaba qilardim, lekin men shunday edim.



⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9
🎙 | “Bodø” bosh murabbiyi Knutsen matbuot anjumanida Norvegiyadagi stadion bo’yicha bo’layotgan bahslardan norozi bo‘ldi:

Italiyada bizning stadion maysasi haqida juda ko‘p gapirishyapti. Lekin bu mening qo‘limda emas. Muhimi — faqat ta’sir qila oladigan narsalarga e’tibor qaratish. “Manchester City” bu mavzuni umuman ko‘tarmadi, faqat bizni maqtadi. Endi navbat bizga, va aynan biz bu turdagi maydonga o‘rganmagan jamoamiz. Sovuq yoki boshqa tashqi omillar haqida haddan tashqari o‘ylaydiganlar, meningcha, aqlli ish qilmayapti. Agar yaxshi o‘yin ko‘rsatmoqchi bo‘lsang, bunday narsalar haqida bosh qotirmasliging kerak.



⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👌10💯6
🔝 | Most in-form 🔥


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍18
🏆 | Ertangi uchrashuv uchun jamoamizning kutilayotgan boshlang‘ich tarkibi.


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👌15
⚡️ | Ispaniya manbalariga ko‘ra, Diego Simeone va “Inter” keyingi mavsumni birgalikda boshlash bo‘yicha allaqachon kelishuvga erishgan.

Siz bu xabarga ishonasizmi?

Men esa quyidagi sabablarga ko‘ra bunga ishonmayman:

• 1. Simeone dunyodagi eng yuqori maosh oluvchi murabbiylardan biri. “Inter” hozirgi moliyaviy siyosati bilan bunday darajadagi maoshni to‘lash imkoniga ega emas.

• 2. “Inter”da hozir murabbiyni almashtirish uchun hech qanday asos yo‘q. Aksincha, Italiyadan kelayotgan xabarlarga ko‘ra, klub rahbariyati Chivu bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmoqda.

Siz nima deb o‘ylaysiz?


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2521
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚽️ #MATCHDAY

🏆 Chempionlar Ligasi

🆚 “Bodø/Glimt”

⚽️ Giuseppe Meazza (San-Siro)

Bugun | 01:00


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
142🔥2👍1
INTER ZONE | UZB 🇺🇿
⚽️ #MATCHDAY • 🏆 Chempionlar Ligasi • 🆚 “Bodø/Glimt” • ⚽️ Giuseppe Meazza (San-Siro) • Bugun | 01:00 ⚽️ INTER ZONE | UZB
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
| Bugungi vazifani uddalay olamizmi?

👍 Ha, jamoa buni uddalay oladi.
👎 Yo‘q, bu deyarli imkonsizdek ko‘rinmoqda.


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍109👎2131
INTER ZONE | UZB 🇺🇿
⚽️ | Forza Inter 📷 https://www.instagram.com/reel/DVIQZz-DOJR/?igsh=MWxya2tzNGcxN2owNg== ⚽️ INTER ZONE | UZB
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥🏟️ | Bugungi o‘yin oldidan “Inter Media House” tomonidan maxsus video tayyorlandi.

❗️ Biz Arktikani qaynab turgan “San Siro”da kutib olamiz.


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥174
🚨 | Oaktree Chempionlar Ligasida “Inter” oldiga minimal vazifa qo‘ydi — keyingi bosqichga chiqish. Bu klub uchun qo‘shimcha 15 million yevro daromad degani.


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🗿4👌1
▶️ | Bugungi o’yin 😀😀 orqali jonli efirda olib beriladi.

🎙 Sharhlovchi: Abror Jo‘rakulov

⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏166🔥2👍1
🇧🇷 | Ronaldo Fenomeno bugun kechqurun “Meazza” stadionida bo‘lib o‘tadigan “Inter” – “Bodø/Glimt” uchrashuvini stadiondan tomosha qiladi.


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍334
⚽️ | Alessandro Bastoni "Barselona"ning eng katta orzusi. Biroq, italiyalikning narxi juda yuqori va u "Inter" bilan shartnomasini uzaytirish bo'yicha muzokaralar olib bormoqda. - Matteo Moretto
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
32🤣5❤‍🔥4
🇮🇹 | “Итальянские середняки” kanalini ko‘pchilik yaxshi biladi. Endilikda ushbu kanal egalari uning yangilangan versiyasini taqdim etishdi. A Seriya muxlislarini yangi kanalga taklif qilamiz. Bizning kanal adminlari ham u yerda postlar joylab borishadi. Bizni ushbu kanalda ham kuzatib boring:

💙 https://t.me/seredniaki_italy


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍153🔥3
Новый копиум подъехал

👉Середняки_Calcio
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣26😱54👎3🤯1
| Bugungi kunning dastlabki g’alabasi.

💬 “Inter” yoshlari “Betis Sevilya”ni mag‘lub etib, “UEFA Youth League” musobaqasining chorak finaliga yo‘l oldi.


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
22👍9😍32🔥1