INTER ZONE | UZB 🇺🇿
1.37K subscribers
13.3K photos
1.54K videos
2 files
3.45K links
#inter #intermilan #interfc #interuzbekistan #internazionale #nerazzurri

Barchasi #Inter haqida, va albatta O’zbek tilida.

Murojaat uchun: Direct dan foydalaning
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
➡️🏆 | Keyingi o‘yin haqiqiy comeback talab qiladigan bahs bo‘ladi. Kutamiz…

💬 Bu mavsum “Inter”dan Chempionlar Ligasida qandaydir juda katta natija kutmayman. Ammo bunday raqibga yutqazib, musobaqani shunchaki tark etishni ham qabul qila olmayman. O‘ylaymanki, Chivu va jamoa ham aynan shu fikrda.


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💯2253👍3🗿1
📊 | Bir mavsum davomida A Seriyada eng ko‘p golli uzatma mualliflari:

🥇 Papu Gomes (2019/20) — 16
🥈 Dimarko (2025/26) — 15
🥈 Luis Alberto (2019/20) — 15
🥉 Berardi (2021/22) — 14
🥉 Hamsik (2012/13) — 14

📈 Dimarkoni oldida yana 12 ta o‘yin bor va u deyarli qayta takrorlanmaydigan tarixiy rekord o‘rnatish imkoniyatiga ega.


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17🔥5👏1
📊🔝 | Opta ma’lumotlariga ko‘ra, “Inter” joriy mavsumda Yevropaning top-5 ligalari orasida burchak zarbalaridan eng ko‘p gol urgan jamoa — 15 ta gol.


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1711🤯2👏1
📊 | Nikolò Barellasiz o‘tkazilgan “Inter”ning so‘nggi 20 o‘yini:

⚽️ 20 o‘yin
18 g‘alaba
🤝 02 durang
00 mag’lubiyat


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣18👍2😍1
🎙 | Mkhitaryan:

🗣️ O‘ylaymanki, Dimarko tezroq yangi uy sotib olishi kerak. Chunki uning MVP sovrinlari hozirgi uyiga sig‘may qolyapti.


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣37🔥61
📊 | “Inter”ning A Seriyadagi so’ngi 14 o’yini:

🆚 “Lecce”
🆚 “Juventus”
🆚 “Sassuolo”
🆚 “Cremonese”
🆚 “Pisa”
🆚 “Udinese”
🆚 “Lecce”
🤝 🆚 “Napoli”
🆚 “Parma”
🆚 “Bologna”
🆚 “Atalanta”
🆚 “Genoa”
🆚 “Como”
🆚 “Pisa”


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍23😱8🔥42❤‍🔥2
👋 | Assalamu alaykum barchaga.


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣29👍108
INTER FAMILY | FC INTER
🥶🥶🥶
🥶 | “Sovuq juda-yam sovuq” diyarmidi qaysidur multfilmda:)


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣338🔥2🤬2💯1
💬 | Eh, birodarlarimiz ham ajab ish qilyapti. Avval o‘zi tanigan-tanimagan yurtdoshlariga haqorat qilib, “maymunzoda” deb so‘kinadi, keyin “tortishmang” deb domlani yoqadi, undan keyin yana “it” deydi. Bu yerda bizning aybimiz yo‘q. Ayb bo‘lsa, uni Allegridan yoki boshqa sababchilardan izlash kerak. Umuman olganda, kurash hali tugagani yo‘q. Boshqalarni haqorat qilish esa oxir-oqibat faqat o‘zingizga qaytadi.


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💯34👍73🤣1
📊 | A Seriyadagi amaldagi eng uzoq mag‘lubiyatsiz seriyalar:

• 14 — “Inter”
• 9 — “Atalanta”
• 3 — “Parma”



• 0 — “AC Milan”
• 0 — “Napoli”
• 0 — “Yuventus”


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣3712🔥51
📈 | 26-tur uchrashuvlaridan keyin “Inter”ning Skudetto’ni qo‘lga kiritish ehtimoli 97 foizga yetdi.

📊Football Meets Data

⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍205🔥4👌1💯1
Forwarded from Mem United | Uz 👀
🏆 | “Inter” Skudetto cho‘qqisini zabt etishga juda yaqin.


Mem United | Uz 🙂
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
28🤣10👍7
📊 | “Inter” safida eng ko‘p uchrashuvda maydonga tushgan futbolchilar.

❗️ Hozirda faol futbolchilarimiz orasida “Inter” safida 300 dan ortiq o‘yin o‘tkazgan atigi ikki futbolchi bor. Aynan shu ikki o‘yinchi yaqin yillarda klub tarixidagi Top-10 ro‘yxatida o‘zgarish yasash imkoniyatiga ega.

• Lautaro Martínez — 370 ta o‘yin
• Nicolò Barella — 322 ta o‘yin


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
13🔥1
🎙 | Lele Adani:

🗣️ Menimcha, chempion masalasi allaqachon hal bo’ldi. Ammo Chivu uchun birinchi mavsumidayoq chempion bo‘lish oson va kutilgan holat emas edi. Pioli buni uddalay olmadi, Inzaghi ham birinchi yili qila olmadi. Allegri ikkinchi davrida uch yil davomida katta ochkolar farqi bilan ortda qoldi. Spalletti ham birinchi mavsumida yutmadi. Conte esa “Inter”da faqat ikkinchi yilida chempion bo‘lgan.


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
19🔥5👍3
🎙 | Chempionlar Ligasi o’yini oldidan matbuot anjumanida Dimarko:

Menimcha, o‘yin juda hujumkor ruhda o‘tadi, chunki biz ikki to‘p farqi bilan ortdamiz. Ularning qarshi hujumlari ko‘plab o‘yinlarda hal qiluvchi bo‘lgan, shuning uchun juda ehtiyot bo‘lishimiz kerak. Asosiy fikrimiz — gol urish, keyin o‘yinning qanday kechishini ko‘ramiz. Lekin ikki gol ortda ekanimizni unutmaymiz, vazifa — imkon qadar tezroq hisobni qisqartirish.

Yil boshidan beri murabbiy Chivu menga juda ko‘p maslahatlar berdi. Kolarov ham shunday. Ikkalasi bilan birga ishlash men uchun katta omad.

Bizda urinib ko‘rish mas’uliyati bor, chunki biz — “Inter”miz. O‘z maydonimizda “Inter”ga xos o‘yin ko‘rsatishimiz kerak, buni oldingi yillarda ko‘p bor isbotlaganmiz. Italiya bilan Jahon chempionati masalasi ham xuddi shunday: ikki marta qatnasha olmadik, endi borish majburiyatimiz bor.

Pio Esposito? U juda kamtar va tinimsiz harakat qiladi. Uni jamoada borligi — biz uchun katta omad.

“Bodø/Glimt” A Seriyada o’ynaganda qayerda bo‘lardi? Qiziq savol. Aniq bilmayman, lekin ular juda yaxshi tashkil etilgan jamoa. “Manchester City” va “Atletiko” kabi jamoalarni osonlikcha yutib bo’lmaydi.


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11
“Agar tanlashga majbur bo‘lsang: Skudetto, Chempionlar Ligasi yoki Jahon chempionatiga yo‘llanma?”

🗣 Dimarko: “Iltimos, ikkitasini tanlashga ruxsat ber. Men Skudetto va Italiya bilan birga Jahon chempionatiga yo‘llanma olishni tanlayman.”


⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍26🔥8
🎙 | Chivu matbuot anjumanida:

Norvegiyada oson bo‘lmasligini bilardik: maydon va ob-havo moslashishni talab qildi. Afsuski, buni to‘liq uddalay olmadik yoki faqat ayrim pallalarda uddaladik. “Bodø/Glimt” Madridda g‘alaba qozongan, “Manchester City”ni yenggan, Dortmundda durang o‘ynagan. Ayrim lahzalarda yetarli darajada bo‘la olmadik, umid qilamanki bu qayta takrorlanmaydi.

Lautaro kabi yetakchi yo’qligi bilinadimi? Bizda ko‘plab yetakchilar bor. Hammada mas’uliyat hissi bor va hozirgacha buni yaxshi ko‘rsatishdi. Hammaning ishtiroki va ishonchi bor. Men jamoamizning yetakchiligi, ishtiyoqi, ochligi va kamtarligini qadrlayman. Shu poydevor asosida davom etishni istaymiz.

Bu yigitlarda ishonch bor, so‘nggi 3 oyda buni ko‘rsatishdi. Yutuqlar ham bo‘ldi, pasayishlar ham, ayrim o‘yinlarni yutqazdik, lekin bu ishonch va mehnat madaniyatini yo‘qotmadi. Muhimi — har zarbaga zarba bilan javob berish va doim maksimal darajada harakat qilish.

Qaytish (comeback) majburiyatmi? Yo‘q, bu bizning burchimiz. Ishonch bilan maydonga tushishimiz kerak. Agar kimdir bu vaziyatni o‘zgartira olsa, u “Inter”. Ammo bu oson bo‘lmaydi: muvozanat va ishonchni yo‘qotmaslik zarur. O‘yin 100 daqiqa, ba’zan 120 va penaltilargacha cho‘ziladi. Boshlanishidan tayyor bo‘lishimiz, darhol gol urishga shoshilib muvozanatni yo‘qotmasligimiz kerak. Lahzalarni to‘g‘ri boshqarish muhim.

“AC Milan”dan +10 ochko yondashuvni o‘zgartiradimi? Yo‘q. Biz birinchi o‘yinda yutqazganimizni bilamiz. Chempionatning bunga aloqasi yo‘q. Bosqichdan o‘tishni istasak, faqat eng yaxshi “Inter” bo‘lishimiz shart.

“Bodø”ga yutqazish uyat? Siz buni aytib kulayapsizmi? Futbolda uyat degan narsa yo‘q, raqibni hurmat qilish kerak. Siz bunday deyish bilan bizni hurmatsiz qilyapsiz. Biz esa “Bodø”ni hurmat qilamiz — ular buni yirik jamoalarga qarshi isbotlashgan. Biz uyalmaymiz, aksincha birinchi o‘yindan keyin ham ularni tabriklaganmiz. Ular sog‘lom loyiha namoyish etishmoqda.

“Meazza” effekti “Bodø”ni qo‘rqitadimi? Biz uchun eng muhimi — futbolchilarimiz yana haqiqiy maysada futbol o’ynashadi.

Murabbiy bunday o‘yinlarda motivatsiya bera oladimi? Men futbolchi bo‘lganimda murabbiyni ko‘p tinglamasdim, o‘z ishonchimga tayanardim va jamoadoshlarimni ranjitmaslikni o‘ylardim. Balki murabbiyni ko‘proq tinglaganimda, yanada katta martaba qilardim, lekin men shunday edim.



⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9
🎙 | “Bodø” bosh murabbiyi Knutsen matbuot anjumanida Norvegiyadagi stadion bo’yicha bo’layotgan bahslardan norozi bo‘ldi:

Italiyada bizning stadion maysasi haqida juda ko‘p gapirishyapti. Lekin bu mening qo‘limda emas. Muhimi — faqat ta’sir qila oladigan narsalarga e’tibor qaratish. “Manchester City” bu mavzuni umuman ko‘tarmadi, faqat bizni maqtadi. Endi navbat bizga, va aynan biz bu turdagi maydonga o‘rganmagan jamoamiz. Sovuq yoki boshqa tashqi omillar haqida haddan tashqari o‘ylaydiganlar, meningcha, aqlli ish qilmayapti. Agar yaxshi o‘yin ko‘rsatmoqchi bo‘lsang, bunday narsalar haqida bosh qotirmasliging kerak.



⚽️ INTER ZONE | UZB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👌10💯6