InterView.uz
63 subscribers
51 photos
3 videos
1 file
74 links
Biz bilan Interviewga tayyorlaning.

https://interview.uz
https://app.interview.uz
Download Telegram
​​CSS bo'yicha test savollari ham platformamizga qo'shildi.

InterView.uz da ro'yxatdan o'ting va bilimlaringizni sinab ko'ring.

@interview_uz
Versiyalarni boshqarish tizimi (Git)ga bag'ishlangan testlar qo'shildi. O'zingizni sinab ko'rishingiz mumkin.

@interview_uz 🤗

Maqsadimiz - Al-Xorazmiyning haqiqiy avlodlarini tayyorlashda kòmaklashish

#quiz #vcs
3. Al-Xorazmiy ilmiy faoliyatida Bag'dod shahrida VIII asr oxiri IX asr boshlarida Xorun ar-Rashidning o'g'li Ma’mun davrida tashkil etilgan olimlar akademiyasi - «Bayt ul-hikma» («Donishmandlar uyi») katta rol o'ynagan. Bag'dod Akademiyasida Halifa Ma’munning topshirig'iga ko'ra, Al-Xorazmiy boshchiligida 70 dan ortiq olim jahonning va osmonning batafsil tasvirini o'z ichiga olgan «Jahon xaritalari», ya’ni dunyo atlasini tuzish ustida faoliyat olib borishgan.

@interview_uz 🤗

Maqsadimiz - Al-Xorazmiyning haqiqiy avlodlarini tayyorlashda kòmaklashish

#xorazmiy #alloma
​Outsource companylarda C#, Java tillarida ishlaydigan malakali dasturchi Shahobiddin Imamov bilan intervyudan lavha. Yaqin kunlarda podcast sifatida kanalimizga qo'yish rejamiz bor.

InterView.uz dan ro'yxatdan o'ting va ball to'plang!

#suhbat #intervyu #tajriba
@interview_uz
#trend #rozi_rizolik InterView.uz loyihasidan rozimisiz? Postlarimiz va loyiha doirasidagi imkoniyatlar sizlarga ma'qulmi?
anonymous poll

Ha roziman. Albatta! – 11
👍👍👍👍👍👍👍 73%

100 dan 100 ball beraman hammasiga. Ming tasanno! – 2
👍 13%

Mingdan ming roziman. Ofarin! – 1
👍 7%

Umuman kamchilik yoq. Yashanglar! – 1
👍 7%

👥 15 people voted so far.
1. Algoritim tarixi. Algoritm so'zi va tushunchasi IX asrda yashab ijod etgan buyuk bobokalonimiz Muxammad al-Xorazmiy nomi bilan uzviy bogliq bolib, uning arifmetikaga bagishlangan “Al jabr va al-muqobala” nomli asarining dastlabki betidagi “Dixit Algoritmic” (“Dediki Al Xorazmiy”ning lotincha ifodasi) degani

@interview_uz🤗

Maqsadimiz - Al-Xorazmiyning haqiqiy avlodlarini tayyorlashda ko'maklashish

#algoritim #algoritimga_kirish
2.Algoritm nima? Algoritm deganda biror maqsadga erishishga yoki qandaydir masalani yechishga qaratilgan buyruqlarning aniq, tushunarli, chekli hamda to`liq tizimi tushuniladi.
Qisqa qilib aytadigan bo'lsak: aniq natijaga olib keladigan amallarning cheklangan ketma-ketligiga aytiladi.

@interview_uz🤗

Maqsadimiz - Al-Xorazmiyning haqiqiy avlodlarini tayyorlashda ko'maklashish

#algoritim #algoritim_nima
1.
✅ Dasturchilar uchun tarmoqning baʼzi sodda tushunchalaridan boxabar bo‘lish bundan ancha yillar oldin unchalik ahamiyat kasb etmas edi, aksincha hozirgi kunga kelib esa yuqori samarali, kuchli dasturchi bo‘lish tarmoqning asosiy tushunchalarini bilgan holda ulardan o‘z o‘rnida foydalana olish majburiy bo‘lib qoldi.
Shunday ekan keling, tarmoqning dasturchilar uchun muhim bo‘lgan baʼzi qismlarini ushbu postda keltirib o‘tamiz va keyingi maqolalarda batafsil yoritishga harakat qilamiz. 🔜
Demak bular quyidagilar:
1️⃣ OSI modeli
2️⃣ IP adreslash(subnetting)
3️⃣ TCP va UDP
4️⃣ DNS
5️⃣ Texnik qurilma turlari
.

@interview_uz 🤗

Maqsadimiz - Al-Xorazmiyning haqiqiy avlodlarini tayyorlashda kòmaklashish

#tarmoq #networking
2.
OSI model
O'tkan asrning 70-80 yillarida global tarmoq rivojlanishni boshlaganda turli xil qurilmalar, har xil joylardan, turlicha usulda aloqa qilish uchun, va aloqa jaroyonida turli xil konfliktlar kelib chiqa boshlaydi natijada esa tarmoq injinerlari o'zaro kelishib biror standart yaratish uchun birlashadi va ular 1984 - yilda Muloqotning etalon modeli - OSI (Open System Interconnection) ni ommaga e'lon qilishadi. Endi qaysi kompaniya(CISCO, Huawei, HP, ZyXel....) tarmoq qurilmalarini ishlab chiqarsa aynan shu standartga moslab ishlab chiqaradigan bo'ldi va ulkan muammo shu model orqali hal qilindi.

Quyida ushbu model haqida qisqacha tanishamiz ...🔜

@interview_uz 🤗

Maqsadimiz - Al-Xorazmiyning haqiqiy avlodlarini tayyorlashda kòmaklashish

#tarmoq #networking #OSI_model
3.
7️⃣ Application Layer
(Amaliy qatlam)
U tarmoqda amaliy va tizimli dasturlarning o‘zaro aloqasini taʼminlaydi (foydalanuvchi va tarmoq o‘rtasida interfeysni taʼminlagan holda). Bu pog‘onada amaliy xizmatlar bajariladi, yaʼni:
✔️ fayllarni uzatish,
✔️ olislashgan holda terminalga kirish (Telnet),
✔️ elektron pochta va hokazo.

@interview_uz 🤗

Maqsadimiz - Al-Xorazmiyning haqiqiy avlodlarini tayyorlashda kòmaklashish

#tarmoq #networking #osi_model #application #amaliy_pogonasi
0️⃣ Data Structures.
Qisqa qilib aytganda bu - bu ma'lum bir holatga ko'ra o'zida ma'lumotlarni saqlaydigan konteynerlardir. Bizga ma'lumki informatika fanidagi asosiy obyekt sifatida "Ma'lumot"lar turadi. IT sohasida har doim ma'lumotlar bilan ishlanadi. Turli xil holatlar uchun ma'lumotlar ma'lum bir formatda saqlanishi kerak. Bunday ehtiyojlarni qondiradigan bir nechta data structure lar mavjud. Ulardan eng ko'p foydalaniladiganlari quyidagilar:
➖ Arrays;
➖ Stacks;
➖ Queues;
➖ LinkedList;
➖ Trees;
➖ Graphs;
➖ Hashtables.
Data structure lar har xil holatlarda bo'ladi, ba'zilari biror masalalarda samarali va boshqalarida samarasiz bo'lishi mumkin.

@interview_uz 🤗

Maqsadimiz - Al-Xorazmiyning haqiqiy avlodlarini tayyorlashda kòmaklashish

#data_structures #introduction
1️⃣ Data Structures - Arrays (Massivlar).
Eng ko'p tarqalgan ma'lumotlar strukturalaridan biri bu - massivlardir. Ko'plab dasturlash tillari massivlarni qo'llab-quvvatlaydi. Massivlar ma'lumotlar strukturalarini boshlashda boshlang'ich nuqta hisoblanadi.

Xususiyatlari:
➖ Massiv - bu obyektdir;
➖ Massiv bir xil data type ga ega bo'lgan elementlarni saqlaydi;
➖ Massiv o'lchami chegaralangan bo'ladi;
➖ Massiv elementlariga index lar orqali murojaat qilinadi; index lar 0 dan boshlanadi (misol uchun: 0, 1, 2, 3, 4, ...). Massivlarda index orqali elementlarga murojaat qilish juda ham tez bo'ladi;

Massiv turlari:
➖ Bir o'lchamli;
➖ Ko'p o'lchamli (Massiv ichida massiv).

@interview_uz 🤗

Maqsadimiz - Al-Xorazmiyning haqiqiy avlodlarini tayyorlashda kòmaklashish

#data_structures #arrays
​Bugun InterView.uz loyihasi doirasida navbatdagi uchrashuvimiz bo'lib o'tdi. BU galgi uchrashuvimizda SQL bo'yicha advanced savollarga javoblar berib ketildi. Agar sizlarga sifatli shaklda taqdim qila olsak, youtube kanalimizga qo'yishimiz mumkin.

@interview_uz 🤗

Maqsadimiz - Al-Xorazmiyning haqiqiy avlodlarini tayyorlashda kòmaklashish

#uchrashuv #mahorat #darsi #SQL
InterView.uz Youtube kanalimizga navbatdagi Identifikatorlarni nomlash mavzusi bo'yicha mahorat darsini joyladik.

Videoda quyidagilarni yaxshi o'rganib olasiz
1. Nomlash konvensiyasi
2. Nomlash konvensiyasining afzalliklari
3. CamelCase
4. snake_case
5. SCREAMING_SNAKE_CASE
6. kebab-case
7. Maqsadini aytib turadigan nomlar
8. Noto’g’ri ma’lumot bermang
9. Ma’nosi farq qiladigan o’zgaruvchilar
10. Talaffuz qilinadigan nomlar
11. Izlanadigan nomlardan foydalaning
12. Vengercha notatsiya (HN)
13. Avoid mental mapping
14. Class nomlari
15. Metod nomlari
16. Bitta konsepsiyaga bitta so’z
17. Yechimdan kelib chiqib nom berish
18. Muammodan kelib chiqib nom berish
19. Kontekstdan kelib chiqib nom bering
20. Juda ham ko’p context qo’shib tashlamang

https://youtu.be/Jiums3sKEr8

@interview_uz 🤗

Maqsadimiz - Al-Xorazmiyning haqiqiy avlodlarini tayyorlashda kòmaklashish

#clean_code #nomlash #uchrashuv #mahorat_darsi #mahorat
Nomlash konvensiyasi yoki Identifikatorlarni nomlash mavzusi bo'yicha mahorat dars muallifi 3i inc. kompaniyasi dasturchisi Mirjalol Norqulov.

Videoni ko'rish

@interview_uz 🤗

Maqsadimiz - Al-Xorazmiyning haqiqiy avlodlarini tayyorlashda kòmaklashish
3. Algoritim xossalari
Algoritim xossalari 5 ta bo‘lib ular Diskretlilik, Tushunarlilik, Aniqlik, Ommaviylik, Natijaviylik kabi xossalarga ega. Algoritim quyidagi xossalar asnosida ishlab chiqiladi

1️⃣ Diskretlilik. Bu xossaning mazmuni-algoritmlarni doimo chekli qadamlardan iborat qilib bo‘laklash imkoniyatini mavjudligidir.
2️⃣ Tushunarlilik. Ijrochiga tavsiya etilayotgan ko‘rsatmalar uning uchun tushunarli bo‘lish kerak, aks holda ijrochi oddiygina amalni ham bajara olmaydi.
3️⃣ Aniqlik. Ijrochiga berilayotgan ko‘rsatmalar aniq mazmunda bo‘lishi kerak. Chunki, ko‘rsatmadagi noaniqliklar mo‘ljaldagi maqsadga erishishga olib kelmaydi.
4️⃣ Ommaviylik. Har bir algoritm mazmuniga ko‘ra bir turdagi masalalarning barchasi uchun ham o‘rinli bo‘lishi kerak.
5️⃣ Natijaviylik. Har bir algoritm chekli sondagi qadamlardan keyin natija berishi shart. Bajariladigan amallar ko‘p bo‘lsa ham natijaga olib kelishi kerak.

@interView_uz🤗

Maqsadimiz - Al-Xorazmiynig haqiqiy avlodlarini tayyorlashda ko‘maklashish

#algoritim
5. Blok-sxemani tasvirlash jadvali
Quyidagi geometrik shakillar orqali algoritimlar grafik blok-sxema shaklida tasvirlanadi.

@interview_uz🤗

Maqsadimiz - Al-Xorazmiynig haqiqiy avlodlarini tayyorlashda ko'maklashish

@algoritim @blok_sxema
4.
6️⃣ Presentation Layer (Taqdimot qatlam).
Bunda maʼlumotlarni uzatishda ularni bir xil standard asosida uzatishni ta'minlaydi. Misol uchun audio fayllar .mp3, .ogg, .acc (va hokazo) formatda yuborilishini aynan shu poģona ta'minlaydi. Ma'lumotlarni maxfiylashtirish ham ushbu poģonaning vazifalaridan biridir.

@InterView_uz

Maqsadimiz: Al-Xorazmiyning haqiqiy avlodlarini tayyorlashda ko'maklashish

#tarmoq #networking #osi_model #taqdimot_pogona #presentation_layer
2️⃣ Data Structures - Stacks.
Uning ishlashi quyidagicha tartibda bo'ladi: xotiraga qo'shilgan oxirgi element birinchi murojaat qilish mumkin bo'lgan holatda saqlash. Ya'ni LIFO (Last In First Out) dir. Birinchi yoki o'rtadagi elementga murojaat qilish uchun, ulardan avvalgi elementlarni Stack dan olish zarur. Stack larga doir misol sifatida, ustma - ust terilgan kitoblar, idishlar va h.k. larni aytishimiz mumkin.

Xususiyatlari:
➖ Stack arraydan tashkil topgan;
➖ Stack ga element qo'shish uchun "push" funksiya ishlatilinadi;
➖ Stack dan element olish uchun "pop" funksiya ishlatilinadi;
➖ Stack ning ichida element bor yoki yo'qligini tekshirish uchun "empty" funksiya ishlatilinadi;
➖ Stack o'lchami "size" funksiya bilan olinadi.

@interview_uz 🤗

Maqsadimiz - Al-Xorazmiyning haqiqiy avlodlarini tayyorlashda kòmaklashish

#data_structures #stacks
3️⃣ Data Structures - Queues.
Queue - bu navbat degani. Queue ham Stack ga o'xshash data structure hisoblanadi. Farqi shundaki Queue FIFO ("First In First Out" - birinchi kirgan birinchi chiqadi) holatida ishlaydi. Ya'ni bunda birinchi kiritilgan element xotirada birinchi murojaat qilinadigan holatda saqlanadi. Real hayotda bunga doir misollar ko'plab topiladi. Misol uchun do'kondan biror mahsulot sotib olish uchun kelgan mijozlarning navbatini olish mumkin.

Xususiyatlari:
➖ Queue ham arraydan tashkil topgan;
➖ Queue ga element qo'shish uchun "enqueue" funksiya ishlatilinadi;
➖ Queue dan element olish uchun "dequeue" funksiya ishlatilinadi;
➖ Queue ning birinchi qo'shilgan elementi "front" funksiya bilan olinadi;
➖ Queue ning oxirgi qo'shilgan elementi "rear" funksiya bilan olinadi.

Queue turlari:
➖ Queue;
➖ Priority Queue;
➖ Circular queue
➖ Double ended queue (Dequeue);

@interview_uz 🤗

Maqsadimiz - Al-Xorazmiyning haqiqiy avlodlarini tayyorlashda kòmaklashish

#data_structures #queue
4. Xorazmiy qalamiga mansub 20 dan ortiq asarlarning faqat 10 tasi bizgacha yetib kelgan. Bular
1️⃣ “Aljabr va al-muqobala hisobi haqida qisqacha kitob” – algebraik asar,
2️⃣ “Hind hisobi haqida kitob” yoki “Qoʻshish va ayrish haqida kitob” – arifmetik asar,
3️⃣ “Kitob surat-ul-arz” – geografiyaga oid asar.
4️⃣ “Zij”,
5️⃣ “Asturlob bilan ishlash haqida kitob”,
6️⃣ “Asturlob yasash haqida kitob”,
7️⃣ “Asturlob yordamida azimutni aniqlash haqida”,
8️⃣ “Kitob ar-ruhoma”,
9️⃣ “Kitob at-taʼrix”,
🔟 “Yahudiylarning taqvimi va bayramlarini aniqlash haqida risola”.
Bu asarlarning toʻrttasi arab tilida, bittasi Fargʻoniyning asari tarkibida, ikkitasi lotincha tarjimada saqlangan va qolgan uchtasi hali topilgan emas.

@interview_uz 🤗

Maqsadimiz - Al-Xorazmiyning haqiqiy avlodlarini tayyorlashda kòmaklashish

#xorazmiy #alloma