Integer Academy
222 subscribers
367 photos
58 videos
1 file
282 links
πŸ‘¨πŸ»β€πŸ’» Bolalar uchun Ayti va robototexnika kurslari.

πŸš€ Farzandingiz qiziqishlarini to'g'ri yo'naltiramiz.

πŸ‘©πŸ»β€πŸ’Ό Adminstrator: @integer_admin1

πŸ“ž Tel: +998889999500

Manzil: Navruz Mall savdo markazi ro’parasida, English Life o’quv markazi.
Download Telegram
Assalomu alaykum do'stlar, bugun sizlar bilan kuchli dasturchilar haqida gaplashamiz. Ular klaviaturaning qaysi tugmachalaridan ko'p foydalanishadi?

πŸ˜‡ Siz o'ylaysizki, ular ertalabdan kechkacha tinimsiz yozib o'tirishadi, dasturchilarga ham rosa qiyin, yozaverib qo'llari og'rib ketadi deb. Lekin, aslo unday emas.

πŸ˜… Ko'rganingizdek, kuchli dasturchilar atiga 3 dona tugmachadan foydalanadi. Shuning uchun qo'rqmang, umuman o'zingizni yo'qotmasdan bizga murojaat qilavering.

🌐 Onlayn ro'yxatdan o'tish.

πŸ€΅πŸ»β€β™€ Adminstratorga yozish.

πŸ“ž Tel: +998934445560

Telegram | Instagram | Facebook
Nima uchun Pythonni o'rganish kerak?

Dasturlash tillari soni juda ham ko'p, lekin qaysi birini o'rganish kerak? degan savol ko'pchilikni qiynaydi. Bugun biz hozirgi kunda eng ko'p foydalanuvchisiga ega Python dasturlash tili haqida gaplashamiz.

πŸ“ˆ Bugun dasturchilarning 30% dan ortig'i Python dasturlash tilidan foydalanishadi va bu ko'rsatkich kun sayin ortmoqda. Chunki o'rganishga oson va ko'p sohalarda ishlatish mumkin. Masalan, Web dasturlash, Sun'iy intellekt, Ma'lumotlar analitikasi bilan ishlash, Robototexnika va boshqalar.

πŸ’΅ Amerikada Python dasturchilari o'rtacha yiliga $100 000 dan ortiq daromad qiladi. Bizdagi oyliklar haqida hh.uz, rabota.uz saytlaridan o'zingiz ko'rishingiz mumkin. O'ylanmang, siz ham dasturchi bo'la olasiz.

πŸ€΅πŸ»β€β™€ Adminstratorga yozish

πŸ“ž Tel: +998934445560

Telegram | Instagram | Facebook
Safar qilinglar, salomat bo'lasizlar.

Kecha jamoadoshlarimiz bilan Farg'ona safariga chiqdik. Birinchi bo'lib yaqin ukamiz Muhammad Aminning Codial akademiyasiga tashrif buyurdik, to'g'risi ko'p narsa o'rgandik, jarayonni ancha tizimlashtirib qo'yibdilar ofarin.πŸ‘

Keyingi manzil Marg'ilon shahri Raqamli texnologiyalar markazi bo'ldi. Markaz rahbari Bahrom aka juda samimiy inson ekanlar ancha vaqt suhbat qildik, tajribalarini biz bilan o'rtoqlashdi biz ham kamtarona maslahatlar bergan bo'ldik. Oma lekin sharoitlarga gap yo'q, endi bulardan to'la qonli foydalanilsa bo'lgani. πŸ˜‡

Oxirida esa iTeach akademiyasida ham bo'ldik, u yerda ham sharoitlar ajoyib, eng qiziq jihati, Andijonliklar ham bor ekan, o'rtada rosa fikr almashildi. Yangi ko'nikmalarni sinab ko'rish qoldi xolos.

Farg'onalik va Marg'ilonlik do'stlarimizga ko'p tashakkur, ishlaringizga omad!

Telegram | Instagram | Facebook
Dasturchi bo'lish uchun daho bo'lish shart emas.πŸ‘¨πŸ»β€πŸŽ“

Dasturlashni o'rganmoqchi bo'lgan ko'p insonlarni harakatdan to'xtatadigan bir bemani fikr bor, bu ham bo'lsa "kompyuterni o'rganish uchun kalla kuchli bo'lishi kerak". Bo'lmag'ur bahona, har kim ham dasturlashni o'rganishi mumkin.

Buning uchun eng asosiy kerak bo'ladigan narsalar: birinchi navbatda vaqt va ishtiyoq, sabr va harakat, eng asosiysi yaxshi ustoz bo'lsa bas. Qolganini boshlab olgandan keyin ko'rasiz.

πŸ˜‡ Xullas Integer akademiyasiga kelsangiz biz sizga dux beramiz. Umuman o'zingizni yo'qotmaysiz.

πŸ€΅πŸ»β€β™€ Adminstratorga yozish.

πŸ“ž Tel: +998934445560

Telegram | Instagram | Facebook
Mustaqillik bayrami munosabati bilan ajoyib chegirma e'lon qilamiz.🀩

Dasturchi bo'lishni istaganlar uchun ajoyib xushxabar, Integer Akademiyasi mustaqilligimizning 30 yilligi munosabati bilan 5-sentabrgacha ro'yxatdan o'tganlar uchun 30% gacha chegirma e'lon qiladi. Ilm uchun ketsa ketsin.😊

πŸ‘©πŸ»β€πŸ’» O'quv markazimizda hozirgi kundagi eng trendga chiqqan yo'nalishlar bo'yicha tajribali dasturchilardan ta'lim olish bilan bir qatorda, haqiqiy loyihalar bilan shug'ullanish imkoniyatiga ham ega bo'ling.

Web dasturlash
Android dasturlash
iOS dasturlash
Python dasturlash


πŸ˜‰ Kompyuterni bilish - faqatgina Word bilan Excelda ishlash degani emas.

🌐 Onlayn ro'yxatdan o'tish.

πŸ‘©πŸ»β€πŸ’» Adminstratorga yozish.

πŸ“ž Tel: +998934445560

Telegram | Instagram | Facebook
​Assalomu alaykum barchaga!

πŸ‡ΊπŸ‡Ώ Hurmatli kanalimiz kuzatuvchilari va markazimiz o'quvchilari, Integer Akademiyasida mustaqillik bayrami munosabati bilan 1-sentabr va 2-sentabr kunlari dam olish kuni bo'ladi.

πŸ˜‡ "Ko'p dam olsak zerikib qolamiz" degan takliflarni inobatga olib Juma va Shanba kunlari darslar o'z vaqtida bo'ladi, hamma o'z vaqtida kelishini so'rab qolamiz. Mustaqillik bayrami barchangizga muborak bo'lsin.
β€‹πŸŽ‰ Bayram muborak bo'lsin azizlar.

Hurmatli yurtdoshlar, sizlarni Datamond IT kompaniyamiz va Integer Academy jamoasi nomidan chin qalbimizdan tabriklaymiz. Yurtimiz doim tinch va osoyishta bo'lsin.

Sizlarga oilaviy xotirjamlik, baxt-omad hamisha hamroh bo'lsin. Jonajon va mustaqil yurtimizga hech ham ko'z tegmasin. Barchangizga yana bir bor bayram muborak bo'lsin.

πŸ’‘ Siz ham dasturlashni o'rganib, yurtimiz rivojiga o'z hissangizni qo'shing.

🌐 Onlayn ro'yxatdan o'tish.

πŸ‘©πŸ»β€πŸ’» Adminstratorga yozish.

πŸ“ž Tel: +998934445560

Telegram | Instagram | Facebook
πŸ€— Assalomu alaykum barchaga, ochiq darslar haqida xabar bermoqchimiz.

Bizda o'qish istagini bildirib, ro'yxatdan o'tgan bo'lajak dasturchilar va yangi ro'yxatdan o'tmoqchi bo'lganlar uchun qaynoq yangilik. Mandatni o'ylab siqilmanglar, hamma narsaning o'z hikmati bor!

πŸ§‘πŸ»β€πŸ’» Dasturlashning barcha yo'nalishlari bo'yicha bepul ochiq darslar 6-sentabr dushanba kunidan boshlab bo'lib o'tadi. Xar bir yo'nalish haqida albatta birma-bir bog'lanib xabar beramiz.

Mabodo, texnik sabablarga ko'ra bog'lana olmay qolsak (unday bo'lmaydi lekinπŸ˜‰), bemalol kelinoradi. Eshigimiz hamma uchun ochiq. Manzilimiz: Fuqarolik sudi yonida, AKA APTEKA.

πŸ’‘ Integer Academy - Ilm ulashishdan mamnunmiz.

🌐 Onlayn ro'yxatdan o'tish.

πŸ‘©πŸ»β€πŸ’» Adminstratorga yozish.

πŸ“ž Tel: +998934445560

Telegram | Instagram | Facebook
O'qishga kira olmaslik fojia emas!

Assalomu alaykum do'stlar, bir necha kun oldin barcha oliy ta'lim muassasalarining test natijalari e'lon qilindi. Tabiiyki, 80% abituriyentlar o'qishga kira olmagan. Ishoning, bu ko'p narsani anglatmaydi.

Chunki, o'qishga kirish juda katta bir voqea emas, nimaga deganda hozirgi kunda diplom ko'p narsani hal qilmaydi. Biz shuni bemalol aytishimiz mumkinki, IT sohasida diplom deyarli kerak bo'lmaydi. Asosiysi, tajriba va bilim.

O'qishga kirish - bu maqsadga erishish uchun bir yo'l xolos. Reja ish bermasa, demak yo'lni o'zgartiring, maqsadni emas.

Maslahatimiz, siz ham o'zingiz yoqtirgan IT sohalaridan birini o'rganing.

πŸ‘©πŸ»β€πŸ’» Adminstratorga yozish.

πŸ“ž Tel: +998934445560

Telegram | Instagram | Facebook
πŸŽ‰ Assalomu alaykum, barchaga yangi o'quv yili muborak bo'lsin.

Biz ham yangi mavsumni boshladik do'stlar. Bugundan boshlab yangi guruhlar ochilishi boshlanadi, chegirmaga ulgurib qolganlarni tabriklaymiz.

Bugun soat 17:00 da Web dasturlash yo'nalishi bo'yicha birinchi ochiq dars bo'lib o'tadi. Ko'pchilikning talabiga ko'ra kechki guruhdan boshladik. Ertaga ertalab ham aynan shu yo'nalish bo'yicha ochiq dars bo'ladi. Qolgan yo'nalishlarni ham kanalimizda e'lon qilamiz.

πŸ’‘ Bemalol kelishingiz mumkin, eshiklarimiz hamma uchun ochiq.

πŸ‘©πŸ»β€πŸ’» Adminstratorga yozish.

πŸ“ž Tel: +998934445560

Telegram | Instagram | Facebook
🐍 Navbat Pythonga keldi do'stlar.

πŸ˜‡ Ochiq darslar ancha qizg'in bo'layotganidan kanalga e'lon berish ham yodimizdan ko'tarilibdi. Veb dasturlash hamda Android dasturlash bo'yicha ochiq darslar bo'lib o'tdi va yangi guruhlarga start berildi.

πŸ“ Ochiq darslarga kelib ulgurmaganlar biz bilan bog'lanib bemalol tashrif buyurishingiz mumkin. Dars vaqtlari sizga ma'qul kelsagina darslarga kelsangiz bo'ladi.

πŸš€ Ertaga esa o'sha mashxur dasturlash tili Python bo'yicha bepul ochiq dars bo'lib o'tadi, ikkilanmasdan kelavering. Chunki, sifat va natija siz kutgandan yaxshi bo'lishiga va'da beramiz.

πŸ‘©πŸ»β€πŸ’» Adminstratorga yozish.

πŸ“ž Tel: +998934445560

Telegram | Instagram | Facebook
πŸ˜‡ Kompyuterda ko'p o'tirish - ko'zga zarar. Bu gap dasturchilar uchun emas albatta.

Assalomu alaykum barchaga, kelayotgan dam olish kuningiz xayrli bo'lsin. Yangi guruhlar haqida ma'lumot berib o'tmoqchimiz. Chunki barcha yo'nalishlarda yangi guruhlar uchun darslar boshlandi.

βœ… Ro'yxatga yozilganlar va ma'qul vaqtlarni kutayotganlar uchun ham tez orada yana ochiq darslarimiz bo'lib o'tadi, bizni kuzatishdan to'xtamang. Eng yaxshilarini sizlar bilan baham ko'ramiz.

πŸ‘©πŸ»β€πŸ’» Adminstratorga yozish.

πŸ“ž Tel: +998934445560

Telegram | Instagram | Facebook