Integer Academy
221 subscribers
367 photos
58 videos
1 file
282 links
👨🏻‍💻 Bolalar uchun Ayti va robototexnika kurslari.

🚀 Farzandingiz qiziqishlarini to'g'ri yo'naltiramiz.

👩🏻‍💼 Adminstrator: @integer_admin1

📞 Tel: +998889999500

Manzil: Navruz Mall savdo markazi ro’parasida, English Life o’quv markazi.
Download Telegram
🤗 Assalomu alaykum azizlar, barchangizga hayrli kech.

Bugun Integer o'quv markazimiz kurslariga ro'yxatdan o'tishning birinchi bosqichi yakunlandi. Ertadan sinov darslarimizga start beriladi.

O'quv markazimiz Andijon shahar bobur shoh ko'cha 26a-uy, Xolis savdo majmuasidan o'tganda sud binosining yonidagi AKA APTEKA binosining ikkinchi qavatida joylashgan.

😍 Albatta bizning kattagina bannerimiz ilingan, topishga qiynalmaysiz degan umiddamiz. Yana ham qulay bo'lishi uchun xarita orqali joylashgan manzilimizni tashlab qo'yamiz.

Ertaga ertalab soat 10:00 da Web dasturlash yo'nalishi bo'yicha ochiq dars bo'lib o'tadi, barcha qiziquvchilarni taklif qilamiz, kelsangiz afsuslanmaysiz.☺️

👩‍💻 Adminstratorga yozish

📞 Tel: +998934445560

Telegram | Instagram | Facebook | Website
Forwarded from Komil Allamjonov
Куни кеча IT соҳасини танлаган одам ёмон яшамаслигини ёзган эдим. «Уларнинг ойликлари қанча?» деган саволга Ўзбекистонда ва AҚШда дастурчиларнинг йиллик ўртача маошларини келтираман:

🇺🇿Ўзбекистонда:
Java: 3600$ - 24,000$
Python: 4800$ - 24,000$
C#: 3300$ - 20,000$
C++: 4000$ - 30,000$
.NET: 3600$ - 22,000$
JavaScript: 3800$ - 20,000$
PHP: 2500$ - 18,000$

🇺🇸AҚШда:
Java: 102 728$ - 159 688$
Python: 108 551$ - 244 857$
C#: 94 667$ - 168 327$
C++: 113 061$ - 223 526$
.NET: $77,012 - $96,182
JavaScript: 111 674$ - 187 807$
PHP: 89 967$ - 142 205$

Яна таъкидлайман, IT соҳаси бу — бугун ва келажак. Ушбу соҳани яхши ўрганган одам нафақат Ўзбекистонда, дунёнинг исталган бурчагида камида хор бўлмайди, кўпида эса жуда яхши яшайди. Танлов ўз қўлингизда, укаларим!

P.S. Энг асосийси, ҳозирга вақтда Ўзбекистонда бўла туриб ҳам, бошқа чет эл компаниялари учун масофадан ишлаб, пул топса бўлади. Чет элга бориш ҳам шарт эмас!

#войманиукккаатоййлааарримм

@allamjonov_ki
🚅 Integer poyezdi yo'lga chiqdi do'stlar, yo'lovchi bo'lishni istaganlarga tezroq chiqib olinglar deymiz.

Kecha Web dasturlash, bugun esa Android dasturlash kurslari bo'yicha ochiq darslar bo'lib o'tdi. Ochiq darsga tashrif buyurgan bo'lajak dasturchilarga yetarlicha ma'lumot berishga harakat qildik.

💡 Maqsadimiz, yurtimizda zamonaviy kasblarning rivojlanishiga o'z hissamizni qo'shish, chunki bugun dunyoni IT boshqarmoqda azizlar, bunga shubha qilishga endi asos qolmadi.

Darslarimizga start berildi, ertadan xar bir kurs bo'yicha rasmiy darslar boshlanadi. Yangi guruhlarni chaqirishni keyingi xaftadan davom ettiramiz. Albatta, ungacha siz ham ro'yxatdan o'tishga ulgurishingiz mumkin.

📝 Ro'yxatdan o'tish uchun havola

👩‍💻 Adminstratorga yozish

📞 Tel: +998934445560

Telegram | Instagram | Website
🚀 Agarda siz o'z sevgan kasbingiz bilan shug'ullansangiz demak siz ishlamaysiz, aksincha dam olasiz.

🍏 Stiv Jobs aytadi " Dunyodagi eng maroqli ish bu- qilayotgan ishingni sevishingdir ". Biz ham bu haqda ko'p takrorlaymiz, yaxshi ko'rgan ishingiz bilan shug'ullaning va doim o'z ustingizda ishlang. Shunda sizni hech kim to'xtata olmaydi.

Zamonaviy kasblarni ommalashtirish missiyamiz o'z ishini boshladi. Web dasturlash bo'yicha birinchi darsimizdan kichik lavhalar bilan tanishsangiz bo'ladi.

💡 Hali qiladigan ishlarimiz ko'p, siz ham bizga qo'shiling.

👩‍💻 Adminstratorga yozish

📞 Tel: +998934445560

Telegram | Instagram | Facebook
💻 Web dasturlashni o'rganish uchun 4 ta sabab

1. Doimiy ish o'rinlari
2020-yilda taxminan 1.4 million IT sohada vakansiyalar ochilgan, ammo ulardan 400,000 ta o'rin egallangan xolos. Demak ushbu sohada talab doimo yuqori bo'ladi.

2. Yuqori maosh
Nafaqat Yevropa va AQSH'da balki O'zbekistonda ham dasturchilar uchun yuqori maosh to'lanadi. AQSH Yangiliklar va Jahon axboroti ma'lumotlariga qaraganda, web dasturchilarning dunyo bo'yicha o'rtacha $64,970 to'lanadi.

3. Hech qanday diplom shart emas
Juda ko'plab IT kompaniyalar diplomsiz ishga qabul qilish tizimiga o'tdi. Dasturchi bo'lib ishlash uchun hech qanday diplom yoki 4 yillik oliy ta'lim olish majburiy emas.

4. Frilanserlik imkoniyati
Agar kompaniyalarda ish topa olmasangiz, frilanser sifatida ishlash imkoniyati ham bor. Ofisdan turib ishlash shart emas. Muhimi noutbuk va internet bo'lsa bas.

Aytgancha, yaxshi harakat qilsangiz 6 - 8 oy ichida Web dasturlashni o'rganish mumkin.

👩‍💻 Adminstratorga yozish

📞 Tel: +998934445560

Telegram | Instagram | Facebook
😇 O'zingiz ishlatib yurgan telefoningizga o'zingiz dastur tuzishni bilsangiz, atrofdagilarning mazasi qochishi aniq.

📊 Butun dunyo bo'yicha telefon foydalanuvchilarining 83 foizdan ortig'i Android sistemasida ishlovchi smartfonlardan foydalanishadi. Bu shunchaki daxshat 😇. Bu turdagi dasturchilarga talab qanchalik yuqori ekanligini sezib ulgurdingiz albatta.

👨🏻‍💻 Agar qiziqsangiz siz ham bemalol Android dasturchi bo'lishingiz mumkin. Buning uchun kuchli ishtiyoq, kompyuter va internet bo'lsa bas va eng asosiysi tajribali ustoz kerak. Qayerdan topaman desangiz, albatta biz yordam beramiz.

💡 Integer academy - ilm ulashishdan mamnunmiz.

📝 Ro'yxatdan o'tish uchun havola

👩‍💻 Adminstratorga yozish

📞 Tel: +998934445560

Telegram | Instagram | Facebook
💡 Kecha bir qo'shnimiz so'rab qoldi, shundoq ham yaxshi yashayapmizku, nimaga endi ITni o'rganishimiz kerak? Shunga o'xshash savollarga javob berishga harakat qilamiz.👩‍💼

🌐 Bugun dunyoni kapitali uncha-muncha davlatdan ko'p bo'lgan kompaniyalar boshqarmoqda desak to'g'ri bo'ladi. Ular vaqtida, ilm-fanga, texnologiya rivojiga borini berishgan.

👨‍💻 Eng e'tiborlisi shundaki, dunyodagi eng kapitali ko'p bo'lgan bizneslarning aksariyati IT kompaniyalar hisoblanadi. Bularni barchamiz bilamiz Apple, Microsoft, Amazon, Facebook, Alibaba va hokazo.

🔷 Asosiy masalaga qaytsak, biz bu sohani o'rganib rivojlantirmasak, boshqalar tomonidan boshqarilishda davom etamiz. Shunday ekan, imkoniyat bo'lgan zahoti kompyuter oling va qiziqishingizga ko'ra IT kasblaridan birini o'rganing.

Qayerda o'rganishingizni farqi yo'q, asosiysi oliy maqsadingiz to'g'ri qo'yilgan bo'lsin.

👩‍💻 Adminstratorga yozish

📞 Tel: +998934445560

Telegram | Instagram | Facebook