Bu hozircha rasmiy e’lon emas, biroq shunchaki mish-mish ham emas: Disney vakillari darhaqiqat Makoley Kalkin bilan yangi “Uyda yolg‘iz” filmi yuzasidan muzokaralar o‘tkazdi. Tafsilotlar oshkor etilmayapti.
Kontekst muhim. 2021-yilda Disney+ “Uyda yolg‘iz”ning yangi talqini — “Uyda yolg‘izlar”ni chiqargandi. Bu film Kalkinsiz va Kevin Makkalistersiz ishlangan edi. Film juda sovuq qarshi olindi: tanqidchilar uni ayovsiz tanqid qildi, tomoshabinlar esa e’tiborsiz qoldirdi. 1990-yilda suratga olingan asl “Uyda yolg‘iz” esa hamon tarixdagi eng kassabop Rojdestvo filmlaridan biri va shunchaki aktyorni almashtirish bilan takrorlab bo‘lmaydigan madaniy fenomen bo‘lib qolmoqda.
Kalkinning o‘zi alohida bir hikoya. Gollivudning eng mashhur yosh aktyorlaridan biri bo‘lgan u ancha vaqtdan buyon katta kinodan yiroqlashgan, yirik studiya loyihalaridan o‘zini olib qochib, ancha yopiq hayot tarzini kechiradi. Hozir u 44 yoshda. Voyaga yetgan Kevin Makkalister — bu endi butunlay boshqa voqea, bolalar komediyasi emas, balki ancha qiziqarliroq narsaga aylanishi mumkin.
Disney bir narsani aniq tushunib yetgan ko‘rinadi: asl Kevin bo‘lmasa, bu franshizaning ishi yurishmaydi. Ko‘ramiz, muzokaralar nima bilan yakunlanar ekan.
@insusambil
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍20🔥5❤🔥4😈4👀2
Menga “Yulduzlar jangi: Yulduz qiruvchisi”ni ko‘rish nasib etdi va “Yulduzlar jangi” muxlisi sifatida aytishim mumkinki, bu ajoyib... U mendagi “Yulduzlar jangi” uyg‘otadigan barcha his-tuyg‘ularni qo‘zg‘atdi va unga yangilik olib kirdi. Filmni ko‘rishingizni sabrsizlik bilan kutaman!
Tez orada Rayan Gosling Faygi koinotida Arvoh poygachiga aylanadi. “Yulduzlar jangi” esa 2028-yil may oyi oxirida ekranlarga chiqadi. Kayp!
@insusambil
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17❤7❤🔥6😁3
Aslida, 1 milliard dollar ham olis raqam emas. Zotan, “O‘rgimchak odam” ham bunga xalal berolmaydi. Chunki seanslar soni hamon juda ko‘p.
@insusambil
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍42🤯10❤9❤🔥5
“U qanotli bir maxluq edi: agar u qush bo‘lsa, boshqa barcha qushlardan ustun turardi... unda bironta ham pat yo‘q edi, uning ulkan qanotlari esa shoxsimon barmoqlari orasidagi teridan bo‘lgan pardalarga o‘xshardi... Zulmat Hukmdori uni olib, o‘laksa bilan boqdi... va xizmatkoriga tulpor o‘rnida xizmat qilsin deb berdi”.
Shuningdek, professor Tolkin o‘zi yaratgan Sauron obrazi eskizini o‘z qo‘li bilan chizadi. Yuqorida keltirilgan ta’rifga, bu postga biriktirilgan eskizga va skrinshotlarga e’tibor qaratsangiz, Amazon ko‘plab qovunlar tushirgan bo‘lsa ham, original manbalarning aksar unsurlariga hurmat bajo keltirayotganini sezasiz. Ayniqsa, eskizdagi va skrinshotdagi Sauronning bukilgan mushtiga bir e’tibor bering. Shunchaki muhtasham.
@insusambil
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤20🔥11❤🔥8🕊3🏆3
👉 https://youtu.be/1tlucERbKbc
@insusambil
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
YouTube
Siz bilmagan Amir Temur | Sohibqironning yuksalish yo‘li
Biz avvalroq Temurbekning harbiy san’ati va Temuriylar davlatining tuzilishi haqida gaplashgan edik. Lekin shunday savol tug‘iladi: umuman, bunday shaxsning maydonga chiqishi qanday ro‘y berdi? U siyosat sahnasiga kirib kelishi arafasida Markaziy Osiyoda…
👍14❤🔥6❤3🤯2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
1👍26❤🔥5🕊4🔥2❤1
Forwarded from Bored Panda
#kinonews
«U: Derriga xush kelibsiz» serialining ikkinchi fasli syujeti 1935-yilda — birinchi fasl voqealaridan 27 yil avval sodir bo‘ladi.
Unga Stiven King romanidagi Bredli to‘dasi (Bredli bandasi) haqidagi qissa asos qilib olinadi. Serial yaratuvchisi Endi Muskettining ta’kidlashicha, Buyuk depressiya va o‘sha davrning g‘amgin ijtimoiy voqeligi yangi epizodlarning muhim qismiga aylanadi.
Ssenariychilar allaqachon davomi ustida ish olib borishmoqda. Mualliflar jami uchta fasl rejalashtirishgan, bunda oxirgi qism voqealari yanada olis o‘tmishga — 1908-yilga ko‘chiriladi.
@boredpandablog

⚡17❤9👍5🔥5🏆2
“Odisseya”da odatda e’tibordan chetda qoladigan bir sahna bor. Nimfa Kalipso Itaka shohi Odisseyga o‘lmaslikni, ya’ni abadiy hayotni taklif qiladi. Majoziy ma’nodagi boqiylik emas, real boqiylik. Kalipso unga “Abadiy yasha, shu yerda qol”, deydi. Odissey esa har kuni ertalab qirg‘oqqa o‘tirib, Itakani sog‘inib, yig‘laydi va bu holat yetti yil mobaynida davom etadi. Qizig‘i shundaki, bu Gomerning “Iliada”siga tamoman teskari falsafa. Zero, Axill ham bir paytlar tanlov oldida turgan. Onasi – ma’buda Fetida Axillga shunday degani edi: “Xo‘sh, senga nima yaqinroq? Nomsiz-nishonsiz kechgan uzoq umr yoki qisqa hayot-u, lekin abadiy shon-sharaf?” Axill jang-u-jadallarni tanladi va yosh ketdi. Formula ishladi va biz uni uch ming yildan beri yod etib kelyapmiz. “Iliada” asari butunlay shu g‘oyaga qurilgan: “uzoq umr ko‘rishdan ko‘ra, shonli o‘lim topish muhimroq”.
Lekin Odissey syujeti boshqa formulaga qurilgan. Chunki Odissey Gomer qahramonlarining “to‘rtinchi avlodi”ga mansub. Tadqiqotchi Irina Shtalning fikricha, xudolar bilan tenglashadigan bahaybat pahlavonlar va jangchilar davri tugab, so‘nggi turdagi qahramon ya’ni shon-shuhratdan ko‘ra uyini ustun qo‘yadigan insonlar davri keladi. Masalan, oila bag‘rida osoyishta qarilikni va sokin orolni tanlaydiganlar davri. Odissey akamiz ham shulardan biri.
Chunki Odissey yer osti saltanati - Aidda Axillga duch kelganda, o‘lgan qahramon bilan suhbat quradi. Suhbat chog‘i, Axill Odisseyga shunday deydi: “Ehhhh, soyalar saltanatida shoh bo‘lgandan ko‘ra, yer yuzida tirik mardikor bo‘lganim afzal ekan”. Vaholanki, aynan o‘sha Axill abadiy shon-shuhrat deb o‘limni tanlagan edi. Haqiqat shunaqa narsa. Ba’zida kech yetib keladi. Hatto manaman degan qahramonlar ham bu haqiqatlarni kech anglaydilar. Odissey esa boshqa qahramonlar shoxida o‘tirgan paytda, bargida o‘tirishga o‘rganib qolgan. Afina ham Odisseyning yuziga qarab: “Ayyorlikda sen bilan hatto xudolar ham bellasha olmaydi”, deydi. Kuchda emas, aynan ayyorlikda. Odissey doimo qilich bilan emas, balki aqli bilan g‘alaba qozonib kelgan.
Kristofer Nolan ham “Dyunkerk”ni dushman ustidan qozonilgan g‘alaba haqida emas, evakuatsiya mavzusini oldingi planga chiqarib, suratga oldi. “Interstellar”da koinotni zabt etish g‘oyasini emas, balki farzandiga muhtoj ota g‘oyasini ilgari surdi. Bu gal esa, Nolan “Iliada”ni emas, “Odisseya”ni tanladi. Menimcha, to‘g‘ri tanlov. Afsus, buni ko‘pchilik tushunmayapti...

❤🔥32❤13👏10👍7🤩2
Xullas, “Futurama” qaytdi. Lekin afsuski, yana nimadir “joyida emas” shekilli. 💵 👍
“Futurama”ning dastlabki ikki qismi chiqib bo‘ldi, keyingilari esa har dushanba efirga uzatilar ekan. Dastlabki taassurotlar, yumshoqroq aytganda, salbiyroq. Bu serialning uchinchi marotaba “reanimatsiyadan” chiqishi. Loyihaning Fox kanali davridagi namoyishi 2003-yili to‘rt mavsumdan so‘ng yakunlangan edi. 2010-yilda Comedy Central shouni yana uch yilga qaytargan, 2023-yilda esa Hulu butun tarixni hisobga olgan holda 11-mavsum deb raqamlangan to‘laqonli “qayta tirilish”ga start berdi. O‘shandan beri mavsumlar barqaror ravishda chiqayotgan bo‘lsa-da, sifat masalasi ochiqligicha qolmoqda. Yangi qismlarning birinchi tomoshabinlari bir ovozdan “yemabdi” deyishyapti.
Keyingi davrdagi “Futurama”ning muammosi ko‘plab “uzoq umr ko‘rgan” seriallarnikiga o‘xshaydi. Chunki asil serial g‘oya aniqligi, ilmiy fantastika unsurlari va kutilmagan hissiy samimiylik evaziga muvaffaqiyat qozongandi. Xususan, “Jurrasic Bark”, “The Luck of the Fryrish” va boshqa qismlar — aynan bular tomoshabinlarning “hurmatini qozona olgan” animatsiya namunalari edi. Hozirgi qayta tiklanishlar esa asosan nostalgiya va personajlarga bo‘lgan muhabbat inersiyasi hisobiga yashamoqda. Biroq, qiziqarli bir yangilik ham bor: ayni paytda uchta to‘liq metrajli maxsus son ustida ish olib borilmoqda. Balki bu format mazkur olam uchun cheksiz mavsumlar poygasidan ko‘ra ancha mosroq bo‘lib chiqar. Ko‘ramiz.
PS: Yozishga yozibmanku-ya, o‘zi “Futurama” O‘zbekistonda kimgadir qiziqmi? deb so‘ramabman.🤑

PS: Yozishga yozibmanku-ya, o‘zi “Futurama” O‘zbekistonda kimgadir qiziqmi? deb so‘ramabman.
@insusambil
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11❤🔥5😱2❤1
@insusambil
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤20👍17❤🔥9🤯2🏆1
Gazeta китобхонликни тарғиб этишда давом этади. «Нима ўқиймиз?» лойиҳасининг бу галги меҳмони — «Dervish_nod», «Қурултой» ва «Сусамбил» лойиҳалари муаллифи Нодир Нишонов. У ҳаётининг бадиий ҳамроҳлари, мутолаага доир мулоҳазалари ва нега сурат эмас, сийрат учун ўқиш муҳимлиги билан бўлишди.
👉 https://www.gazeta.uz/uz/2026/08/04/nodir-nishonov/
@insusambil
👉 https://www.gazeta.uz/uz/2026/08/04/nodir-nishonov/
@insusambil
❤16👍11👏8❤🔥3🤩1
Film hozirda ishlab chiqarishning dastlabki bosqichida. Shundan so‘ng Kretton “O‘rgimchak-odam” yoki “Shan-Chi” filmlarini davom ettirishi mumkin. U, shuningdek, bekor qilingan “Mo‘jiza odam” serialining ikkinchi mavsumi bilan ham shug‘ullanishi kerak edi.
@insusambil
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17❤🔥4🔥4❤3🏆1
Men ham loyihaga qo‘shilib, Yodani birgalikda izlashni xohlayman. Kelajakdagi sarguzashtda qatnashishni orzu qilyapman
Aktrisa ushbu olamning katta muxlisasi bo‘lib, bir necha bor yirik tadbirlarda “Jedaylar” uslubidagi liboslarda ko‘rinish bergan.
@insusambil
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤21👍15🤩3❤🔥2
Forwarded from Bored Panda
#kinonews
“Kalmar oʻyini” otmen!
The Playlist nashrining xabar berishicha, “Kalmar o‘yini” serialining Amerika o‘yinlariga bag‘ishlangan spin-offi bekor qilindi. Rejissyorlikka Devid Fincher tayinlanishi rejalashtirilgandi.
Manbalarning fikricha, Netflix’ning franshizaga nisbatan ustuvor yo‘nalishlari o‘zgargan. Shuningdek, Fincher boshqa filmlarga, jumladan, “Kliff Butt sarguzashtlari”ga o‘tib ketgach, loyiha o‘z dolzarbligini yo‘qotgan.
“Kalmar o‘yini”ning ingliz tilidagi spin-offi ishchi nomi Heckler bo‘lgan. Unda Keyt Blanshett qahramoni paydo bo’ladimi yo‘qmi, bu ham hozircha noma’lum.

❤27😁8❤🔥3👍1
@insusambil
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14❤7🔥3❤🔥1
Yil oxirigacha reyting jiddiy o‘zgarishi amrimahol. Faqat “Qasoskorlar: Doktor Dum” filmi ikki hafta ichida 1 milliard dollardan ko‘proq mablag‘ yig‘ib, barchani hayron qoldirishga qaror qilmasa bas)
@insusambil
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤16🤯8👍7❤🔥2
👉 https://youtu.be/s6HvXwl8lPI
@insusambil
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
YouTube
Imomqulixon yo‘li | O‘zbeklarning Ashtarxoniylar sulolasi @QURULTOY
Biz o‘tgan sonlarimizda Nodir Devonbegi haqida gaplashganmiz, Yalangto‘shbiy Bahodir haqida gaplashganmiz. Ular Imomqulixonga xizmat qilgan. Lekin negadir shu paytgacha biz Imomqulixonning o‘zi haqida gaplashmabmiz. Ashtarxoniylar sulolasining eng kuchli…
❤🔥8👍3❤2🙏1🏆1