Inson niyat va nasib orasida yashaydi.
Alloh berishni yaxshi ko‘ruvchi Zot. Ba’zan o‘ylab qolaman: 8 milliard inson ichidan bizni musulmon qilib yaratganining o‘zi ham Allohning bizga bo‘lgan mehri va marhamatidandir. Eng katta nasibalardan biriga biz dunyoga kelgan paytimizdayoq ega chiqqanmiz.
Lekin hayot davomida keladigan nasibalar — mol-dunyo, rizq, yaxshi ish, muvaffaqiyat yoki kim bo‘lishimiz haqidagi o‘ylar nega bizni xavotirga soladi, tushunish qiyin. Holbuki, har bir insonning rizqi va nasibasi Allohning huzurida ma’lum.
Mo‘minning vazifasi natijani emas, niyat va harakatni boshqarishdir. Biz duo qilib, qo‘limizni ochganimizda, Allohdan faqat tayyor natijani emas, balki o‘sha natijaga olib boradigan yo‘lda kuch, g‘ayrat, sabr va sobitlik ham so‘rashimiz kerak. Chunki ba’zan nasiba biz kutgan narsada emas, balki unga eltuvchi yo‘ldagi tarbiyada bo‘ladi.
Meningcha, inson chin dildan niyat qilib, sabablarini qilib va Allohdan ixlos bilan so‘rasa, uning duosi javobsiz qolmaydi. Alloh bandasining so‘roviga eng yaxshi shaklda javob beradi: ba’zan so‘raganini beradi, ba’zan undan ham yaxshirog‘ini nasib qiladi, ba’zan esa uni oxirat uchun zaxira qilib qo‘yadi. Shuning uchun mo‘min inson hech qachon yutqazmaydi.
Masalan, siz yaxshi ko‘rgan mashinaga ega bo‘lishni niyat qilib, Allohdan so‘radingiz va uning sabablarini ham qilib yuribsiz. Lekin bir kuni ko‘chada xuddi o‘sha mashinani boshqa birovda ko‘rdingiz va ko‘nglingizdan: «Nega unda bor?» degan g‘ashlik o‘tdi. Ana shu paytda shayton qalbingizga shubha solishi mumkin. «Menga ham nasib bo‘larmikan?» degan o‘y keladi. Vaholanki, birovning nasibasi sizning nasibangizni kamaytirmaydi. Allohning xazinasi hammaga yetadi.
Birovda bor narsani ko‘rganimizda paydo bo‘ladigan yana bir xavotir — bu vaqt masalasidir. «Nega aynan hozir emas? Nega men shuncha harakat qilsam ham, hali ham o‘sha nuqtadaman?» degan savollar qalbga keladi.
Niyat qilish, sabablarini bajarish va nasibani kutish — shu uch omilni bir-biriga bog‘lab turadigan ko‘prik bor. Bu ko‘prikning nomi tavakkuldir. Haqiqiy tavakkul — imkoniyatlar eshigini bor kuching bilan taqillatib, kalitni Egasiga topshirishdir. Harakat bizdan, baraka va nasiba esa Allohdandir.
Allohdan hamma narsani so‘rang. Qo‘lingizni ochib, katta-katta orzularni so‘rang. Chunki Allohning rahmati va karami cheksiz. Ammo so‘rayotganda qalbingizda ishonch bo‘lsin. «Berarmikan?», «Bermasachi?» degan shubhalar bilan emas, balki «Alloh men uchun eng yaxshisini beradi», degan ishonch bilan so‘rang.
Zero, mo‘minning vazifasi — niyat qilish, harakat qilish va duo qilish. Nasibani esa Alloh belgilaydi. Va Uning tanlovi har doim bizning tanlovimizdan yaxshiroqdir.
❤🔥7💯2
Hayot ba’zan shunday nuqtaga olib boradiki, atrofingizdagi hamma narsa izdan chiqqandek, yuragingizni esa tushunarsiz bir og‘irlik egallagandek bo‘ladi. Go‘yo yechimi yo‘q jumboq ichida qolib ketgansiz va har bir qadam yangi bir chalkashlikka yetaklaydi. Bunday lahzalarda inson o‘zini yolg‘iz, charchagan va yechimsiz savollar ichida qolgandek his qilishi tabiiy.
Lekin har qanday qorong‘u tunning ortida tong borligidek, hayotning ham o‘ziga xos tarozisi, muvozanati bor. Vaqt o‘tgani sayin sabr bilan qilingan harakatlar, ichki matonat va umid o‘z mevasini bera boshlaydi. Biz hayot yo‘lida toblanamiz, ulg‘ayamiz va har bir qiyinchilik ortida aslida ulkan bir hikmat yashiringanini anglab yetamiz. Eng asosiysi — eng og‘ir damlarda ham ichki xotirjamlikni va ertangi kunga bo‘lgan ishonchni yo‘qotmaslik.
Vaqt hamma narsani o‘z o‘rniga qo‘yishi, qalblardagi havotirlarni tarqatib yuborishi shubhasiz. Bir paytlar yengib bo‘lmasdek tuyulgan dovonlar ortda qolib, qalbga xotirjamlik qaytadi.
...va hamma - hammasi sekin o'z iziga tushishni boshlaydi. Keyin sekingina jilmayib: shunchaki bu ham bir sinov edida - deb o'tib ketamiz)
Lekin har qanday qorong‘u tunning ortida tong borligidek, hayotning ham o‘ziga xos tarozisi, muvozanati bor. Vaqt o‘tgani sayin sabr bilan qilingan harakatlar, ichki matonat va umid o‘z mevasini bera boshlaydi. Biz hayot yo‘lida toblanamiz, ulg‘ayamiz va har bir qiyinchilik ortida aslida ulkan bir hikmat yashiringanini anglab yetamiz. Eng asosiysi — eng og‘ir damlarda ham ichki xotirjamlikni va ertangi kunga bo‘lgan ishonchni yo‘qotmaslik.
Vaqt hamma narsani o‘z o‘rniga qo‘yishi, qalblardagi havotirlarni tarqatib yuborishi shubhasiz. Bir paytlar yengib bo‘lmasdek tuyulgan dovonlar ortda qolib, qalbga xotirjamlik qaytadi.
...va hamma - hammasi sekin o'z iziga tushishni boshlaydi. Keyin sekingina jilmayib: shunchaki bu ham bir sinov edida - deb o'tib ketamiz)
❤🔥6💯2
Barcha to'fonlar ham hayotingizni buzish uchun kelmaydi. Ba'zilari yo'lingizni ochish uchun keladi.
Paolo Koelo
Paolo Koelo
❤🔥6💯3
Baʼzi orzular ushalmasligini bilsak ham, baribir ularga yurak bilan ishonamiz. Balki insonni tirik tutadigan narsa ham shudir.
❤🔥6💯3
Qiyin vaziyatlar unchalik uzoqqa bormaydi, lekin shu vaziyatdan chiqishni uddalaganlar ancha uzoqqa boradi.
❤🔥6💯3
Agar bir insonga shu paytgacha unda bo‘lmagan narsani bersangiz, u nega shu paytgacha o‘sha narsaga loyiq bo‘lmaganini o‘zi ko‘rsatadi)
❤🔥3💯3
Intizom — bu erkinlik. Bugun o'zingizni majburlab qilgan ishingiz, ertaga sizni hamma narsadan mustaqil qiladi
— Joko Villink
— Joko Villink
❤🔥7💯4
— Menga bir nasihat qiling, — dedim.
U zot dedilar:
— Hech kim sendan Allohga shikoyat qilmasin.
U zot dedilar:
— Hech kim sendan Allohga shikoyat qilmasin.
❤🔥7💯3
Erkak kishini ikkita toʻni bor:
1. Koʻchada kiyiladigan
2. Uyda kiyiladigan
1. Koʻchada kiyiladigan
2. Uyda kiyiladigan
❤🔥2💯2
Inson baʼzan oʻzi yolgʻiz qolib oʻzi bilan muloqot qilib turishi kerak ekan.
❤🔥5💯2