Info Bilim
8.77K subscribers
261 photos
1 video
Bilishingiz kerak boʻlgan *𝚒𝚗𝚏𝚘𝚕𝚊𝚛
Download Telegram
Agar ot haykalida uning ikkala old oyog‘i ko‘tarilgan bo‘lsa, bu chavandoz jangda halok bo‘lganini anglatadi. Agar faqat bitta old oyog‘i ko‘tarilgan bo‘lsa, u jangda olgan jarohatlaridan vafot etgan bo‘ladi. Agar otning to‘rtala oyog‘i ham yerda bo‘lsa, chavandoz tabiiy o‘lim bilan vafot etgan bo‘ladi.

P.S: Bu faqat ommaviy afsona bo‘lib, bunday bog‘liqlik barcha haykallar uchun umumiy qoida emas.

👉 @infobilim
1880-yillarda kokain shamollash, nevralgiya, bosh og‘rig‘i va uyqusizlikni davolash uchun erkin sotilgan.

👉 @infobilim
Inson yiliga o‘rtacha 500 gramm hasharotni boshqa oziq-ovqatlar bilan birga isteʼmol qiladi.

👉 @infobilim
Dunyodagi eng qurg‘oqchil hududlardan biri — Chilidagi Atakama cho‘li bo‘lib, u yerda butun tarix davomida hech qachon yomg‘ir yog‘magani qayd etilgan.

👉 @infobilim
1993-yilda qozog‘istonlik yuguruvchi Marat Jilanbayev Sahroi Kabir bo‘ylab 1700 kilometr masofani 24 kunda bosib o‘tgan. Bu tarixdagi eng uzoq cho‘l marafonlaridan biri hisoblanadi.

👉 @infobilim
“Izolyator” — bu o‘qish va yozishga diqqatni jamlashga yordam beruvchi moslama bo‘lib, u 1925 yilda ixtiro qilingan.

👉 @infobilim
Sapsan — dunyodagi eng tez uchadigan qush. Sho‘ng‘ish paytida uning tezligi 389 km/soatga yetishi mumkin. Biroq, gorizontal parvozda odatda 100 km/soatdan oshmaydi.

👉 @infobilim
Revun maymuni — quruqlikdagi eng baland ovoz chiqaradigan jonivorlardan biri bo‘lib, uning ovozi besh kilometr uzoqlikdan ham eshitiladi.

👉 @infobilim
Taxminan 7000 kilometr uzunlikdagi Amazonka daryosi bo‘ylab birorta ham ko‘prik yo‘q.

👉 @infobilim
😐1🙉1
Grizli ayiqlari kuniga 40 000 tagacha kapalakni tutib yeyishi mumkin.

👉 @infobilim
🤓2
Antarktidani qoplagan muz qatlami ayrim joylarda 4 km ga yetadi.

👉 @infobilim
1🎅1
Sakkizoyoqlar – umurtqasiz hayvonlar ichida eng aqllilari hisoblanadi.

👉 @infobilim
Gaitida har 200 kishidan faqat bittasida avtomobil bor.

👉 @infobilim
Dunyodagi eng katta basseynning uzunligi 1 km.

👉 @infobilim
Giyenalar boshqa hayvonlarning najasini tez-tez isteʼmol qiladi.

👉 @infobilim
Nyu-Yorkdagi taksichilarning 90 foizi muhojirlardir.

👉 @infobilim
Oʻz joniga qasd qilish holatlari eng koʻp dushanba kuni sodir boʻladi.

👉 @infobilim
Koalalar sutkasiga 18-22 soat uxlaydi.

👉 @infobilim
Yaponiyada vafot etganlarning 98 foizi krematsiya qilinadi, bu esa dunyodagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan biridir.

P.S: Krematsiya – bu jasadni maxsus pechlarda yuqori haroratda yoqish orqali kulga aylantirish jarayoni. Bu usul ko‘plab mamlakatlarda, ayniqsa Yaponiyada, Hindistonda va Yevropaning ayrim davlatlarida keng tarqalgan.


👉 @infobilim
Ba’zi bambuk turlari kuniga 91 sm gacha o‘sishi mumkin.

👉 @infobilim
Xitoyning butun hududida, vaqt mintaqalaridan qatʼiy nazar, yagona vaqt tizimi amal qiladi.

👉 @infobilim