Info Bilim
8.76K subscribers
261 photos
1 video
Bilishingiz kerak boʻlgan *𝚒𝚗𝚏𝚘𝚕𝚊𝚛
Download Telegram
Yer yuzidagi eng sovuq joy Antarktidaning baland tizmasida joylashgan bo‘lib, u yerda −93,2 °C harorat qayd etilgan.

👉 @infobilim
Eng ko‘p uchraydigan besh dahshatli tush: qulash, ta’qib qilinish, falaj holat, kechikish va yaqin insonning oʻlimi.

👉 @infobilim
Dubayda quyosh energiyasida ishlaydigan aqlli “palma daraxtlari” o‘rnatilgan. Ular bepul Wi-Fi taqdim etib, mobil qurilmalarni quvvatlash imkonini beradi. Ushbu qurilmalar kunduzi quyosh energiyasini yig‘ib, kechasi ishlaydi.

👉 @infobilim
Dunyodagi eng egri yo‘l San-Fransiskodagi Lombard Street bo‘lib, u Russian Hill (Rus tepaligi) hududida joylashgan.

👉 @infobilim
Ijtimoiy tarmoqlar dunyodagi har uchinchi ajralishning sababchisi hisoblanadi.

👉 @infobilim
Agar ikki kilogramm yong‘oq iste’mol qilinsa, ikki kun davomida ochlik his qilinmaydi.

👉 @infobilim
Dunyodagi eng xavfli jonzotlardan biri — kubomeduza. Uning 60 ta qisqichi bor va har bir qisqachi shunchalik kuchli zaharga ega-ki, 60 nafar odamni o‘ldirishga yetadi.

👉 @infobilim
Dastlabki sabzi binafsha rangda bo‘lgan. Hozirgi to‘q sariq sabzi esa XIV asrda Niderlandiyada yetishtirilgan.

👉 @infobilim
Tarixdagi eng baland bo‘yli inson — Robert Uodlou bo‘lib, uning bo‘yi 272 sm bo‘lgan.

👉 @infobilim
Delfinlar baʼzan cho‘kayotgan odamlarni qutqarishga harakat qiladi. Shuningdek, suzuvchilar va syorfingchilarni akulalar hujumidan himoya qilgani haqidagi dalillar ham mavjud.

👉 @infobilim
🥰1
Shveysariyada kechki soat 10 dan keyin hojatxona suvini oqizish taqiqlangan.

👉 @infobilim
🥴1
Tadqiqotchilarga ko‘ra, insonning IQ darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, u shunchalik ko‘p tush ko‘radi.

👉 @infobilim
Nemis fizigi Albert Eynshteyn vafot etganida, uning so‘nggi so‘zlari o‘zi bilan ketdi, chunki yonida bo‘lgan hamshira nemis tilini tushunmas edi.

👉 @infobilim
Xitoyda o‘qituvchilar bolalarning yaxshiroq o‘rganishi uchun ularga dars davomida 20 daqiqa uxlashga ruxsat berishadi.

👉 @infobilim
Napoleonning ichimlik uchun ishlatgan qadahlaridan biri mashhur italiyalik sarguzashtchi Kaliostroning bosh suyagidan yasalgan edi.

👉 @infobilim
Pringles chipslari uchun mashhur silindr shaklidagi idishni yaratgan Fred Bor o‘z ixtirosi bilan shunchalik faxrlangan ediki, o‘z vasiyatida hokini shunday idishda dafn etishni iltimos qilgan. Uning avlodlari bu istakni bajo keltirishgan.

👉 @infobilim
Ayollarning atigi 2 foizi o‘zlarini chiroyli deb hisoblaydi.

👉 @infobilim
Hindistonda aholining 35 foizi savodsiz bo‘lgani uchun tangalar shunday ko‘rinishga ega.

👉 @infobilim
Dunyoning eng shamolli joyi Antarktidaning Viktoriya Yeri bo‘lib, u yerda shamol tezligi soatiga 215 km ga yetadi.

👉 @infobilim
“American Journal of Epidemiology” jurnalida chop etilgan tadqiqotga ko‘ra, kuniga bitta shisha haqiqiy pivo ichish buyrak toshi hosil bo‘lish xavfini 40% ga kamaytiradi.

👉 @infobilim
Inson miyasi 50 yoshgacha rivojlanishda davom etadi.

👉 @infobilim