Info Bilim
8.76K subscribers
261 photos
1 video
Bilishingiz kerak boʻlgan *𝚒𝚗𝚏𝚘𝚕𝚊𝚛
Download Telegram
Metro eskalatorining rezina tutqichi ataylab pog‘onalardan biroz boshqacha tezlikda harakatlanadi, bu esa yo‘lovchilar chalg‘ib qolmasligi va xavfsizligini ta’minlashga yordam beradi.

👉 @infobilim
👍1
Germaniyalik Anita Shvarts Ginnes rekordlar kuni munosabati bilan bo‘lib o‘tgan tadbirda 19 ta to‘la pivokrujkani 40 metrdan ortiq masofaga olib o‘tib, rekord o‘rnatgan.

👉 @infobilim
👍1
Dunyodagi eng katta chuqur – Mirny shahri yaqinidagi olmos konidir. Uning chuqurligi 525 metr, diametri esa 1,25 kilometrga teng. Kon ustida parvoz qilish taqiqlangan, chunki havo oqimi vertolyotlarni ichiga tortib yuborishi mumkin.

👉 @infobilim
👏1
27 yil davomida qilmagan jinoyati uchun qamoqda oʻtirgan odamning aybsizligi isbotlangach, uning his-tuygʻulari. Ohayo, AQSh.

👉 @infobilim
😭1
Kaliforniyadagi sekvoyalar bog‘ida dunyoning eng baland uchta daraxti o‘sadi. Ulardan eng balandining bo‘yi 100 metrdan oshadi, bu esa 30 qavatli bino balandligiga teng.

👉 @infobilim
Olimp – Quyosh tizimidagi eng baland tog‘ bo‘lib, u Marsda joylashgan. Uning balandligi 21,2 km bo‘lib, Yerning eng baland cho‘qqisi – Everest (8,8 km) bilan solishtirganda ancha ulkan. Tog‘ning eni 540 km, yon bag‘irlari esa 7 km gacha balandlikka ega.

👉 @infobilim
Galliy — o‘ziga xos metall bo‘lib, uning erish harorati atigi 29,8°C ni tashkil qiladi. Agar uni qo‘lda ushlab tursangiz, tana harorati ta’sirida asta-sekin eriy boshlaydi.

👉 @infobilim
👍1
Agar krokodil sizni tishlab olsa, uning ko‘zlariga bosh barmoqlaringiz bilan bosib o‘ting – bu uni darhol jag‘ini ochishga majbur qiladi.

👉 @infobilim
🤨1
Maykl Jordanni kollejning ikkinchi kursida bo‘yi yetarlicha baland emasligi sababli basketbol jamoasiga qabul qilishmagan.

👉 @infobilim
Kolibri – orqaga qarab ucha oladigan yagona qush.

👉 @infobilim
👍1
Xеops piramidasining plitalari shu qadar zich joylashganki, ularning orasiga hatto pichoq tigʻini ham sigʻdirib boʻlmaydi.

👉 @infobilim
Finlyandiyada xotin ko‘tarib yugurish bo‘yicha chempionat o‘tkaziladi. G‘olib mukofot sifatida rafiqasining vazniga teng miqdorda pivo oladi.

👉 @infobilim
👍1
Haydovchilar ovchilarga qaraganda ko‘proq kiyiklarni urib yuborib o‘ldiradi.

👉 @infobilim
👍1🥴1
Ayolning vazni har kilogrammga oshganda, uning ko‘kraklari o‘rtacha 20 grammga og‘irlashadi. Xuddi shu tarzda, vazn yo‘qotilganda ham ko‘krak hajmi kamayadi.

👉 @infobilim
👍2
Hali hech kim Afrika filini butunlay qo‘lga o‘rgata olmagan. Faqat Hind fillarigina odamga bo‘ysunib, o‘rgatilishi mumkin.

👉 @infobilim
👍2
Sichqon besh qavatli binodan tushib ketsa ham, hech qanday jarohat olmasligi mumkin.

👉 @infobilim
👍1🤨1
Hatto ozgina spirt chayonni shunchalik gangitib yuboradiki, u oxir-oqibat oʻzini chaqib oʻldiradi.

👉 @infobilim
👍1
Dunyo boʻyicha eng koʻp tarqalgan til — xitoy tili. Ikkinchi oʻrinda ispan tili turadi, ingliz tili esa uchinchi oʻrinni egallaydi.

👉 @infobilim
👍1
Dunyoning 70 dan ortiq davlatida bir jinsli munosabatlar qonun bilan taqiqlangan. Shulardan toʻqqiztasida, jumladan Afgʻoniston, Eron va Saudiya Arabistonida, bunday munosabatlar oʻlim jazosi bilan jazolanadi.

👉 @infobilim
👍1
Makarov toʻpponchasi – kosmosga chiqqan birinchi oʻqotar qurol. U “Vostok” kemasining majburiy jihozlari tarkibiga kiritilgan edi.

👉 @infobilim
👍1
Sankt-Peterburg metrosi dunyodagi eng chuqur metro hisoblanadi. Uning o‘rtacha chuqurligi 100 metrni tashkil etadi.

👉 @infobilim
👍1