InfoMaster
1.79K subscribers
1.93K photos
103 videos
836 files
1.66K links
✔️Kompyuter va uning dasturiy ta'minot haqida;

✔️Informatika fanidan masalalar yechimlari;

✔️Barcha fanlardan Online testlar;

✔️Barcha fanlardan attestatsiya testlari;

✔️Barcha fanlardan olimpiada testlari;

Web-site: info-master.uz
Download Telegram
Hurmatli kanal a'zolari. Barchangizni Hayit ayyomi bilan tabriklayman. Hamisha oilaviy tinchlik, soģ-salomat , qut -baraka tilab qolaman. Hech qachon yuzingizdan kulgu, ko'zingizdan tabassum arimasin. Nimaniki yaxshi niyat qilgan bo'lsangiz Olloh o'ylaganingizdanda ziyoda qilsin. Yana bir bor hayit bayramingiz muborak bo'lsin.... Hurmat bilan Admin.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kas_6 antivirusni letsenziyasini yangilashni o'rganamiz.
©Bizning manzil 👉🇺🇿 @info_master
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kas_6 antivirusni bazasini yangilash
©Bizning manzil 👉🇺🇿 @info_master
Baza Kas_6@info_master.rar
352.5 MB
Kas_6 antivirusn uchun baza 20.06.2018
©Bizning manzil 👉🇺🇿 @info_master
InfoMaster pinned a file
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Paskal dasturlash tili vedio dars
©Bizning manzil 👉🇺🇿 @info_master
InfoMaster
@Mat_Fiz_kitoblar
Fizika va matematika kitoblar olami!
Forwarded from InfoMaster (Nurbek Toshmamatov)
Test dasturi
Forwarded from InfoMaster (Nurbek Toshmamatov)
Ixtiyoriy kompyuterga. Muddati ham cheklanmagan!!!
Forwarded from InfoMaster (Nurbek Toshmamatov)
Bir nechta kompyuterga o'rnatish imkoni tug'ildi. murojat uchun @beklir.
bit+bayt.rar
148.6 KB
C ++ da bitdan baytga o'tkazadigan daatur kodi.
©Bizning manzil 👉🇺🇿 @info_master
Google qidiruvtizimi sirlari
Menimchahozir Google qidiruv tizimida ndeyarlI hamma foydalanadi.Ammo biz Google da ma'lumot izlashn iqaydarajada bilar ekanmiz.Bundaydeyishimga sabab oralaringizda hali Google ningqo'shimcha funksialaridan foydalanishni bilmaydiganlar ham bor. Endi ular bilan birma – bir tanishib chiqsak!

› filetype:
Bu tegorqalisizfayllarniturigaqarabizlashingizmumkin. Masalansizinternetdamusiqaqidiryapsizundaqidirmaydoniga "musiqanomi filetype:mp3"ni terasiz.

› inurl:
Bu tegorqalisizma'lumotnibutun internet tarmog'ibo'yichaemasaynanbelgilangankatalogyokisaytlarichidanqidirishingizmumkin. Masalansiz mail.ru ro'yhatdano'tgano'rtog'ingiznitopaolmadingiz.Uniteztopibolishuchunqidiruvmaydoniga "familya ism inurl:mail.ru"niterasiz.

› intitle:
Bu tegorqalisizsaytlarnimavzusi(<title></title>) bo'yichaqidirasiz. Masalansizo'yinlarmavzusidagisahifanitopmoqchisiz.Buninguchun "intitle😨'yinlar" deb yozsangizkifoya!

› site:
Bu tegorqalisaytlarnomigaqarabizlashmumkin. Masalansizo'zingizgakeraklibirnarsanifaqatuzdomenidagisaytlardanqidirmoqchisizunda "site:uz"niterasiz.
Dvd haqida nimalarni bilamiz?
DVD - (di vi di – inglizcha Digital Versatile Disk nomidan olingan, oldinlari Digital Video Disk deb ham atalgan) ma’lumot saqlash uchun oddiy disk shaklida yaratilgan, lekin unga qaraganda bir necha marotaba ko’p ma’lumot saqlay oladigan disk.

DVD dastlab Digital Video Disk deb nomlangan, chunki ular oddiy video kasettalarning o’rnini bosishi kerak edi. Keyinchalik DVDlar har qanday ma’lumotni ham saqlash imkoniyatini bera olishi ma’lum bo’ldi va ular Digital Versatile Disk deb nomlana boshlandi. (Versatile – ko’p qirrali degan ma’noni bildiradi). Hozirgi kunda yuqoridagi ikkita kengaytma ham birday ishlatiladi, bu jihatdan yagona fikr yo’q.

Shakl jihatdan DVD lar 12 cm diametr va 8 cm diametrga ega bo’lishadi (mini DVD).

Ma’lumotlar tarkibiga ko’ra DVDlar quyidagi turlarga bo’linadi:
DVD Video - filmlarni yozish va ko’rish uchun qo’llaniladi
DVD Audio – yuqori sifatli audio ma’lumotlarni saqlash uchun
DVD Data – har qanday ma’lumotlarni saqlash uchun

DVDlar bir yoki ikki taraflama ma’lumot yozish imkoniyatini beradigan tarzda tayyorlanadi. Shuningdek, har tarafda bir yoki ikki qatlam bo’lishi mumkin. Taraflari va qatlamlar soniga qarab DVDlar DVD-5, DVD-9, DVD-10, DVD-14, DVD-18 degan nomlarni olishgan. Bu yerda 5, 9, 10, 14, 18 degan sonlar diskda qancha Gb ma’lumot saqlanishi mumkinligini ko’rsatadi.

DVDlarga ma’lumotlar sektorlar bo’ylab yoziladi, bir sektorga 2048 bayt ma’lumot yoziladi. Shuning uchun DVDlarning haqiqatdan qancha ma’lumot saqlay olishini bilish uchun sektorlar sonini 2048 ga ko’paytirish lozim. Masalan, ikki qatlamga ega DVD-R diskida 4 171 712 sektor bor va u 8 543 666 176 bayt (8,5 Gb) ma’lumot saqlay oladi.

DVDlardan ma’lumot o’qish tezligi 1x=1,32 mb bilan o’lchanadi, bu oddiy disk (CD) ma’lumot o’qish tezligidan 9 karra yuqori.(Kompakt disklarda 1x=150 kb ga teng).

Hozirgi zamonaviy DVD o’quvchi uskunalar DVDdagi ma’lumotlarni soniyasiga 16x (=21,12 mb) yoki 22x (= 29,04 mb) tezlikda o’qiy oladi.

DVD turlari
DVD-R (DVD Recordable)- bir marta ma’lumot yozish uchun ishlatiladigan bir tomonli, bir qatlamli disk. Odatda 4,71 Gb ma’lumot yozish imkoniyatiga ega bo’ladi. Yozilgan ma’lumotni o’zgartirib bo’lmaydi.
DVD-R DL (DVD Recordable Dual Layer) – bir marta ma’lumot yozish uchun ishlatiladigan ikki qatlamga ega disk. Odatda 9,4 GB ma’lumot yozish imkoniyatiga ega bo’ladi. Yozilgan ma’lumotni o’zgartirib bo’lmaydi.
DVD-RW (DVD Rewritable) - ko’p marotaba (1000+) ma’lumot yozish uchun ishlatiladigan disk. Bu diskdagi yozilgan ma’lumotlar o’chirilishi, qayta yozilishi mumkin.
DVD+R (DVD Recordable) – bir marta ma’lumot yozish uchun ishlatiladigan bir tomonli, bir qatlamli disk. Odatda 4,71 Gb ma’lumot yozish imkoniyatiga ega bo’ladi. Yozilgan ma’lumotni o’zgartirib bo’lmaydi.
DVD+R DL (DVD Recordable Dual Layer) – bir marta ma’lumot yozish uchun ishlatiladigan ikki qatlamga ega disk. Odatda 8,5 GB ma’lumot yozish imkoniyatiga ega bo’ladi. Yozilgan ma’lumotni o’zgartirib bo’lmaydi.
DVD+RW (DVD Rewritable) – ko’p marotaba (1000+) ma’lumot yozish uchun ishlatiladigan disk. Bu diskdagi yozilgan ma’lumotlar o’chirilishi, qayta yozilishi mumkin.
DVD-D (DVD Desposable) – ichidagi ma’lumot ochilganidan keyin 48 soat o’tib, o’qilmay qoladigan video disk turi.
DVD-RAM (DVD Random Access Memory) – juda ishonchi ma’lumotni juda ko’p marotaba qayta yozish imkoniyatini beradigan disk. Odatda videokameralarda va ma’lumotlarni zaxiraga olishda ishlatiladi. Kam uchraydi va qimmat.

Yuqoridagi DVD turlaridagi “+” va “-” belgilari texnik standart belgilari bo’lib, oddiy foydalanuvchi uchun unchalik ahamiyati yo’q. Zamonaviy DVD o’quvchi uskunalar har ikkala standarddagi disklarni o’qiy oladi va yoza oladi.
DVD sotib olishda va ularga ma’lumot yozishda maslahatlar:
DVD sotib olayotganda ularning hech joyi qirilmaganligiga ishonch hosil qilish uchun, diskni yoruqqa tutib, yaxshilab tekshiring.
DVD sotib olayotganda asosiy e’tibor qilinadigan jihat bu ma’lumotni o’qish va yozish tezligidir(4x,8x…).
Risheng DVD disklaridagi “RW” degan kichkina yozuvga uchmang, aslida ularning “DVD+R” degan yozuvi qanday disk ekanligini bildiradi.
DVDga ma’lumot yozishda iloji boricha past tezlikdan foydalaning (2x, 4x) shunda ma’lumotlar yaxshi yoziladi va xatolik yuz bermaydi.
Agar DVD yozishda kompyuter qotib qolmasligi uchun yaxshi sifatli DVDlardan foydalaning.

DVDlar haqida yozmoqchi bo’lganlarim shulardan iborat. DVD o’qish uskunasini ham sotib olish to’g‘risida keyingi maqolalarimda alohida to’xtalib o’taman.
Protsessorlar jangi: 32 bit yoki 64 bit?
Yuqoridagi munozara 64 bit protsessorlari paydo bo’lganidan beri davom etib kelmoqda. Dastlab 64 bit protsessorlarga talab kam edi, chunki bu turdagi protsessorlar uchun ishlab chiqilgan dasturiy ta’minotlar (programmalar) deyarli yo’q edi, lekin hozir vaziyat o’zgargan. Mazkur maqolada men bu masalaga oydinlik kiritib, o’zingizga kerakli protsessorni tanlashingizga yordam bermoqchiman.

To’g‘ridan to’g‘ri masalaga o’tishdan oldin, men 32 bit yoki 64 bit nima ekanligi haqida bir-ikki umumiy ma’lumotlarni berib o’tmoqchiman. Bit – bu kompyuter ilmida ikkilik sanoq tizimidagi 0 yoki 1 raqamini bildiradi. Kompyutertlar ma’lumotlarni saqlashda va amallarni bajarishda ikkilik sanoq tizimidan foydalanishadi.

32 yoki 64 bit deganda yana biz protsessorning tizim shinalarni (data bus) kengligini nazarda tutamiz. Dehqonchasiga aytadigan bo’lsam, tizim shinasi bu protsessorga ma’lumot borib kelishini amalga oshiradigan kanaldir. 64 bit protsessorlarning tizim shinasi 64 bit kenglikka , 32 bit protsessorlarning tizim shinasi esa 32 bit kenglikka ega. Demak, 64 bit protsessorning tizim shinasi 32 bit protsessorning tizim shinasiga qaraganda ko’proq ma’lumotni qatnay oladi va ko’proq amallar bajara oladi. Bundan xulosa qilsak bo’ladiki, 64 bit protsessorlar ancha tezkor va bu jangda g’olib deb e’lon qilinishiga loyiq. Ammo, tanlashga shoshmang. Bu protsessorlardan qay biri bizning maqsadimiz va talabimizga javob beradi?

Agar oddiy uy sharoitida yoki ofisda foydalanish uchun mazkur protsessorlarni qiyoslaydigan bo’lsak, katta o’zgarish sezmaymiz: hujjatlarimiz ochilishi, internetda ma’lumot olish yoki kompyuterning ishga tayyor bo’lishi tezligida deyarli farq bo’lmaydi. Lekin, 64 bit protsessorlarning ustunligi katta matematik hisoblashlarni amalga oshiradigan ilmiy tashkilotlar, universitetlar va dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchi kompaniyalar faoliyatida seziladi. Shuningdek, agar siz videomontaj yoki animatsiya ishlari bilan shug’ullansangiz 64 bit protsessorlar qo’l kelishi mumkin. Boshqa tarafdan, agar siz yuqoridagidek katta hisoblashlarni talab qiladigan ishlarni amalga oshirmasangiz, 32 bit protsessorlarni tanlashni maslahat beraman va bu protsessorlar narxida ham farq borligini hisobga olish lozim.

Yana bir e’tiborga molik taraflardan biri – hozirgi kunda keng tarqalayotgan ikki va ko’p yadroli protsessorlar ishlash tezligi va xususiyatlari bilan 64 bit protsessorlarga o’xshab ketadi. Sodda qilib aytadigan bo’lsam, 64 bit protsessorlar darajasida ishlash uchun bizga ikki va undan ortiq yadroli protsessorlar kerak bo’ladi.

64 bit protsessorlarni tanlaydigan bo’lsangiz, siz kompyuteringizga ko’proq operativ xotira (RAM yoki DDR moduli) o’rnatishingiz kerak bo’ladi. 64 bit protsessorlarning haqiqiy afzalligini ko’rish uchun kompyuteringizda kamida 2 GB operativ xotira mavjud bo’lishi lozim. 512 mb yoki 1Gb operativ xotiraga ega kompyuterlarda 32 yoki 64 bit protsessorlar ishlash tezligida farq sezilmaydi.

Maqola so’nggida shuni aytib o’tish lozimki, yuqoridagi turdagi protsessorlarning qay birini tanlash sizning nima uchun kompyuter sotib olayotganingiz va kompyuter uchun ajratgan pulingizga bog’liq. Yozganim sizga foydali bo’ladi degan umiddaman.
Kompyuterda virus borligini qanday bilsa bo’ladi va viruslarga qarshi nima qilish kerak?
Kompyuter viruslari operatsion tizimda o’rnashib olganligini bilish unchalik oson emas, agar bu viruslar troyan yoki rootkit bo’lsa, umuman, ularning mavjudligini nafaqat foydalanuvchi, balki antivirus programmalari ham sezmasligi mumkin.

Kompyuterga virus asosan ikki yo’l orqali o’rnashib olishi mumkin.

Birinchi va eng keng tarqalgani yo’l bu – zararlangan flesh yoki boshqa portativ disklarni kompyuteringizga ulash, shuning uchun begona fleshni kompyuterga ulashdan oldin, antivirus programmasi bilan tekshiring.

Ikkinchi yo’li bu – internetda zararlangan saytlarga kirish, chat davomida shubhali fayllarni olish yohud ochish yoki p2p tizimidan keladigan fayllardagi viruslarning kompyuteringizga o’rnashib olishidir. Internetga ulanishdan oldin, kompyuteringiz xavfsizligiga yetarlicha ishonch hosil qilish kerak. Buning uchun antivirus programmasi ishlab turgan bo’lishi, viruslarni aniqlash bazasi yangilangan bo’lishi lozim.

Kompyuter foydalanuvchilari “baxtiga” kompyuteringizga o’rnashib olgan virus o’zi bir nechta belgilar bilan o’zini bildirib qo’yadi. Bu belgilar, odatda, quyidagicha bo’ladi:
Kompyuteringiz odatdagiga qaraganda sekin ishlay boshlaydi.
Kompyuteringizning buyruqlarga javob berish tezligi kamayadi va tez-tez qotib qola boshlaydi.
Kompyuteringiz tez-tez o’chib yona boshlaydi.
Siz kompyuterdan foydalanish paytida g’alati xatoliklar, menyu va xabarlarga duch kela boshlaysiz.
Kompyuteringizdagi ayrim programmalar ishlamay qoladi yoki tez-tez xatolikga duch kela boshlaydi.
Kompyuterdan printer orqali xujjat chop etish tizimi ishdan chiqadi.

Agar kompyuteringizga virus tushgan deb o’ylasangiz, quyidagi maslahatlarga amal qiling:
Kompyuteringiz internetga ulangan bo’lsa, darhol internet aloqasini uzing, chunki ba’zibir viruslar internet orqali sizning kompyuteringizga yanada ko’p zarar yetkazishi mumkin.
O’zingizga eng muhim va kerakli ma’lumotni (xujjatlar, suratlar va boshqa fayllar) zaxiraga oling, ya’ni flesh yoki CD/DVD disklariga yozib oling.
Kompyuteringizda antivirus programmasi bo’lmasa, o’rnating. Iloji bo’lsa, o’zingizning kompyuterdan emas, boshqa disk yoki fleshda olib kelib o’rnating va viruslarni aniqlash bazasini yangilang. Agar antivirus programma bo’lsa, albatta, viruslarni aniqlash bazasi yangilang.
Yangilangan viruslarni aniqlash bazasiga ega antivirus bilan kompyuterning qattiq diskini tekshiring.
Antivirus programmasi ishlab chiqaruvchi saytiga kirib, virusni kompyuterdan o’chirishga yordam beradigan maxsus yordamchi programmalar bo’lsa, ular yordamida ham kompyuterni viruslardan tozalang.
Agar kompyuter qattiq diskidagi ma’lumotlar o’chib ketgan bo’lsa, ma’lumotlarni qayta tiklash bo’yicha kompyuter ustasiga murojaat qiling. Usta qattiq diskni tekshirib, undagi ma’lumotlarni qayta tiklamagunicha qattiq diskga yangi ma’lumot yozmang.
Dev_C++ @info_master.rar
26.9 MB
Dev C ++ dasturi
©Bizning manzil 👉🇺🇿 @info_masterDev
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
C++ dasturlash tili vedio dars. 1-dars
©Bizning manzil 👉🇺🇿 @info_master
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
C++ dasturlash tili vedio dars. 2-dars
©Bizning manzil 👉🇺🇿 @info_master