INNOVATSIYA NASHRIYOTI📚
543 subscribers
1.3K photos
277 videos
4 files
1.88K links
"Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi"ning Telegramdagi rasmiy kanali.

Taklif, e'tiroz va ijodiy hamkorlik uchun: @Mansur_Bekpulatovich

Sayt: www.indep.uz
Download Telegram
🇺🇿2021-yilning 19-may kuni Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferining Milliy ofisi xodimlari Bsharkuz innovatsion markazining ishlab chiqarish zavodi bilan yaqindan tanishdilar.

🔹 Bsharkuz innovatsion markazi bilan uchrashuv davomida Milliy ofis jamoasi uchuvchisiz uchish moslamasi (dron) yo‘nalishlarini rivojlantirish hamda Innovatsion rivojlanish vazirligi binosida joylashgan uchhuvchisiz uchish moslamasi laboratoriyasining keng imkoniyatlaridan foydalanish va hamkorlikda davomiy ishlash, o‘zaro bilim va tajriba almashishga kelishishdi.

☑️ Milliy ofis va Bsharkuz innovatsion markazi uchuvchisiz uchish moslamasini ishlab chiqarish bo‘yicha boshlang‘ich maqsadli qarorni ma'qullashdi.

You Tube | Facebook | Telegram | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿Milliy ofisning ilg‘or texnologiyalar bilan jihozlangan laboratoriyalari va uning faoliyati haqida tez kunda batafsil xabardor bo‘lasiz!!!

Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferining milliy ofisini ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇

You Tube | Facebook | Telegram | Instagram
🗣“Tibbiy yordamchi” — donorlarni topishda koʼmakchi

Urban.Tech Hakaton musobaqasida “Tibbiy yordamchi” loyihasi bilan qatnashgan Fargʼona viloyatining Raqamli texnologiyalar markazi xodimlari Salohiddin Turgʼunov, Ilhomjon Boltaboev, Muhammadqodir Аhmadjonov va Bahrom Jalilov rahbarligida, shuningdek, tibbiyot yoʼnalishida maslahatchi Sarvinoz Аhmadjonova tomonidan taqdim etilgan loyiha birinchi o'ringa loyiq deb topildi. Batafsil

You Tube | Facebook | Telegram | Instagram
📣📣📣 Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferining milliy ofisi tomonidan o'quvchi-yoshlarni yozni maroqli o‘tkazishlari uchun “Science Summer-2021” loyihasi amalga oshirilmoqda.

1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan “Science Summer-2021” loyihasini 1 iyun soat 17:00 da Innovatsion rivojlanish vazirligi binosida ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi.

Tadbir davomida o‘quvchi-yoshlar uchun "Robotlar festivali", "O'zbek milliy jang san'ati" chiqishlari, shuningdek, ilmiy interaktiv laboratoriya soha vakillari tomonidan qiziqarli namoyishlar bo‘lib o‘tadi.

Tadbirda qatnashish istagida bo‘lgan yoshlarni ro‘yxatdan o‘tishlarini so‘raymiz.

✔️Tadbirga 8 yoshdan 14 yoshgacha bo'lgan bolalar qatnashishlari mumkin.

“Science Summer-2021” loiyhasi doirasida o‘tkaziladigan tadbirlar kanalimiz orqali e’lon berib turiladi. Bizni kuzatishni davom eting! 👉https://t.me/milliyofis

You Tube | Facebook | Telegram | Instagram
​​🇺🇿Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferining milliy ofisi tomonidan haftaning har chorshanba kuni yurtimizdagi iqtidorli va qobiliyatli yoshlardan birining faoliyati va uning erishgan yutuqlari haqida “Hafta qahramoni” sahifasi orqali ma’lumotlar berib borishni maqsad qildik!
Bugungi ilk haftamizning qahramoni Bobur Zokirovdir!

👉Bobur
Zokirov 1993-yilda Toshkent viloyatining Qibray tumanida tug‘ilgan.

2016-yili Toshkent Turin Politexnika universitetini tamomlagan. UzLiDeP partiyasi aʼzosi.

"Shon-shuhrat” ordeni, “Oʼzbekiston mustaqilligiga 25 yil” esdalik nishoni bilan taqdirlangan. Shuningdek, “Yilning eng namunali yosh tadbirkori” va “Eng yaxshi oilaviy biznes” tanlovlarining g‘olibi. “Eng faol yosh tadbirkor” tanlovining viloyat bosqichida ham sovrinli o'rinlarni egallagan.

Rus va ingliz tillarini mukammal biladi.

Bugungi kunda Bobur Zokirov "Impuls Engineering" firmasi rahbari. Xalqimiz og‘irini yengil qilishda o‘zining turli xil innovatsion g'oyalarini taklif etib, kreativ yondashuv bilan ularni hayotga tatbiq etib kelmoqda. Xususan, 3D modellar yordamida maxsus jihozlar, masalan, UzAirways uchun turniket kabi.

Bobur Zokirov, shuningdek, Agrobank bilan hamkorlik o‘rnatishga ham erishdi. "Impuls Engineering" kompaniyasi O‘zbekistonda ilk bor “Mobilbank”ni ommaga taqdim etdi. Ushbu Mobilbank oddiy bankning barcha vazifalarini o‘z ichiga oladi va hozirgi kunda xalqimizga beminnat xizmat ko'rsatib kelmoqda.

You Tube | Facebook | Telegram | Instagram
​​#qiziqarlifact
Тим Бёрнс-Ли томонидан дунёда биринчи марта веб-сайт яратилган. 1991 йил.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda sholi yetishtirish jarayoni.😁
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Daraxtlarni texnologiya bilan kesishning zamonaviy va xavfsiz usuli.
👉Bugun 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni!

1949-yilda Parijda ayollar demokratik federatsiyasining qaroriga ko‘ra, 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni, deb tan olingan. Ushbu bayram ilk marta 1950-yilda nishonlangan.

Bolalarni himoya qilish kuni kattalarni bolalarning fikr erkinligi, ta’lim olish, zo‘ravonlikdan himoya qilish va yashash huquqlarini hurmat qilishga jalb etish maqsadida o‘tkaziladi. Ota-onalar, davlat singari bolalarning huquqlari va erkinliklarini tan olishlari hamda hurmat qilishlari kerak. Bu 1959-yilda BMT tomonidan qabul qilingan “Bola huquqlari deklaratsiyasi”da aytilgan.

Fursatdan foydalanib, barcha bolajonlarni Milliy ofis jamoasi nomidan chin dildan tabriklaymiz! Yuzlaridan beg‘ubor tabassum va qalblarida o‘ziga bo‘lgan ishonch sira tark etmasin! Orzulari osmon bolalarning barcha umidlari, albatta, ro‘yobga chiqsin!

You Tube | Facebook | Telegram | Instagram
​​Оригинал тарзда ўйланган китоб шаклидаги тунги чироқ!!!😳
MVP – o‘zi nima?

MVPqisqa umr ko‘ruvchi mahsulotga qarata aytiladi. Ko‘plab ishlab chiqaruvchilarning oldida mahsulotini sotib olishga bozor tayyormi, degan savol ko‘ndalang turadi. Masalan, sensorli telefonni bir qancha vazifalarni bajaradigan tarzda yaratish uchun ancha vaqt ketadi. Bilamizki, har bir daqiqa g‘animat. Ko‘p vazifalarni bajaradigan uyali telefonlar ishlab chiqarilsa odamlar sotib oladimi?

Savolga tezroq javob olish uchun uni MVP tarzda tayyorlab, tadqiqot o‘tkaziladi. Uni tayyorlash uchun hech qanday plastmassa yoki zavod shart emas. Muhimi, telefonni o‘ziga yarasha afzallik xususiyatlari MVPda aks etsa bo‘lgani. Keyin esa ommaga mahsulotingizni tarqatib ko‘rasiz. To‘g‘ri, mahsulotingiz uzoq yashamaydi. Biroq unga ehtiyoj bor yoki yo‘qligi haqida kerakli ma'lumotga ega bo‘lishingiz mumkin.
— Mashhur golland vrachi German Burxavening «Tibbiyot san'atining yagona va teran sirlari» nomli kitobi muallif o‘limidan so‘ng 1738-yili 10000 dollar oltinga auksionda sotilgan. Bejirim bezalgan va g‘iloflangan kitob ochilganida uning barcha sahifalari bo‘sh edi. Faqatgina ilk sahifasida shunday yozilgan edi: «Boshingni sovuqda qoldirsang ham oyog‘ingni issiq tut. Shundagina sen eng zo‘r vrachlarni ham kambag‘al qilasan».
​​🔎Rentgen nurlarining ixtiro etilishi

✔️1895 yil 8 noyabrda kech tushgan mahal Vilgelm Konrad Rentgen odatdagidek o‘z laboratoriyasida katod nurlarini o‘rganish bilan band edi. Ilmiy ishiga berilib ketganidan qorong‘i tushib, yarim tun bo‘lganini ham bilmay qoladi. Bu paytga kelib u ancha toliqqandi. Shu sabab ishini to‘xtatishga majbur bo‘lib, ketishga shaylanadi. Laboratoriyaga zimdan ko‘z yugurtirib, chiroqni o‘chirib chiqib ketmoqchi bo‘lib turganida, ko‘zi bir g‘aroyib narsani ilg‘aydi. Qorong‘i xonada qandaydir dog‘ga o‘xshash bir narsa yaltirab turardi. Yaqinroq borib qarasa...batafsil