Impuls Tibbiyot Instituti | Chirchiq filiali
4.42K subscribers
252 photos
111 videos
153 links
Impuls Tibbiyot Instituti
Toshkent - Chirchiq filiali

📍Manzil: Toshkent viloyati, Chirchiq shahar, A.Qodiriy ko'chasi. 226A-uy

Ijtimoiy tarmoqlar, manzil, taklif va shikoyatlar uchun : https://impulschirchiq.taplink.ws

📞(55) 903 00 03
Download Telegram
🇺🇿🤝🇹🇷 XALQARO HAMKORLIK DOIRASIDA SHIFOKOR PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR TAJRIBA ALMASHIB QAYTISHDI!

⛈ Impuls Tibbiyot Instituti Chirchiq filiali professor-o‘qituvchilari xalqaro hamkorlik doirasida Turkiyaning Balıkesir universitetida malaka oshirish va stajirovka dasturida ishtirok etib, tajriba almashib qaytdilar.

🧬 Stajirovka davomida professor-o‘qituvchilarimiz zamonaviy tibbiy texnologiyalar, ilg‘or diagnostika va davolash usullari, klinik amaliyot hamda tibbiyot ta’limining xalqaro standartlari bo‘yicha bilim va tajribalarini boyitdilar.

🎯 Ushbu stajirovkaning asosiy maqsadi — o‘zlashtirilgan xalqaro tajriba va ilg‘or bilimlarni institutning ta’lim hamda klinik-amaliy jarayonlariga tatbiq etish orqali talabalarga jahon standartlariga mos bilim va ko‘nikmalarni berishdir.

📱Instagram | ✅Telegram
👍15🔥2
🟦🟦🟦🟦
«YOSHLAR KUNI» MUNOSABATI BILAN REKTOR VA TALABA-YOSHLAR UCHRASHUVI O‘TKAZILDI.

✔️ Impuls Tibbiyot Instituti Chirchiq filialida rektor Alisher Xamdamovning talaba-yoshlar bilan ochiq muloqoti tashkil etildi.

⚡️ Uchrashuv davomida talabalarning muammolari va takliflari tinglanib, ularning ta’lim olishi, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishi va kasbiy rivojlanishi bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

✅ Jumladan, sport to‘garaklari va qo‘shimcha o‘quv kurslarini tashkil etish, yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda talabalarni xorijiy klinikalarda stajirovka o‘tashga tayyorlash masalalariga e’tibor qaratildi.

Yakunda bildirilgan takliflar yuzasidan tegishli mas’ullarga vazifalar belgilandi.

#ImpulsTibbiyotInstituti #YoshlarKuni #RahbarVaYoshlar #Chirchiq #talabalar

📱Instagram | ✅Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🤔2🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
✍️✍️✍️✍️✍️
⚡️ IMPULS TIBBIYOT INSTITUTINING BIRINCHI BOSQICH TALABALARI KLINIK AMALIYOTDA!

⛈ Impuls Tibbiyot Institutida nazariy ta’limni klinik amaliyot bilan uyg‘unlashtirish doirasida Chirchiq filialining birinchi bosqich talabalari Toshkent viloyati Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida amaliyot mashg‘ulotlarini olib bormoqda.

🩺 Mashg‘ulotlar talabalarga ta’limning dastlabki bosqichidanoq klinik muhit bilan tanishish, o‘rganayotgan bilimlarini amaliy jarayonlar bilan bog‘lash hamda kelajakdagi kasbiy faoliyati haqida aniq tasavvur hosil qilish imkonini bermoqda.

➕ Talabalarni birinchi bosqichdan amaliyotga jalb etish ularning klinik tayyorgarligiga poydevor yaratish, kasbiy bilimlarini izchil mustahkamlash va kelgusi amaliy mashg‘ulotlarga tayyorlashga xizmat qiladi.

#ImpulsTibbiyotInstituti #Chirchiq #tibbiyot #oliytalim #KlinikAmaliyot #talabalar

🌐 Instagram ✅Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥6💯4👍2⚡1